|
-rasm. Eng ko’p foydalanilayotgan dasturlash tillari
|
bet | 6/7 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 1,49 Mb. | | #132639 |
Bog'liq 2-amaliy4-rasm. Eng ko’p foydalanilayotgan dasturlash tillari.
Java
Oracle korporatsiytasining Java dasturlash tili veb sohasida uzoq vaqtdan beri foydalanib kelinaytogan, barqaror va kuchli tillardan biri. Siz Javani veb yoki veb bo'lmagan “application”larning asosida, barcha platformalar, operatsion tizimlar va qurilmalarda topishingiz mumkin. U chuqur darajada klasslarga asoslanga (class-based), obyektga yo'naltirilgan (object-oriented) dasturlash tili bo'lib imkoni boricha oson ko'chirib yurishga va ko'plab platformalarda ishlashga moslashtirilgan. Shu sababli, u dunyodagi yeng mashxur dasturlash tillaridan biri. Agar dasturlashni o'rganishga qiziqsangiz uni o'rganish juda ham foydali.
Java yeng mukammal dasturlash tili yemas, shuning uchun ko'pchilik kurslar C va C++ dan boshlanadi, chunki Java ko'p sintaksislarni ana o'sha oldingi tillardan oladi. Java sizni dasturchilardek o'ylashga undaydi – mantiqiy va tahliliy fikrlash, komputer axborotni qanday qilib qayta ishlashini yaxshi tushunishga o'rgatadi. U boshqa tillar va texnologiyalarga o'tganingizda ham sizga yordan beradigan asosiy konsepsiyalarning fundamental to'plami hisoblanadi.
Ruby
Ruby dinamik, ochiq kodli (open-sorce), obyektga yo'naltirilgan dasturlash tili bo'lib, 90-yillarda kompyuter olimi Yukihiro Matsumoto tomonidan ishlab chiqilgan yeng yosh tillardan biri hisoblanadi. Bu tilda o'qish va yozish uchun sodda sintaksisdan foydalanilgan, juda ko'p buyruqlarni o'rganib chiqish shart yemas. Shuning hisobiga, bu tilni o'rganish nisbatan oson. Tilning o'zi obyektga yo'naltirilgan bo'lsada, protsedurali, funksional va imperativ dasturlashni ta’minlashligi bu tilni juda ham tez moslashuvchi tillardan qiladi.
Ruby nisbatan oson o'zlashtirilishi bilan dong taratgan, chamasi 20 minutlik foydalanuvchi uchun yo'riqnomadan (bu tilning rasmiy veb saytidan topishingiz mumkin) ba’zi asoslarini juda qisqa muddat ichida tanishib chiqishingiz mumkin. Perl va Pitonning ishqibozlari mavjud ba’zi o'xshashliklarni topadilar. Bu tilga ovoz berganlar uni tushunish va o'rganish, kerak bo'lganda o'qish osonligini va bu tilning muvaffaqiyatiga sabab bo'lgan yirik, faol hamda jo'shqin dasturchilar jamiyatiga yegaligini maqtashadi.
|
| |