• Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish
  • Mavzu: psixologiya fanlarini o'qitishda muammoli o'qitish konsepsiyasi kirish. Reja




    Download 30.98 Kb.
    bet1/2
    Sana13.05.2023
    Hajmi30.98 Kb.
    #59200
      1   2
    Bog'liq
    kkk7
    Aniq va tabiiy fanlar metodikasi, kurs ishi. Pythonda nuqta chiziq va ranglar, Reja Xaara bazislarida spektral analiz-fayllar.org, Sanoat korxonasida marketing faoliyatini tashkil etish. Reja 1 -fayllar.org, Mavzu. Xorijda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi, 23-24

    MAVZU: PSIXOLOGIYA FANLARINI O'QITISHDA MUAMMOLI O'QITISH KONSEPSIYASI
    Kirish.
    Reja.
    1. O`qitish metodikasida oqitishning asosiy konsepsiyalari.
    2. Interfaol usullarning psixologik xususiyatlari.
    3. O`qitishning interfaol usullari: evrestik suhbat, bahs usuli, aqliy hujum, davra stoli, ishbilarmon o`yinlar, trening.
    Xulosa.
    Foydalanilgan adabiyotlar.

    Kirish
    Psixologiya o'qitish metodikasi fanida interfaol usullarri ta'lim jarayoniga qo'Hashning psixologik jihatlarini mazmunan yoritishga asoslanadi. Shunga muvofiq o'qitish metodikasida o'qitishning asosiy konsepsiyalari ishlab chiqilib interfaol usullarni qo'llanilishi mazkur masalalar negiziga asoslanadi.
    Mazkur konsepsiyalardan asosiylari quyidagilardan iborat:
    a) o'qitish uning shaldlarini shakllanishi o'qituvchining faol
    faoliyati — o'quv faoliyati hisoblanib, bunda o'qituvchi bu faoliyatning
    tashkilotchisi rolida ishtirok etadi;
    b) o'quv faoliyatining predmeti va natijasi faoliyatining subyekti
    o'quvchi hisoblanadi, u faoliyat hisobiga qayta tashkil bo'ladi predmet
    sifatida va o'qitish yakunida o'zgartirilgan ko'rinishda namoyon bo'ladi
    (o'quv faoliyatining natijasi sifatida);
    d) muvaffaqiyatli o'quv faoliyatining asosiy ko'rsatkichi, uning
    natijasi o'quvchining fikrlash mahoratini o'rganish va amaliy
    masalalarni ijodiy hal etish ilmiy va amaliy muammolarda erkin va
    mustaqil yo'l topa olishni tushunish hisoblanadi, shu bilan birga
    bilimlarning fikrlash materiali va vositasi bo'lib xizmat qiladi;
    e) o'quv faoliyatining birligi o'quv masalasi hisoblanadi. Hayotda
    yuzaga keladigan boshqa hamma masalalardan uning predmetini
    o zgartirishga emas balki amaldagi subyektning o'zini o'zgartirishga
    birinchi navbatda uning fikrlash harakatlar usullarini egallab olishga
    qaratilganligi bilan farq qiluvchi o'quv taktikasi hisoblanadi;

    Insonlar psixologiyasining birgalikdagi munosabat va harakatiga asoslangan o'qitish interfaol o'qitish usuli deyiladi. Individ sifatida alohida o'qiydigan emas, aksincha, guruh bilan birga faoliyat yurituvchi, savollarni o'zaro kelishib bahslashib muhokama qiluvchi bir-birini qo'zg'atib va faollashtirib boradigan o'quvchi va o'qituvchi faoliyati markaziy o'rinni egallaydi.


    Interfaol usulni qoilaganda hammasidan ko'ra bellashuv, raqobat, tortishuv ruhiyatini intellektual faolligiga kuchli ta'sir etadi. Bu insonlar uyushgan holda muammoni yechishni izlaganlarida iiamoyon bo'ladi. Bundan tashqari, shunday psixologik omillar ta'sir qiladigan, atrofdagilar tomonidan bildirilgan har qanday fikrga o'zining shunga o'xshash, yaqin yoki aksincha mutlaqo qarama-qarshi filer bildirishga da'vat etadi.
    Bunday mashg'ulotlar vaqtida o'qituvchidan ancha ko'p ijodkorlik va faollik talab etiladi. Oldindan ma'lum yoki ancha ko'p ijodkorlik va faollik talab etuvchi kitobdan o'qiganlarini hikoya qilish shaklidagi dars passiv darajada o'tadi. Interfaol usuli nafaqat ta'limda balki, tarbiyada ham ayniqsa yaxshi natija keltiradi, ilmiy nuqtayi nazardan qaraganda o'qituvchi muhokamaga ta'sir qilganda nafaqat fikr bildiradi, balki muammoga o'zining shaxsiy munosabatini, axloqiy mavqeyi va dunyoqarashini bildiradi. Talabalar bahsida o'qituvchini ishtiroki turlicha boiishi mumkin. Lekin har qanday holatda ham o'zini fikrini o'tkazmasligi kerak. Yaxshisi bahsni boshqarishda yaxshilab hisoblab chiqilgan usul, sermahsul fikrlashni, yechimini topishda ijodiy izlanuvchanlikni talab etuvchi yoini muammoli savol qo'yish orqali boshqarish lozim. O'qituvchi o'z nuqtayi nazaridan chiqarishda fikr bildiradi, faqat talabalar fikridan xulosa chiqarish bilan isbotlash va xato fikrlarni rad etish kerak. Bu usul bilan bahsni nafaqat mazmuni intellektual - bilish, nazariy savollarni yoilash mumkin, shuningdek, hamkorlikda sermahsul faoliyatlarini tuzish, talabalar shaxsiga o'z ta'siri bilan o'quv faoliyatini o'quv tarbiya jarayoniga aylantirishi mumkin.
    Shu tartibda, interfaol o'qitish usuli, talabalarning hamkorlikdagi faoliyati o'qituvchining bahslardagi ishtiroki tufayli dars jarayonini nafaqat hamkorlikdagi faoliyati bo'ladi, balki shaxsning ijtimoiy munosabatlarining real ijodiy sermahsul faoliyatiga aylanadi. O'qishdagi hamkorlik o'z-o'zidan talabalar tomonidan o'zlashtirilgan bilim, to'g'ridan-to'g'ri ularning ichki dunyosiga ta'sir etadi va dars jarayonini asosiy tarbiyaviy funksiyasi hisoblanadi.
