Mavzu Krestsimon o‘rash mashinalarining kamchiliklari. M-150 qayta o‘rash mashinasi




Download 26.82 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi26.82 Kb.
#57554
Bog'liq
Mavzu Krestsimon o‘rash mashinalarining kamchiliklari. M-150 qayta o‘rash mashinasi
4-чорак 8-синф, (@thompson english) 4000 Essential English Words 1 (book), www.idum.uz 2-sinf Sinf soati 2023-2024, Асияров Ўткир Нурматович, Каримов Азизбек Баходир ўғли, EH MI1, Fundamental Laws of Nature and Picture of the World, grafik redaktorlar bilan ishlash, 964-21 guruh talabasi Sulaymonov Abdulazizxon, ARuRKnHWfa71mwvFW5I5, Osi modeli haqida (1), Mavzu osi pog’onalari,vazifalari, asosiy protokollari, Mavzu osi modeli, 8 sinf huquqdan test choraglik test I, II, III, IV, va Yillik test

Mavzu Krestsimon o‘rash mashinalarining kamchiliklari. M-150 qayta o‘rash mashinasi
Reja

  1. Iplarni qayta o‘rash usullari

  2. Krestsimon o‘rash mashinalarining kamchiliklari

  3. . M-150 qayta o‘rash mashinasi

Iplarni qayta o‘rash usuliga, o‘rama turlariga qarab o‘rash turlari uch turga bo‘linadi. 1. Parallel. 2. Parallelsimon. 3. Krestsimon. Parallel o‘rama to‘quv g‘altagi, tanda g‘altagi kabi o‘ramalarga ip o‘raladi. Parallel o‘rash turida bir necha iplar, bir-biriga nisbatan parallel holda gardishli (iplarning chetdan tushib ketishini saqlovchi) o‘ramalarga o‘raladi. Bunday o‘rash usulining qo‘llanish doirasi chegaralangan (to‘quv va tanda g‘altaklari) (3-a rasm). Parallelsimon o‘rash turida yakka ip o‘rama bo‘ylab parallelsimon ravishda o‘raladi. Iplar o‘rama chetidan tushib ketmasligi uchun cheti konussimon, gardish yoki maxsus richaglar bilan to‘sib qo‘yiladi (3-b rasm). Parallel o‘ramada iplar bir-biriga parellel ravishda yonma-yon joylashadi. Bu esa o‘ramada iplarning ko‘proq joylashishini ta’minlaydi. Biroq parallel o‘ramada iplarning o‘rama chetida mustahkam 20 joylashmaganligi uchun gardishlar bilan ikki tomondan to‘sib qo‘yiladi. Parallel va parallelsimon o‘rash turlarining kamchiliklari: 1. G‘altakchaning aylanishi hisobiga undan ipni chuvatish tandalash mashinasi unumdorligining pasayishiga olib keladi va chuvatishning boshlang‘ich momentida me’yoriy tezlikni ta’minlash talab etiladi hamda uzilish miqdori yuqori bo‘ladi. 2. Tandalash jarayonidagi taranglikning keskin o‘zgarishi tanda sifatiga ta’sir etadi. 3. Bo‘sh g‘altakchalar (og‘irligi va hajmi, joy egallashi) o‘ramalarni tashishda (transportirovka qilishda) qo‘shimcha xarajatlarni talab etadi. 4. Tandalashdan so‘ng g‘altakchalarda qolgan katta miqdordagi qoldiq iplar (nachinkalar) chiqindilar miqdorining ko‘payishiga olib keladi. G‘altak o‘rovchi qayta o‘rash mashinalarining tezligi past bo‘ladi (xom ipak o‘rashda 140–180 m/min). G‘altakchalarni narxining yuqoriligi (qog‘oz patronga nisbatan), ularning tez ishdan chiqishi, mahsulot tannarxiga bevosita ta’sir etishi kabi omillar krestsimon qayta o‘rash texnologiyasini takomillashtirishni yanada rivojlantirishni talab etmoqda. Krestsimon o‘rash turida yakka ip belgilangan vintsimon burchagi ostida o‘raladi. Odatda vintsimon burchak 80 gradusdan kam bo‘ladi. Bunday o‘rash turida o‘ralgan o‘rama mustahkam bo‘lib, o‘rama chetidan tushib ketmaydi va gardish, konussimon yoki chegaralovchi to‘siqlar kerak bo‘lmaydi. Bu o‘rash turidan olingan konussimon babina qayta o‘rash jarayonida foydaniladi. (2.2-d rasm). a) 21 θ=90° b) d) 2.2-rasm. O‘rama turlarini ko‘rinishi. Krestsimon o‘rash turining afzalliklari: 1. O‘rama sifatining yuqoriligi; 2. Yuqori zichlikdagi o‘ramalar olish imkoniyatining mavjudligi; 3. Chuvatish jarayonining yaxshiligi; 4. Yuqori zichlikdagi o‘ramalar olish ishlab chiqarishdagi chiqindilar miqdorining kamayishiga, ish unumdorligining oshishiga, to‘qima sifatining ortishi imkoniyatini beradi. Krestsimon o‘rash turining kamchiliklari: 1. Krestsimon o‘rash turida katta hajmli va og‘irligi yuqori o‘rama olish imkoniyati yo‘q. 2. O‘ramaga o‘rash zichligining notekisligi yuqori. 