|
Kreditning mohiyati va zarurligi
|
bet | 2/3 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 202,49 Kb. | | #126592 |
Bog'liq PUL VA BANKLAR FANIDAN TAYYORLAGAN 2 Kreditning mohiyati va zarurligi.
Kredit - bu vaqtincha bo'sh turgan pul mablarlarini ma'lum muddatga, haq to'lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy munosabatlar yig'indisidir.
Kredit yordamida tovar - moddiy boyliklari, turli mashina va mexanizmlar sotib olinadi, iste'molchilarning mablag'lari etarli bo'lmagan sharoitda to'lovni kechiktirib tovarlar sotib olishlari va boshqa har xil to'lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Kredit iqtisodiy kategoriya bo'lib, ijtimoiy munosabatlarning aniq bir ko'rinishi sifatida yuzaga chiqadi.
Kredit har qanday ijtimoiy munosabat emas, balki ijtimoiy ishlab chiqarish mahsuli, qiymatning harakati, qarz beruvchi va qarz oluvchi o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalovchi kategoriyadir.
Kreditning mohiyati uning ichki belgilarini ochib berishga qaratilgan. Kreditning mohiyatini ochish - bu uning sifatlarini, kreditning muhim tomonlarini, uni iqtisodiy munosabatlar tizimining bir elementi sifatida ko'rsatuvchi asoslarini bilish demakdir.
Iqtisodchi olimlardan Qodirov A., Pessel M. Kredit iqtisodiy kategoriya bo'lib, unda ishlab chiqarish munosabatlari o'z aksini topadi va davlat, xo'jalik tashkilotlari, korxonalar va muassasalar bir-biriga kreditni ma'lum vaqtga, uni qaytarib berish va to'lash sharti bilan beradilar deb ta'kidlaydilar.
Yuqoridagi fikrlarga asoslangan holda kreditning ba'zi muhim tomonlari aniqlanadi:
birinchidan, uning ijtimoiy mahsulot yaratish, milliy daromad va pul resurslarini qayta taqsimlashga bog'liqligi;
ikkinchidan, kreditning harakat shakliga (tovar yoki pul tarzida) ega ekanligi;
uchinchidan, takror ishlab chiqarishdagi harakatning asosiy hal etuvchi belgisi (qarz) ekanligi va hakozo.
Berilgan kreditni qaytarib berish shart. U huddi shu sifati bilan moliyadan farq qiladi. Bir qator iqtisodchilarning fikricha, kredit jamiyatdagi vaqtinchalik bo'sh pul mablag'larini yig'ish va ularni taqsimlash shaklidir.
Kredit munosabat bo'lishi uchun uning zurur elementlari kreditning ob'ekti va sub'ekti bo'lishi zarur.
Kredit munosabatlarida sub'ektlar ikki xil bo'ladi:
1.Kreditor (qarz beruvchi)
2.Qarzdor (qarz oluvchi)
Kredit ob'ekti - bu (kreditor) qarz beruvchidan qarz oluvchiga beriladigan va qarz oluvchidan qarz beruvchiga qaytib beriladigan qiymatdir.
Bunda qarzga berilgan mablag' o'z qiymatini saqlab qolishi kreditning asosiy xususiyati hisoblanadi. Kredit tarkibi uning elementlari birligini ifodalaydi.
Kredit tovar-pul munosabatlari mavjud sharoitdagi takror ishlab chiqarish jarayonining ajralmas bir qismi bo'lib, tovar ishlab chiqarish kredit munosabatlari vujudga kelishining tabiiy asosi hisoblanadi.
Kreditning vujudga kelishini nafaqat ichki iste'mol uchun tovar ishlab chiqarish doirasidan emas, balki asosan yuridik jihatdan mustaqil bir-biriga mulkdor sifatida qarama-qarshi turuvchi va iqtisodiy munosabatlarga kirishishga tayyor tovar egalari faoliyat ko'rsatayotgan muomala doirasidan qidirish kerak.
Ishlab chiqarish fondlarining doiraviy aylanishidagi va fondlarning bir marta aylanishidagi qiymatning harakati qisqa muddatli kredit munosabatlari paydo bo'lishining iqtisodiy asosidir.
