• Kerakli asbob va reaktivlar
  • 1-tajriba . Kollodiy xaltacha tayyorlash. Ishning bajarilishi.
  • 2-tajriba. Oqsilning tuzli eritmasini dializlash.
  • Mavzu: oqsillarni dializ qilish




    Download 57.19 Kb.
    Sana21.02.2023
    Hajmi57.19 Kb.
    #43062
    Bog'liq
    2-Mavzu oqsillarni dializ qilish
    8-mavzu. Qish. R T, PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI LOYIXALASHTIRISH VA REJALASHTIRISH, 6 - mavzu. O\'quv animatsion roliklar tayyorlash dasturlari bilan ishlash, Пахта хом ашёсини сақлаш ва қайта ишлаш (3), 6-amaliyot, Ta\'limda AT1 2021-(TS va MG), jadval Qudratov Alijon, Бухгалтерия Ўқув қўлланмаси 2021 1С, O\'rinova Shahlo ij, 4.9-шакл. ОАК (2), ANNOTATSIYA, Amirillayeva, 1-MA\'RUZA, 5.амалий, Html Haqida Qullanma copy

    LABORATORIYA MASHG`ULOTI №5
    MAVZU: OQSILLARNI DIALIZ QILISH.
    Maqsad: Talabalarga dializ haqida malumot berish.
    Nazariy qism: Yuqori molekulali birikmalar kolloid eritmalarini yarim o‘tkazuvchan membranalar yordamida past molekulali organik va anorganik aralashmalardan ajratishga dializ deb ataladi. Dializ davomida kolloid eritmalar membranadan osonlik bilan o‘tuvchi, masalan, elektrolitlardan va boshqa kristalloidlardan osonlik bilan tozalanadi. Shu xususiyati bilan dializ oqsil molekulalarini kichik molekulali qo‘shimchalardan xoli bo‘lishida qulay usul hisoblanadi. Odam va hayvon organizmidagi ba’zi membranalardan oqsil molekulalari o‘ta olmaydi (buyrakdagi Boumen-Shumlyanskiy kapsulasi, oshqozon-ichak yo‘li epiteliysining shilliq pardasi va boshqalar).
    Dializda ishlatiladigan asbob dializator deb ataladi. Oddiy dializator sifatida suvli stakanga tushirilgan kollodiy yoki sellofan xaltachasidan foydalansa bo‘ladi. Bunda kichik molekulali moddalar suvga o‘tib, xaltachada oqsilning kolloidli eritmasi qoladi.
    Kerakli asbob va reaktivlar: Uzunligi 4-5 sm, diametri 2,5-3 sm li probirka, sellofan, shisha tayoqcha, rezina xalqa, ximiyaviy stakan, (NH4)2S04 to‘yingan eritmasi. tuxum oqsili eritmasi, bariy xloridning 1% yoki 5% li eritmasi, Biuret reaktivi (mis sulfatning 1% li eritmasi bilan natriy gidroksidning 10% li eritmasi), Distillangan suv.
    Yuqori molekulyar birikmalarning kolloid eritmalarini past molekulali moddalardan tozalash dializ deb ataladi. Kolloid zarrachalar yarim o`tkazgich parda (hayvon va o`simlik membranalari, kollodiy, sellofan) orqali o`tmaydi. Tuzlar, qand va boshqa quyi molekulyar birikmalar esa membrana orqali osongina o`ta oladi. Shunga asoslanib yuqori molekulyar moddalar, xususan oqsil eritmalari kollodiy yoki sellofan xaltachaga quyilib distillangan suvli idishga solinsa yoki vodoprovod suvi oqimiga joylashtirilsa, eritma tarkibidagi tuz va boshqa kichik molekulali moddalar yuvilib chiqib ketadi, oqsil esa xaltacha ichida qoladi.
    1-tajriba. Kollodiy xaltacha tayyorlash.
    Ishning bajarilishi. Toza quruq probirka (diametri 2,5-3 sm, uzunligi 4-5 sm) og`zigacha kollodiy(grekcha-yopishqoq) eritmasi quyib, qaytadan idishga ag`darib olinadi. Agar kollodiy ozroq bo`lsa, probirkani 1/3 qismiga eritma qo`yib, probirkani asta-sekin aylantirib devorining hamma tomonini kollodiy xaltacha eritmasi bilan batamom xo`llanadi. Probirka devorida qolgan eritma kollodiy xaltacha tayyorlash uchun yetarli bo`ladi. Probirka og`zi kaft bilan berkitilib, asta-sekin aylantiriladi, bunda kollodiyning devor bo`ylab bir xilda tarqalishi ta’minlanadi. Probirka qo`lda isib, spirt bug`lana boshlaydi, kollodiy quriydi. 5-10 minutdan keyin probirkaga to`ldrib suv quyiladi. Kollodiy xaltacha devoridan ajralgandan keyin, pinset bilan asta-sekin probirka chekkasidan ajratib olinadi. Kollodiy xaltachaning butunligini tekshirish uchun distillangan suv quyiladi.
    2-tajriba. Oqsilning tuzli eritmasini dializlash.
    1. 5 ml 1% li tuxum oqsili 1-2 tomchi ammoniy sulfat tuzi qo‘shib, aralashtiriladi.
    2. Ikkita probirkaga 10 tomchidan eritma olinib, bittasi bilan Biuret reaksiyasi, ikkinchisi bilan sulfat aniqlanadi.
    3. Sulfatlarga sifat reaksiya o‘tkazilayotganda probirkaga 2-3 tomchi bariy xlorid eritmasi qo‘shiladi. Oqsillar uchun esa biuret reaksiyasi o’tkaziladi.
    4. Sellofan xaltachaga (dializator)ning 1/3 hajmiga qadar tuxum oqsilining ammoniy sulfat aralashgan eritmasidan quyiladi.
    5. Xaltacha yuqori qismidan ikkita shisha tayoqchali rezina halqa yordamida tayyorlangan qisqichga mahkamlanib, distillangan suvli stakanga solib qo‘yiladi, xaltachadagi suyuqlik sathi stakandagi suv sathidan pastroqda bo‘lishi kerak(2-rasm).


