II. Avraga astarni birlashtirib tikish




Download 35,01 Mb.
bet156/169
Sana28.12.2023
Hajmi35,01 Mb.
#128746
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   169
Bog'liq
AYOLLAR KIYIMINI TIKISH MA\'RUZA

II. Avraga astarni birlashtirib tikish

2.1. Avra bilan astarni tekshirish

Qaychi, bo’r



Avraga astarni birlashtirib tikilishdan oldin astar avraga solishtirib tekshiriladi. Avrani teskarisini yuqoriga qaratib, stol ustiga yoziladi. Avra ustiga astar, uning teskarisi pastga qaratib qo’yiladi. Avra bilan astarning yon va yelka choklari bir-biriga to’g’rilanib astarning bo’yi va eni tekshiriladi. Ortiqchalari kesilib tekislanadi.

2.2. Astarni birlashtirib tikish

UM



Astarni avra yon yelka choklariga to’g’nog’ich to’g’nab astarning ko’krakdagi bo’rtma joylarini salqi qilib, astar bilan adipdagi bo’rlab belgilangan chiziqlar bir-biriga to’g’rilab ko’klanadi. So’ngra to’g’nog’ichlar olib tashlanib universal mashinada 0.7 sm kenglikda birlashtirib tikiladi. Ko’klangan iplar olib tashlanadi.

2.3. Avra bilan astar tagini tikish

UM





Astarning etagi avra etagining bukish chizig’iga to’g’rilanadi. Yon choklarni yon choklarga to’g’rilab to’g’nab olinadi. Astarning etagi avra etagi ziyiga moslanib ko’klanadi. Birlashtirib tikiladigan joylar aniq bo’lishi uchun, astarda va avraning bukish haqqida ularning teskarisi tomondan belgi chizishlar bo’rlanadi. So’ngra universal mashinada 1.0 sm chok kenglikda biriktirib tikiladi. Ko’klangan iplar olib tashlanadi.

2.4. Astar yengni yengga birlashtirib tikish

UM



Avra yeng choklari astar yeng choklariga to’g’rilanib, manjet tikilgach chokka astar yeng uchi birlashtirib tikiladi.

2.5. Ayollar sport uslubidagi kiyimni o’ngiga ag’darish

UM



Ort bo’lak astarida tikilmay qoldirilgan joy orqali Ayollar sport uslubidagi kiyim o’ngiga ag’dariladi. Etak burchaklari to’g’rilanadi, astarni avra bukish haqqi ustiga tushibroq turadigan qilib to’g’rilanadi. Astar yon yeng o’miz chok tagi avra yon choki bilan puxtalanadi. Tikilmay qoldirilgan joy biriktirib tikiladi chok boshlanishi va oxiri mustahkamlanadi.


Download 35,01 Mb.
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   169




Download 35,01 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II. Avraga astarni birlashtirib tikish

Download 35,01 Mb.