Korxona ishlab chiqarish fondlarining doiraviy aylanishidagi tebranishlar zaminida ishlab chiqarish vaqti bilan mahsulotlarni sotish vaqtining mos kelmay qolishidan vujudga keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etuvchi munosabatlarning paydo bo'lishi tabiiy holga aylanadi.
Bu munosabatlar mablag'larning vaqtincha bekor turib qolishi bilan bu mablag'larga bo'lgan ehtiyoj o'rtasidagi qarama-qarshilikni bartaraf etadi. Bunday munosabatlar odatda kredit munosabatlari deb yuritiladi va kredit munosabatlari asosida iqtisodiy jihatdan mustaqil bo'lgan kredit kategoriyasi yuzaga keladi.
Kredit orqali jamiyatimizda quyidagi ijobiy natijalarga erishish mumkin: birinchidan, fondlar aylanishi jarayonida chetga chiqib bo'sh qolgan mablag'larning harakatsiz turib qolishining oldini olinadi;
ikkinchidan, takror ishlab chiqarishni keng doirada uzluksiz davom ettirishga imkoniyat yaratiladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, kreditning ob'ektiv zarurligi takror ishlab chiqarish jarayonida fondlarning doiraviy aylanishi qonuniyatlariga asoslangandir.
Kreditga zaruriyat tug'ilganda, quyidagi manbalardagi bo'sh mablag'lardan kredit resurslar sifatida foydalanish mumkin:
l.Asosiy fondlarni tiklash, kapital ta'mirlash uchun ajratiladigan amortazatsiya sifatidagi pul mablag'lari;
2.Tovarlarni sotish va yangi moddiy resurslarni sotib olish vaqtlarining bir-biriga mos kelmaganligi tufayli yuzaga kelgan bo'sh pul mablag'lari;
3.Tovarlarni sotishdan tushgan tushum bilan ish haqini to'lash vaqtlari orasida vaqtincha bo'sh turib qolgan pul mablag'lari;
4.Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida yig'iladigan va kapitallashtirish uchun mo'ljallangan qo'shimcha mablag'lar;
5.SHaxsiy sektor daromadlari, jamg'armalari va boshqa bo'sh pul mablag'lari.
Har qanday iqtisodiy kategoriya o'zining funktsiyalariga ega bo'lgani kabi kredit ham o'zining bir qator funktsiyalariga ega.
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimda kreditning o'rni va roli u bajarayotgan funktsiyalari bilan aniqlanadi. Kreditning funktsiyasi - bu kreditning iqtisodiyotda faoliyatining muayyan ravishda namoyon bo'lishidir.
Kreditor va qarz oluvchi o'rtasidagi munosabat shunday aniqlanadiki, bunda kreditor qarz oluvchiga resurslarni taklif qiladi, qarz oluvchi bu resurslarni ishlatadi va qarzga beriluvchi qiymat kreditor va qarz oluvchi o'rtasida aylanadi. Bu yerdan kreditning birinchi funktsiyasi kelib chiqadi.
Kreditning funktsiyalari quyidagilardan iborat:
l.Qarzga beriluvchi qiymatni vaqtincha foydalanishga berish funktsiyasi.
2.Qayta taqsimlash funktsiyasi.
3.Muomala xarajatlarini tejash funktsiyasi.
4.Kapital to'planishining jadallashuvi va kontsentratsiyalashuvi funktsiyasi.
5.Muomalaga to'lov vositalarini chiqarish funktsiyasi.
Iqtisodiy kategoriya sifatida kredit bir necha tamoyillarga ega. Bular:
kreditning qaytib berilishliligi,
kreditning muddatliligi,
kreditning ta'minlanganliligi,
kreditning maqsadliligi,
kreditning to'lovliligi,
kreditning samaradorligi
Sudxo'rlik krediti ibtidoiy tuzilmaning yo'qolib (tarqab) ketishi, ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilikning paydo bo'lishi hamda jamiyatda mulk differensiyatsiyasi natijasida tovar~pul munosabatlarining rivojlanishi davrida vujudga kelmasdir.
