Mavzu: Shamol energiyasidan foydalanish.




Download 335,78 Kb.
Sana16.05.2024
Hajmi335,78 Kb.
#239017
Bog'liq
Nu\'monjonov D

Mavzu: Shamol energiyasidan foydalanish.


(45-21TJICHAB Nu’monjonov Dilxushbek)
Shamol energiyasi. Insoniyat suv energiyasi hamda bug‘ dvigatellaridan ancha oldin, shamol energiyasidan foydalanib kelgan. Angliya, Germaniya, Fransiya, Daniya, Gollandiya, AQSH va boshqa mamlakatlarda, shamol energiyasi juda katta masshtabda, sanoat va qishloq xo‘jaligida ko‘llanib kelingan. SHamol energiyasidan foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan xozirgi ishlar, alohida kata quvvatli shamol generatorlarini yaratish va ularning energiyasini ishlab turgan energiya tarmoqlariga ulash va asosiy tarmoq sifatida foydalanishdan iboratdir. Shamol – bu quyosh nurining intensivligi hisobiga, bosimning o‘zgarib turishi natijasida havo massasining harakatidir. Havo oqimi hosil qiladigan mexanik energiyani elektr energiyaga aylantirish, shamol elektrostansiyalari yordamida amalga oshiriladi. Bir necha shamol qurilmalarining yig‘indisi shamol elektrostansiyasini tashkil. Havo massasining yer atmosferasi atrofida aylanishi ekspertlar tomonidan turlicha baholangan. Shamollarning yillik nazariy zahirasi er yuzidagi barcha energiya zahiralardan 100 marta ortiq bo‘lib, 3300 x 1012 kVt/ soatni tashkil qiladi. Ammo bu energiyaning faqatgina 10–12 % foydalanish mumkin. Masalan,1987 yilda er yuzidagi barcha shamol qurilmalari tomonidan 10 x 1012 kVt/soat energiya ishlab chiqilgan, ya’ni yillik zahiraning atiga 0,3 % dan foydalanilgan. Iqtisodiy jihatdan joydagi shamolning tezligi 5 m/s dan kam bo‘lmasa shamol generatorlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. SHamol elektrogeneratorlari an’anaviy generatorlardan 2 – 4 barobar qimmatdir. Ammo shamol energiyasi doimiy bo‘lgan ba’zi bir regionlarda u muxim energiya manbalaridan hisoblanadi. Ko‘pgina shamol generatorlari sekundiga 3-4 m/s dan yuqori tezlikdagi shamol yordamida ishlaydi. SHamol generatorlari 8-25 m/s tezlikda esadigan shamol yordamida maksimallquvvatga egabo‘ladi. Odatda shamol generatorlarining maksimal ishlash tezligi 25-30 m/s ni tashkil qiladi. Shamol energetikasi ekalogik toza energiya manbaidir. Ammo shamol elektrostansiyalari uchun juda katta hududlar zarur (shamol energetik qurilmalarining bir – biridan uzoqda joylashishi va ular orasidagi masofa ish g‘ildiragi diametrining 6-18 barobariga teng bo‘lishi kerak). Masalan, ish g‘ildiragi D = 100 m bo‘lgan shamol energetik qurilmasi uchun 5-7 km2 hudud kerak. Butun boshli shamol elektr stansiyasi uchun esa o‘nlab km2 hudud zarur. Boshqa bir noqulay tarafi – ish g‘ildiragi shovqin chiqarib va havoni tebratib ishlashi natijasida tele- va radio eshittirishlarga xalaqit beriladi. Shamol energiyasidan foydalanish bo‘yicha Germaniya birinchi o‘rnini egallab kelmoqda. Bu mamlakatda shamol energiyasini ishlab chiqarish yiliga 500 – 1500 MVt ga ko‘paymoqda, hozirgi vaqtda ishlab chiqariladigan energiya miqdori 2 mln.kVt/soatdan oshib ketdi. Shamol elektrostansiyalari. Bir necha shamol qurilmalarining yig‘indisi shamol elektrostansiyasini tashkil qiladi. Quvvatiga nisbatan shamol elektrostansiyalarini 3 guruhga bo‘lish mumkin.
1.Kichik quvvatli. 0,1+1,0 kW • soatgacha, ularga asosan doimiy elektr toki ishlab beradigan shamol qurilmalari kiradi.
2.O’rtacha quvvatli. 10+100 kW • soatgacha, ular o‘zgaruvchan tok ishlab chiqaradi.
3.Yirik quvvatli. >1000 kW ■ soatgacha, hozirgi vaqtda bunday shamol energetik qurilmalarining tajriba nusxalari sinab ko‘rilmoqda.
Sanoatda ishlab chiqariladigan shamol energetik qurilmalari ning joylashishi (a) va tuzilishi(b) joylashishi; 1-fundament; 2-kuch kontaktorlari va boshqaruv zanjirini o‘z ichiga olgan kuch shkafi; 3 - minora; 4 chiqish narvoni; 5 –aylantirish mexanizmi; 6 – gondola; 7 - elektr generatori; 8 –shamol yo‘nalishini shmol yo‘nalishi va tezligini kuzatuvchi tizim(anemometr) 9 – to‘xtatish tizimi; 10transmissiya;11-parraklar;12– parraklar joylashish burchagini o‘zgartirish tizimi;13 –rotor qalpog‘i.
Shamol qurilmalarining asosiy ishchi qismi, shamol g‘ildiragi hisoblanadi. Shamol g‘ildiraklarining qanotli, karuselli va barabanli turlari mavjud. Shamol elektrostansiyalarida asosan eng samarali bo‘lgan qanotli shamol g‘ildiraklari qo‘llaniladi.

