• Foydalanilgan adabiyotlar.
  • Foydalanilgan internet saytlar
  • Quyosh energiyasidan foydalanishda zamonaviy texnalogiyalar




    Download 1.26 Mb.
    bet4/4
    Sana24.11.2022
    Hajmi1.26 Mb.
    #31568
    1   2   3   4
    Bog'liq
    «Fizika – matematika» fakulteti «Fizika» kafedrasi
    3.3-Namlab-issiqlikda-ishlov-berish, 06-laboratoriya-ishi, bxma 19, Water-quality-monitoring, 10-3, 1681302381, 3-ШАХСИЙ ТОПШИРИҚ (2)
    4. Quyosh energiyasidan foydalanishda zamonaviy texnalogiyalar.

    Hozirgi zamon muammolaridan biri juda katta miqdordagi quyosh radiatsiya energiyasidan maksimal foydalanish masalasidir. Quyosh radiatsiyasining qisqa to’lqinli qismi, asosan, Yer atmosferasida yutilib qoladi, Yer sirtiga esa uzun to’lqinli qismi yetib keladi. Quyosh energiyasidan foydalanishning juda ham ko’p usullari mavjud bo’lib, bulardan eng effektivrog’i- nurlanish energiyasini boshqa turdagi energiyaga aylantirishda foydali ish koeffitsienti eng katta bo’lgan qurilma yarim o’tkazgichli quyosh batareyasi bo’lib hisoblanadi.


