|
Maktabgacha ta’limni boshqarishning maqsad va vazifalari
|
bet | 5/5 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 17,09 Kb. | | #144639 |
Bog'liq Mavzu Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti ish maz-fayllar.orgMaktabgacha ta’limni boshqarishning maqsad va vazifalari.
Maktabgacha ta’limning ustuvor vazifalari
Maktabgacha ta’lim bolaning sog‘lom, har tomonlamakamol topib shakllanishini ta’minlaydi, unda uqishga intilish hissini uyg’otadi, muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta’lim bola 6—7 yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida hamda oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim maqsadi va vazifalarini ruyobga chiqarishda mahallalar, jamoatva xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish uchun quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish zarur:
- yuqori malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni tayyorlash;
- maktabgacha ta’limning samarali psixologik-pedagogik uslublarini yaratish va amaliyotga joriy etish;
- bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik pedagogik va uslubiy jihatdan ta’minlash;
— zamonaviy o’quv-uslubiy qo’llanmalar, texnik vositalar, o’yinchoqlar va o’yinlar yaratish hamda ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish;
— bolalarni xalqimizning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
— maktabgacha ta’lim muassasalarining har xil turlari uchun muqobil dasturlarni tanlab olish, barcha masalalar bo’yicha malakali maslahat ko’rsatish imkoniyatini yaratish;
— maktabgacha ta’lim va sog‘lomlashtirish muassasalari tarmog’ini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.
Maktabgacha ta’limning vazifalari quyidagilardan iborat:
— bolalar xayotini muxofaza etish va sog‘lig‘ini mustahkamlash;
— bola shaxsi asoslarini shakllantirish, uning bilimga qiziqishini rivojlantirish;
— bolaning intellektual, shaxsiy va jismoniy rivojlanishini ta’minlash;
— bola rivojlanishidagi nuqsonlarni bartaraf etish:
— bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish;
— bolalarni jismoniy, ma’naviy va intellectual jihatdan maktabda o’qishga tayyorlash.
http://fayllar.org
|
| |