Sudxo'rlik krediti yer garovi asosida natura va pul shaklida berilgan. Bunday kreditlarning xususiyatlari quyidagilarda aks etadi:
qarzdorlar sifatida savdo-sanoat Jshlab chiqaruvchi shaxslar ishtirok etganlar;
qarz mablag'laridan kapilal sifatida, ya'ni, qo'shimcha qiymat olish vositasi sifatida foydalanilgan;
ssuda foizi manbasi yollanma ishchilarning haq to'lanmagan mehnati qiymatidan iborat bo'lgan.
Tijorat krediti. Tijorat krediti, bu — faoliyat ko'rsatuvchilar tomonidan bir-birlariga o'zaro to'lovni kechiktirish sharti bilan tovar shaklida beriladigan kreditdir.
Tijorat kreditining obyekti - tovar kapitali hisoblanadi.
Tijorat kreditida kreditor va qarzdorlar faoliyat ko'rsaluvchilar (ishlab chiqaruvchilar) bo'Iadi.
Tijorat kreditining cheklanishlari mavjud:
faoliyat ko'rsatuvchilarning zahira kapitallari hajmi bilan cheklanganligi, ya'ni, unga hozirgi davrda oborot (muomala) uchun zarur bo'lmagan kapital bilan cheklanganligi;
yo'nalishiga ko'ra, ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi tarmoqlar kreditni ishlab chiqarish vositalarini iste'mol qiluvchilarga berishi mumkin, ammo teskarisi bo'lishi mumkin emas.
Bank krediti - pul egalari, banklar va boshqa kredit institutlari tomonidan ishlab chiqaruvchitarga hamda boshqa qarz oluvchilarga pul shaklida beriladigan ssudalardir.
Bank kreditining obyekti pul kapitalidir.
Bank kreditida ishlab chiqaruvchi shaxslar (faoliyat ko'rsatuvchilar) faqat qarz oluvchi sifatida ishtirok etadilar, kreditorlar esa ssuda kapitali egalari bo'Iadi.
Iste'mol krediti - asosan tovarlarni sotish jarayonida ularaing to'lovini kechiktirib to'lash huquqi berilishidir. Shu bilan birga iste'mol krediti banklar yoki maxsus kredit institutlari tomonidan iste'mol tovarlarini sotib olish va xizmat haqlarini to'lash hollarida beriladi.
Uning obyekti - uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar va xizmatlardir. Iste'mol krediti tovar va pul shaklida namoyon bo'lishi mumkin. Iste'mol krediti foizi o'zining yuqori darajada ekanligi bilan ajralib turadi va milliy daromadni qayta taqsimlashning ikkilamchi shakli sifatida aholi daromadlari hisobidan to'lanadi.
Davlat krediti va xususiy kredit. Davlat kreditida qarz oluvchi yoki kreditor sifatiga davlat ishtirok etadi. Davlat krediti davlat zayomlari shaktida, kaznachey (g'azna) majburiyatlarini chiqarish orqali, jamg'arma tashkilotlari jamg'armalari qoldiqlarini davlat qimmatbaho qog'o/lariga joylashtirish orqali amalga oshiriladi.
Davlat krediti mablag'lari ishlab chiqarish kapitalini takror ishlab chiqarishda ishtirok etmaydi, ya'ni, u moddiy qiymatliklar ishlab chiqarishda qatnashmaydi, faqat byudjet defitsitini qoplash maqsadida foydalaniladi.
Xususiy kredit davlat kreditidan tamomila farq qiladi. Chunki xususiy kreditda kreditor va qarz oluvchilar sifatida xususiy yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etadilar.
Xalqaro kredit. Bu kreditning paydo bo'lishiga xo'jalik hayotining baynalminallashuvi va xalqaro davlat shakllarining vujudga kelishi obyektiv asos bo'ladi.
Xalqaro kredit - bu ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi harakatidir. Bunda bir davlat banklari, yuridik shaxslari tomonidan boshqa davlat hukumatiga, banklariga yoki boshqa yuridik shaxslariga kreditlar beriladi.
Xalqaro kredit quyidagi belgilari bilan ajralib turadi:
kreditorlar va qarz oluvchilar — xususiy yuridik shaxslar (banklar, kompaniyalar va firmalar), davlat tashkilotlari va xalqaro valyuta krediti institutlari bo'lishi mumkin;
qarz mablag'lari qarz oluvchi mamlakatda foiz keitiruvchi kapital sifatida ishlatiladi;
ssuda foizi manbasi qarzdor mamlakatdagi yollanma ishchilar mehnati hisoblanadi.
