Mavzu: Metallarni kesish va kavsharlash texnologiyasi. A. Dars maqsadi




Download 150.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana24.02.2022
Hajmi150.03 Kb.
#18050
  1   2
Bog'liq
Metallarni kesish va kavsharlash texnologiyasi.
6-dars, 2-amaliy topshiriq, 05-1272 15.12.2021, Maqom asoslari, mustaqil ish mavzulari2 (3), 3-MI Uralov Bunyod, 3-mustaqil ish-Vektorlar bo, YO\'PA0118 (1), 290, 2-mavzu.Yarim o‘tkazgichli diodlar, 788, 789, ferment, xfghjh


 Mavzu: Metallarni kesish va kavsharlash texnologiyasi. 
A. Dars maqsadi. 
1) Metallarni kislorod yordamida kesish texnologiyasini o'rganish. 
2) Metallarni elektr yoy yordamida qirqish ishlarini o'rganish. 
3) Metallarni kavsharlash texnologiyasini o'rganish. 
B. Umumiy ma'lumotlar. 
1) Metallarni kislorod yordamida kesish texnologiyasini o'rganish. 
a) Metallarini bu usulda kesishda avval uning kesish joyi gaz alangasida alangalanish 
temperaturasigacha obdan qizdirilib keyin u yerga kislorod haydaladi. Demak, bu 
jarayonda metallning kesilishi uning kislorod oqimida yonishiga asoslangan. SHuning 
uchun bu usulda kesiladigan metallaming alangalanish temperaturasi suyuqlanish 
temperaturasidan past, yonganda ajraluvchi issiqlik uning quyi qatlamlarini alangalanish 
temperaturasigacha qizdira oladigan, hosil bo‘lgan oksidiing suyuqlanish temperaturasi 
shu metallning suyuklanish temperaturasidan past va yuqori suyuqlanuvchan bo‘lishi 
xamda kesilgan joyidan osonroq ajralishi kerak. 
b) Yuqorida qayd etilgan talablarga tarkibida uglerodi 0,7% gacha bo‘lgan konstruksion va 
kam legirlangan po‘latlar to'la javob beradi. Ma’lumki, pulatlar tarkibida uglerod 0.7% 
bo‘lishi va legirlovchi elementlaming ortishi, shuningdek, chuyanlar, rangli metallar vz 
ularning qotishmalari yuqoridagi talablarga to'la javob bermaydi. SHuning uchun ular 
kislorod oknmnda qirqilmaydi. Mabodo, ulami qirqish zarur bulsa, flyuslar (ko‘p 
hollarda temir kukuni) dan foydalanish mumkin. Bunda kukunsimon flyus kislorod 
oqimi bilan birga qirqish zonasiga o‘tib, yonayotganda qo‘shimcha issnqlik ajratadi. 
Natijada suyuqlanish temperaturasi yuqori bo‘lgan oksidlar suyulib, qirqish zonzsidan 
purkalib tashqariga chiqadi. 
c) Metallarni kislorod yordamida kesish uchun kesish asboblaridan foydalanib, bu ish 
dastaki, yarim avtomatik va avtomatik ravishda bajariladi. 
d) Metallarni dastaki usulda kesishda foydalaniladigan kesish asbobiga keskich deyiladi. 
Bu asbobning payvandlash gorelkalaridan farqi shundaki, unda qirquvchi kislorodni 
haydovchi qo‘shimcha maxsus qismi bo‘ladi. 
e) Bu maqsadlar uchun foydalaniladigan kesish asboblari turli konstruksiyada bo‘lib, 
dastaki qirqishda ko'proq UR (universal keskich) tipidagisidan foydalaniladi. Uni ishga 
tushirish uchun ventillarni ochib kanal orqali kislorod, kanal orqali esa atsetilen 
yuboriladi. Kislorod ventillari ochilganda kislorod injektor orqali o'tib atsetilenni suradi, 


ular kamerada aralashadi. Bu arzlashma gaz mundshtugin bilan belgilangan teshigidan 
chiqayotganda yondiriladi. Metall alangalanish temperaturasigacha qizdirilgach, kesish 
asbobini uchi teshigidan kislorod haydaladi. Bunda keskich mundshtugi metallning 
qirqiladigan joyidan 3—6 mm oraliqqa tutib turib yuzaga tik yo'naltiriladi. Turli 
qalinlikdagi metallarni qirqish uchun keskichning ikkita tashqi va beshta 
almashtiriladigan mundshtugi bo‘ladi. 
f) Keskichning surilish tezligi kesiluvchi metallning qalinligiga bog‘liq bo‘lib, u qancha 
qalin bo‘lsa shuncha sekin suriladi. 
 Dastaki keskichlarda qalinligi 6—300 mm bo‘lgan kam uglerodli po‘latlarni 550— 800 
mm/min tezlikda, maxsus keskichlar yordamida 3 m gacha va undan ortiq qalinlikdagi 
metallarni kesish mumkin. 

Download 150.03 Kb.
  1   2




Download 150.03 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Metallarni kesish va kavsharlash texnologiyasi. A. Dars maqsadi

Download 150.03 Kb.
Pdf ko'rish