Mavzu: pygame. Pygame kutubxonasi. O‘yin maydonini tayyorlash




Download 26,12 Kb.
Sana15.05.2024
Hajmi26,12 Kb.
#235935
Bog'liq
Mavzu pygame. Pygame kutubxonasi. O‘yin maydonini tayyorlash


Mavzu: PYGAME. PYGAME KUTUBXONASI. O‘YIN MAYDONINI TAYYORLASH

Reja:




  1. Python dasturlash tilida o‘yin dasturlarni yaratish qanday amalga oshiriladi

  2. PyGame qanday modul

  3. PyGame moduli qay tarzda o‘rnatiladi

Dasturchilarning aksariyati dasturlash sohasiga dastlab o‘yin dasturlarini tuzish maqsadida kirib keladi. Hamma ham professional darajada o‘yin dasturi yaratuvchisi bo‘la olmaydi. Ammo o‘ta qiziqqanligi hamda tirishqoqligi sababli o‘z shaxsiy o‘yin dasturini tuzishi mumkin.


Python dasturlash tilida o‘yin dasturlarini
yaratish uchun maxsus PyGame kutubxonasidan
foydalaniladi.
PyGame – 2 o‘lchamli (2D) o‘yin dasturlarini
yaratishga mo‘ljallangan Python modul
kutubxonasi.
PyGame kutubxonasi ilk bor 2000-yilda taqdim etilgan. Uning yordamida yozilgan dasturlar Android qurilmalari hamda kompyuterlarda muammosiz ishlay oladi. PyGame kutubxonasi yordamida yozilgan bitta dastur kodi orqali turli qurilmalarda ishlovchi o‘yin dasturlarini yaratish imkoniyatini qo‘lga kiritish mumkin.
PyGame Pythonning standart paketiga kirmaydigan kutubxona hisoblanadi. Shuning uchun uni alohida o‘rnatib olish lozim. Buning uchun quyidagi ishlar bajariladi:
1) Python dasturi katalogidan Scripts katalogi ochiladi va uning manzili, odatda, C:\Users\ User\AppData\Local\Programs\Python\Python38\Scripts manzil nusxalanadi;
2) buyruqlar qatori (Командная строка) ishga tushirilib, “cd” buyrug‘i yoziladi, nusxalangan katalog manzili joylashtiriladi va “Enter” tugmachasi bosiladi:
3) hosil bo‘lgan yangi buyruq davomidan “pip install pygame” buyrug‘i yoziladi va “Enter” tugmachasi bosiladi:
Yuqoridagi amallar ketma-ket bajarilganidan so‘ng jarayon avtomatik tarzda PyGame modulini o‘rnatadi. Bunda kompyuter Internet tarmog‘iga ulangan bo‘lishi lozim.
TAYANCH TUSHUNCHALAR
PyGame – kompyuter o‘yinlari hamda multimedia dasturlarini yozishga mo‘ljallangan Python dasturlash tilining modullari to‘plami.
O‘yin oynasi – dastur ishga tushganda hosil bo‘ladigan asosiy oyna. Unda o‘yin jarayonidagi barcha hodisalar jonlanadi.
167168
V BOB.
PYTHONDA DASTURLASH
PyGame paketining imkoniyatlaridan foydalanish uchun modullar:
Modul nomi
Tavsifi
pygame.cursors
– kursor ko‘rinishlarini yuklash.
pygame.display
pygame.event
pygame.image
pygame.key
pygame.sprite
pygame.time
– displey bilan ishlash.
– tashqi hodisalarni boshqarish.
– rasmlarni yuklash va saqlash.
– klaviatura bilan ishlash.
– harakatlanuvchi rasmlar bilan ishlash.
– vaqt va kadr chastotalari bilan ishlash.
pygame.draw
– figura, chiziq va nuqtalarni chizish.
pygame.font
– tizim shriftlaridan foydalanish.
pygame.joystick
– joystik va analog qurilmalar bilan ishlash.
pygame.mouse
– sichqoncha bilan ishlash.
pygame.music
– ovoz va musiqalar bilan ishlash.
O‘yin oynasini yaratib olish o‘yin dasturlarini yaratishda ilk bosqich hisoblanadi. Aynan ushbu oyna o‘yin uchun maydon vazifasini bajaradi. PyGame kutubxonasi displey oynasi va ekranni boshqaruvchi tayyor “pygame.display” moduliga ega bo‘lib, uning funksiyalari quyidagi jadvalda keltirilgan:
pygame.display.quit – displey modulini ishini to‘xtatish. pygame.display.set_mode – o‘yin oynasini ishga tushirish.
PyGame moduli orqali o‘yin dasturlarini yaratishda, eng avvalo, modulni yuklab olish zarur. Shundan so‘ng o‘yin oynasini yaratish, uning o‘lchamlarini berish mumkin. O‘yin oynasini yaratish uchun “pygame.display.set_mode” funksiyasidan foydalaniladi.
