|
Mavzu: Olimpiada o’yinlari: Qadimda va hozir
|
bet | 1/3 | Sana | 21.02.2023 | Hajmi | 107.43 Kb. | | #43060 |
Bog'liq 5-sinf dars ishlanma Olimpaida Samarqand viloyati Paxtachi tuman XTBga qarashli 29-umumiy o’rta ta’lim maktabi Tarix fani o’qituvchisi Muxtorova Hilolaning 5- sinfida o’tkazgan ochiq dars ishlanmasi Mavzu: Olimpiada o’yinlari: Qadimda va hozir Farzandlari sog’lom yurt qudratli bo’lur. Sport tinchlik elchisi. Darsning borishi: Darsning maqsadi: - Ta’limiy maqsad: O’quvchilar bu darsda olimpiada o’yinlarining qadimiy ekanligi,hamda hozirgi kunda ham davom etayotganligan o’yinlar haqidagi bilimlariga ega bo’ladilar.
- Tarbiyaviy maqsad: Olimpiada o’yinlari va uning ahamiyatini anglab,o’quvchilarning sportga bo’lgan qiziqishlari ortadi.
- Rivojlantiruvchi maqsad: Olimpiada o’yinlarining tarixini o’rgangan o’quvchilarda kelgusida olimpiada o’yinlarida qatnashib,yurt sharafini ko’klarga ko’tarishiga bo’lgan havas,intilishini kuchaytirish.
- Kutilayotgan natija: Olimpiya o’yinlari,tarixi,unda yurtimiz fuqarolarining qatnashuvini o’qib,o’rgangan o’quvchilarda faxrlanish hissi paydo bo’ladi.Sportga bo’lgan qiziqishi ortadi.
|
| |