    Hamkorlikdan tuzilgan sermahsul faoliyatni uchta alohida faol usul nomi bilan ajratish mumkinmi? Umuman olganda, dars jarayonini tarbiyaviy funksiyasini hisobga olganda mumkin. Lekin bunday qilish kerakmi? Bu maqsadga muvofiq hisoblanmaydi, zero interfaol usul bu o'qituvchi va talabalarning birgalikdagi ijodiy (sermahsul) faoliyati, shaxsning hamkorlikdagi jarayonigina emas, shuningdek, bilish izlanish jarayonini yuzaga kelishi hamdir. O'qituvchi shu narsani doim esda tutishi lozimki, bahsda savollarni o'z holicha qilmasdan, faqat faol bilishning yo'nalishi «talaba-talaba» hamkorligi bilan chegaralanib qolmasdan, doim «o'qituvchi-talaba» tizimini qo'shilishi muhimligini nazarda tutish kerak.
    Interfaol o'qitish usuliga quyidagilar kiradi: 1) evrestik suhbat; 2) bahs usuli; 3) aqliy hujum; 4) davra stoli; 5) ishbilarmon o'yinlar usuli; 6) amaliy ish bo'yicha tanlov muhokamasi va boshqa alohida o'qituvchi bilan qo'llanuvchi — zavqli interfaol o'qitish usullari kiradi. Ularning mazmuni bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
    Interfaol o'qitishning bir usuli everstik suhbat bo'lib, lotincha — «to'playman, izlayman» ma'nolarini anglatadi. Bu suhbat usuli bo'lib qadimgi grekcha ko'rinishi Suqrot suhbati deb nomlangan o'qitish tizimiga asoslangan. Shu yo'l bilan mohirona savollar tuzish va o'quvchini qo'yilgan savolga mustaqil ravishda to'g'ri javob topishga yo'naltirish kerak. Bu o'qitish usulini Suqrotnikidan farqi uning keng doirada jonligidir. Lekin uning so'zsiz o'xshashlik tomonlari ham mavjud, o'z tavsifiga ko'ra olinayotgan funksiyasi bevosita ularni faol o'ylash orqali o'quvchilami mohirona savol berishga qaratilganligidir. O'z yo'nalishining psixologik tabiatiga ko'ra — evrestik suhbat bu jamoaviy fikrlash yoki suhbat, muammoning yechimini izlovchi sifatidagi suhbatdir. Shuning uchun pedagogikada bu usul muammoli o'qitish usullaridan hisoblanadi, shu qatorda muammoli izlanuvchi deb • mlanuvchi suhbatdan everestik suhbat psixologik tomondan hech ham farq qilmaydi. Pedagogika ular orasida shaxsiy miqdoriy chegara o'tkazadi. Agar evrestik suhbat faqat qaysidir mavzuni bitta elementiga tegishli bo'lsa, muanimoli izlanishda esa - muammoli vaziyatlar ko'p. Biroq bunday farqlanish t" }idni ko'tarmaydi, amaliyotda suhbatni haqiqiysiga aylantirishsa mashg'ulotlarda «faqat bitta» va «ko'p» muammolar orasidagi bu ko'rinmas farqni sezish mumkin emas: o'qituvchi va auditoriya orasidagi suhbat ko'p savolli suhbatga aylanadi va mavzuga tegishli suhbat bilinmasdan bahsga o'tadi. Lekin endi bu o'qitishning boshqa usulidir, bunga keyinroq to'xtalamiz. Gap shundaki, suhbatda fikrlab izlanish jamoaviy izlanishga aylanadi va muammoning yechimini izlashda fikrlar almashinuvi, turli variantlar, orasidagi xulosalar hamkorlik va hamfikrliylik bir-birini faollashtiradi.
    Shuning uchun mantiqan bu usul interfaol o'qitish usuli sifatida ko'rib chiqiladi.
    Suhbatni evrestik suhbatga aylantirish uchun qo'yilgan savollar ham boshqa muammoli o'qitish usullari rioya qiladigan shartlarga bo'ysunadi. Evrestik suhbaiga aylanish jarayonida esa, muammoli vaziyatni keltirib chiqarilgan interfaol o'qitish iisullaridan birini amalga oshirishdan bo'lak narsa emas.
    So'nggi ishlarda bahs interfaol o'qitish usuli sifatida qoilanila boshlandi.
    Bahs usuli yoki o'quv bahslari evrestik suhbat kabi namoyon boiadi, to'g'rirog'i maxsus dasturlashtirilgan erkin nazariy savollarni muhokama qiladi, odatda, savol qo'yish bilan evrestik suhbatni boshJanishi kabi boshlanadi. Uni doimo bahsga aylanish — darsdagi me'yoriy holatdir. Psixologik nuqtayi nazardan qaraganda bahs qanday xususiyatga ega?
    Birinchidan, bahs - bu faoliyatning dialogik shakli bo'lib, turli fikrlar orasida boradigan shiddatli kurashni, suhbatni yuzaga keltirishdir. Fikrlar almashinuvi oddiy suhbatdagi kabi izchil va salmoqli ketmaydi, bahsda esa bir fikrni boshqasi b, an to'qnashuvi bir muncha asabiy ko'rinishga ega. Bahsni alohiduiigi shundaki, bahslashuvlarning fikri bu bahslashayotganlarni faol fikrlashlarini yuzaga keltiruvchi yoki fikrni dalil bilan isbotlashdir.
    Ikkinchidan psixologik jihatdan shunisi qiziqki, ayni fikrlar to'qnashuvi baxsni yuzaga keltiradi, u esa baxsga olib keluvchi turli xil fikrlarni tug'ilishidir. Bahs va fikrlashni — faoliyatdagi sababli bog'lanish deb tushunishadi, bunday yondashuv L.S.Vigotskiy tomonidan ilgari surilgan, lekin nutq faoliyatini tekshirganlarida bunga to'xtalib o'tmaganlar, ayniqsa, muammoli bahsdagi fikrlash va diologni o'zaro bog'liqligini analiz qilmaganlar.
    Odatda, fikrlash orqali bahsda e'tirozchini gapiga javob tug'iladi, shuning uchun turli fikrlar bahsni yuzaga keltiradi, deb taxmin qilinadi. Natijada, esa vaziat mutlaqo aksincha: bahs munozara fikrni tug'diradi fikrlashni faollashtiradi, o'quv bahslari esa ustiga ustak o'quv materialini fikrlash mahsuli sifatida anglab o'zlashtirishni ta'minlaydi. Bunday psixologik alohidalik bahslashuv va fikrlashni o'zaro bogiiqligi A.K.Markov izlanishlarida ko'rsatilgan.
    Munozarani vaziyatga aloqadorligi mulohaza qilishni faollashtiradi, ularni dalillar tizimiga aylantiradi. Afsuski, psixologning bunday xulosasi natijasida bu usuli na maktab, na pedagogika — psixologiya oliy o'quv yurtlari amaliyotida keng doirada qo'llanilish imkoniyatini bermayapti.
