• Sezgilar haqida umumiy tushuncha. Sezgilarning nerv-fiziologik asoslari.
  • Mavzu: sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi




    Download 37.99 Kb.
    bet1/8
    Sana16.03.2023
    Hajmi37.99 Kb.
    #45650
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Sezgi va idrokning psixologik mohiyati
    Abdug\'oipova Muxlisaxon boshqaruv psixologiyasi, фукоролик жамияти мажмуа, 7 Tema, 28, Fonemalarning differensial va integral belgilar fan hozirgi o’z-genderi.org, taklif1, Trigonometika formulalari, Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi pe

    MAVZU: SEZGI VA IDROKNING PSIXOLOGIK MOHIYATI, FIZIOLOGIYASI.
    REJA:

    1. Sezgilar haqida umumiy tushuncha. Sezgilarning nerv-fiziologik asoslari.

    2. Idrok haqida tushuncha.

    3. Idrokning nerv-fiziologik asoslari, xususiyatlari va qonuniyatlari.

    4. Idrokda illyuziya va gallyutsinatsiya.

    5. Vaqt, harakat va fazoni idrok qilish.

    Sezgilar haqida umumiy tushuncha. Sezgilarning nerv-fiziologik asoslari. Ma`lumki bizni o`rab turgan tashqi olamdagi narsa va hodisalarning juda ko`p belgi va xususiyatlari mavjud. Masalan, narsalarning rangi, ta`mi, hidi, qattiq yoki yumshoqligi, g`adir-budur yoki tekisligi, harorat va boshqalar. Ana shu narsa va hodisalarning turli xil belgi, xususiyatlarini biz ham turlicha sezgi a`zolarimiz orqali ongimizda aks ettiramiz.
    Sezgi deb- atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a`zolarimizga bevosita ta`sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks ettirilishini aytamiz.
    Sezgi bilish jarayonlari ichida oddiy psixologik jarayon bo`lib, tashqi olamdagi narsa va hodisalarni aks ettiradi. Tashqi olamdan kelayotgan qo`zg`atuvchilarning muayyan reseptorlarga bevosita ta`sir etish orqali ayrim belgi va xususiyatlarni va organizm ichki holatini aks ettiradi. Ma`lumki, insondan sezishning dastlabki bosqichi hissiy bilishdan boshlanib, keyinchalik u mantiqiy bilishga o`tadi. Sezgi ham oddiy psixologik jarayon bo`lgani bilan uning yuzaga kelishi o`z-o`zidan hosil bo`lmaydi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:

    • Sezgi a`zolariga ta`sir etadigan narsa va hodisaning bo`lishi.

    • Sezuvchi apparat, ya`ni analizatorning mavjud bo`lishi. Masalan, havoning sovuqligini, temirning qattiqligini, qorning yumshoqligi va boshqalarni sezamiz.

    Analizator - tashqi va ichki muhitdan keladigan ta`sirotlarni qabul qilib olib, fiziologik jarayon bo`lgan qo`zg`alishni psixik jarayonga, ya`ni sezgilarga aylantiruvchi nerv mexanizmlari tizimi. Analizator apparati 3 qismdan tashkil topgan bo`lib, ular quyidagilardan iborat:

    • periferik (reseptor) - tashqi quvvatni nerv jarayoniga o`tkazadigan maxsus transformator qismi;

    • analizatorning periferik bo`limining markaziy analizator bilan bog`laydigan yo`llarni ochadigan afferent (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan qochuvchi) nervlar;

    • analizatorning periferik bo`limlaridan keladigan nerv signallarining qayta ishlanishi sodir bo`ladigan qobiq osti va qobiq bo`limlari.

    Analizator nerv jarayonlarining yohud reflektor yoyining butun yo`li manbasi va eng muhim qismini tashkil etadi. Reflektor yoyi reseptordan ta`sirotni miyaga olib boruvchi nerv yo`llari va effektordan tarkib topgandir. Reflektor yoyi elementlarning o`zaro munosabati murakkab organizmning tevarak-atrofdagi olamda to`g`ri mo`ljal olishning organizmning yashash sharoitlariga muvofiq tarzdagi faoliyatining negizini ta`minlaydi.

    Download 37.99 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 37.99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi

    Download 37.99 Kb.