3. Jarayonda ip chuvatish va taranglikning notekisligi, bobina oxirida ipning chiqib ketish hollari mavjud. Parallelsimon va krestsimon o‘rash turlari qayta o‘rash tezligi va taqsimlash mexanizmi tezliklarining nisbatiga bog‘liq bo‘ladi. Agar taqsimlash katta bo‘lsa, iplarni o‘ramada joylashish burchagi katta bo‘lib, krestsimon o‘rama hosil bo‘ladi. Agar taqsimlash tezligi kichik bo‘lsa, iplarni qatlamlararo joylashishi bir-biriga nisbatan juda yaqin bo‘ladi va parallelsimon o‘rama hosil bo‘ladi Zamonaviy qayta o‘rash mashinalari quyidagi belgilar bo‘yicha tavsiflanadi. Qayta o‘rash mashina va avtomatlarining turlari. O‘rash turiga qarab: 1. Pretsizion o‘rash mashinasi. 2. Barabanchali o‘rash mashinasi. O‘rama turi va shakliga qarab: 1. Krestsimon o‘rash mashinasi (silindrsimon va konussimon bobina) 2. Parallel o‘rash mashinasi (silindrsimon va bochkasimon bobina) Harakat uzatish turiga qarab: 1. Friksionli harakat uzatish. 2. To‘g‘ri (o‘q bo‘yicha) harakat uzatish. Asosan, chet el qayta o‘rash mashinalarida friksionli harakat uzatish tizimi ishlatilib, bunda bobina va qayta o‘rash barabani orasida hosil bo‘lgan ishqalanish hisobiga harakatlanadi. Hozirgi vaqtda tezligi yuqori bo‘lgan paxta, jun, kimyoviy iplarni qayta o‘rash uchun M–150–1, M–150–2, MM–150–1 (Rossiya), Simet (Italiya) friksionli harakat uzatish tizimli krestsimon qayta o‘rash mashinalari, zig‘ir iplarini o‘rash uchun RB–150-L, RK–150-L, RVK–150-L2 (Rossiya) va boshqa turli xil iplarni qayta o‘rash mashinalaridan foydalanib kelinmoqda. Har bir qayta o‘rash mashinasining asosiy qism va mexanizmlari bo‘lib, ular naychaband, taranglovchi moslama, nazorat-tozalovchi, o‘rovchi va taqsimlovchi moslama, pilta o‘rami nuqsonlarining oldini oluvchi, sfera hosil qiluvchi, ballonso‘ndirgich, to‘xtatish va boshqa mexanizmlardir. Naychabandga 2 o‘rnatilgan yigirish tuftagidan 1 chuvalib chiqayotgan ip, balonso‘ndirgichdan 3 o‘tib, taranglovchi moslama 4 yordamida kerakli taranglikni oladi (2.3-rasm). So‘ngra ip nazorattozalovchi moslamadan 5 o‘tadi va bu yerda uning notekisligi 23 (yo‘g‘onligi bo‘yicha) tekshirilib, ba’zi nuqsonlari yo‘qotiladi va ip nazoratchisidan o‘tib, bobinaga 7 o‘raladi. 2.3-rasm. M–150 qayta o‘rash mashinasining texnologik sxemasi. Ip uzilganda ogohlantiruvchi avtomatik ravishda bobinani o‘rash barabanidan uzoqlashtiradi. O‘rash barabanida 6 vintsimon ariqchalar bo‘lib, ularning hisobiga ip ilgarilanmaqaytma harakatlanadi. Bobina o‘rash barabani va uning orasidagi ishqalanish hisobiga harakat qiladi. 2.4-rasm. Qayta o‘rash mashinalarining ko‘rinishi. 24 Qayta o‘rash mashinalarining kamchiliklari: 1. Uzuqlarni ulash qo‘lda bajariladi. 2. Tuftaklarni taxtlash qo‘lda bajariladi. 3. Mashina tezligi va unumdorligi past. 4. Mehnat (ishchi kuchi) xarajatlari yuqori. 5. Boshlang‘ich sarf mablag‘i kam. 6. Nuqsonlar yetarlicha bartaraf etilmaydi. 7. Iqtisodiy samarali emas. Yigirish tuftagi tuftak tutgichga (romga) muqobil chuvatish uchun qulay qilib o‘rnatiladi. Taranglovchi moslama ipning belgilangan tarangligini bir me’yorda ta’minlab turishga xizmat qilsa, nazorat-tozalash moslamasi esa ipning yo‘g‘on va ingichka joylarini nazorat qilib tozalaydi. Bundan tashqari, iplar har xil yo‘naltirgichlar orqali yo‘naltiriladi
Download 26.82 Kb.




Download 26.82 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu Krestsimon o‘rash mashinalarining kamchiliklari. M-150 qayta o‘rash mashinasi

Download 26.82 Kb.