    Bahs usuli darslarning guruhiy shaklida amaliy mashg'ulotlarda yoki laboratoriya mashg'ulotlarida, talabalar gapirish imkoniyati boigan darslarda foydalaniladi. Ba'zan ma'ruzada ham foydalaniladi, unda ma'ruzachi mavzuga oid savollar bilan auditoriyaga murojaat qilishi orqali yuzaga keladi. Bahsni ma'ruza darslarida to'la qo'llab bo'lmaydi, lekin auditoriyadan savollarga javoblarni tezlik bilan javob oladigan natijasida, ulardan mazkur muammoga fikr bildirish orqali qo'llash mumkin. Endi bu munozarali savolga javob berish, jamoaviy fikrlash va ma'ruzachini xulosasini tinglash psixologik muhitni yaratadi. Turli xil dars shakllarida bir necha munozarali savollarni qo'yishni namuna sifatida ko'rsatamiz. Dastlab ma'ruzada qo'llanilgan munozarali savoldan boshlaymiz. Ma'ruzachi tashkiliy qismda nazariy faoliyatga bag'ishlangan savolni talabalar oldiga qo'yadi. «Biz hozirgina faoliyatni mavjudotni o'rab turgan borliq bilan o'z ehtiyojlarini qondirish uchun qiladigan hamkorligi ekanligini aniqladik. Bunday faktlar faoliyatni turli xilligi hisoblanadi: nafaqaxo'r sayr vaqtida oyoqlariga dam berish uchun o'rindiqqa o'tirdi; chumoli o'z iniga oigan pashshani olib ketayapti; tuyaqush kallasini qo'yniga tiqib olib nafas olayapti; talaba «faoliyat» tushunchasini o'rganayapti, vaholangki, unga nima bo'lganda ham quruq yodlash emas, aksincha, tushunib esda olib qolish kerakligini ogohlantirishgandi; o'quvchi adabiyot darsida uyga yodlash uchun berilgan she'rni o'rganyapti; qo'mondon o'z qo'shiniga qanday harakat qilish kerakligini aytish uchun; raqibini hammasini kutayapti; ular kutish vaqtida biror bir faoliyat bilan band deb bo'ladimi? Ana shu hamma vaziyat haqida kim nima o'ylayotganini darrov aytishingizni so'rayman». Keyin o'qituvchi aytgan subyektlarini harakatini ketma-ketlikda o'tkaza boshladi («nafaqaxo'r», «chumoli», «tuyaqush», «talaba», «o'quvchi», «qo'mondon») talabalar esa «ha» yoki «yo'q» deb javob berdilar. Barcha «faoliyat» tushunchasini ham ancha tushuntirish talab etishini va bu mavzuga boshqa darslarda yana to'xtalish lozimligiga amin boiadilar, lekin bu yetarli bo'lib, ma'ruzachi maqsadga erishadi. U V labalarni faoliyat tushunchasini psixologik asosini faqat lug'aviy ma'nosini yodlab olish emas, balki jiddiy hayotiy vaziyatlarda tahlil qilinadigan ish ekanligiga ishontirdi.
    Seminar mashg'ulotida: talaba mavzu rejasida ko'rsatilgan «Vaqtni idrok qilish» bo'yicha tajriba o'tkazib referat bilan chiqish qildi, psixolog D.B.Elkonin o'tkazgan izlanishlar, vaqtning qadriga yetish bo'yicha turli vaziyatlarda insonlarning vaqtni idrok etishi bo'yicha ma'lumotlarni berdi. O'qituvchi guruh oldiga savol qo'yadi: «Bu ma'lumotlarni o'qituvchi amaliy ishlarda qanday qoilashi lozim?».
    «O'quvchilarning vaqtni subyektiv baholashga hukm qilishi, darslar qiziqarlimi yoki zerikarlimi?» deb tavsif qilishi mumkinmi? Aytgancha, talaba «R» bayon etganlari qancha davom etdi? Birinchidan talaba R. bayon qilganlariga qiziqish uyg'otib, haqiqiy vaqtni kichraytirib baho berishdi.
    Ikkinchidan, birdaniga bir qancha talaba psixologlar tomonidan ochilgan qonuniyatlarni qo'llash imkoniyati fikrni asoslashga yordam beradi. Tadqiqot sifatida quyidagi ish amalga oshirildi ya'ni maktab o'quvchilariga darslar qiziqarlimi yoki yo'qmi, qaysi darslarda (qaysi fan o'qituvchisi)dagi zerikarli yoki aksincha qiziqarli va h.k., ularni qanday baholash mumkin? Lekin baholash keraklimi, foydalimi degan savollar borasida bahslashdilar. Buni qanday o'rganish mumkin? Kimgadir matematikada o'tirish qiziqarli bo'lmasa, kimgadir kim bilan hech narsa qilish yoqmaydi ba'zi o'qituvchilar darslarni doim qiziqarli o'tadilar. Balki ichimizdan kimdir o'z faniga qiziqish uyg'ota olmasligini sezib qolar? Barchada shu va shunga o'xshash fikrlar savollarga qiziqish uyg'otayotganini bilishimiz mumkin, lekin bahs endi boshqa mavzu bo'yicha ketyapti: idrokni bilish jarayonlaridan bin ekanligi haqida emas, darslar qiziqarli yoki zerikarliligi haqida. Albatta, tashxisni aniqligi bilan bog'liq emas. Kundalik hayotda turli xil vaziyatlarga duch kelamiz va o'z imkoniyatlaringizdan kelib chiqib, ularni o'qib o'rganamiz (kuzatib) tashxis qo'yamiz yoki psixiatrga maslahatga boramiz, bu kitobdan o'qishdan ko'ra yaxshiroqdir. Bularni hammasini amaliyotchi psixolog o'rganishi lozim. Hozir o'z ta'riflaringizni o'qib eshittirish orqali biz bir-birimizdagi mavjud bilimlarimizni almashamiz.
    Darslarda ularni ko'rib chiqib, biz so'z mantiqiy tafakkurimizni o'stiramiz, psixologik kuzatuvchanlikni tarkib toptiramiz.
