Kurs Ishim: Kirish. Asosiy qism III – bobdan , xulosa, foydalangan adabiyotlar ro‟yxati va ilovadan iborat. – bob




Download 56.12 Kb.
bet5/12
Sana15.02.2022
Hajmi56.12 Kb.
#17562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
abduraxmon kurs ishi metodika 1

Kurs Ishim: Kirish. Asosiy qism III – bobdan , xulosa, foydalangan adabiyotlar ro‟yxati va ilovadan iborat.

  1. bob.

Qo'shiq kuylash jarayonida o'quvchilarda nafosat tarbiyasini shakillantirishning o'ziga xos xususiyatlarining nazariy asoslari.
I.1. Barkamol avlod tarbiyasida musiqa san’atini axamiyati.
Mamlakatimizda istiqlolning birinchi kunlaridan boshlab, yoshlar tarbiyasi, xususan sog‟lom va har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazish masalalariga boshqa ustuvor va vazifalari qatori alohida etibor berib kelishmoqda.
Yoshlarning qalbi va ongini milliy va umumbashorat qadriyatlar uyg‟unliligi ruxida tarbiyalash, ularni zamonaviy bilim va xunarlarni egallagan, har tomonlama aqliy ham jismoniy ham ma‟naviy jixattan barkamol qilib tarbiyalash, xal qiluvchi vazifalaridan biriga aylandi. Hayotda yoshlarning orzu intitlishlarini ro‟yobga chiqarishga ko‟maklashidigan “ Kamolot “ ijtimoiy harakati va uning turli bo‟g‟imdagi tuzulmalari “ Sog‟lom avlod uchun “ , “ Sen yolg‟iz emassan “ , singari jamg‟armalari “ Zulfiya “ nomidagi “ Nihol ” mukofoti kabilardir. “ Kelajak ovozi “ tanlovlari o‟tgazilishi yoshlarni har tomonlama kamol toptirish ularni kelajagimizning xaqiqiy egalariga aylantirishga qaratilgan. Mamlakatimizda yosh avlodning yuksak ma‟naviy mezonlar asosida o‟sib ulg‟ayishi uchun barcha shart sharoitlar yaratilmoqda. Bugungi kunda yurtimiz hayotining qaysi sohasini olmang, ularning barchasida, yoshlarning huquq va manfaatlari alohida etiborga olayotganligini ko‟rish mumkin. Keyingi davrlarda butun dunyoda yoshlarning, musiqiy tarbiyasiga etibor kuchaygan. Buning sababi, rivojlanayotgan zamonda, musiqaning yoshlarni ma‟naviy va nafosat tarbiyasidagi o‟rni yanada kuchaygani bilan bog‟liqdir. Yoshlarni yetuk, barkamol bo‟lish, voyaga yetishishlarida musiqa san‟atini axamiyati kattadir. Nafosat tarbiyasi bilan badiiy tarbiya bir-biri bilan bog‟liq. Nafosat tarbiyasi yosh avlodni nafosat musiqasini teranlashtirib san‟atga, qo‟shiq kuylashga, musiqa tinglashga qiziqishlarini oshirib, nafosat didini yuqori ko‟tarib qalb go‟zalligi va nafosat turmush saviyasini oshiradi. Shu jixatdan oldinda, musiqa nafosat tarbiyasining samarali vositasidir va ma‟naviy dunyo qarashini shakllantiradi. Musiqa inson xissiyotlariga kuchli tasir ko‟rsatish imkoniyatiga ega bo‟lib, o‟quvchilarni nafosat olishiga olib boradi. Musiqiy –
estetik tarbiyasinin yana bir asosiy vositalaridan bir, qo’shiqchilik san’ati ( Vokal – xor ) hisoblanadi. Qo’shiq kuylash, san’ati aloxida o’ziga xos bir turidir. Ana shu o’ziga xoslik, qo’shiqchilik san’ati, insonlarni bir – biri bilan do’stlashtiradi, vatanga sadoqat, o‟ziga hurmati poklik kabi tuyg‟ularni shakillantiradi. Qo‟shiqchilik san‟ati o‟zbek xalqining barcha qatlamlariga singib kirib, qayg‟u harakatlarga hursandchiligiga,kelajakka bo‟lgan intilishlari kabi xissiyotlariga xamrox bo‟lib kelgan. O‟zbek qo‟shiqchilik san‟ati tarixi juda ko‟xna bo‟lib u insoniyatning shakillanishi jarayoni bilan chambarchas bog‟liq. O‟zbekiston Respublikasining “Ta‟lim to‟g‟risidagi qonun” va “ Kadrlar” tayyorlash milliy dasturida oila maktab va jamoatchilik oldidagi masuliyatni anglab yetadigan sog‟lom, etuk insonni tarbiyalash ishiga aloxida etibor berilgan.
