• Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qo„yiladigan talablar.
  • Mavzu: Multimediali o„quv resurslar va elektron vositalarni yaratish texnologiyalari




    Download 1.22 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/8
    Sana10.12.2022
    Hajmi1.22 Mb.
    #34036
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Foqkwjpu1a29ifWS7YoWSXK4Cv0JCNQSfgF0ovdq




    Mavzu: Multimediali o„quv resurslar va elektron vositalarni yaratish 
    texnologiyalari
     
    Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushuncha 
    Pedagogik dasturiy vositalar – kompyuter texnologiyalari yordamida o‘quv 
    jarayonini qisman yoki to‘liq avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan didaktik 
    vosita hisoblanadi. Ular ta’lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli 
    shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o‘qitish vositasi 
    sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: o‘quv fani bo‘yicha aniq 
    didaktik maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar 
    majmuasi), texnik va metodik ta’minot, qo‘shimcha yordamchi vositalar kiradi.
    Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin: 

    o‘rgatuvchi dasturlar – o‘quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan 
    kelib chiqib yangi bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltiradi; 

    test dasturlari – egallangan bilim, malaka va ko‘nikmalarni tekshirish yoki 
    baholash maqsadlarida qo‘llaniladi; 

    mashq qildirgichlar - avval o‘zlashtirilgan o‘quv materialini takrorlash va 
    mustahkamlashga xizmat qiladi;

    o‘qituvchi ishtirokidagi virtual o‘quv muhitini shakllantiruvchi dasturlar. 
    Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qo„yiladigan talablar. 
     Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish texnologiyasini amalga oshirish 
    maqsadida ularning an’anaviy vositalardan ustunligini tasdiqlovchi qator ijobiy 
    omillar mavjud. Mazkur omillar didaktik, psixologik, iqtisodiy, fiziologik 
    guruhlarga ajratildi.
    Pedagogik dasturiy vositalarga qo‘yiladigan didaktik talablarga quyidagilar 
    kiradi: ilmiylik, tushunarli, qat’iy va tizimli bayon etilishi bilan birgalikda 
    (pedagogika, psixologiya, informatika, ergonomikaning asosiy tamoyillarini
    zamonaviy fanning fundamental asoslarini hisobga olib, o‘quv faoliyati mazmunini 
    qurish imkoniyatini ta’minlash), uzluksizlik va yaxlitlik (ilgari o‘rganilgan 
    bilimlarning mantiqiy oqibati hamda to‘ldiruvchisi hisoblanadi), izchillik, 
    muammolilik, ko‘rgazmalilik, faollashtirish (o‘qitish mustaqilligi hamda faollilik 
    xususiyatining mavjudligi), o‘qitish natijalarini o‘zlashtirish mustahkamliligi, 
    muloqotning interfaolliligi, o‘qitish, tarbiyalash, rivojlantirish va amaliyotning 
    yaxlit birligi.

    Download 1.22 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1.22 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Multimediali o„quv resurslar va elektron vositalarni yaratish texnologiyalari

    Download 1.22 Mb.
    Pdf ko'rish