• -Yoy yordamida payvandlash va qoplashning mexanizatsiya-lashgan usullari
  • -Yoysiz payvandlab qoplashning mexanizatsiyalashgan usullari
  • Gaz alangasida qoplash (metallash)
  • -Termik va kimyoviy-termik ishlov berish
  • -Polimer materiali bilan qoplash -




    Download 19.78 Kb.
    bet3/3
    Sana08.03.2022
    Hajmi19.78 Kb.
    #18427
    1   2   3
    Bog'liq
    tamirlash
    Raximova finish, Full Paper FORMATION OF AN AXIOLOGICAL WORLDWIDE IN THE MIND OF, Popular Songs Translated, Abdullayeva. 2-mustaqil Kristal
    -Polimer materiali bilan qoplash -Changlatib qoplash, presslab qoplash, bosim ostida quyib qoplash, mexanik surkab qoplash
    -Dastaki payvandlab qoplash usullari-Gaz alangasida, elektr yoyida, argon gazi muhitida elektr yoyida, gornda qizdirib, plazmali, termitli, elektr kontakt
    -Yoy yordamida payvandlash va qoplashning mexanizatsiya-lashgan usullari-Flyus ostida avtomatlashtirilgan, himoya gazlari muhitida: argon, is gazi, suv bug’i va boshqalar, aralash himoya gazlari muhitida, gaz alangasida himoyalangan elektr yoyli, tebranma yoyli, kukunsimon sim yoki lenta bilan, keng qatlamli, yotqizilgan elektrod bilan, plazmali, ko’p elektrodli, bir vaqtning o’zida deformatsiyalash, bir vaqtning o’zida mexanik ishlov berish
    -Yoysiz payvandlab qoplashning mexanizatsiyalashgan usullari-Induktsion (yuqori chastotali), elektr shpakli, kontakt payvandlash va qoplash, ishqalash, gaz alangasida, elektron nurli, ultratovushli, diffuzion, lazerli, termitli, portlatish bilan, magnit impulsli, gornda qizdirib qoplash
    -Gaz alangasida qoplash (metallash)-Elektr yoyli, gaz alangasida, plazmali, detonatsion, yuqori chastotali tok bilan, elektr impulsli, ion plazmali.
    -Galvanik va kimyoviy qoplash-O’zgarmas tokda temirlash, o’zgaruvchi tokda temirlash, elektrolit oqimida temirlash, vannasiz temirlash, xromlash, elektrolit oqimida xromlash, mislash, ruxlash, qotishmalarni qoplash, kompozitsion qatlam bilan qoplash, elektr kontakt qoplash (elektrik ishqalab), galvanik-mexanik usulda, kimyoviy nikellash
    -Termik va kimyoviy-termik ishlov berish -Toblash, bo’shatish, diffuzion borlash, diffuzion ruxlash, diffuzion titanlash, diffuzion xromlash, diffuzion xromtitanlash, diffuzion xromazotlash, sovutib ishlov berish
    -Boshqa usullar-Suyuq metall quyish, muzlatish, qizdirib yopishtirish, kavsharlash, kavshar payvandlash, elektr uchqunli o’stirish va legirlash
    Mexanik ishlov berish usuli yeyilgan sirtlarni qoplashga tayyorlash yoki tugallash ishlarida, shuningdek detallarni remont o’lchamiga moslab qayta tiklashda yoki qo’shimcha elementlar o’rnatib qayta tiklashda qo’llaniladi. Detallarni remont o’lchamiga moslab ishlov berganda ular ishchi yuzalarining geometrik shakli tiklanadi, qo’shimcha elementlar o’rnatib qayta tiklashda uning o’lchami yangi detal o’lchamiga muvofiqlantiriladi.
    Galvanik qoplash usuli elektr toki ta’sirida metall tuzlarining eritmasidan metallarning ajralib chiqishi xossasiga asoslangan. Galvanik qoplamalar detalning yeyilgan yuzasini qoplash uchun olinadi.
