• II.BOB. Bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish.
  • Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mavzuning dolzarbligi
  • Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni geometrik shakllari bilan tanishtirish Mundarija: Kirish




    Download 289.24 Kb.
    bet1/13
    Sana04.04.2023
    Hajmi289.24 Kb.
    #48680
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    25-Maktabgacha yoshdagi bolalarni geometric shakllari bilan tanishtirish
    5-amaliy, IDROK PSIXOLOGIYA, 523933cb17de0c259e334105409c3eff Kompyuter arxitekturasi, 7- sinf o\'zbekiston tarixi, 86768, yuldashov askar algaritm asoslari va algaritmik tillar, iiiiiiiiiiii, Reja Dvigatelning sovutish tizimi tuzulishi, 2 илова, Xusni Obyektivka, 3d studio max dasturi, Ызбекистон республикаси олий ва ырта, БИЛЕТЛАР IQTISODIY MATEMATIKA SIRTQI, 24-MAKTAB тавсиянома

    Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni geometrik shakllari bilan tanishtirish
    Mundarija:
    Kirish
    I.BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalarda shakl haqida tasavvurni shakllantirish
    1. "Forma" bo'limida dastur tarkibini tahlil qilish
    2. Maktabgacha yoshdagi bolalarda shakl haqida g'oyalarni rivojlantirish bo'yicha ish usullari.
    II.BOB. Bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish.
    1. Kichik guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish.
    2. O‘rta guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish.
    3. Katta guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish.
    4. Tayyorlov guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish.
    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar

    Kirish
    Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli qarori ijrosini ta'minlashda bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlarini tatbiq etish, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, ta'lim muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash ishlarini izchil davom ettirish maqsad qilib olindi.
    Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari rejasi ishlab chiqildi.
    Ta'lim tizimining hozirgi kundagi rivojlanish bosqichida uning birinchi bo‘g‘ini hisoblangan maktabgacha ta'limda jadal o‘zgarishlar yuz bermoqda va ular quyidagilarda namoyon bo‘lmoqda: maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatining xuquqiy-me'yoriy asosi takomillashmoqda; maktabgacha ta'lim muassasalari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining yangi turlariga o‘tmoqda; nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog‘i kengaymoqda; ta'limning ilg‘or texnologiyalari joriy etilmoqda; xodimlar malaka oshirish tizimi takomillashmoqda; qisqa muddatli guruhlar asosida maktabgacha ta'lim muassasalarining muqobil shakllari joriy etilmoqda.
    Maktabgacha ta'limning mazkur Konsepsiyasi uning 2017 yilgacha bo‘lgan vazifalari, strategiyasi, maqsad va tamoyillarini aniqlab beradi.
    Konsepsiyaning xuquqiy asosini quyidagi me'yoriy-xuquqiy hujjatlar tashkil etadi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va ta'lim sohasidagi boshqa huquqiy-me'yoriy hujjatlar.
    Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'limning boshlang‘ich bo‘g‘ini hisoblanadi. U bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga qiziqishni shakllantirish maqsadini ko‘zlagan holda, olti-yetti yoshgacha oilada hamda davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida olib boriladi. Maktabgacha ta'limning maqsad va vazifalarini tatbiq etishda jamoat va homiy tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok etadilar.
    Ta'lim jarayoni bola shaxsiga yo‘naltirilganligidan kelib chiqib, maktabgacha yoshdagi bolalarning ta'lim-tarbiyasi shaxsning rivojlanishida ijodiy va insonparvarlik tamoyillariga asoslangan holda ta'lim-tarbiyaning usul va uslublari tizimidan tashkil topgan hamkorlik pedagogikasi tamoyillariga tayanib amalga oshirilishi lozim.
    Pedagogik hamkorlikning asosiy holatlari-ta'limga tarbiyachi va bolaning o‘zaro ijodiy hamkorligi sifatida munosabat; majburlamasdan o‘qitish; qiyin maqsad g‘oyasi (bolaning oldiga murakkab maqsad qo‘yiladi va uni yengib o‘tishiga ishonch hissi singdiriladi); tayanchdan foydalanish (tayanch signallar); o‘z-o‘zini tahlil qilish (bolalar faoliyati natijalarini yakka tartibda va jamoa bo‘lib muhokama qilish); erkin tanlov (tarbiyachi tomonidan ixtiyoriy ravishda bolalarning o‘quv dasturini yaxshiroq o‘zlashtirishlarini maqsad sifatida belgilab o‘qitish vaqtini tanlashi); guruhning intellektual foni (o‘qitishning mazkur bosqichida ahamiyatli hayotiy maqsadlarni qo‘yish va tarbiyalanuvchilar tomonidan dasturga nisbatan kengroq bilimlar egallash); shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim, tarbiyachi va ota-onalar hamkorligi.

    Download 289.24 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 289.24 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni geometrik shakllari bilan tanishtirish Mundarija: Kirish

    Download 289.24 Kb.