• Reja: Tuzilma elementlarini saralash. Togridan-togri qo shish usuli bilan saralash algoritmi.
  • N = 0,01n2 + 10n
  • Mavzu: Saralash algoritmlari. Saralashning yaxshilangan usullari. Piramidasimon saralash usuli va uni qo'llashga doir dastur tuzish Fakultet: Dasturiy injiniring Guruh: 311-20 Bajardi: Norboyev Asliddinbek Tekshirdi: Akbarova M




    Download 108.09 Kb.
    bet1/3
    Sana28.11.2022
    Hajmi108.09 Kb.
    #32139
      1   2   3
    Bog'liq
    Mavzu Saralash algoritmlari. Saralashning yaxshilangan usullari
    Matematika. 5-sinf (2015, B.Haydarov), Determinantlar. Chiziqli tenglamalar sistemasi Kramer formulalar, Документ Microsoft Word, с витамини, EvaS

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XOZAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    Kafedra: AT
    Fan: Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlash

    MUSTAQIL ISH


    Mavzu: Saralash algoritmlari. Saralashning yaxshilangan usullari. Piramidasimon saralash usuli va uni qo'llashga doir dastur tuzish
    Fakultet: Dasturiy injiniring
    Guruh: 311-20
    Bajardi: Norboyev Asliddinbek
    Tekshirdi: Akbarova M.X

    ­­­­­­­­­­­Toshkent – 2021


    Reja:


    1. Tuzilma elementlarini saralash.

    2. To'g'ridan-to'g'ri qo'shish usuli bilan saralash algoritmi.

    3. Piramidali saralash usuli.


    Tuzilma elementlarini saralash

    Ma'lumotlarni kompyuterda qayta ishlashda elementning informatsion maydoni va uning mashina xotirasida joylashishini bilish zarur. Shu maqsadda ma'lumotlarni saralash amalga oshiriladi. Demak, saralash – bu ma'lumotlarni kalitlari bo'yicha doimiy ko'rinishda mashina xotirasida joylashtirishdan iborat. Bu yerda doimiylik ma'lumotlarni massivda kalitlari bo'yicha o'sishi tartibida berilishi tushuniladi.


    Ma'lumotlarga qayta ishlov berilayotganda ma'lumotning informatsion maydonini hamda uning mashinada joylashishini (adresini) bilish zarur.
    Saralashning ikkita turi mavjud: ichki va tashqi:


    • ichki saralash bu operativ xotiradagi saralash;

    • tashqi saralash – tashqi xotirada saralash.

    Agar saralanayotgan yozuvlar xotirada katta hajmni egallasa, u holda ularni almashtirishlar katta sarf (vaqt va xotira ma'nosida) talab qiladi. Ushbu sarfni kamaytirish maqsadida, saralash kalitlar adresi jadvalida amalga oshiriladi. Bunda faqatgina ma'lumot ko'rsatkichlari almashtirilib, massiv o'z joyida qoladi. Bu usul adreslar jadvalini saralash usuli deyiladi.


    Saralanayotganda bir xil kalitlar uchrashi mumkin, bu holda saralangandan keyin bir xil kalitlilar boshlang'ich tartibda qanday joylashgan bo'lsa, shu tartibda qoldirilishi maqsadga muvofiq bo'ladi (Bir xil kalitlilar o'zlariga nisbatan). Bunday usulga turg'un saralash deyiladi.
    Saralash samaradorligini bir necha mezonlar bo'yicha baholash mumkin:


    • saralashga ketgan vaqt;

    • saralash uchun talab qilingan operativ xotira;

    • dasturni ishlab chiqishga ketgan vaqt.

    Birinchi mezonni qarab chiqaylik. Saralash bajarilganda taqqoslashlar yoki almashtirishlar sonini hisoblash mumkin.


    Faraz qilaylik, N = 0,01n2 + 10n – taqqoslashlar soni. Agar n < 1000 bo'lsa, u holda ikkinchi qo'shiluvchi katta, aks holda ya'ni, n > 1000 bo'lsa, birinchi qo'shiluvchi katta bo'ladi.
    Demak, kichkina n larda taqqoslashlar soni n ga teng bo'ladi, katta n larda esa n2 ga teng bo'ladi.
    Saralashda taqqoslashlar soni quyidagi oraliqlarda bo'ladi:
    dan gacha – ideal holatda.
    Saralashning quyidagicha usullari bor:



    • qat'iy (to'g'ridan-to'g'ri) usullar;

    • yaxshilangan usullar.

    Qat'iy usullarning afzalliklarini ko'rib chiqaylik:

    1. Bilamizki, dasturlarning o'zlari ham xotirada joy egallaydi. To'g'ridan-to'g'ri saralash usullarining dasturlari qisqa bo'lib, ular tushunishga oson.
    2. To'g'ridan-to'g'ri saralash usullari orqali saralash tamoyillarining asosiy xususiyatlarini tushuntirish qulay.
    3. Murakkablashtirilgan usullarda uncha ko'p amallarni bajarish talab qilinmasada, ushbu amallarning o'zlari ham ancha murakkabdir. Garchi yetarlicha katta n larda ulardan foydalanish tavsiya etilmasada, kichik n larda mazkur usullar tezroq ishlaydi.
    Shu joyni o'zida qat'iy usullarni ishlash tamoyillariga ko'ra 3 ta toifaga bo'lish mumkin:
    1. To'g'ridan-to'g'ri qo'shish usuli (by insertion);
    2. To'g'ridan-to'g'ri tanlash usuli (by selection);
    3. To'g'ridan-to'g'ri almashtirish usuli (by exchange).



    Download 108.09 Kb.
      1   2   3




    Download 108.09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Saralash algoritmlari. Saralashning yaxshilangan usullari. Piramidasimon saralash usuli va uni qo'llashga doir dastur tuzish Fakultet: Dasturiy injiniring Guruh: 311-20 Bajardi: Norboyev Asliddinbek Tekshirdi: Akbarova M

    Download 108.09 Kb.