    Yer sathiga tushayotgan Quyosh energiyasidan yanada samaraliroq foydalanish maqsadida quyosh nurlarini ko’zgular yordamida mujassamlash, energiya zichligini oshirishda qo’llanuvchi qurilmalar yuqori haroratli quyosh qurilmalaridir.
    U yordamida materiallarni eritish, yuqori fizik va mexanik xossalarga ega yangi materiallar sintez qilish, elektr energiyasini olish, texnika qismlarining yorug’lik oqimiga ta’siriga chidamligini o’rganish kabi ishlar amalga oshiriladi.
    1987- yili Toshkent viloyatining Parkent tumanida Katta Quyosh qurilmasi ishga tushirildi. Bu noyob qurilma avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga ega bo’lib, geliostat maydonidan optik o’qiga parallel kelayotgan quyosh nurlarini o’z fokus zonasiga to’plab beradi. Bunday qurilma jahonda atigi ikkita bo’lib, bittasi Fransiyaning Odeyyo shahrida barpo etilgan. Katta quyosh Tandirida o’ziga xos texnologiya qo’llanib, yaratilgan funksional keramika materiallari materialshunoslik sohasida juda katta ishlarni asos bo’lgan. Quyosh batareyasi fotoelementlar to’plamidan iborat bo’lib, yorug’lik energiyasini elektroenergiyaga aylantirish vositasi hisoblanadi. Uning elektrik parametrlari me’yorlashtirilgan yoritish sharoitlarida o’lchanadi.
    Fotoelementlar va Quyosh batareyasi, eng katta chiqish quvvati, ishchi va maksimal kuchlanishlar, toklar, yorug’lik energiyasini elektr energiyaga aylantirishning foydali ish koeffitsienti ishlab chiqarish texnalogiyasi bilan tavsiflanadi. Mavjud quyosh batareyalarini tipiga ko’ra ikki guruhga – kristall va amorf kremniy asosidagi qurilmalarga ajratish mumkin. Quyosh energiyasidan foydalanish yorug’likni fotoelementlar- quyosh batareyalari yordamida elektr energiyasiga aylantirish orqali amalga oshiriladi. Bu borada Yaponiya, Germaniya, AQSh mamlakatlari yetakchilik qilmoqda. Quyosh kollektorlari- quyosh pechlaridan foydalanib issiqlik energiyasini hosil qilish- quyosh pechlarining yuzasi 21 mln metr kvadrat bilan o’lchanadi. Bu borada Yaponiya, Isroil, Gretsiya mamlakatlari yrtakchi o’rinlarda turadilar.
    Quyosh energiyasidan elektr energiyasini hosil qiladigan kremniy monokristalini sof holda tayyorlash juda qimmatga tushganligi sababli quyosh batareyalarining foydali ish koeffetsienti juda past bo’lgan. Endilikda Arsenid galliy, kremniy polikristali, kadmiy, tellur kabi yupqa plyonkali quyosh elementlari yaratildiki, ular asosida tayyorlangan quyosh batareyalarining foydali ish koeffitsienti ancha oshdi. Bugungi kunda quyosh fotoelektr stansiyalari va suvni quyosh energiyasi orqali isitish kollektorlari Surxondaryo, Jizzax, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Andijon viloyatlarida muvaffaqiyatli qo’llanilib kelinmoqda. Quyosh fotoelektr stansiyalaridan “ Zomin” monitoring markazida, Forish tumanidagi Narvonsoy qishlog’idagi fermer xo’jaligida, Navoiy viloyati Tomdi tumanidagi ikkita o’rta maktablarda foydalanilmoqda. Nurota tumani markaziy shifoxonasidagi tibbiyot jihozlari shamol generatoridan olinadigan energiya hisobiga ishlamoqda.
    Butun dunyo bo’yicha quyosh batareyalari orqali olingan energiya miqdori yiliga 200 MVt ni tashkil etadi. Butun jahondagi kabi mamlakatimizda ham energiyaga bo’lgan talabning ortib borishi muqobil energiya manbalariga bo’lgan ehtiyojning ortishiga olib keladi. Mamlakatimizda qayta tiklanuvchi muqobil energiya manbalarining potensiali 173,4 mln ga teng bo’lib, energiyaning yillik istemoli qiymatidan uch barobar ko’pdir. Bu energiyaning 98.8% ini quyosh energiyasi tashkil etadi. Chunki mamlakatimiz serquyosh o’lka bo’lib, yilning 250-270 kunida quyosh nur sochib turadi va har bir metr kvadrat yerga 1100 Vatt gacha energiya uzatiladi.
    Hozirgi kunda muqobil energiya manbalarining asosan 5 ta turi sanab o’tiladi.
    Bular, quyosh energetikasi, shamol energiyasi, suv energiyasi, Yer tubidagi issiqlik energiyasi, biomassa energiyalaridir.
    Quyosh nurlari energiyasi ta’sirida qizigan issiq havo nisbatan yengil bo’ladi va u yuqoriga ko’tariladi. Uning o’rnini egallashga intilgan sovuq havo oqimining harakati tufayli shamol hosil bo’ladi. Bunday havo oqimlaridan foydalanib, shamol tegirmonini yasash VIII- asrning boshlarida shimoliy Yevropada amalga oshirilgan. 1885- yildayoq Daniya mamlakatida dastlabki shamol elektr stansiyalari qurilgan. 1918- yilda Daniyada 120 tadan ortiq shamol elektr stansiyalaridan foydalanilgan. Ularning har birining quvvati 10-20 kilovatt bo’lgan. 1880-1930- yillarda AQSh da 6 milliondan ortiq shamol elektr stansiyalari ishlatilgan.
    Yuqoriga ko’tarilgan sari shamolning tezligi ortib boradi. Yer ustida shamolning tezligi 3 m/s ga teng bo’lsa, 10 metr balandlikda shamolning tezligi ikki barobar ortiq bo’ladi. 40- 80 metr balandlikka o’rnatilgan shamol generatorlari yordamida 25-50 kilovattdan ortiq elektr energiyasi hosil qilish mumkin.
    Muqobil energiya manbalari ya’ni shamol va quyosh energiyasidan foydalanish iqtisodiy o’sishga, ekologik soflikka xizmat qiladi. Elektr uzatish tarmoqlaridan uzoq bo’lgan hududlarda muqobil energiya manbalariga bo’lgan ehtiyoj juda katta bo’lgani uchun shamol va quyosh energiyasidan foydalanish, mazkur energetika sohasini ravnaq toptirish zarurdir. Shu orqali juda katta iqtisodiy va ekologik yutuqlarga erishiladi.
    Quyosh energiyasidan foydalanishda, bugungi kunda zamonaviy texnalogiya sifatida quyosh batareyalarini olishimiz mumkin. Quyosh batareyasidan nafaqat sanoatda balki kundalik turmushda ham foydalanib kelishmoqda.
    Xonadonlar uchun quyosh fotoelektr batareyalari bu quyosh nurini elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilmadir. Uskuna germetik laminatlangan bo’lib, ostki qatlami energiya hosil qiluvchi kremniydan iboratdir.
    Ustki qatlami past darajali temir oksidi bilan qoplangan bo’lib, bu uning shaffofligini oshiradi.
    Panel butunlay germetik bo’lib, qattiq shamol va qor bosimiga chiday oladi.
    Fotoelektr modullari bir qancha turga bo’linib, eng ommabop va iste’mol uchun qulay – bu polikristal kremniy batareyasidir, uni ishlab chiqarish kam mehnat talab qilinib, samaradorligi 13 % ga teng. Yana bugungi kunda samaradorligi eng baland bo’lgan monokristall batareyasidir.
    Monokristall panellar barqaror ishlashi bilan ajralib, butun umr davomida o’zining quvvatidan 80 % ini saqlab qoladi.


    Foydalanilgan adabiyotlar.
    6. S.Q.Kalashnikov ”Elektr” O’qituvchi nashriyoti. Toshkent -1979 yil
    7. I.V.Savelev. “Umumiyfizika kursi-ІІ”. O’qituvchi nashriyoti. Toshkent 1975-yil .
    8. O.Axmadjonov “Fizika kursi -ІІ”O’qituvchi nashriyoti. Toshkent 1988-yil
    Foydalanilgan internet saytlar
    www.edu.uz
    www.ziyo.net
    www.referat.uz
    www.physicsweb.org
    Download 1.26 Mb.
    1   2   3   4




    Download 1.26 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Quyosh energiyasidan foydalanishda zamonaviy texnalogiyalar

    Download 1.26 Mb.