    Laboratoriya mashg'ulotida: o'qituvchi matematika fakulteti talabalariga «Tafakkur» mavzusi bo'yicha, mantiqiy tafakkurni baholash uchun matematik materialda bir necha test berdi. Mana ulardan ba'zilari: «g'isht og'irligi 500 g va unga yarimta g'isht qo'shiladi. Umumiy og'irlik qancha? 3 kg teng baliqni oichagandan so'ng kesib dumi tomonini sizga berishdi. Boshqa (bosh) ko'rinishidan kichikroq tomoni kimgadir tegdi. Baliqning og'irligi qancha edi? Agar baliqning dumi 4 kg bo'lsa, boshi ham 4 kg bo'lsa, tanasi dumi, bosh qismining og'irligiga teng bo'lsa, unda baliqning og'irligi qancha?» talabalar matematik bu vazifani yecha oladilarmi? Buni biz hozir muhokama qilmaymiz (zero, hech kim birdaniga yechimini topa olmaydi). Bu yerda bizni tafakkur sifatlarining tasnifi haqidagi fikr qiziqtiradi. O'qituvchi tomonidan qo'yilgan munozarali savol quyidagicha: «Har 3 ta vazifani tez yechishga imkon beradigan, tafakkurlashning umumiy usulini toping va vazifaning har birini tez hal qilishda sizga tafakkuming qaysi sifati yetishmaganini tushuntirib bering». Dastlab, muhokamadagi bu savolga taqlidga asoslanib, birmuncha sodda javob variantlarini berishdi. Keyin suhbat mulohaza chegarasiga ega bo'la boshladi. O'qituvchining turtki beradigan savollaridan: «Nimaga shunday o'ylaysiz?», «Sizning fikringiz nimaga asoslanadi?», «Bu sizning taxminingizmi yoki bu filer shunday ekanligini isbotlab bera olasizmi?» va h.k. shundan so'ng talabalar o'z fikrlarini asoslash uchun tafakkur psixologiyasi bo'yicha o'z bilimlarini safarbar qilishga urinishadi.
    Talabalarning ko'pchiligida psixologik atamalarni qo'llashda ishonchsizlik, matematik atamalarni adashtirish kuzatildi (masalan, tez, to'liq tafakkurlash yo'nalishida «algebrik» yoki «arifmetik» jarayonlarni tez-tez almashtiradilar). Nihoyat, o'tkazilgan har uchala vazifada ular ishonadigan tushunchalar «yarmini» tashkil etadi, degan xulosaga kelishdi. Bunday umumiylikni namoyon bo'lishi masalani tez hal etishga imkon beradi, zero, har qanday butunlik ikkita teng qismdan iborat g'ishtning og'irligi yoki baliqning og'irligining, bu yerda ahamiyati yo'q. Shunga o'xshash masalalarni hal etishning umumiy usuli tafakkurlashning ham umumiy usulidir.
    Shundan so'ng o'qituvchi testdan olingan ma'lumotlarni izohlashga o'tdi. Ayni vaziyatda talabalarni matematik qobiliyatlari emas, balki tafakkuming sifatini aniqlashga qiziqish uyg'otishini ta'kidlab, o'qituvchi olingan testning natijalarini psixologik mazmunini tushuntiradi. Shunga muvofik u quyidagicha rasman xulosani aytdi: «Ana shu uchta masalani yechishda namoyon bo'lgan tafakkuming bunday umumiy usulini, mantiqiy tafakkurlash, deb ta'riflash mumkin, biroq bir vaqtning o'zida ham nazariy yoki empirik, ijodiy yoki sermahsul tafakkurlash hamdir. Amaliy foydalanish jarayonida bu usul ilk bor siz uchun ijodiy tafakkurlash hisoblanadi. Agar siz bu usulni o'zlashtirgan bo'lsangiz shunga o'xshash masalalarni yechishda mahsuldorlik yetarli bo'ladi. Har qanday tarkibli turli xil masalalarni yechishda nazariy tafakkurlashdan foydalanish mumkin, zero, bu umumiy ahamiyatga ega. Unda bu tafakkur qachon empirik hisoblanadi? Variantlami to'g'ri yechishga harakat qiladilar. Keyinchalik, topilgan bu usulni boshqa masalalarda ham qoilash mumkin va umumiy xulosa chiqarishda bundan foydalanish mumkin. Shunda empirik topilma nazariy xususiyatga ega degan xulosaga olib keladi va boshqa masalalarni yechishda qoilanilgan bu tafakkurlashning umumiy usuli nazariy xususiyatga ega bo'ladi». O'qituvchi yuqoridagi xulosaga tadqiqot natijalari asosida keldi.
    Endi shu o'rinda savol tug'iladi: talabalar bilan «Tafakkur» mavzusi bo'yicha yuzaki dars o'tish deyarli mumkin emas, bahs usulini bu yerda nima aloqasi bor? Bunga quyidagicha javob' berish mumkin.
    To'g'ri bu bahsga o'xshamasligi mumkin, lekin asosiy xususiyati shundaki bahslashish xususiyatiga ega talabalarni o'ylashga majbur qilgan, tayyorgarliksiz biror xulosaga keltirgan va ilmiy adabiyotlarni o'qishga yo'naltiruvchi savolni qo'yishishida namoyon bo'ladi. Bunday yo'naltirish o'z-o'zidan ahamiyatli dalildir. Lekin baribir asosiysi munozaralar talabalarni o'ylashga majbur qilyapti: tafakkurlashni talab etuvchi va munozarali muammo qanday bo'lish kerak degan savolga, muhim pedagogik muammoni insonni fikrlashga o'rganishini hal etadi. Shuning uchun og'zaki bahs sifatida ham munozara bo'lmasligi mumkin. Shunday qilib, bahs usuli, hamma dars shakllari, ma'ruzadan tortib laboratoriya mashg'ulotlarigacha qo'llash mumkin. Uni talabalarning qanchalik fikrlashlarini faollashtiradi va o'zlashtirishda rejasini qay darajaga ko'tarilgani, savollarni o'rganishga qiziqish uyg'otishi va ularni adabiyotlar bilan mustaqil ishlash jarayonida chuqur kirib borishlariga qarab natijasi belgilanadi.