Musiqa san‟ati orqali yosh avlodni sog‟lom muhitta ma‟naviy va axloqiy tomondan kamol toptirish mhim ta‟limiy tarbiyaviy axamiyatga ega. Shuning uchun xam, umumta‟lim maktablarida sog‟lom muhitni vujudga keltirishda, musiqa madaniayti darslari bilan birgalikda sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni axamiyati katta. Musiqa tarbiyasi, atrofdagi go‟zal narsalarni tog‟ri idrok etishga va qadrlashga o‟rgatadi. Musiqa insonni yuksak did bilan qurollantiradi va ma‟naviy dunyo qarashini boyitadi. Musiqa sog‟lom avlodni tarbiyalashga asosiy manbalardan biri deb hisoblanadi. Chunki, musiqa inson ruxiyatiga, sog‟lig‟iga, kayfiyatiga ijobiy ta‟sir etadi. Yni quvontiradi, o‟ylantiradi, ezgu shlarni qilishga ilxom beradi. Yosh avlod kamolot sari yetaklashda tarbiyaning ko‟plab omillari o‟rin tutadi. Musiqa o‟zining betakror tabiyati bilan o‟quvchilarning ma‟naviy dunyosiga katta ta‟sir etish kuchiga ega. Zero, kuy va ohang ta‟sirida o‟quvchilarda xissiyot olamining o‟sishi, idrok va tafakkurning shaklllanishi, ezgulikka intilishi, go‟zallikni sevish, tabiyatni asrash, ona Vata ravnaqi uchun xizmat qilish istagi tobora ortib boradi. Chunki musiqa madaniy xayotimizda keng o‟rin tutgan, inson shaxsiyatini rivojlantirishda muxim axamiyat kasb etadigan san‟at turidir. Musiqa tarbiyasi, nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qurollaridan biri bo‟lish atrofdagi go‟zal narsalarni to‟g‟ri idrok etishga va qadrlashga o‟rgatadi.
I.2. Sharq mutaffakkirlarini musiqa san’atini rivojlantirishga qilgan xissasi.
Buyuk sharq mutaffakkirlarining merosi, xalq musiqasini o‟rganish sohasida muhim tarixiy qiymatga ega. Sharqning ulkan qomusi aqli, jaxonda san‟at va madaniyatning eng mashxur nomoyondalari, O‟rta asr fanining turli sohalarida: falsafa, tibbiyot, badiiy adabiyot, kimyo, tabiyatshunoslik, san‟at boyicha yozgan asarlari bilan madaniyatimiz tarixida, o‟chmas iz qoldirib, uning rivojiga katta xissa qo‟shganlar. Ulug‟ olim va mutaffakkirlar o‟z ta‟limotida ish organish, uni boshqalarga o‟rgatish yo‟llari va qoidalarini, katta jiddiy e‟tibor berganlar. Ulug‟ mutaffakkirlarimiz axloq odob va ta‟lim tarbiyaga pand nasixatlari va o‟gitlari, kelgusi avlod uchun benazir. Meros bo‟lib qoldirilgan ushbu umuminsoniy va milliy qadriyatlar kelgusi avlod tarbiyasida ma‟naviy barkamollikda ixlos, iymon, vijdon, sadoqat, mexr-oqibat, kattalarga xurmat va ma‟rifatga oid qarashlar o‟z ifodasini topgan. BU davrda ilm fanning yuksak darajada rivoj topshirish” Marvod “, “ Barbod “, “Al Xorazmiy”, “ Al Nasr Farobiy” ,” Axmad Farobiy” ,Abu Ali Ibn Sino”, “Abu Rayxon Beruniy”, “ Alisher Navoiy”, “ Abduraxmon Jomiy”, Maxmud Qoshqariy”, Darvesh Ali Choniy”, kabi ulkan olimlar yetishib chiqqanlar va o‟z ijodlari bilan ular Orta Osiyo shuxratini olamgataratganlar. VII – asrda arabiston yarim orolidashakllangan islom dini VIII – asrga kelib O‟rta Osiyoda ham keng yoyildi. O‟rta Osiyo Xorazim, Sug‟d, Shuro yozuvlari o‟rniga arab tili, arab yozuvlari joriy qilina boshladi. VIII – asr oxiriga kelib O‟rta Osiyoda islom dini qaror topdi. Islom dini va uning asosiy kitobi, Quronda axloq, iymon, insonni ulug‟lash, jamiyatga xizmat qilish, oilani mustaxkamlash, ota onaga hurmat kabi masalalar ongli ravisgda aks etgandi. VIII – asr oxiri IX – asr boshida arab xalifaligini maqsadi Bog‟dodda ilm fan rivojlandi, yunon olimlaridan Platon