    Galvanik usullar yordamida kam yeyilgan detallarni qayta tiklash imkoniyati mavjud. Bu usullarning afzalligi shuki, elektroliz jarayoni rejimlarini o’zgartirish yo’li bilan tanlangan metallning mexanik xossalarini o’zgartirish mumkin.
    Jarayon yordamida olingan qatlamning ishqalanishga chidamliligi past va qattiqligi yuqori chastotali tok bilan toblangan po’lat 45 qattiqligining 75 foizini tashkil etishi, charchash mustahkamligining 25...30 % kamligi, tayyorgarlik operatsiyalarining murakkabligi va katta mehnat talab qilishi, katta hajmdagi ishlab chiqarish maydonining kerakligi, xizmat qiluvchilar salomatligiga zararliligi kabi kamchiliklari mavjud.
    Payvandlashning qoplash usullari. Payvandlash va qoplash usullari mashina detallarini ta’mirlashning eng asosiy usullari hisoblanadi. Hozirgi vaqtda ta’mirlash korxonalarida payvandlash va payvandlab qoplash usullari bilan 70% dan ortiq detallar qayta tiklanmoqda. Shundan 80% i elektr energiyasi yordamida, 20% i esa gaz alangasi yordamida amalga oshiriladi.
    Payvandlashdan detallarning mexanik nuqsonlarini bartaraf etishda, suyuqlantirib qoplashdan esa yeyilgan ishchi yuzalarini metall qatlami bilan qoplab qayta tiklashda qo’llaniladi. Ta’mirlash korxonalarida dastaki va mexnizatsiyalashtirilgan payvandlash va suyuqlantirib qoplash usullari qo’llaniladi. Mexanizatsiyalashtirilgan usullarning flyus qatlami ostida va himoya gazlari muhitida avtomatik va yarim avtomatik, tebranma yoy bilan lazerli va plazmali kabi qator payvandlash usullari qo’llaniladi.
    Ta’mirlashda shu usullarning keng qo’llanishi quyidagi omillar bilan ifodalanadi: ularning unumliligi va jarayonning nisbatan oddiyligi, qoplangan qatlamning asosiy metall bilan mustahkam birikishi, sifatli payvand qatlam olish imkoniyati (yuqori qattiqligi, yeyilishga chidamliligi, oshirilgan qayishqoqligi va xakazo).
    Ushbu usullarning umumiy kamchiligi issiqlik ta’sirida metall strukturasining o’zgarishi va buning oqibatida mexanik xossalarining pasayishi, hamda qatlam qalinligining ancha kattaligi va juda notekisligidan iborat.
    Kontakt payvandlab qoplash usuli bosim ostida payvandlash usullariga kirib, uning po’lat lenta, sim va metall kukunlarini suyuqlantirmasdan va suyuqlantirib qoplash turlari mavjud.
    Ushbu usul faqat metallarni payvandlashda qo’llaniladi va unda asosiy energiya manbai bo’lib birikuvchi detallarning kontakt yuzasidan elektr toki o’tishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik xizmat qiladi.
    Kontakt payvandlashda bosim kuchi turg’un elektr kontaktini shakllantirish va payvand chok strukturasini yaxshilash, hamda deformatsiya va ichki kuchlanishni kamaytirish maqsadida beriladi.
    Kontakt payvandlashda jarayon ikki xil variantda olib borilishi mumkin: 1) metallni suyultirmasdan yuqori plastik holatgacha qizdirib; 2) payvand nuqtada metallni suyuqlanguncha qizdirib, quyma strukturasini hosil qilib.
    Ikkala jarayon ham ishlab chiqarishda qo’llanilib keladi. Ammo suyuqlantirib payvandlash energetik va texnologik nuqtai nazardan samaraliroq hisoblanadi. CHunki unda elektr energiya sarfi kam, payvand chok esa mustahkam bo’ladi.