    «Aqliy hujum» usuli oliy o'quv yurtlari amaliyotida o'qitish usuli sifatida qo'llashga ulgurgani yo'q, bu usul boshqaruv tizimi, shuningdek, ilmiy izlanishlar natijasida kelib chiqqan. U ayniqsa, iqtisodiy boshqaruv faoliyati, menejmentda keng qoilaniladi. O'qitishga bog'liq bo'lmagan holda aqliy hujum usulining mazmuni mohiyati nimada? Mutaxassislarning fikricha, muammoning javobini qidirishda bevosita miyaga kelgan fikrlar, taxminlar tasodifiy o'xshatishlar, shuningdek, birdan kelib chiqadigan, mavjud kerak va nokerak bogianishlarni asoslab berishlarini o'z ichiga oladi. Keyin diktofonga yozib olingan tasodifiy jumla, fikrlarni diqqat bilan tahlil qilish yoii ayniqsa qiziqarli ya'ni aqliy hujum usuliga yaqin bo'lganlari ajratib olinadi va keyinchalik chuqurroq savol quyilib, muhokama qilish uchun foydalaniladi. Aqliy hujumning o'ziga xos oltin qoidasi mavjud bo'lib — ishtirokchilar suhbati davomida aytishganlaridan hech biriga shubha qilmaslik, aksincha har qanday fikrni bildirishda toia erkinlik yaratib berish lozim. Bunday psixologik erkinlik o'zini xotirjam tutishga «guruh fikridan» uyalmaslikka omadsiz luqma tashlash bilan o'zini o'ng'aysiz holatga qo'yishdan qo'rqmaslikka imkon beradi. Bunday holatda (ayniqsa, ishtirokchilar bunga moslashganda) ko'chirishi to'g'ri boigan, hech nimaga yaramaydigan (ayni damda muammoni yechish uchun) ahmoqona, kutilmagan, lekin zarur boigan, haqiqatdan intensiv fikrlar yuzaga keladi. Ana shuning uchun ham aqliy hujum uyushtiriladi. Lekin bu, menejment va ilmiy izlanishlarda to'g'ri yechimni izlash uchun qoilaniladi. Bu usulni oliy o'quv yurtlarida qanday qo'llash mumkin? Aytish lozimki, imkoniyatlar diapozoni psixologiya o'qitishda qo'llash uchun yetarli emas. Lekin aqliy hujum usuli qaysidir muammo yechimining qiyinchiliklarini tushuntirish maqsadida qo'llash mumkin. Masalan:
    iqtisodiy ba'zi muammolar (maoshning kechikishi, korxonalarning ixtiyoriy soliq to'lashi va h.k.) sotsiologiyada (siyosiy faoliyat reytingi interpritatsiyasi) pedagogikada (axloq va axloqsizlik o'rtasidagi qarama-qarshilik), psixologiyada psixikani rivojlanish qonuniyatlari va ta'lim-tarbiya amaliyoti va h.k.
    Aqliy hujumda, yosh va pedagogik psixologiyani o'qitishda foydalanishda quyidagilarni misol qilamiz. Seminar mashg'ulotida o'smirlik psixik rivojlanishida krizisi muammosi muhokama qilinmoqda, pedagogika kollejini tugatib boshlang'ich sinf o'qituvchisi yoki maktab psixologi bo'lib ishlayotgan sirtqi bo'lim talabalari bunday krizisni amaliy faoliyatlari davomida guvohi bo'lganlari uchun ularga bu jarayon yaxshi tanish edi. Bunday o'smirlar bilan ishlash davomida beriladigan tavsiyalarni ham bilar edilar. Alohida tavsiyalar o'zini oqlardi, ulardan ko'pchiligi esa, na ta'limda na tarbiyada kutilgan natijani bermadi. Umuman ularda o'tish davrida bo'ladigan inqirozga uchragan o'smirlar bilan ishlash davomida ko'plab usullar va turli xil fikrlar ko'p edi. Bu haqida bilgan o'qituvchi aqliy hujum usulini qoilashdi: har qanday fikrni bildirishga ruxsat beradi, jumladan, «zararli» yoki «yaramaydigan» deb tanqid qilinadigan fikrlar shuningdek, har qanday yaqqol yoki yashirin tanqidiy fikrlarni bildirishni taqiqlaydi. Bundan tashqari, o'qituvchi «juda qiziqarli», «qiziqarli» va h.k. kabi o'z so'zlari bilan ma'qullab turadi. Xo'sh nima bo'pti? Krizisning o'tish davrida o'smirlar bilan qanday ishlash mumkinligi haqida 40 dan ortiq fikrlar bildirildi. Ba'zi fikr shu yerning o'zida boshqa fikrlar bilan bog'liq holda tug'ildi, boshqalari shunchaki aytilgan so'zlar edi, lekin ko'pincha bu shaxsiy malakadan iborat bo'lib, bu nimaga asoslanadi: «tanqid qilgani» tavsiyaga amal qilib, xato yoki nojo'ya maslahatlarni tanqidiy izohsiz, hatto qanday bo'lishdan qat'i nazar unga o'z munosabatini bildirmay, shunchaki hisoblashidir.
    Aqliy hujum nima beradi, ayni vaziyatda — bu usul qoilanishdan olingan foydaning real natijasi qanday? LJ shundan iboratki talabalar, bu yoshdagi bolalar bilan ishlash malakalari yetarli ancha mashhur pedagogik nazariyalardan va psixologik o'sishda duch keladigan krizisdagi o'smirlar bilan ishlash usullari bo'yicha maslahat va tavsiyalar berishdi. Bunday tavsiyalar orasida, fan va amaliyotda qo'llasa bo'ladigan, kerakli natijalarga olib keladigan fikrlar ham mavjud. Shu yo'l bilan keyingi faoliyat uchun foydali va asosiysi muloqot psixologiyasini o'rganishga taxminan shunday fikrlar yuzaga keladi. Usul va uslublarda ish ko'p, lekin o'smirlik davridagi krizis maktabdagi ta'lim-tarbiyani rad etishda davom etaveradi, zero, hamma uslub va usullar muammoni hal etavermaydi.
    Bunday manfiy xulosa talabalami jiddiy psixologik tahlil qilishga undaydi va quyidagi savolga javob berishni talab qiladi. Nahotki, maktabdagi bu muammodan qutilishning iloji yo'q? Aqliy hujumdan so'ng seminar mashg'ulotida, maktabda tavsiya etiladigan va foydalaniladigan ko'pchilik usullar samarasizligini psixologik sabablari muhokamasi boshlandi. Shu yo'l bilan ayni vaziyatda aqliy hujum o'smirlar bilan ishlashning ko'plab usuli va yo'nalishlarini hisoblab chiqishga yordamlashdi va shu bilan birga talabalami psixologik muammoni tahlil qilishga fikrlashga tayyorlaydi. Bunday mezonlar hozirgi zamon psixologiyasida ko'plab uchraydi, demak, aqliy hujum usuli bu kundalik ishimizda uchraydigan muammolarni yechishda talabalami ijodiy yondashishlarida yordam beradi.
