Muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish turlari




Download 17.87 Kb.
bet2/4
Sana22.11.2023
Hajmi17.87 Kb.
#103626
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida muammoli o’qitish texn-fayllar.org
6-MAVZU, 1-MAVZU, reyting-daftar-385221100355, Matematika o\'qitish metodikasi, kurs ishim, DISSERTASIYA OXIRGI VARIANT Jorayev O, Ijtimoiy tarmoq tushunchasi va uning mohiyati. Ijtimoiy tarmoqni-fayllar.org, slayd 2, slayd 8, Mehnat shartnomasi, energiya audit, RRQ mustaqil ish, Mustaqil ish mav, Kundalik
2. Muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish turlari.
Muammoli vaziyat muayyan pedagogik vositalarda maqsadga muvofiq tashkil etiladigan o'ziga xos o’qitish sharoitida yuzaga keladi. Shuningdek, o'rganilgan mavzular xususiyatlaridan kelib chiqib, bunday vaziyatlarni yaratishning maxsus usullarini ishlab chiqish zarur. Shunday qilib, o’qitishda muammoli vaziyat shunchaki «fikr yo'lidagi kutilmagan to'siq» bilan bog’langan aqliy mashaqqat holati emas.
Muammoli vaziyat har qanday fikrlash mashaqqatlaridan farqi qilib, unda talaba mashaqqat talab qilgan ob’ekt (tushuncha, fakt)ning unga amal va ayni vaqtda muhim bo'lgan vazifa, masala bo'yicha ichki, yashirin aloqalarini anglab etadi.
Muammoli vaziyatning mohiyati shuki, u talaba tanish bo'lgan ma'lumotlar va yangi faktlar, hodisalar (qaysiki, ularni tushunish va tushuntirish uchun avvalgi bilimlar kamlik qiladi) o'rtasidagi ziddiyatdir. Bu ziddiyat bilimlarni ijodiy o'zlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuchdir.
Muammoli vaziyatning belgilari quyidagilar:
talabaga notanish faktning mavjud bo'lishi;
vazifalarni bajarish uchun talabaga beriladigan ko'rsatmalar, yuzaga kelgan bilish mashaqqatini hal qilishda ulaming shaxsiy manfaatdorligi.
Muammoli vaziyatdan chiqa olish, hamma vaqt muammoni, ya'ni nima noma'lum ekanligini, uning nutqiy ifodasi va yechimini anglash bilan bog’langan bo'ladi.
Muammoli vaziyatni fikriy tahlil qiladigan bo'lsak, u avvalombor talabalarning mustaqil aqliy faoliyatidir. U talabani intellektual mashaqqat keltirib chihargan sabablarni tushunishga, unga kirish, muammoni so'z bilan ifodalash, ya'ni faol fikr yuritishni belgilashga olib keladi. Bu o'rinda izchillik yorqin ko'rinadi: awalo muammoli vaziyat yuzaga keladi, so'ng o’quv muammosi shakllanadi.
O’qitish amaliyotida boshqa variant — o'sha muammo tashqi ko'rinishda muammoli vaziyat yuzaga kelishiga muvofiq kelganday bo'ladigan variant ham uchraydi. Faktlar, hukmlar nazariy qoidalar ziddiyatlari mazmunidagi savollar ko'rinishidagi muammoning ifodasi odatda «nimaga» savoliga javob bo'ladigan muammoli vaziyatning mavjudligini aks ettiradi.
Muammo uch tarkibiy qismdan iborat: ma'lum (berilgan vazifa asosida), noma'lum (ularni topish yangi bilimlarni shakllantirishga olib keladi) va avvalgi bilimlar (talabalar tajribasi). Ular noma'lumni topishga yo'nalgan qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun zarurdir. Avvalo talabaga noma'lum bo'lgan o’quv muammosi vazifasi belgilanadi va bunda uning bajarilish usullari hamda natijasi ham noma'lum bo'ladi, shunda talabalar o'zlaridagi avval egallangan bilim va ko'nikmalarga asoslanib turib kutilgan natija yoki echilish yo'lini izlashga tushadi.
Shunday qilib, talabalar biladigan vazifa va uni mustaqil hal kilinish usuli o’quv muammosi bo'la olmaydi, ikkinchidan, biror vazifaning echilish usullarini va uni izlash vositalarini bilishmasa ham o’quv muammosi bo'la olmaydi.O’quv muammosini echish jarayonida talabalar aqliy faoliyatining muhim bosqichi uning echilish usulini o'ylab topish yoki gipoteza qo’yish hamda gipotezani asoslashdir.
Shaxs bilish faoliyatining izlanish davrini maxsus sxemalarda ifodalash mumkin: muammoli vaziyat — o’quv muammosi — o’quv muammosini echish uchun izlanish — muammoning echilishi.
Muammoli o’qitish mashg’ulotlarini tashkil etish va o'tkazishning muhim tomoni shundaki, bunda o’qituvchi uning ham ta'limiy, ham tarbiyaviy funktsiyasini yaxshi anglab olgan bo'lishi talab qilinadi. O’qituvchi hech qachon talabalarga tayyor haqiqatni (yechimni) berishi kerak emas, balki ularga bilimlarni olishga turtki berishi, mashg’ulotlarda va hayot faoliyatlarida zarur bo'lgan axborot, voqea, vaqt va hodisalami ongida qayta ishJashlariga yordam berishi lozim bo'ladi.
