Mavzu: Multimediyaning asosiy tushunchalari. Audio va video axborotlar bilan ishlash asoslari. Reja




Download 100.79 Kb.
Sana07.11.2022
Hajmi100.79 Kb.
#29373
Bog'liq
7-ma\'ruza. Multimediyaning asosiy tushunchalari. Audio va video axborotlar bilan ishlash asoslari.
4-ДАРС, 6-ma\'ruza. Taqdimot muharrirlari, MASSAJ, 1-жмнм тест, 5-11, Xorijiy Tilarga Ro\'yxat, Ўзбекистоннинг энг янги тарихи, 0Tarix 2021, 1. ЎзМУ хабарлари, Abdunozim, 2, 1-mavzu. Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo’llanilis-fayllar.org, 1 Informatika va axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqs-kompy.info, 10 va 13 slayd

Mavzu: Multimediyaning asosiy tushunchalari. Audio va video axborotlar bilan ishlash asoslari.
Reja:

  1. Multimediya tushunchasi. Multimediya vositalari. Multimediya imkoniyatlari.

  2. Multimediyaning axborot ta’minoti. Multimediyaning dasturiy ta’minoti.

  3. Audio va video axborotlar bilan ishlash asoslari.

Multimedia (lotincha — koʻp va — vositachi boʻlmoq) — kompyuterning matn, grafik, tovushli va videomaʼlumotlar bilan ishlashga imkon beruvchi qurilmasi.
Multimedia – bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatstiya effektlari asosida o’quv materiallarini o’quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi ko’rinishidir.
Multimediya vositalari – bu insonga o’zi uchun tabiiy muhit: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalanib, kompyuter bilan muloqotda bo’lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuidir.
Multimedia vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish quyidagi avzalliklariga ega
Berilayotgan materialni chuqurroq, mukammalroq o’zlashtirish imkoniyati bor;
Ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi;
Ta’lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish;
Olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo’lganda amaliyotda qo’llash imkoniyatiga erishiladi.
Multimedia vositalari asosida oʻquvchilarni oʻqitish ikki barobar unumlidir va vaqtdan yutish mumkin. Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30% gacha vaqtni tejash mumkin boʻlib, olingan bilimlar esa xotirada oʻzoq muddat saqlanib qoladi. Agar oʻquvchilar berilayotgan materiallarni koʻrish (video) asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saqlab qolinishi 25-30 % oshadi. Bunga qoʻshimcha sifatida oʻquv materiallari audio, video va grafika koʻrinishda mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni xotirada saqlab qolish 75 % ortadi.
Multimеdia vositalari


Multimеdia vositalari yordamida axborotlarni matnli, tasvirli, tovushli va animatsiyali ko‘rinishda namoyish etish mumkin.
Multimеdiali axborot rеsurslari animatsiyali, audio va vidеo ma’lumotlardan tarkib topadi.
Multimеdia vositalari bu:
nutqli axborotni kiritish-chiqarish qurilmalari (mikrofon, kuchaytirgichlar, tovush kolonkalari);
Animatsion va vidеo ma’lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalari (vidеokamеralar, vidеoproеktor va ekranlar)
tovushli va vidеo ma’lumotlarni saqlovchi optik disklar


Multimеdia ma’lumotlari strukturasi
Multimеdia rеsurslari tarkibini tashkil etuvchi ma’lumotlar turlari va ularning o‘zaro bog‘liqlik sxеmasi

Audio va video axborotlar bilan ishlash asoslari


Video va audio axboroti bilan ishlashning zaruriyati ma’lumotlarning katta hajmi va ularni oʻzatishning yuqori tezligi bilan bogʻliq, koʻplab muammolarni yuzaga keltirdi. Bu, audio-video axborotning soʻngi texnologiyalarini rivojlantirish va katta sigʻimdagi jamgaruvchilarning yangi namunalarini yaratishning boshlanishi boʻladi. Masalan, 650 Mb sigʻimli va 150 kb/s hisoblash tezligidagi CD-ROM optik kompakt diski shu jumladandir.
Multimedia uchun zamonaviy CD-ROM texnologiyalar taqdimnomasi ilk marta 1987 yili Sietldagi konferensiyada boʻlib oʻtdi va bu sana video va audioaxborotli toʻlaqonli multimedianing paydo boʻlishi boshlanishi deb hisoblanadi.
Multimedia tarkib topishining bundan keyingi qadami CD-I texnologiyasi (Compact Disk Interactive - interaktiv videodisklar) boʻladi, ular kompyuter yordamida lazerli video-murvatni boshqarish yoʻli bilan kompakt diskdan axborotni ixtiyoriy tanlashni tashkil etishga imkon beradi. Bu texnologiyani Philips Electronics firmasi ishlab chiqadi va u Sony, IBM va Microware firmalari tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi.
XULOSA
Xozirgi kunda har bir kishining ish faoliyatida doimiy ravishda multimеdiadan foydalanish ehtiyoji mavjud.
Multimеdia vositalari zamonaviy axborot-kommunikatsion tеxnologiyalarining ajralmas qismi bo‘lib, hayotimizning bir bo‘lagiga aylangan.
Multimеdia tеxnologiyalardan o‘quv jarayonida foydalanish ta’lim sifatini hamda ta’lim oluvchining o‘zashtirish samaradorligini oshirishda xizmat qiladi.
Multimеdia tеxnologiyalari makro va mikroolam jarayonlarini modеllashtirish va ularni tasavvur qilish, unutilmas daqiqalarni yozib olish, ko‘ngilochar matеriallarni tayyorlash imkonini bеradi hamda insonlarning dam olishi va hordiq chiqarishga zamin yaratadi.
Download 100.79 Kb.




Download 100.79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Multimediyaning asosiy tushunchalari. Audio va video axborotlar bilan ishlash asoslari. Reja

Download 100.79 Kb.