    Davra stoli usuli pedagogikaga siyosatshunoslikdan kirib kelgan. «Davra stoli» siyosiy va ilmiy yo'nalish namoyondalari tomonidan tashkil qilinadi. Fikrlar almashinuvi qandaydir tegadigan nuqtalarini topishga imkon beradi, chunki ulaming keyingi faoliyatida umumiy xulosani yo'naltirishga — ilmiy haqiqat yoki siyosiy turg'unlikka erishishga xizmat qiladi. Dumaloq stol usuli o'qitishning nazariy muammolarni turli ilmiy aspektlar, turli kasb mutaxassisliklari yordamida muammoni ko'rib chiqishning samaradorligini oshirishda qo'llaniladi. Mana masalan, yuridik fakulteti talabalari uchun psixologiya bo'limida yurist shaxsi va faoliyatini o'rganayotgan talabalar uchun psixologiya o'qituvchisi «jinoiy xulq psixologiyasi» mavzusi bo'yicha seminar mashg'ulotini davra stoli usuli bo'yicha tekshirdi. Mashg'ulot davomida jinoiy xulq kafedrasidan yurist-o'qituvchi bilan bir xilda savollar berib fikrlarni aniqlashtirdi, izoh berdi, misollar keltirdi. Psixologiya o'qituvchisi esa «davra stolbda boshlovchi hisoblandi, yurist — o'qituvchi fikrlarga ketma-ketlik bilan qo'shimchalar qildi. Bu zarur edi, chunki huquqiy savollar ayniqsa insonlarning aniq huquqlari (jabrlanuvchi yoki jinoyatchi, sudya, guvoh va hokazo) psixologik bahoni insonlaming jinoiy xulqni bu tomoni butun mashg'ulot predmeti hisoblanadi, zero, talaba yuristlarni jinoyatchilikni nafaqat huquqiy tomoni balki, psixologik tomoni ham qiziqtiradi. Bunday psixologik savollarni muhokamasi nafaqat yuridik fan vakili qatnashganligi uchun, balki jinoyatchilik borasidagi o'zlarining huquqiy bilimlarini psixologik tahlil uchun material sifatida qo'llash mumkin boigani uchun ham faol o'tdi. Shu yo'l bilan mavzu ikki tomondan ko'rib chiqildi — ya'ni huquqiy va psixologik, shuning uchun mavzu chuqur o'zlashtirilidi. Bu imtihonda o'z isbotini topdi. Boshqa mavzulardan ko'ra, talabalar berilgan mavzudan misollar keltirishdi. Ayniqsa, imtihon payitida biletda qanday savol qo'yilishidan qat'iy nazar davra stolida muhokama qilingan jinoyat xulq masalalari atroflicha ochib berildi. Yurist shaxsi va faoliyati psixologiyasi yaxshi o'zlashtirilganini ko'rsatdi. Davra stoli usuli boshqa shaklda ham qo'llaniladi. Masalan, psixolog guruhi bilan o'quv-metodik konferensiyani davra stoli usulida o'tkazishi mumkin. Muhimi umumiy psixologik ham sotsiologik chuqur tahlil talab etiladigan, mutaxassislik doirasida qiziqishlari jihatidan har tomonlama ko'rib chiqiladigan (ayni vaziyatda psixologik) mavzu tanlash kerak. Boshqa oliy o'quv yurtidan psixologiya mutaxassisligi bo'yicha taklif qilingan o'qituvchi va talabalar guruhi bilan shunga o'xshash mashg'ulot o'tkazilgan. Masalan: davra stoli amaliyotda xalqaro Oliy o'quv yurtlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan. Germaniyalik yoki Fransiyalik psixolog-talabalar bilan Rossiyalik psixolog talabalar o'rtasida ijtimoiy psixologik muammo millatlararo munosabatlar muammosi muhokama qilindi.
    Davra stoli usulini psixologiyani o'qitishda turli-tuman shaklini amalga oshirish mumkin. Agar bu borada muhim shart ya'ni uni qat'iy kuzatib borish - bu anglangan zaruriyat ko'p qirrali nazariy muammolarni diqqat markazdan amaliy hayotdan gavdalantirib ko'rib chiqishni yoddan chiqarilmasa bo'ldi. Agar bunday zaruriyat yo'q yoki bor bo'lsa, lekin har tomonlama anglanilgan bo'lsa, unda davra stoli odatiy, har kim o'zinikini gapiradigan seminarga aylanib qoladi va raqobat bo'la olmaydi.
    Ishbilarmon o'yinlar usuli: dastlab o'qitish tizimlarida emas, balki boshqaruv amaliyotida paydo bo'lgan. Hozirda ishbilarmon o'yin usuli turli jabhalarda qo'llanilyapti, ijodiy faoliyatda loyiha tuzishda, real vaziyatlarda jamoaviy ishlab chiqishda, shuningdek, harbiy ishlarda qo'llanilyapti. Aytmoqchi «Ishbilarmon o'yin» usuli o'qitish usuli sifatida aynan harbiy o'yin hisoblanadi, amaliyotchilar qadimdan qo'shinni o'qitish uchun real jangu jadallarda emas, balki jang shartlariga taqlid qilib o'yin shaklida harbiy harakat olib borganlar.
    O'yinlar asosan — bu qo'mondonni qo'shinni boshqarishga o'rgatadigan askarni esa jang sharoitlarda o'zini boshqarishga o'rgatadigan ishbilarmon o'yin usulidir.
    Oliy o'quv yurtlarida turli kasb mutaxassislariga ishbilarmon o'yinlari ko'proq boshqaruv faoliyatida o'qitish uchun foydalaniladi. Ba'zan bu usulni boshqaruvda «ishbilarmon o'yinlari» deb ataladi. Umumiy ko'rinishda ishbilarmon o'yini usulining mohiyati — deb yozadi, bu boradagi mutaxassislardan biri E.A.Xurskiy — biz intonatsiya usuli (taqlid qilish, aks ettirish) turli vaziyatlarni o'yin yo'li bilan boshqarish deyish mumkin. Vaholanki, bunday aniqlik o'qituvchi uchun o'quv-metodik qo'llanmada berilgan, lekin gap ishbilarmon o'yin usulini real boshqaruv usuli sifatida emas, balki talabalarni boshqarishga o'rganish usuli sifatida ekanligi haqida ketyapti. Bizning nazarimizda ishbilarmon o'yin usulini nafaqat boshqaruvda qo'llash mumkin, shuningdek, xulosa chiqarishni boshqarishda ham qo'llash mumkin. Umuman olganda, bu usulning psixologik mohiyatini olsak, (har qanday) faoliyatga o'rgatish sifatida har qanday o'qitishda qo'llash mumkin.
    Ishbilarmon o'yin usulining mohiyati shundaki, o'quvchilarni o'qitish faoliyatini modellashtirish sifatida o'rganishdan iborat, chunki boiajak mutaxassislar kasbiy vazifalariga javob berishga o'rgatadi. Agar pedagogika oliy o'quv yurtlaridagi o'qituvchilarni tayyorlash haqida gapiradigan bo'lsak, unda psixologiyani o'qitishda quyidagicha vaziyatlar asosiy rol o'ynashi mumkin. «Dars», «orqada qolganlar bilan ishlash», o'qishda orqada qolayotgan o'quvchi va xatolarni psixologik tabiatini psixologik sababini, masalan, diqqatni yoki matematikadan yozma ishda dars natijalarini tahlil qilish sharti va boshqalar. Bunda talabalar turli rollar bilan chiqish qilishlari mumkin: o'qituvchi, metodist, ta'lim departamenti inspektori, amaliyotchi talaba va hatto o'quvchini (a'lochi, qoloq va h.) bunday ishbilarmon o'yinlar usuli oldindan rejalashtirilishi (ssenariy tuzish, rollarga bo'lish vaziyatni tanlash va h.) va amaliy mashg'ulotlarda o'tkazish mumkin.