Qanotli shamol g’ildiraklarining ko’rinishi: a-ikki g’ildirakli; b-uch g’ildirakli;
c-to’rt g’ildirakli
Shamol generatorlari-shamolning kinetik energiyasini elektr energiyaga aylantirib beruvchi qurilma. Shamol generatorlarini ikki xil turi mavjud: sanoat va uy uchun. Sanoat uchun shamol generatorlari davlat yoki katta energetik korporatsiyalar tomonidan quriladi. Ushbu qurilmalar energiyasi bir joyga to‘planadi va natijada shamol elektrostansiyalari vujudga keladi. Uning asosiy farqi-ishlashi uchun xom ashyoning zarur emasligi hamda hech qanday chiqindi chiqmasligidir. Uning asosiy talablaridan biri – yillik o‘rtacha shamol tezligining yuqori bo‘lishidir. Har bir sanoat energetik qurilmalarida o‘t o‘chirish tizimi, shamol generatorini ishlashi haqida ma’lumot berib turuvchi telekommunikatsion tizim hamda chaqmoqdan himoya qilish tizimi mavjud. Zamonaviy shamol generatorlarining quvvati 6 MVt(6000 kVt)gacha etadi.
Shamol generatorining turlari. Shamol turbinalarinig ikkita asosiy turlari mavjud: vertikal va gorizontal aylanish o‘qli. Vertikal o‘qli turbinalar kichik tezlikdagi shamollarda ishlaydi, shuning uchun ular past samarali hisoblanadi. Shuning uchun vertikal o‘qli turbinalar juda kam qo‘llaniladi. Asosan ular uy uchun o‘rnatiladi. Uy uchun quriladigan shamol qurilmalarini qo‘llash tez sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Odatda uncha katta bo‘lmagan uy uchun 1 kVt atrofidagi elektroenergiyani 9 m/s tezlikda esayotgan shamol energiyasidan olish mumkin. Hozirgi kunda MCHJ «Dialog» tomonidan mamlakatimiz viloyatlarida 1-3 kVt/soat quvvatli shamol qurilmalari o‘rnatilib ishlatilmoqda.
Ko’pgina shamol generatorlari sekundiga 3-4m/s dan yuqori tezlikdagi shamol yordamida ishlaydi. Shamol generatorlari 8-25m/s tezlikda esadigan shamol yordamida maksimall quvvatga ega bo’ladi. Odatda shamol generatorlarining maksimal ishlash tezligi 25-30 m/s ni tashkil qiladi
Shamol energiyasidan foydalanish afzalliklari:
1. Bu qayta tiklanuvchan energiya manbayi
2. Shamol elektrostansiyasini qurish uchun maxsus maydon shart emas
3. Elektr stansiyalardan uzoqda joylashgan yerlarga qurish mumkin
Bu orqali elektr ustinlar, o’tkazgichlar va elektr energiyaning yetib borishidagi isrofi tejaladi. Ya’ni elektr energiyasi zarur bo’lgan nuqtaga shamol parraklarini o’rnatish mumkin. 4. O’zidan zararli chiqindilarni chiqarmaydi, havoni zaharlamaydi.
Kamchiliklari:
1. Energiyaning uzliksizligi shamolga bog’liq (kichik quvvatlilarining dearliy boshqa zarari yoq)Shulardan kelib chiqgan holda O’zbekistonda ham Shamol energiyasidan foydalanish samara beradi deb aytishimiz mumkin
