|
Mavzu: O’zgaruvchan tok zanjirida kuchlanish va tokni o’lchash. Reja Kirish. Ozgaruvchan kuchlanishni o’lchash. O’zgaruvchan tokni o’lchash
|
Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 79,11 Kb. | | #103562 |
Bog'liq Elektr o\'lchovlari Abdulazizovo O Andijon mashinasozlik instituti Elektrotexnika fakulteti EEE yo’nalishi 4-bosqich k-22-20 guruh talabasi Abdulazizov Otabekning Elektr o’lchovlari fanidan tayyorlagan Mustaqil taqdimoti Mavzu: O’zgaruvchan tok zanjirida kuchlanish va tokni o’lchash. Reja 1. Kirish. 2. Ozgaruvchan kuchlanishni o’lchash. 3. O’zgaruvchan tokni o’lchash.
Oʻzgaruvchan toklar va kuchlanishlarni baholash uchun taʻsir etuvchi (oʻrtacha kvadratik), amplituda (maksimal) va oʻrtacha toʻgʻrilangan qiymatlari degan tushunchalar qoʻllaniladi. Elektrodinamik, ferrodinamik, elektromagnit elektrostatik va termoelektrik tizim asboblari oʻlchanadigan kattalikning taʻsir etuvchi qiymatiga reaktsiya etadi (sezadi). Toʻgʻrilagichli tizim asboblari oʻrtacha toʻgʻrilangan kattaliklarga reaktsiya etadi. Elektron tizimidagi analog va raqamli turdagi asboblar oʻlchov oʻzgartkichlarini xiliga qarab taʻsir etuvchi, oʻrtacha toʻgʻrilangan va amplituda qiymatlarga reaktsiya etadi.
Barcha tizimdagi voltmetrlar va ampermetrlar odatda sinusiy shakldagi egrilikli toklarning taʻsir etuvchi qiymatlarida darajalanadi (graduirovkalanadi).
10 mkA gacha boʻlgan oʻzgaruvchan toklarni oʻlchash uchun elektron mikroampermetrlar qoʻllaniladi. Bular ovoz chastotasi diapazonida ishlashga moʻljallangan boʻlib, aniqlik sinfi 1,5; 2,5 ni tashkil etadi.
10 mkA dan yuqori oʻzgaruvchan toklarni oʻlchash uchun raqamli mikroampermetrlar qoʻllaniladi. Bularning xatoligi 5 kGts gacha boʻlgan diapazonda 0,5% dan oshmaydi.
100 mkA dan yuqori toklarni toʻgʻrilagichli va termoelektrik milliampermetrlar bilan oʻlchash mumkin, aniqlik sinfi 1,0; 1,5 ni tashkil etadi.
Ferrodinamik milliampermetrlar bilan 1 mA va yuqori toklarni oʻlchash mumkin. Aniqlik sinfi -0,5.
Oʻzgaruvchan tok potentsiometrlari va raqamli voltmetrlari yuqori aniqlikda oʻlchash qobiliyatiga ega, lekin sezgirligi kam. Potentsiometr oʻzgaruvchan kuchlanishni 1,0 mV dan foizning oʻnlik ulushidagi xatolikda oʻlchaydi. Raqamli elektron voltmetrlar 10 mV dan 0,1% xatolikda oʻlchaydi. Oʻlchanadigan kattalikni qiymati oʻsishi bilan asboblar aniqligi xam ortib boradi.
Oʻrtacha diapazondagi toklar va kuchlanishlarni oʻlchash uchun barcha tizimdagi asboblarni qoʻllash mumkin. Oʻzgaruvchan tok va kuchlanishni oʻlchashda aniqroq oʻlchaydigan qurilma boʻlib, komparator hisoblanadi. Komparator yordamida oʻlchanadigan oʻzgaruvchan tok yoki kuchlanish oʻzgarmas tok yoki kuchlanish bilan solishtiriladi. Oʻlchashda eng kichik xatolik 0,01% ni tashkil etadi.
Katta tok va kuchlanishlarni oʻlchashda tok va kuchlanish oʻlchov transformatorlari orqali oʻlchov asboblari ulanadi. Simmetrik yuklanmali uch fazali zanjirlarda liniya toklaridan birini va liniya kuchlanishlaridan birini oʻlchash bilan cheklaniladi.
Uch fazali uch simli nosimmetrik yuklanmali zanjirlarda toklar transformatorlarini qoʻllab uchta liniya toklarini oʻlchash uchun ikkita bir xil transformator yetarli boʻladi (4.2-rasm).
4.2-rasm. Uchta ampermetrni ikkita transformator orqali ulanishi sxemasi.
Uch fazali uch simli nosimmetrik zanjirda uchta liniya kuchlanishini oʻlchash uchun ikkita bir xil kuchlanishlar transformatori yetarli hisoblanadi (4.3-rasm).
4.3-rasm. Uchta voltmetrni ikkita kuchlanishlar transformatori orqali ulanishi sxemasi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: O’zgaruvchan tok zanjirida kuchlanish va tokni o’lchash. Reja Kirish. Ozgaruvchan kuchlanishni o’lchash. O’zgaruvchan tokni o’lchash
|