( Aflotun ), Arestotel ( Arastu ), Sokrot ( Sukrot ), Gippokrat ( Bukrot ), Ev-klid ( Iqlidus ), kabilarning asarlari arab tiliga tarjima etildi. Xrestian va islom olimlari orasida hamkorlik ishlari amalgam oshirishdi. Xalifa Xorun ar Rashid O‟limidan so‟ng uning o‟g‟li al-Ma‟mun xalifa etib tayinlandi. Xorun ar Rashid Bog‟dodda ilmiy markaz Ma‟mun akademiyasi tashkil etilib unga barcha musilmon o‟lkalardan jumladan O‟rta osiyoning olimlari va fozillari to‟planadigan bu markazda Movanaunaxr xurosondan kegan Al Xorazmiy, Axmad Farg‟oniy, Mirvoziy, Marvarudiy, Javxariy kabi olimlar Bog‟dod akademyiasini jaxonga mashxur qilishda juda katta faoliyat ko‟rsatdilar. BU davrda, O‟rta Osiyo jaxon ilmining fani, kishilik jamiyatini taraqqiy etishga shuningdek islom dini, axloqiy- huquqiy tarbiyadagi mavqeyda katta xissa qo‟shdi. Bu davrda VIII-IX mutafakkir shoir, va dinshunoslarning asarlarida ta‟lim tarbiya va axloq- odobga oid pedagogic fikrlar ijtimoiy taraqqiyot uchun muxim bo‟lgan insonparvarlik, bilimga e‟tiqod, xalq manfaatini ximoya qilish , manaviyatni ulug‟lash, komil insonni tarbiyalash singari masalalar yoritiladi. Bog‟dodda tashkil etilgan,Baid ul xikma – akademiyaning eng nufuzli raxbarlaridan Muxammad Ibn Muso, Al Xorazmiy , Al
JAlb va Al Muxobilaastranomiya jadvali “ Xind xisoboti xaqida risola “< musiqa haqida risola , quyosh soxta to‟g‟risida risola kabi asarlar aratilib tunyoga mashxur bo‟ldi. “Algebra “ so‟zi altabrdan ,algaritm esa Al Xorazmiy so‟zining lotincha talaffuzidan vujudga kelgan bo‟lib, Matematikaning mazmuni O‟rta Osiyolik olim Al Xorazmiy tomonidan asoslab berildi. Xorazmiyni safdoshi, Axmad Farg‟oniy astranomiya fani ravnaqiga ulkan xissa qo‟shdi. Astranomiya fani ilmlarini osmon jismlari sferalari Farg‟oniy jadvallari kitoblarini yozdi. U o‟z asarlarida qadimiy Misr, Eron, Sopiya, Yunon va Isroil davlatlarida taqvim tuzish geografiya , astranomiya ilmlari majmuasini yaratdi. Imom Al Buxoriy IX – asrda islom olamida mashxur xadis shunos bo‟lib tanildi. Uning “ saxiq Al Buxoriy “ asarida jaxonga mashxur va malumdir. U islomshunoslikning eng yirik ustunlarining biri sifatida, o‟z ijodida darsning tarbiyaviy tomonlarini rivojlantirishda va shu ilm fanni qay darajada rivoj topganini Muxammad Ibn Muso Al Xorazmiy, Al
Buxoriy, Abu Nasr Al Faroviy, Axmad Farg‟oniy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayxon
Beruniy va boshqa mutafakkir olimlarning qo‟shgan xissalari katta bo‟ldi. Orta Osiyo xalqlari qo‟shiq madaniyatini vujudga kelishi sharq olimlarining nazariy qarashlari, musiqa san‟ati asosida shakllangan bo‟lib, ular o‟z risolasida musiqaning jamiyatta tutgan o‟rni haqida ma‟lumotlar berganlar. Abu Nasr Al
Farobiyning “ Katta Musiqa “ kitobi , ( kitob al-musiqa al kabr) Ibn Sinoning
“ Davolash kitobi “ ,( kitob bul shifo ) qomusidagi “ Musiqa” haqida risola Al Xorazmiyning “ Oliy janoblik “ haqida ( kitob )yoki “ Sharafiya kitobi “ ,
Abduraxmon jomiy bilan islom tarixida bitmas tuganmas iz qoldirdi. Abu Rayxon