O‘zbekistondagi SHESlarini qurish uchun aniqlangan yer maydonlaridagi shamol potensiali ko‘rsatkichlari jahonda mavjud shamol elektr stansiyalarining o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan yuqori hisoblanadi. Ya’ni, quvvatdan foydalanish koeffisiyentlari taqqoslanganda, respublika ko‘rsatkichlari jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichlardan 1,5 baravar yuqoriligi aniqlangan. Misol uchun, bir yilda 8760 soat bo‘lsa, O‘zbekistonda barpo qilinadigan shamol elektr stansiyalari taxminan 3900 soat to‘liq quvvati bilan ishlashi mumkin. Bugungi kunda O‘zbekistonda SHESlarni qurish bo‘yicha bir nechta loyihaga start berildi. Jumladan: BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyatining Tomdi tumanida qiymati 600 million AQSH dollari bo‘lgan 500 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi. Ushbu stansiya 2024 yilda to‘liq foydalanishga topshirilgach, yillik 1,8 milliard kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi va 1 yilda 546 million kub metr tabiiy gaz tejaladi
Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi Buxoro viloyatining Gʻijduvon va Peshko‘ tumanlarida qiymati 1,3 milliard AQSH dollari bo‘lgan 1000 MVt quvvatli 2ta SHES qurishi bo‘yicha kelishuv imzolangan bo‘lib, ushbu stansiyalar 2023 yilda ishga tushirilgach, yillik 3,6 milliard kVt⋅soat elektr energiyasi yetkazib beriladi va yiliga 1,1 milliard kub metr tabiiy gaz tejalishini ta’minlaydi..
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari texnologiyalari jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Xususan, energiyani saqlash qurilmalari orasida samarali hisoblanuvchi litiy-ion batareyalarining narxi xalqaro miqyosda maqbul qiymatga tushib boryapti. Xalqaro tadqiqot markazlari kelgusi 5 yilda bu turdagi batareyalar narxi o‘rtacha 30 foizga arzonlashishini taxmin qilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, shamol generatorlari - shamolning kinetik energiyasini elektr energiyaga aylantirib beruvchi qurilma. Shamol generatorlarini ikki xil turi mavjud: sanoat va uy uchun. Sanoat uchun shamol generatorlari davlat yoki katta energetik korporatsiyalar tomonidan quriladi. Ushbu qurilmalar energiyasi bir joyga to`planadi va natijada shamol elektrostansiyalari vujudga keladi. Uning asosiy farqi ishlashi uchun xom ashyoning zarur emasligi hamda hech qanday chiqindi chiqmasligidir. Uning asosiy talablaridan biri – yillik o`rtacha shamol tezligining yuqori bo`lishidir. Har bir sanoat energetik qurilmalarida o`t o`chirish tizimi, shamol generatorini ishlashi haqida ma`lumot berib turuvchi telekommunikatsion tizim hamda chaqmoqdan himoya qilish tizimi mavjud bo`lishi lozim
Download 335,78 Kb.




Download 335,78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Shamol energiyasidan foydalanish.

Download 335,78 Kb.