pygame.display.set_mode funksiyasi
Sintaksisi:
screen=pygame.display.set_mode ((width,height), flag, depth)
Funksiya nomi
Tavsifi
pygame.display.init
– displey modulini ishga tushirish.
pygame.display.flip
– displey yuzasini butunlay yangilash.
pygame.display.get_surface
– joriy o‘rnatilgan o‘yin oynasi gipermurojaatni qabul qilish.
pygame.display.toggle_fullscreen
– o‘yin oynasi rejimlarini almashtirish (to‘liq va noto‘liq ekran).
pygame.display.set_caption
– o‘yin oynasi sarlavhasi qiymatini berish.
pygame.display.get_caption
– o‘yin oynasi joriy sarlavhasi qiymatini qaytarish.
screen – o‘yin oynasi identifikatori;
width – o‘yin oynasi kengligi;
height – o‘yin oynasi balandligi;
flag – qo‘shimcha xossalar to‘plami;
depth – ranglar uchun bit o‘lchami.
Dastlabki o‘yin oynasi yuqoridagi funksiyalar yordamida yaratiladi.
PyGame modulini ishga tushiradi. O‘yin oynasi yaratiladi.
Dasturdan chiqib ketadi.
Qo‘shimcha xossalar to‘plami texnik tezlashishga o‘tish, to‘liq ekran rejimiga o‘tish, oyna chegaralarini o‘chirish kabi vazifalarni bajaradi.
Masalan, pygame.display.set_mode ((500, 500), pygame.RESIZABLE) buyrug‘i oyna o‘lchamini ixtiyoriy o‘lchamga o‘zgartirish imkonini beradi.
O‘yin sikli asosiy blok hisoblanib, o‘yinning mantiqiy qismi ushbu sikl ichida joylashadi.
while running:
for event in pygame.event.get():
if event.type == pygame.QUIT: running = False
screen.fill(RED) pygame.display.flip()
O‘yin sikli tanasi “running” qiymati rost bo‘lganda ishga tushadi va hodisalar bo‘yicha takrorlash siklini ishga tushiradi. Agar joriy hodisa “pygame.QUIT”ga teng bo‘lsa, “running” qiymati yolg‘onga aylanadi va sikldan chiqib ketadi. Sikl bajarilishi jarayonida “fon”ga “RED” qiymati beriladi va ekran yangilanib, o‘zgarishlar ko‘rinib turadi.
screen.fill(RED) oyna fonini qizil rangga o‘zgartirish imkonini beradi.
pygame.display.flip() funksiyasidan oynadagi o‘zgarishlarni qabul qilib, ko‘rinib turishi uchun foydalaniladi.
import pygame
pygame.init() screen=pygame.display.set_mode((500,500),0,32)
pygame.quit()
Kutubxonadan PyGame modulini yuklab oladi.
Ushbu kod ishga tushirilganda, o‘lchami 500×500, qora fonli va “My Game” sarlavhali o‘yin oynasi hosil bo‘ladi.
169170
V BOB.
PYTHONDA DASTURLASH
AMALIY FAOLIYAT
Yuqoridagi funksiyalardan foydalangan holda “Mening o‘yinim” sarlavhali, qizil fonli va o‘zgaruvchan o‘lchamli dastur kodini yozing.
import pygame RED = (255, 0, 0)
pygame.init()
screen =pygame.display.set_mode((500,500),
pygame.RESIZABLE,32) pygame.display.set_caption(«Mening o‘yinim»)
running = True
while running:
for event in pygame.event.get():
if event.type == pygame.QUIT: running = False
screen.fill(RED) pygame.display.flip() pygame.quit()
Kutubxonadan PyGame modulini yuklab oladi.
“RED” o‘zgaruvchisiga RGB rang tizimida qizil rang beriladi.
PyGame modulini ishga tushiradi.
Oyna o‘lchami o‘rnatiladi va uni o‘zgartirishga ruxsat beriladi.
O‘yin oynasiga “Mening o‘yinim” sarlavhasi beriladi.
“running” o‘zgaruvchisiga rost qiymati yuklanadi.
O‘yin sikli tanasi.
Dasturdan chiqib ketadi.
Ushbu kod ishga tushirilganda, o‘lchamlari 500×500, ixtiyoriy ravishda o‘zgarishi mumkin bo‘lgan, qizil fonli “Mening o‘yinim” sarlavhali o‘yin oynasi paydo bo‘ladi.
ESLAB QOLING
O‘yin oynasining o‘lchamlari pikselda hisoblanishi sababli faqat musbat va butun sonlar foydalanilishi lozim. Oyna o‘lchamlari qiymatini manfiy va kasr sonlarda berib bo‘lmaydi.
Download 26,12 Kb.




Download 26,12 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: pygame. Pygame kutubxonasi. O‘yin maydonini tayyorlash

Download 26,12 Kb.