    Ushbu usul bilan po’lat, cho’yan va rangli metallardan iborat valsimon detallarning yeyilgan yuzalarini va podshipnik o’rnatiladigan korpus detallarini qayta tiklash mumkin. Usulning jihozini murakkabligi bilan birga olinadigan payvand qatlam qalinligini cheklanganligi kabi kamchiliklari mavjud.
    Gaz alangasida suyultirib qoplash usuli yonuvchi gazlarni texnik sof kislorodda yondirish natijasida ajralib chiqadigan issiqlik energiyasi yordamida amalga oshiriladi. Gaz alangasida suyultirib qoplashda payvandlash materiali sifatida metall sim yoki metall kukunidan foydalaniladi.
    Gaz alangasida payvandlashning afzalliklari nisbatan jihozlarning oddiyligi va arzonligi, payvadlashda quvvatni, alanga tarkibi va yo’nalishini keng boshqarish mumkinligidadir.
    Usulning kamchiliklariga payvadlanayotgan metallni qizish va suyuqlanish tezligining kichikligi, issiqlik ta’sir zonasining kattaligi, ish unumining pastligi kabilarni keltirish mumkin.
    Eyilgan detallarni metall purkab qayta tiklash usulining mohiyati shundaki, qoplash materiali detalning oldindan tayyorlangan sirtiga qizdirilgan, hamda siqilgan gaz oqimi bilan purkaladi. Purkalgan metall detalning sirtiga urilganda deformatsiyalanadi, sirtdagi g’ovak va notekisliklarni to’ldirib qoplama hosil qiladi. Metall zarralari detal sirtiga va o’zaro asosan mexanik birikadi. Faqat ayrim nuqtalarda ular payvandlanadi.
    Metall purkab qayta tiklashning gaz-alangali, elektryoyli, yuqori chastotali, detonatsion va plazmali purkash usullari mavjud.
    Detallarni metall purkab qayta tiklash jarayonining yuqori unumliligi, detalning biroz (120…1800S) qizishi, qoplangan qatlamning yeyilishga yaxshi chidamliligi, texnologik jarayonning va qo’llaniladigan uskunalarning oddiyligi, har qanday metall va qotishmalardan 0,1…10 mm gacha qalinlikdagi qatlam olish mumkinligi usulning afzalligidir. Qoplangan qatlamning unchalik mustahkam bo’lmasligi va uni detalning sirtiga sust ilashishi bu jarayonning kamchiligidir.
    Eyilgan detallarni metallash yordamida qayta tiklash usulining mohiyati metall simni yoki kukunni qizdirish, suyuqlantirish va mayda zarrachalarga parchalab, uni siqilgan havo yoki inert gaz oqimida detalning qayta tiklanadigan yuzasiga yotqizishdan iborat. Metallni suyuqlantirish usuliga qarab elektr-yoyli, gaz-alangali, yuqori chastotali va plazmali metallash usullariga ajratiladi.
    Metallash usulida olingan qatlam qattiqligi yuqori va mexanik mustahkamligi past bo’lgan g’ovak va mo’rt metall qatlamidan iborat bo’ladi. Qatlam moylash materialini yaxshi singdiradi va solishtirma yuklanish kam sharoitlarda yeyilishga chidamli bo’ladi. Biroq siljish va siqishga solishtirma yuklanish katta bo’lganda metallangan qoplama tez ko’chib ketadi.
    Metallash usuli har xil qalinlikda qatlam olish (20 mkm dan 8 mm gacha) imkoniyati borligi bilan boshqa usullardan ajralib turadi. Muhim kamchiliklar tufayli bu usul ta’mirlashda o’z o’rnini topmadi: qoplanadigan metall zarrachalari o’z-o’zi bilan va asosiy metall bilan bog’lanishni yo’qligi, tayyorgarlik operatsiyalari tufayli (qum purkab ishlov berish kabi) detalning charchashga mustahkamligini keskin kamayishi, metallning ko’p miqdorda yo’qolishi (60...70 % gacha), po’lat qoplamaning past fizik-mexanik xossalari va g’ovakliligi, ish unumining pastligi, ish sharoitining og’irligi.