    6. Dializ boshlanganidan bir soat o‘tgandan so‘ng stakandagi suvdan (dializat) 10-15 tomchidan ikkita probirkaga olinadi. Birinchisi bilan oqsilga biuret reaksiyasi, ikkinchisiga 3-5 tomchi bariy xlorid qo‘shib, sulfat ioniga sifat reaksiyasi o‘tkaziladi.


    7. Aynan shu reaksiyalar xaltacha ichidagi oqsil bilan ham qaytariladi, so‘ngra dializat (tashqaridagi suyuqlik) va dializlanayotgan suyuqlikdan olib, oqsil va sulfatlarga xos reaksiyalar bajariladi, tuz tashqariga chiqqani va oqsil xaltachaning ichida qolganiga ishonch hosil qilinadi.
    Mazkur usul oqsillar, nuklein kislotalar, polisaxaridlami kichik molekulali qo‘shimcha moddalardan tozalash bilan birga biokimyoviy tadqiqotlarda, oqsillardan davolash votsitalari tayyorlashda, albuminlar va globulinlar fraksiyalarini ajratib olishda foydalaniladi. Dializ usuli “sun’iy buyrak” apparatining ishlash asosi bo‘lib, qonning tabiiy kichik molekulali zaharli moddalardan tozalashda foydalaniladi. Olingan natijalar jadval ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.
    Xulosada dializ usuli oqsilning qaysi xususiyatini belgilashi va qo‘llanilish imkoniyatlarini ko'rsating.
    Download 57.19 Kb.




    Download 57.19 Kb.