Mavzu: reduktor turlari ularning qo’llanishi




Download 3,65 Kb.
Sana06.12.2023
Hajmi3,65 Kb.
#112809
Bog'liq
Mavzu reduktor turlari ularning qo’llanishi


Mavzu: reduktor turlari ularning qo’llanishi

Mavzu: REDUKTOR TURLARI ULARNING QO’LLANISHI


Reja;
1. Reduktorlar va multiplikatorlar
2. Reduktorlarning turlari va ishlatilishi
Reduktor (lotincha: reductor — orqaga qaytaradigan) — 1) aylanma harakatni bir valdan ikkinchisiga uzatish uchun moʻljallangan qurilmamexanizm. Burovchi momentni oʻzgartirib beradi. R. korpus, tishli (yoki chervyakli) va zanjirli uzatmadan iborat boʻladi. Tishli gʻildiraklar soniga qarab, R.lar bir, ikki va koʻp pogʻonali boʻlishi mumkin. Mas, ikki pogʻonali R. bir juft konus va bir juft silindrik shesternyalardan iborat boʻladi. Uzatish sonini oʻzgartirish mumkin boʻlgan R. uzatmalar qutisi deb ataladi. R. avtomobil, traktor, stanok, yuk koʻtarish hamda yoʻl qurilish mashinalari, pookat stanlaoi va boshqalarda keng qoʻllaniladi; 2) ballon yoki boshqa idishlar ichidagi ish muhiti (gaz yoki bugʻ suyuqlik) bosimini pasaytiradigan yoki bir xidda tutib turadigan qurilma. R.ning asosiy elementi — reduksion klapan. Toʻgʻri va teskari ishlaydigan xillarga boʻlinadi. R. gaz payvand apparatlariga, suyultirilgan gaz balloni bilan gaz plita orasiga va boshqalarga oʻrnatiladi
Reduktor deb, mashinaning energiya manbaidan uning ish bajaruvchi qismiga aylanma harakatni tezligini kamaytirib uzatishga mo’ljallangan va alohida quti (korpus) ga joylashgan tishli yoki chervyakli uzatmalardan tuzilgan mexanizmlarga aytiladi. Reduktorlarning o’ziga xos xususiyati xarakatni
kamaytirib uzatishdir, ya’ni ularda uzatish soni U ≥ 1 bo’ladi. Reduktorni bu xususiyatidan mashina va mexanizmlarni loyihalashda keng foydalaniladi.
Masalan, avtomobillarning tezliklar qutisi deb ataladigan reduktorlari ana shu asosda ishlaydi. Ma’lumki, avtomobilni joyidan qo’zg’atishda g’ildiraklardagi burovchi moment odatdagi tekis harakat vaqtidagi burovchi momentdan katta
bo’lishi kerak va aksincha, joyidan qo’zg’olgan avtomobilg’ mahlum tezlikka erishgach, harakatni davom ettirish uchun g’ildirak vallaridagi burovchi momentning ilgaridagidek katta qiymatga ega bo’lishi shart emas. SHuning uchun reduktor vositasida yetaklanuvchi valning aylanish chastotasi pog’onama-pog’ona kattalashtiriladi. Bunday mexanizmlar multiplikatorlar yoki tezlatuvchilar deb ataladi. Ularda uzatish soni har doim U<1 bo’ladi.
Reduktorlar bir-biridan vallarining joylashishi, o’lchami, uzatish soni hamda tuzilishi bilan farq qiladi.
Reduktor vallarining fazoda o’zaro joylashishiga ko’ra gorizontalg’ va vertikalg’ bo’ladi. Reduktorlarning og’irligi va tashqi o’lchamlari asosan uzatish soni qiymatini uzatma pog’onalari bo’yicha qanday taqsimlanishiga bog’liq. Bunda yetaklanuvchi g’ildirak diametrlari bir xil bo’lgan reduktorlarning ko’rsatkichlari yuqori bo’ladi, chunki bunday reduktor g’ildirak tishlarini moylash oson.
Reduktorlarda birinchi pog’ona yuklanishi nisbatan kam bo’lganligi uchun, yetaklanuvchi g’ildirak diametrlarini bir xilligini tahminlash uchun uzatish sonining qiymatini ikkinchi pog’onaga nisbatan kattaroq qilib olish tavsiya etiladi, tish eni koeffitsienti ψba –ning qiymati esa ikkinchi pog’onada katta bo’ladi

http://fayllar.org
Download 3,65 Kb.




Download 3,65 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: reduktor turlari ularning qo’llanishi

Download 3,65 Kb.