|
Mavzu: Navoiy viloyatining Uchquduq tumanini ekologik muammolari
|
bet | 1/6 | Sana | 01.12.2023 | Hajmi | 39,93 Kb. | | #109377 |
Bog'liq 11Word
Korxonalar zararligini baholash fanidan amaliy ish. Ekologik audit
Vazifa: Ekologik audit metodikasidan foydalangan holda ekologik muammoni tavsiflash.
Mavzu: Navoiy viloyatining Uchquduq tumanini ekologik muammolari.
Uchquduq iqlimi qat'iy kontinental. Yoz issiq, qish sovuq. O'rtacha yillik harorat 1°C, yanvar oyidagi o'rtacha harorat -6°, minimal harorat -35°. Iyul oyida o'rtacha harorat 27°, maksimal 45°. O'sish davri 190 kun. Yillik yomg'ir miqdori 45-46 mm.yomg'irlar asosan kuz va bahorda yog'adi.
Uchquduq tabiat-muhiti tumanining hududi viloyatning g'arbida, Qizilqum cho'lida joylashgan. Relief asosan tekis. Qizilqum cho'li qo'ylar uchun asosiy yaylov hisoblanadi. Tuproq bepusht, jigarrang va qumli tuproqlardan iborat. Qizilqum yaylovlaridagi tekisliklarning o'simliklari orasida saksovul, yantok, adrasman, tuyakorin, seline, kuyonsuyak, qizil o't, turangi, jida, yulgun, iva uchraydi. Beltau tog'larida akshuvak va shora o'sadi. Chuldagi hayvonlardan yovvoyi cho'chqalar, quyonlar, jayronlar, bo'rilar, tulkilar, yovvoyi mushuklar, bo'rsiqlar, tuyoqlilar, sichqonlar; sudralib yuruvchilardan toshbaqalar, ilonlar, turli xil kaltakesaklar; qushlar orasida terns, chumchuqlar, burgutlar mavjudir.
1).1960 yillarda Uchquduq shaharining yaqin masofadagi hududlarida uran konlaridan karyer usulida uran qazib olingan, xozirgi kunda uran boshqa texnologiya usulida, yani foydali qazilma uran minirallarini quduqlar orqali er ostidan yuvish texnologiyasi orqali amalga oshiriladi. Ammo o‘z vaqtida ochiq karyerlar usulida qazib olingan madanni olib bulgandan sung ochiq konlar shunday qoldirilgan. Bu ochiq konlarni , madanlarni qazib olingandan sung rekultivatsiya ishlari olib borilishi kerak edi. Lekin ushbu tadbir moliyaviy etishmovchilik sababli amalga oshilmay qoldirilgan.
Tuproqning degradatsiyasi va ifloslanishi Foydali qazilma konlarini qazib olish va o'rmonlarning kesilishi tuproq qatlamidan foydali elementlarning yuvilishiga va ob-havoga olib keladi, bu esa cho'llanishga olib keladi. Tuproqning zaharli chiqindilar va og'ir metallar bilan ifloslanishi inson iste'mol qiladigan qishloq xo'jaligi mahsulotlarining xavfsizligiga ta'sir qiladi.
2).Bundan tashqari, sulfat kislota ishlab chiqarish kimyo sanoati xam faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu korxona xam atrof -muhitninga tasir qiluvchi ifloslanish manbalari mavjud. Sulfat kislota ishlab chiqarish jarayonida hosil bulgan oltingugurt dioksidining atmosferaga tashlamalarini tashlanadi. Ushbu gaz havoni ifloslanishining asosiy manbalaridan biri bo'lib, inson salomatligi va ekotizimga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Tog'-kon korxonalarining tabiatga, atrof-muhitga salbiy ta'sirining oqibatida, atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog'liq muammolar mavjud. Suv va tuproq og'ir metallar va radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi mumkin. Shuni ta'kidlash kerakki, ochiq konlarni qazib olish, konlar yaqinida yashovchi odamlarning sog'lig'iga ham salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Qazib olish va boyitish jarayonida ajralib chiqadigan zararli moddalar atrof-muhitniga tashlanish sababli inson tanasiga suv va oziq-ovqat orqali kirib, saraton kasalligidan asab tizimiga zarar etkazishgacha bo'lgan turli xil kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Korxonalarning to'g'ridan-to'g'ri ekologik jihatlari. Bunday jihatlar tashkilotning boshqaruv sohasiga kiradigan tashkilot harakatlarini qamrab oladi va quyidagilarni o'z ichiga olishi mumkin:
meyoridan ortiq va tozalanmay zararli moddalarning tashlamalarni havoga tashlash.