Xalqaro bank krediti - bir mamlakat tomonidan boshqa bir mamlakatga (davlatga, yuridik va jismoniy shaxslarga) qisqa va o'rta uzoq muddatga vaqtinchalik foydalanishga beriladigan kredit shaklidar. Bank kreditlari qarz oluvchifar tomonidan xohlagan maqsadlarga ishlatilishi mumkin.
Kredit munosabatlari iqtisodiyotda mavjud aniq usiubiy asoslarga tayanadi-Uning asosiy elementlari bo'lgan ssuda kapitali bozori operatsiyalari ma'Ium tamoyillar asostda olib boriladi.
Bular kreditning qaytarib berilishligi, muddatlifigi, taminlanganligi, maqsadliligi va to'lanishligi tamoyillaridir. Kreditning qaytarib berilishligi tamoyili.
Bu tamoyil kreditning mustaqi iqtisodiy kategoriya ekanligi shartidir, qaytib berilishlik kreditning umumiy belgisi hisoblanadi. Qaytib berilishlik o'z-o'zidan vujudga kelmaydi: u moddiy jarayonlarga, qiymat aylanishining tugashiga asoslanadi. Ammo doiraviy aylanishning tugashi - bu hali qaytarib berish emas, faqat qaytarib berish uchun zamin tayyorlashdir.
Uchun foiz shaklidagi to'lovi ham qo'shib qaytarilishini ifodalaydi. Ssuda foizining stavkasi ssuda kapitalidan olingan yillik daromad summasining berilgan kredit summasiga nisbati bilan am'qlanib, kredit mablag'lari bahosi sifatida namoyon bo'ladi.
Kreditning maqsadliligi. Bu tamoyilning mohiyati shundaki, qarz oluvchi tomonidan olingan kreditlar aniq bir maqsadni amalga oshirishga yo'naltirilgan bo'lishi zarur.
Bunda kredit muayyan, aniq obyektga: ishlab chiqarish xarajatlariga, ishlab chiqarish zahiralariga, tayyor mahsulotga, jo'natilgan tovarlarga, hisob-kitob hujjatlariga va hokazolarga beriladi.
Shunday qilib, banklar tomonidan beriladigan kreditlarning asosiy tamoyillarini quyidagi sxemada ko'rsatish mumkin.
Ssuda kapitali o'ziga xos tovar sifatida gavdalanar ekan, u holda undan foydalanishda to'lanadigan foiz kapital "baho"si bo'lib ishtirok etadi. Ammo bu o'ziga xos baho tovarning pul shaklidagi qiymatini aks ettirmaydi, balki kapitalning tovar shaklidagi iste'mol qiymatini- foyda keltirish qobiliyatini aks ettiradi. Foiz normasi -ssuda kapitaliga olinadigan yillik daromadning qarzga (ssudaga) berilgan kapital summasiga nisbatidir. Masalan, 100 ming so'mlik kapital ssudaga berilgan bo'lsa, yillik foiz daromadi 4 ming so'mga teng bo'lsa, u holda foiz normasi 4 foizga teng bo'ladi.
Kreditning funksiyasi - bu kreditning iqtisodiyotdagi faoliyati muayyan ravishda namoyonbo'Iishidir.
Kreditni tahlii qilishda uning funksiyasi mohiyati va roli o'rtasidagi oraliq bo'g'in sifatida Ko'rib chiqiladi.
Kredit tomonidan bajariladigan funksiyalar turii adabiyotlarda turlicha beriladi. Ko'pgina adabiyotlarda kreditning 4 ta funksiyasi ko'rsatilgan va asoslangan bo'lib, ular quyidagilardir:
kapitallarni qayta taqsimlash va foyda normasini tekislash (tengiashtirish);
muomala xarajatlarini tejash;
kapitalning markazlashuvi;
kapitalning yig'ilishi va jamg'arish funksiyasi.
Biroq boshqa ko'pgina kitoblarda kreditning boshqa 4 ta funksiyasi ko'rsatilgan:
qayta taqsimlash funksiyasi;
qayta takror ishlab chiqarish funksiyasi;
muomaladagi haqiqiy naqd pul mablag'larini kredit muomala vositalari biian almasbtirishi;
rag'banlantirish funksiyasi.
