Quyosh energiyasi va uning manbai




Download 1.26 Mb.
bet3/4
Sana24.11.2022
Hajmi1.26 Mb.
#31568
1   2   3   4
Bog'liq
«Fizika – matematika» fakulteti «Fizika» kafedrasi
3.3-Namlab-issiqlikda-ishlov-berish, 06-laboratoriya-ishi, bxma 19, Water-quality-monitoring, 10-3, 1681302381, 3-ШАХСИЙ ТОПШИРИҚ (2)
3.Quyosh energiyasi va uning manbai

Quyosh bepoyon olamdagi milliardlab yulduzlarning biri bo’lib, u Yerda hayotning paydo bo’lishi va rivojlanishining asosiy sababchisi, undagi barcha turdagi energiyalarning birlamchi manbasidir. Shu bilan birga u olam fazosida tinimsiz harakatlanuvchi va quyosh sistemasi deb ataluvchi tizimning markaziy jismidir. Quyosh sistemasida Yer shunday joylashganki (quyoshdan o’rtacha 149,5 mln. km uzoqlikda) bu joylashuv unga biror planetada mavjud bo’lmagan hayotni in’om etgan.


Quyosh kattaligi va temperaturasiga ko’ra olamdagi yulduzlarning o’rtacha bir vakilidir. U yerga boshqa yulduzlarga nisbatan millionlab marta yaqin bo’lganidan, ulardan farq qilib, anchagina katta burchak (320) ostida ko’rinadi.
Quyoshning diametri 1.395 million kilometr, hajmi esa 1.4 1018 km3 ga teng, ya’ni yerning hajmidan 1.3 million marta katta. Quyosh tizimi massasining 99.87 foizi Quyoshning massasiga to’g’ri keladi, u yer massasidan 330 ming marta ortiq bo’lib, 2 1027 tonnani tashkil etadi. Quyoshning o’rtacha zichligi 1410 kg/m3 bo’lgani holda, markaziy qismidagi zichligi juda ham katta – 105 kg/m3 ga teng.
Quyosh “oilasi” bilan birga orbitasi bo’ylab o’rtacha 250 km/s tezlikda harakatlanadi. Uning sirtida erkin tushish tezlanishining qiymati 273.8m/s2 ga teng.
Quyosh atrofidagi har bir planeta o’z kesim yuzining kattaligiga va undan uzoqligiga qarab tegishli miqdordagi energiyani oladi. Jumladan, Yer shariga har sekundda tushayotgan energiya miqdori quyosh sochayotgan barcha energiyadan 2.2 milliard marta kam bo’lib, 17.4 1017 Joulni tashkil etadi. Bu energiyaning 36 % ini atmosfera qatlami qaytaradi va 17 % ini yutib qoladi. Qolgan qismigina Yer sirtiga yetib keladi. Yetib kelgan energiyaning yarmi dengiz va okean suvlarini bug’latish uchun sarf etilishi va 1 % ini o’simliklar dunyosi iste’mol etishini hisobga olgan taqdirda ham, qolgan energiya miqdori yiliga 35 1017 kW soatni tashkil etadi. Bu esa bir kecha kunduzda butun insoniyat iste’mol qilayotgan jami energiyadan qariyb 39 ming marta ko’pdir.
Astrofiziklar quyoshning yoshi salkam 5 milliard yil ekanligi va u yana kamida shuncha davr mobaynida olamga nur sochib turishligi mumkinligini bashorat qilishadi. Bunday katta davr davomida tinimsiz nurlanayotgan quyoshning yo’qotayotgan energiyasi qanday fizik jarayon hisobiga to’latilib turilishi to’g’risida turli fikrlar, o’nlab ilmiy xulosalar mavjud. Bunday ilmiy xulosalar ichida eng ishonchlisi 1938-1939- yillarda astrofiziklar A. Edington, K. Veyszekker va G. Byotelar tomonidan oldinga surilgan g’oya ya’ni yulduzlarning, shu jumladan quyoshning energiya manbai juda yuqori temperaturalar sharoitida yuz beruvchi yadroviy reaksiyalardir deb chiqargan xulosalari bo’ldi. Nazariy hisoblashlar, yulduzlar (jumladan, quyosh) markazida temperatura bir necha million darajada bo’lib, termoyadro reaksiyasi uchun qulay sharoit mavjudligini ko’rsatadi.
Quyosh markazida to’rtta pratonning birikib bitta geliy atom yadrosini hosil qilish reaksiyasining uzluksiz takrorlanishi uning nurlanishi tufayli kosmik fazoga tarqalayotgan energiyasini to’ldirib turadi. Bitta geliy yadrosi hosil bo’lishida ajralgan energiya Eynshteynning energiya bilan massa orasidagi bog’lanishni ifodalovchi mashhur formulasi orqali hisoblaganda 4,3*10 J bo’ladi. Hisoblashlar, Quyosh markazidan shunday yo’l bilan har sekundda ajralayotgan quvvat 4*10 vattni, ya’ni uning har sekundda yo’qotayotgan energiyasiga teng energiyani tashkil etishini ko’rsatadi.



Download 1.26 Mb.
1   2   3   4




Download 1.26 Mb.