    Masalan, darsda o'quvchilar diqqatining rivojlanishi mavzusidagi amaliy mashg'ulotda ishbilarmon o'yin usuli o'qituvchi tomonidan tashkil qilindi. Unda psixologiya o'qituvchilari va talabalari ishtirokida maktabda darsni o'tish oldindan berildi. Bu sinflar rus tiUni yaxshi o'zlashtirmayotgan o'quvchilardan tuzilgan. S.V.Ivanov, A.N.Ivanova tomonidan ishlab chiqilgan yangi rus orfografiyasi metodikasini tajriba qilish uchun tuzilgan tanlanma sinflar edi.
    Keyin talabalar mana shu dars va sinfni kuzatishdan to'plagan materiallari asosida ishbilarmon o'yinlar usuli o'tkazildi, ayni ekspremental xarakterga ega o'qitish qo'yilgan edi. Ular darsga katta qiziqish bilan munosabatda bo'lishdi, demak, ularning diqqati ham faolroq bo'ldi.
    Amaliyotchi talabalar o'qituvchi va o'quvchi faoliyatini diqqat bilan kuzatadilar, yozib boradilar, ishbilarmon o'yin uchun keyinchalikka material to'playdilar. Ishbilarmon o'yinlar usulida ishtirok etishi uchun talabalarga rollar taqsimlanadi. Shunday qilib 3 ta talabaga o'qituvchi roli berildi (ular 2 soatli psixologiya darsidan amaliy mashg'ulot olib borishlari lozim edi). 7 ta talabaga esa ta'lim departamenti inspektor — metodisti roli berildi va 2 ta talabaga maktab mudiri va ilmiy xodim roli berildi. Shu orqali ish uyini tashkil qilinib o'rtaga tashlangan muammo hal qilinadi.
    Ishbilarmon o'yin usuli amaliy mashg'ulotda qanday tashkil qilinadi? O'qituvchi otlarga suffikslarni qo'shish mavzusi bo'yicha dars olib bordi. Boshqalar esa dars metodikasi bo'yicha o'z fikrlarini bildirishdi. Ularning xulosalarida tanqidiylik mavjud edi (asosan, eksprement o'tkazuvchi o'qituvchini ijobiy tomonlarini ko'p qo'llanilganligi uchun) «mudir» va ilmiy xodim esa, o'z o'qituvchilarining xato va kamchiliklarini oqlashga urinishdi. Suhbat nafaqat metodik nuqtayi nazardan muvaffaqiyatli chiqdi, shuningdek, psixologik asoslangan tanqidlar ham ko'p bo'ldi. Psixologik tahlil qilish nuqtayi nazaridan ham diqqatni rivojlantiruvchi ijobiy vaziyatlar namoyon bo'ldi. Ishbilarmon o'yin usuli oxirida asosiy xulosaga kelinsa va u quyidagicha shakllangan edi. O'quvchilarning diqqati darsga va o'rgatilayotgan mavzuga nisbatan faol qaratilgan. O'quvchilar vazifani a'loga bajarganlarida va bundan ma'naviy qoniqish olganlaridagina qiziqish hosil bo'ladi.
    O'qituvchining diqqati bu faoliyatni to'g'ri bajarishga qaratilgan ichki nazoratdir. Uni o'qituvchi vazifa bajarishga yo'naltirganda boshqariladi deb xulosa qilindi. Bu shuni anglatadiki, diqqatni o'stirish va tarbiyalash uchun o'quvchilarni iloji boricha to'g'ri faoliyat bajarishga yo'naltirishga alohida e'tibor qaratish lozim. Bu nafaqat mashg'ulotlarni o'qitishga tegishli, shuningdek, har qanday aqliy va amaliy faoliyatni o'rganish uchun ham kerak. Yo'naltirishga asoslangan faoliyat (P.Ya.Galpirin) ayni psixologik sharoitlami yaratadi.
    Ishbilarmon o'yin usuli ayni vaqtda boshqa usullarga ko'ra samaraliroq chiqdi. Chunki u talabalarni real vaziyatlarga qo'yib aniq shaxslarning rolini o'qituvchi, metodist, ilmiy mudir, direktor rollarini o'ynab aniq fikrlashga majbur qiladi va bu vaziyat o'quvchilar diqqatini, tafakkurini yo'naltiradi, yaxshi o'zlashtirishiga imkoniyat yaratadi.
    Talabalarni interfaol o'qitish usullaridan yana biri trening hisoblanadi. O'qitishning bu yangi usuli sifatida, birinchidan bizda u haqida ancha vaqtgacha bilishmagan, shunga qaramay g'arbda psixokorreksiya ishlarini bevosita amalga oshirish maqsadida kichik guruhlarda tuzilgan va maxsus munosabat tashkil etish usuli sifatida tarqalgan. Ikkinchidan u psixologiya yoki boshqa fanlarni yangi o'qitish usuli hisoblanmagan, hatto hozir ham shunday bo'lib ulgurgani yo'q. Zero, ba'zi oliy o'quv yurtlarida ijtimoiy psixologiyani o'qitishda trening amaliy mashg'ulotlarda hamkorlikdagi faoliyat jarayonlarini shakllantirish uchun qo'llana boshlaydi. Trening guruhlarida vujudga keladigan turli vaziyatlarni o'rgatuvchi hisoblanadi va shu ma'noda o'quvchilar uchun toia real vaziyat sifatida namoyon bo'ladi va o'z faoliyati natijasiga javobgarlik bilan harakat qilishi kerak. Javobgarlik hissi faoliyatga kirishganda alohida ahamiyatga egadir. Nafaqat o'zi oldinga intilishi kerak, bu individual o'qitishda, hatto, guruhni o'qitishning erkin muhokamasida qo'l keladi, lekin guruhdagi sheriklar bilan oldinga intilishi har bir harakat yutug'i — bu butun guruh faoliyatining yutug'ining garovidir.
    Bu aspekt treningning ishbilarmon o'yinlarga shunisi bilan o'xshaydiki, undan holi ishtirokchilar bir-biri bilan bog'liq javobgarlik kuchli, lekin o'qitish usullari orasidagi farq yaqqol ko'rinadi, ulardan biri nazorat, ishini nazariyaga asoslanganligi, tamoyili bo'yicha amalda qoilashga o'rgatishga xizmat qiladi, boshqa esa amaliyotda nazariyani o'rganishga (amaliyotda nazariya) xizmat qiladi.
