• Standart edition.
  • Oracle lite.
  • Personal edition.
  • Mavzu: Oracle ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi




    Download 0.64 Mb.
    Sana16.02.2023
    Hajmi0.64 Mb.
    #42422
    Bog'liq
    Mavzu Oracle ma\'lumotlar bazasini boshqarish tizimi
    TIL, 1700664100

    214-19 guruh talabasi


    Jabborov Abduraximning
    Malumotlar bazasi fanidan
    bajargan mustaqil ishi

    Mavzu: Oracle ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi.


    Reja
    1.Oracle ma'lumotlar bazasi tarixi.
    2.Uning versiyalari.
    3.Dasturni o'rnatish.
    Oracle ma'lumotlar bazasi ko'p yillar davomida o'zining maksimal darajada qulayligi, ishonchliligi va havfsizligi bilan o'zida juda ko'p foydalanuvchi to'plashga erishgan. Texnologiyalar juda tez rivojlanyapti, bu esa o'z navbatida bazaviy boshqaruv tizimlar yangisiga va mukammalrog'iga o'z joyini bo'shatyapti. Ammo Oracle tinimsiz takomillashtirib borilganligi hisobiga haligacha juda ko'p foydalanuvchiga ega. Bu ma'lumotlar bazasi dasturi qismlarining bir to'plam bo'lib, kuchi har qanday murakkabligini loyihasi tashkil etish uchun yetarli emas. Oracle muhim xususiyati ham bir necha platformalarini qo'llab-quvvatlaydi. Linux, Windows, yoki har qanday boshqa operatsion tizimi ma'lumotlar bazasi samarali tashkil qilish imkonini beradi.
    Oraclening eng birinchi versiyasi 1977-yilda. Eng oxirgi versiyasi esa 2019-yilda chiqarilgan va u 19c rusumida.
    Quyida uning rivojlanish tarixi keltirilgan:




    Dasturchilar tizimi uchun 4 variant taklif qilinadi.
    1.Standart edition
    2.Lite
    3.Enterprise edition
    4.Personal edition
    Bu versiyalar bir-biriga juda o'xshash. Ularning asosiy farqi har biri uchun noyob imkoniyatlar bor.

    Standart edition. Bu eng ko'p tarqalgan versiya bo'lib funksional jihatdan biroz cheklangan. Ammo kichik hajmli MB ni tez yaratish imkonini beradi. Bu versiya asosan ishchi guruhlar, kichik biznes va hokazolar uchun ishlatiladi. Dasturchilar uchun bu versiya ideal, ammo, katta tashkilotlarga va katta bazalarni yaratishga kelganda ushbu versiyada cheklovlarga uchraladi. Boshqa versiyalarga nisbatan arzon bo'lgan versiya.
    Oracle lite. Nomidan ma'lumki tizimning eng oddiy yengil versiyasi. Mobil qurilmalar va noutbuklar uchun mo'ljallangan oddiy interfeysga ega. Bazani oson sinxronlaydi. Dastur yaratish an'anaviy yo'l bilan amalga oshiriladi.
    Enterprise edition. Oracle tiziming barcha mavjud imkoniyatlarini qo'llab quvvatlaydi. Shu bilan birgalikda eng qimmat versiyasi hamdir. Bunda cheksiz imkoniyatlar va ancha mukammal loyihalar yaratish imkoni bor. Bu versiyaning ishlashi dasturchi mahorati va kuchli apparat ta'minotiga bog'liq.Asboblar paneli keng zahiraga ega. Qimmatli ma'lumotlar hech qachon yo'qotilmaydi. Zarur bo'lganda qayta tiklash imkoniyati mavjud.Buning uchun oracle da Rman utilitasi mavjud bo'lib. U kerakli fayli juda kichik hajmga siqadi va o'zi tushunadigan kodga aylantiradi. So'ngra saqlab qo'yadi.
    Personal edition. Bu mijozning shaxsiy o'zi foydalanishi uchun keng imkoniyatlar beradi.Funksional dasturlari windowsning bir nechta versiyalarida ishlay oladi. Windows NT va ayniqsa windows 200 da uning barcha imkoniyatlaridan to'liq foydalanish mumkin.

    Endi oracle 11g versiyasining o'rnatish jarayoni bilan tanishamiz.
    Dastlab install.exe faylini ishga tushiramiz. Shunda quyidagi oyna chiqadi.

    Bundan next tugmasi orqali keying oynaga o'tamiz va ish stolida ikonga yaratishga ruxsat beramiz.
    Bundan keyin biz foydalanish turiga qarab tepada keltirilgan 4 ta turdan birini tanlaymiz(enterprise, standart, personal yoki lite)
    So'ngra next tugmasini bosamiz. Bundan keying chiqadigan oyna bizga tanlagan dasturimiz imkoniyatlarini tanishtiradi.
    Tanishib chiqqandan so'ng finish tugmasini bosamiz
    Undan keying oyna bizga dastur o'rnatilishi jarayonini ko'rsatib turadi.
    O'rnatilish yakunlanganda bizga Branmauer oynasi chiqadi va dastur ishlashiga ruhsat so'raydi.
    Albatta bunga ruhsat beramiz. Quyidagi oynada esa biz sotib olgan dastur kaliti kiritiladi. Bu kalit dastur sotib olinganda beriladi. Kalit kiritilmasa dastur o'z ishini to'xtatadi va jarayon yakunlanmay qoladi.
    Kalit kiritilgandan so'ng dastur yakuniy o'rnatishni tugatadi va dasturimiz ishlashga tayyor bo'ladi.
    Dasturni ishga tushirish uchun esa cmd terminalini administrator nomidan ochamiz va unga "set oracle_sid=orcl" enter bosilib "Sqlplus/as sysdba" buyruqlarini kiritamiz.
    Dastur cmd muhitida ishga tushdi endi bemalol sql so'rovlarini yozish mumkin.

    Foydalanilgan adabiyotlar:


    1.BIRMISS.COM sayti.
    2.Texnoman.uz sayti.
    3.Oracle.com sayti.
    4.wikipedia.com sayti.
    5.c-sharpcorner.com sayti.
    Download 0.64 Mb.




    Download 0.64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Oracle ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi

    Download 0.64 Mb.