• Hozirgi vaqtda undan foydalanish hisoblash, ilm-fan, ishbilarmonlik dunyosi va hatto badiiy-madaniy dunyo kabi turli sohalarda juda keng tarqalgan.
  • Sharof Rashidov tumanidagi “Jizzax industrial to‘qima” MChJ paxtachilik klasteri, umumiy 8971 gektar yer maydoniga ega 244 ta fermerlar bilan shartnoma imzolangan.
  • Etiboringiz uchun rahmat
  • Mavzu: Qishloq xo'jaligi klasterlarining shakklanishi Reja • Klaster tushunchasi




    Download 1.5 Mb.
    Sana27.05.2022
    Hajmi1.5 Mb.
    #22074
    Bog'liq
    Umirov Otabek-Ozbekiston geografiyasi


    Mavzu: Qishloq xo'jaligi klasterlarining shakklanishi
    Reja
    Klaster tushunchasi
    • O'zbekiston qishloq xo'jaligi klasterlari shakklanishi
    Klaster - bu ingliz tilidan kelib chiqqan atamani o'zlashtirish klaster, "klaster", "to'siq" yoki "klaster" deb tarjima qilingan.
    Hozirgi vaqtda undan foydalanish hisoblash, ilm-fan, ishbilarmonlik dunyosi va hatto badiiy-madaniy dunyo kabi turli sohalarda juda keng tarqalgan.
    O‘zbekiston aholisining deyarli teng yarmi qishloq joylarda yashaydi. Shu sabab, bevosita sohada faoliyat olib bormasada, qishloq xo‘jaligiga taalluqli bo‘lgan har bir yangilik, o‘zgarish, joriy etilayotgan yangi ish usullari ko‘pchilikni qiziqtirishi tabiiy. Chunki qishloq xo‘jaligi tepadan keladigan topshiriq asosida ekib-terib olinadigan soha, unda ishlaydiganlar ketmon chopishni bilsa bo‘ldi, degan tushunchalar allaqachon o‘tmishda qolgan.
    Bugun o‘zgarishlar ko‘lami shu qadar ko‘pki, garchi qishloqda tug‘ilib, qishloqda yashayotgan bo‘lsada, sohada kechayotgan islohotlarni, yangiliklarni to‘liq bilaman, deb maqtanadigan odamni topish qiyin. Umuman, sohaga joriy qilinayotgan yangiliklar fermer va dehqonlarga manfaat keltirmas ekan, uning kelajagi yo‘qligi ayon. Qolaversa, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash eng dolzarb masala bo‘lib turgan bugungi davr, qishloq xo‘jaligiga eng ilg‘or texnologiyalar, suvni tejaydigan biotexnologiyalarni, urug‘chilik, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi yutuqlarni keng joriy etishni talab qilmoqda.
    Xo‘sh, qishloq xo‘jaligiga joriy qilingan klaster tizimining afzalliklari nimada? Bu savolga nafaqat ijobiy, balki salbiy javob beradiganlar ham bor. Bunga tabiiy holat sifatida qarashimiz kerak. Chunki qaysi sohani olib qaramang, hech bir yangilik qisqa muddatda ommaviylashib ketmasligi aniq. Ayniqsa, asriy an’analariga ega qishloq xo‘jaligi sohasida...
    Shunday yangiliklardan biri – klaster tizimining joriy etilishi bo‘ldi. Xo‘sh, klaster o‘zi nima? Bu savolga jaydari tilda javob qaytaradigan bo‘lsak klaster, bu to‘planib ishni amalga oshirishdir. Bir paytlar, “O‘zbekiston jahondagi yetakchi paxta yetishtiradigan mamlakatlardan biri, biroq biz faqat xomashyo sotayapmiz, agar shuni ip-kalavaga, ip-kalavani matoga, matoni tayyor mahsulotga aylantirsak, qancha foyda olishimiz mumkin”, degan gap-so‘zlarni bot-bot eshitardik. Bu qishloq xo‘jaligida faoliyat olib borayotganlarning orzusi edi.
    Xo‘sh, bu orzuni ro‘yobga chiqarish uchun nima qilish kerak edi? Bu savolning javobi oddiy emasdi. Buning uchun nafaqat qishloq xo‘jaligi sohasini, soha bilan bevosita yoxud bilvosita bog‘liq bo‘lgan to‘qimachilik sanoatidan tortib, qishloq xo‘jalik texnikalarini ishlab chiqarish, urug‘chilik, kimyo sanoati va shunga o‘xshash yana qancha sohalarni isloh qilishga, ularni yangi ish usuliga o‘tkazib, muvofiq ishlashini ta’minlashga to‘g‘ri kelardi. Jahon tajribasi o‘rganib ko‘rildi. Fransiya va Niderlandiyada klaster tizimi o‘z samarasini ko‘rsatgan. Bejizga Niderlandiya qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha dunyoda ilg‘or mamlakatlar qatorida tilga olinmaydi. Biroq ular tajribasi ko‘r-ko‘rona ko‘chirib olinibdida, degan o‘yga bormang. Mutaxassislar e’tiroficha, O‘zbekistondagi klaster tizimi butunlay novatorlikka asoslangan o‘ziga xos tizim.
    Ko‘zga tashlangan dastlabki yangilik shuki, avvallari fermerlar bevosita “O‘zpaxtasanoat” bilan shartnoma tuzib, ularni paxta tolasi bilan ta’minlab bergan. “O‘zpaxtasanoat”dan esa to‘qimachilik korxonalari paxta sotib olar edi. Endilikda fermer va to‘qimachilik korxonasi o‘rtasida uzviylik paydo bo‘ldi. Klaster tizimi ikkita yo‘nalishda tashkil qilindi. Birinchisi, fermerlar va to‘qimachilik korxonalari o‘rtasida bevosita shartnoma, ikkinchisi, salmog‘i yuqori bo‘lgan to‘qimachilik korxonalari fermerlikni o‘zi shakllantirmoqda.
    Sharof Rashidov tumanidagi “Jizzax industrial to‘qima” MChJ paxtachilik klasteri, umumiy 8971 gektar yer maydoniga ega 244 ta fermerlar bilan shartnoma imzolangan.
    Klasterlar tomonidan 59 kilometr uzunlikdagi irrigatsiya tarmoqlarida, 34,5 kilometr uzunlikdagi melioratsiya tarmoqlarida va 29 gidroinshoot 26 ta gidropostlarda ta’mirlash-tiklash ishlari bajarildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 2 borabardan ortiq demakdir. Klasterlar tomonidan jami 493 gektar shundan 365 gektar foydalanishdan chiqib ketgan yerlar foydalanishga kiritildi, 128 gektar yangi yerlar o‘zlashtirdi.
    E'tiboringiz uchun rahmat
    Download 1.5 Mb.




    Download 1.5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Qishloq xo'jaligi klasterlarining shakklanishi Reja • Klaster tushunchasi

    Download 1.5 Mb.