    Guruhiy trening usulining ijtimoiy psixologiya fanini o'qitishda qo'llash bejiz emas, chunki butun tarkibi nazariy qonuniyatlar guruhlararo va guruh ichidagi munosabatlarga bag'ishlangan, ularni amaliy mashg'ulotning guruhiy shaklida ko'proq yaxshi tushunish va o'zlashtirish mushkul, chunki fanni nazariy ahvoli o'rganilgan boshqa usullarida (ma'ruza ilmiy adabiyotlarni o'qish) shakllangan oliy o'quv yurtlarida fanlarni an'anaviy akademik usulda o'qitish va talabalarda o'sha akademik bilimlarida psixologik texnologiyalarni amaliyotda qoilanilishi zamon talablariga toia javob bermaydi. Tarmoqli kasblar (o'qituvchi, rejessyor, trener va boshqalar) egalari bilan ishlashda qanday usullarda tashkil qilinadi.
    Trening usuli bilan darslar kamdan-kam o'tkaziladi. Bunday bo'lishiga quyidagi sabablar mavjud:
    birinchidan — bu o'quv amaliyotida yangi va to'la oqlamagan usuldir;
    ikkinchidan — bu usul bo'yicha mashg'ulotlarni tayyorlash qiyin jarayon va ko'p vaqt talab etadi;
    uchinchidan — har doim o'qituvchiga ijtimoiy psixologiyaning qaysi muammolari guruhiy treningga olib kelish kerakligini tushunavermaydi.
    Dastlabki ikkita sabab ko'rinishdan ahamiyatsizdek ko'rinsada uchinchisiga kelsak, amalda uni hozir ko'proq o'tkaziladigan trening mavzuyi va muammosi bilan nomlab bartaraf etish mumkin. Shunday akademik boshqarma yoki yuqori malakali institutlarda talabalar auditoriyasida jamoa mavzusi bo'yicha o'quvchi yoki talabalar jamoasining shiorlari «Tanishuv», «O'zaro tushunish», «Yaxshi kayfiyat mimikasi-hissiy yaqinlik», «Nizolarsiz muloqot», «Nizoni nima qilish kerak», «Vaqtincha to'xtatish, davom etishga qo'yib berish orqaga surish», «Men va jamoa» va h.k. treninglar tafakkur taraqqiyoti (nutq va uning namoyon bo'lishi) jarayoni guruhdagi individlar hamkorligi va boshqalar bo'yicha intellektual treninglar o'tkaziladi.
    Guruhiy trening usuli bilan o'tkaziladigan darslar o'qituvchida boshqa dars shakllari ishbilarmon o'yinlar, davra stoli yoki bahs kabi katta tayyorgarlikni talab etadi. Tayyorgarlik quyidagilarni o'z ichiga oladi:
    a) treningning rejasi ustida ishlash;
    b) talabalar bilan muammoning yechimini qidirishda faol ishtirokini ta'minlash (odatda, bu o'tilayotgan mavzudagi savollarni oldindan berib qo'yish bilan bog'liq) bo'yicha ishlash;
    o'qituvchining o'z ustida ishlashi, u o'zining treningda qanday
    tutishini o'ylab topadi; savollarni qanday qo'yish va muhokamalarga
    qanday munosabat bildirishi bahsli vaziyatni drammalashtirish yoki
    tomonlarning bir-biri bilan kelishishi guruh ishtirokchilarida javob
    variantlarini talab etishi yoki o'zi aytishi noto'g'ri yechimga guruh
    qanday munosabatda qachon va qanday umumiy xulosa chiqarish
    kerak. Trening davomida talabalar faolligi qanday baholanadi va
    hokazolar;
    ishtirokchilar orasida rollarni taqsimlash, lekin rollar hammaga
    yetishmasligi mumkin. Shunda ko'pchilikka tanqidchi va kuzatuvchi
    rollari beriladi va treningda eng faol ishtirokchini ta'minlash.
    Trening davomida bajariladigan rollarning boshqa ishtirokchilariga taqdim etishi mumkin. Rollar turlicha bo'lishi mumkin. Ular mavzudan kelib chiqadi. Masalan, «Jamoa» mavzusi bo'yicha treningda «Nizosiz muloqot yoki nizoni bartaraf qilish» boiimlarida shunday rollar bo'lishi mumkin. «O'qituvchi», «tashkilotchi», «fikrlar generatori», «usta» (rollar imkon qadar nizoli) «adolat tarafdori», «kuldiruvchi», «tanqidchi», «qo'zg'aluvchi» «an'analar saqlovchisi», «uchinchi», «ayyor», «mug'ombir» (o'rtacha nizoli) va yaratuvchi, ishtirokchi, dangasa, yaxshi yigit, nozik qiz, administrator (kam nizoli) va h.k.

    Xulosa
    Ijtimoiy psixologik trening bu oddiy so'z bilan aytganda mashq qandaydir malakalarni egallash emas, balki faol ijtimoiy psixologik shaxsni muloqotda faolligi va yo'nalganligiga qaratilgan va guruhlarda ijtimoiy psixologik obyekti sifatida shakllanganligi darajasiga ko'tarilishiga qaratilgan o'qitish usulidir.
    O'qitish usuli sifatida guruhiy treningning ahamiyati o'quvchilarni bunday hamkorlikdagi faoliyati qaysiki oddiy talabalar o'quv guruhini ijtimoiy psixologik ko'rinishga ega modeliga aylantiruvchi muhimi hisoblanadi. Shuning uchun ijtimoiy treningni nazariyada shakllangan ijtimoiy amaliy psixologiyani o'qitishda yordam beruvchi deb hisoblash mumkin. Agar ishbilarmon usul - nazariyadan kelib chiqqan amaliy faoliyatga o'rgatsa, trening esa, amaliy vaziyatlardan kelib chiqib — nazariyani o'rgatishiga yana bir bor guvoh boiamiz.
    Faol o'qitish usullari haqida fikrimizni yakunlar ekanmiz o'qituvchilarga shuni eslatishimiz kerakki, bu yerda ko'rib chiqqan o'qitish usullari o'ziga xos alohida misollarga ega. Shuningdek, mazkur usullardan dars jarayonida foydalanish o'quvchilarda bilim, ko'nikma, malakalarni ongli ravishda va samarali o'zlashtirish imkonini beradi.


    Download 30.98 Kb.
      1   2




    Download 30.98 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: psixologiya fanlarini o'qitishda muammoli o'qitish konsepsiyasi kirish. Reja

    Download 30.98 Kb.