zararli moddalarning tashlamalarni oqavo suvlarga tashlash;
qattiq va boshqa chiqindilarni, ayniqsa toksik chiqindilarni oldini olish, qayta ishlash, qayta ishlatish, tashish va yo'q qilish;
tuproqdan foydalanish va ifloslantish;
mahalliy muammolar (shovqin, tebranish, hid, chang, tashqi ko'rinish va boshqalar);
transport masalalari (mahsulot va xizmatlarga nisbatan ham, xodimlarga nisbatan ham);
ekologik baxtsiz hodisalar va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlar natijasida ta'sirlar xavfi;
biologik xilma-xillikka ta'siri.
Atrof-muhit muammolarini hal qilishning bir usuli, atmosfera va tabiyatga ifloslanishini oldini olish uchun, atrof muhitni muhofaza qilish maqsadida muhim chora tadbirlar ishlab chiqarilish va belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirish talab qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 27.12.1996 yildagi 353-1-son Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikning asosiy vazifalari, atmosfera havosiga zararli kimyoviy, fizikaviy, biologik va boshqa xil ta’sir ko‘rsatilishining oldini olish hamda kamaytirish. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 05.04.2002 yildagi 362-II-son chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish, chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida hisobga olish va nazorat qilish, chiqindilarni ko‘mib tashlash va utilizatsiya qilish joylarining davlat kadastrini yuritish, chiqindilarning hosil bo‘lishi, ularni to‘plash, joylashtirish, tashish, zararsizlantirish, saqlash, qayta ishlash, utilizatsiya va realizatsiya qilish bilan bog‘liq faoliyatni, O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 09.12.1992 yildagi 754-XII-son Tabiatni muhofaza qilishdan inson salomatligi uchun, ekologik muvozanatni saqlash uchun, respublikani samarali va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish manfaatlari yo‘lida tabiatdan oqilona va uni ishdan chiqarmaydigan qilib foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, jonli tabiatning turlari va genetik fondi boyligini saqlab qolish, ekologiya tizimlari, landshaftlar va noyob tabiat obyektlari xilma-xilligini saqlab qolish va ekologiya xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni bajarish shart.
1).Atmosfera ifloslanishini minimallashtiradigan texnologik sxemalardan foydalanish. 2.Texnologik uskunalarni, xususan, turli gaz chang tozalash uskunalari modernizatsiya zamonaviylarga almashtirish kerak. Zararli moddalarning tashlamalarni atmosferaga taslashdan oldin gaz chang tozalash uskunalarining filtrlari doimiy almashtirilib turishi zarur. 3.Texnologiya jarayonning buzilishi oldi olinib uzluksiz ishlashi ta’minlanishi shart. 4.Texnologiya jarayonning xom ashyolardan kompleks foydalanish, chiqindisiz texnologiyalarini joriy etish. 5.Optimal xom ashyoni va uni qayta ishlash rejimini tanlash. Yana bir muhim yo'l texnologik uskunalarni, xususan, turli filtrlar va gaz chang tozalash uskunalarini takomillashtirish. Uskunalarni profilaktik ta'mirlash, shuningdek zamonaviy avtomatik ishlab chiqarishni boshqarish tizimlarini o'rnatish katta ahamiyatga ega.
|
| |