Beruniy IX – asrda O‟rta Osiyoda mashxur qomusiy olim sifatida tarix astranomiya , matematika, musiqa, geografiya kabi fanlarga oid 150 ga yaqin asarlar yaratdi. Abu Ali Ibn Sino yaratgan asarlarning soni 400 dan ortiq bo‟lib, u ilmining turli soxalari – falsafa tibbiyot mantiq, adabiyotshunoslik, axloqshunoslik va musiqaga oid asarlardir. Uning “ kitob ash – shifo “, “ Kitob an insof “ , “ Donishnola” kabi asarlari inson ruhiyatini , be‟mor davolashdagi musiqaning yordami, musiqa va madaniyat ilmini kelgusida rivojlanishi yo‟llarini ochib berdi. IX – asrda musilmon Sharqida maxalliy tillar , fors va turkey tillar saqlangan holda arab tili din va ilim fan tili bo‟lib qoldi. Turli xalqlar madaniyati va san‟atini boyligiga tasirini o‟tgazdi. XII – asrda, O‟rta Osiyodas hunarmandchilik , o‟ymakorlik san‟ati, binokorlik, musiqa va madaniyat keng rivojlandi, Samarqand, Buxoro, Termiz , Xorazm, Marv , Uzgan shaxarlarida saroylar , masjid, madrasa, registonlar , sardoba, kabi binolar qurildi. Bular o‟zbek halqinng ko‟xna yodgorliklari sifatida dunyo xalqlarini etiborini o‟ziga jalb qilmoqda, bu davrda musiqa san‟ati ham yuksaldi. Abduxofiz Sug‟diy nay cholg‟u asbobiga monand , “ Shoxrud “ asbobini yasadi va unda ham kuylari asosida “ Rost “ ,” Xusravoniy” ,
“ Boda” , BAsta” va boshqa kuylar ijod qilindi . Bu kuylar hanuzgacha o‟zbek tojik xalqlari orasida zavq- shavq bilan ijro etib kelinmoqda. Bu davrda musiqa san‟atining “ Musiqa haqida risola “ kitoblarida , musiqa ijrochiligi va xalq cholg‟ulari haqida muhim ma‟lumotlar bayonetilgan. Sayfiddin Urmoviy istedodi bilan ud cholg‟usi hamda, mashxur sozanda sifatida tanilgan. U Azarbayjonning
Uriya shaxrida tug‟ilgan. Sayfiddin Urmoviyning eng katta yutuqlaridan Lad
( modus ) larini mukammal sistemasini ishlab chiqqanligidandir. Ibn Zaylining
“ Musiqa haqida to‟liq kitobi “ uning musiqa ilmidan yagona va bebaho kitobidir. U yangi usulni – musiqada harflar ifodalash usulini ishlab chiqdi. Abduqodir Marg‟uloniy, Abduqodir Ibn musiqada harflar bilan ifodalash usulini ishlab chiqdi.
Abduqodir Marg‟uloniy, Abduqodir Ibn G‟olbni ( marg‟oniy) Azerbayjanning
Marog‟ shaxrida tug‟ilgan, u kamonchali asboblarini yeti torli g‟ijjak kabi musiqa cholg‟ularini borligi haqida malumotlar berdi. Al- Xusayinnig musiqiy kalomlarida O‟rta Osiyoda keng tarqalgan ikki torli cholg‟u- dutor haqida malumotlar berdi.
Qudbiddin ash – Sheroziy e‟ronlik musiqa nazariyoti sifatida tanilgan bo‟lib, o‟z risolasida kamonchali tambur haqida iboratli muloxazalar bildirdi va inson ovozini musiqa asboblari ichida eng yoqimlisi deb hisoblagan. XVII – asrda Darvon Ali
Changiy o‟z risolalarida chang , tambur, qonun, barbod, ud, rud, rubob, qobus, g‟ijjak, ruxavza, kungura kabi musiqa cholg‟ulari xaqida risollar yaratti. Buyuk sharq mutaffakkirlari musiqa talimotini rivojlantirishgan qo‟shgan xissalari tarixiy qimmatga ega bo‟lib O‟rta Osiyoda musiqa, san‟at, ma‟daniyat, ta‟lim- tarbiya sohalarini, shakllanishiga salmohli xissa qoshdi.



Download 56.12 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 56.12 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kurs Ishim: Kirish. Asosiy qism III – bobdan , xulosa, foydalangan adabiyotlar ro‟yxati va ilovadan iborat. – bob

Download 56.12 Kb.