Muammoli vaziyatlardan o’quv jarayonining barcha bosqichlarida: yangi mavzu bayoni, mustahkamlash va bilimlarni nazorat qilishda foydalanish mumkin. Muammoli vaziyatlar tizimi muvaffaqiyatli yaratilgan hollarda mazkur mavzuni muammoli dars shaklida o'tish tavsiya etiladi. O’qitish jarayoniga muammoli darslarni qo’llashi uchun o’qituvchi (pedagog) quyidagi masalalarni hal qilishi kerak bo'ladi:
o’quv dasturi bo'yicha qaysi mavzularni muammoli dars shaklida o'tish mumkinligini;
mavzu matnidagi masalalar bo'yicha muammoli vaziyatni keltirib chiharadigan savollar, topshiriqlarni aniqlash, bunda didaktikaning ilmiylik, sistemalilik, mantiqiylik, ketma-ketlik, izchillik printsiplariga amal qilishi;
talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarishni ta'minlaydigan vosita va usullarni aniqlashi, ulardan o'z o'rnida va samarali foydalanish.
Muammoli o’qitish jarayonida talabaning mustaqillik roli reproduktiv o’quv usullariga solishtirib haraganda ancha samarali bo'ladi. Muammoli o’qitishning maqsadi talabalar bilan ishlash jarayonida ta'lim-tarbiya masalalari, muammo va savollariga javob qidirish, ularni hal etish yo'llari bilan yangi bilimlarni o'zlashtirishni, talabalar o’quv faoliyatida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish va hal etish bo'yicha o’qituvchi (pedagog)lar ularda qiziqish uyg’ota olishidan iborat.
Muammoli vaziyat-tinglovchi (bilim oluvchi)larga beriladigan fakt va ma'lumotlar, axborot va bilimlar bilan yangi dalillar, hodisalar, vaziyatlar orasidagi dialektik harshiliklar bo'lib, ularni tushunib olish uchun ilgari olgan bilimlarining etishmasligidir. Bu harama-harshiliklar (tushunmovchiliklar) ijodiy bilimlarni o'zlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuch bo'lib xizmat qiladi.
Ta'lim jarayonida muammoli vaziyat xususiyati quyidagilardan iborat:
talabalar uchun noma'lum yangilik mavjudligi;
muammolarni o'zlari hal etishlari;
shaxsiy qiziqish va ehtiyojlari yuzaga kelgan tushunmovchiliklarni o'zlari o'rganishga harakat qilishlari;
nima noma'lum ekanligini bilib, ma'nosini tushunib, uni hal etishga intilish kabilar.
Muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish turlari. 
O’quv jarayonidagi muammoli vaziyatning bir necha turlari farqlanadi:
1. Talabalar qo’yilgan vazifaning echilish usulini bilmaydilar, muammoli savolga javob berolmaydilar.
2. Talabalar avval olgan bilimlarini yangi sharoitda, holatda foydalanish zaruriyatiga duch keladilar.
3. Vazifaning nazariy jihatdan echilishi mumkin bo'lgan yo'li va tanlangan usulning amaliy jihatdan qo’llashi qiyiniligi orasida ziddiyat yuz beradi.
4. Vazifaning bajarilishida natijaga amaliy erishish va talabalarda uni nazariy jihatdan asoslashga bilim etishmasligi o'rtasida ziddiyat yuz beradi.
Adabiyotlarda muammoli vaziyat yaratishning quyidagi ko'p uchraydigan usullari qayd qilinadi:
hodisalar, o'rganilayotgan tushunchalar mohiyatini tushuntirish uchun muammoli vazifalar qo’yish;
olingan bilimlarning amaliy tadbiqi usullarini topish uchun muammoli vazifa qo’yish;
talabalarni hodisalar va faktlar orasidagi ziddiyatlar va nomuvofiqliklarni tushuntirib berishlariga undash;
ilmiy tushunchalari va hayotiy tasavvurlari orasidagi ziddiyatni keltirib chiharadigan fakt va hodisalarni tahlil qilishga undash;
talabalarni fakt, hodisa, hatti-harakatlar, xulosalarni solishtirish, ?iyos qilishga undash;
talabalarni go'yo tushunib bo'lmaydigan xarakterdagi va fan tarixida ilmiy muammoning qo'yilishiga sabab bo'lgan faktlar bilan tanishtirish.
Muammoli vaziyatni vujudga keltirishning yuqorida keltirilgan usullari uning boshqa variantlariga chek qo'ymaydi. Har bir o’qituvchi o'zining amaliy faoliyatida o’quv materiallari bilan ijodiy ishlash jarayonida uni tashkil qilishning turli imkoniyatlarini qidirishi va topishi mumkin.
Talabalarning fikrlari tobora qiyomiga eta borib, muammoli vaziyat ularda ma'lum xissiy hozirlikni vujudga keltiradi. Mustaqil amalga oshirilgan bilish jarayonidan, kashfiyotlardan qoniqish hosil qiladi. Hayratga tushish, tushkunlik yoki shodlik qissiyotlari muammoli vaziyatni to’g’ri tashkil qilish belgilari bo'lib xizmat qiladi. Ma'lumki, yuqori ko'tarinkilik bilimlarni samarali o'zlashtirish, haqiqatni qidirish va unga erishishning muhim omili hisoblanadi.

Download 17.87 Kb.
1   2   3   4




Download 17.87 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish turlari

Download 17.87 Kb.