    Elektromexanik ishlov berishda detalga tok uzatuvchi asbob suqilishi tufayli sirtdagi metallning qayta taksimlanishi sodir bo’ladi. Spiralsimon chiziklar tekislangandan keyin val diametrining kengayishi 0,4 mm dan oshmaydi. Termik ta’sir bo’lgani uchun val bo’yinlari toblanib qoladi.
    Detalning charchashga mustahkamligi 10...12 % gacha ortadi. Xosil bo’lgan ariqchalarni har xil materiallar bilan to’ldirish, masalan sim payvandlash, tavsiya etiladi.
    Sim payvandlash tok uzatuvchi rolik yordamida amalga oshiriladi. Metallografik tadqiqotlar payvandlangan sim o’yilgan ariqchalarni yaxshi to’ldirishini tasdiqlagan. Sim metalining asosiy metallga birikish mustahkamligi 100...200 MPa ga yetadi. Sim metalining tarkibiga mos ravishda qarab olingan qatlamning yeyilishga chidamliligi ortadi.
    Yana bir elektr uchquni yordamida ishlov berish usuli o’tgan asrning 40-yillarida ishlab chiqilgan bo’lib, jarayon elektrod bilan detal orasidagi gaz muhitidan o’tuvchi impulsli elektr uchqunining ta’siridan foydalanishga asoslangan. Usulning mohiyati shundan iboratki, gaz muhitida sodir bo’lgan elektr uchqunining ta’sirida elektrod-anod ishchi yuzasining materiali qizib suyuqlanishi natijasida mayda tomchilarga parchalanadi va ular detal-katodning qayta tiklanayotgan yuzasiga uchib o’tadi.
    Detallarning ishchi yuzasiga elektr uchquni yordamida ishlov berish turlari shartli ravishda uchga bo’linadi: qoplash, legirlash va puxtalikni oshirish. Ishlab chiqarishda qo’yilgan vazifaga qarab qoplash, legirlash va puxtalikni oshirish yakka tarzda yoki birgalikdagi texnologik jarayon sifatida qo’llaniladi. Bunda detal yuzasida shunday talab etilgan qatlam hosil etiladiki, uning yuqori mikroqattiqligi, issiqbardoshligi, zangbardoshligi, yeyilishga chidamliligi va boshqa xossalari jihozning uchqun hosil qilish rejimlariga, elektrod va detal yuzasining materialiga, gaz muhiti tarkibiga, elektrod tebratgich rejimlariga bog’liq bo’ladi. Ushbu usulni qo’lda dastaki va mexanizatsiyalashgan holda amalga oshirish mumkin.
    Ushbu usulni yeyilgan detallarni qayta tiklash tarmog’ida qo’llash uchun Rossiyada yangi «Elitron-52B» va «Elitron-52BM» qurilmalari ishlab chiqarilgan bo’lib, ular bugungi kunda keng laboratoriya tadqiqotlaridan o’tmoqda. Masalan: Rossiyaning Mordoviya Universiteti bilan Moskvadagi GOSNITI hamkorlikda usulni ishlab chiqarishga joriy qilish bo’yicha amaliy ishlarni bajarmoqdalar.
    Yuqorida keltirilgan qayta tiklash usullarining taxlili ko’rsatdiki, qishloq xo’jalik va melioratsiya mashinalarini ta’mirlashda yeyilgan detallarni qayta tiklash uchun qator usul va texnologiyalar yaratilgan bo’lib, ular ayniqsa, tez yeyiluvchi detallarning resursini yangi detalning resursidan kam bo’lmagan darajada orttira olmagani uchun ham ishlab chiqarishga keng qo’llanilmay kelayotgani aniqlandi.
    Download 19.78 Kb.
    1   2   3




    Download 19.78 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Polimer materiali bilan qoplash -

    Download 19.78 Kb.