Kreditning qayta taqsimlanish funksiyasi 2 ko'rinishda — pul va tovar shakllarida amalga oshirilisbi mumkin.
Takror ishlab chiqarish funksiyasida esa kredit 2 xil ko'rinishda namoyon bo'ladi:
Qarz oluvchi tomonidan olingan kreditlar ularga kerakli kapital hajmini ta'minlaydi, tadbirkorlik faoliyatini olib borisbiga imkon yaratiladi.
Turli korxonalarga kredit berilishi natijasida jamiyat miqyosida ishlab chiqarish uchun yaxshi va yomon holatlar (sharoitlar) vujudga kelishi murakin (sifat, tannarx, baho).
Muomaladagi haqiqiy va naqd pul mablag'larini kredit to'lov
vositalari bilan almashtirish funksiyasida haqiqiy (oltin) puilar pul belgilari (banknotalar) bilan almashtiriladi.
Rag'banlantirish funksiyasida kredit ishlab chiqarishga va muomalagc mikro va makro darajada ta'sir ko'rsatadi. Buning natijasida inablag'lardar tejamli foydalanishga asos yaratiladi.
Kreditning bu funksiyalari haqida olimlar o'rtasida yagona fikr yo'q.
Kredit qayta ishlab chiqarish jarayonining barcha tarmoqlariga - ishlat chiqarish, taqsimlash, muomala va iste'molga xizmat Ko'rsatadi.
Qayta ishlab chiqarish jarayoni bilan bog'liq holda Kredit, ishlat chiqarish, taqsimlash yoki iste'mol jarayonida kechadigan funksiyalardar farqli o'laroq, qayta taqsimlash fuiiKciyasini bajaradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ssuda Kapitali bozori vaqtincha bo'sh turgai moliyaviy resurslarni bir faoliyat jabhasidan boshqasiga yo'naltirisl funKsiyasini bajaradi.
Muomala xarajatlarini tejash funksiyasi.
Kapitalning muomalada bo'lish vaqti tejalishi uning ishlab chiqarishda bo'lish vaqtini oshiradi, bu esa ishlab chiqarishni kengaytirishga, foydanini oshishiga olib keladi.
Bu funksiyaning amalga oshishi kreditning iqtisodiy mohiyatidan kelib chiqqan.
Kapital to'planishining jadallashuvi va Konsentratsiyalashuvi ftinKSiyasi.
Bu ishlab chiqarishni Kengaytirish, shu bilan birga, qo'shimcha foyda olish uchun qarz mablag'laridan foydalanish imKonini yaratadi.
Muomala to'lov vositalarini chiqarish furiKsiyasi.
Bu funksiyaning amalga oshish jarayonida (kredit faqatgina tovar emas, balki pul muomalasining jadallashuviga, undan naqd pultarni siqib chiqarib, to'Iovlar ayianishining tezlashuviga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Kredit tufayli pul muomalasi doirasiga veksel, chek, kredit kartochkalari kabi vositalar kiritilib, naqd pulli hisob-kitoblar naqd pulsiz operatsiyalar bilan almashtiriladi.
Fan-texnika taraqqiyotining jadallashuvi ham kredit orqali samarali amalga oshirilishi mumkin. Urushdan keyingi yillarda fan-texnika taraqqiyoti har bir mamlakat yoki alohida xo'jaltk yurituvchi sub'yekt iqtisodiy rivojining hal qiluvchi omiliga aylangan. Kreditning fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishdagi roli fan-texnnca bilan shug'uliamivchi tashkilotlar faoliyatini moliyalashtirishda Kredit resurslari ishlatiltshida ko'rinadi. Itmiy-tadqiqot ishiarini olib boruvchi markazlarining normal ishlab turishini ta'minlash uchun ham, ular faoliyatini moliyalashtirishda ham kredit resurslari ishlatilishi mumrin. Shuningdek, kredit innavatsion jarayonlarda ishlab chiqarishga ilmiy tadqiqot natijalarini joriy qilish va ishlab chiqarish texnologiyasini o'zgartirish jarayonlarini amalga oshirish uchun ham zarur.
|
| |