• Darsning rejasi
  • Darsning borishi
  • Topshiriq
  • Mavzu: «Sharq me’morligi» mavzusida kompozitsiya ishlash




    Download 460.1 Kb.
    bet1/2
    Sana07.10.2022
    Hajmi460.1 Kb.
    #26851
      1   2
    Bog'liq
    ochiq dars (2)
    7-sinf matematika test, 9-sinf ichki nazorat

    Sana: 05.03.2021 Sinf: 7-A
    Mavzu: «Sharq me’morligi» mavzusida kompozitsiya ishlash.
    Darsning maqsadi:
    a) Ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga «Sharq me’morligi» mavzusida kompozitsiya ishlashga oid bilimlarini oshirish, narsalar rasmini chizishga o’rgatish.
    b) Tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarni nafosatli qilib tarbiyalash, narsalarga nisbatan mehrini o’yg’otish, tasviriy san’atning vatanparvarlikka yo’nalgan go’zal kurinishlaridan zavqlanishni tarbiyalash.
    v) Rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarga «Sharq me’morligi» mavzusida kompozitsiya ishlashga oid bilimlarini, go’zallikni ko’ra olishi qobiliyatlarini rivojlantirish.
    Darsning jihozi: Kurgazmali suratlar, foto rasmlar, slayd va boshqalar
    Darsning rejasi:

    1. Tashkiliy qism. 3 daqiqa.

    2. O’tgan mavzuga doir savollar 12 daqiqa.

    3. Yangi mavzuning bayoni. 10 daqiqa.

    4. O’quvchilarning mustaqil ishlari. 15 daqiqa.

    5. Uyga vazifa va darsni yakunlash. 5 daqiqa.

    Darsning borishi: Darsning tashkiliy qismida o’quvchilarning darsga tayyorgarligi, yo’qlama qilish, va sinf xonasining toza-ozodaligi, navbatchilardan o’tilgan mavzuni so’rab belgilanadi. O’tilgan mazuni baholash va mustaxkamlash. O’quvchilarga turli ko’rsatmali materiallarni eslatib o’tiladi va baholanadi.
    O’tgan mavzuga doir savollar

    1. Samarqand tarixiy yodgorliklarni nomini aytib bering

    2. Xorazm tarixiy yodgorliklariga nima kiradi.

    3. Toshkent tarixiy yodgorliklari nomini ayting

    4. Buxoro tarixiy yodgorliklarni nomini aytib bering

    Test
    Topshiriq: Turli texnikada (qalam, pastel, akvarel) me'­moriy kompozitsiya ishlash.
    Yangi mavzuning bayoni.
    Dunyo xalqlarining me'morchiligi – turar joy va jamoatchilik binolari. saroylar va boshqa turdagi inshootlarning tashqi va ichki ko'rinishlari, konstruktiv tuzihshi va shu kabi jihatlari bilan bir-biridan farq qiladi.Bu, avvalo, har bir xalqning turmush tarzi, tarixiy an'analari, mahalliy iqlimiy sharoitlariga asoslanadi O'zbekiston me'morligi namunalari o'ziga xos tashqi va ichki ko'rinishlari, betakror bezaklari bilan dunyo ahlini lol qoldirib kelmoqda Xususan, Samarqand, Buxoro Xiva, Shahrisabz, Toshkent va Qo'qon kabi shaharlardagi qadimiy me'moriy obidalar Sharq me'morligining eng yorqin namunalari hisoblanadi.
    Sharq me'morchiligining yana bir o'ziga xos jihati - ularning peshtoqlari, devoriari, minoralarini turli naqshinkor bezaklar, arabiy yozuvlar bilan ziynatlanganligidadir. Samarqanddagi Registon ansamblining Sherdor madrasasi peshtoqida real tasvir (yo'lbars, quyosh, odam qiyofasi) aks ettirilgan bo'lsa. boshqa obidalarda islimiy va girix usulidagi naqshlar, suls uslubida bitiigan yozuvlar tushirilgan. Ularning barchasini diqqat bilan kuzating. O'zingiz istiqomat qiladigan hududdagi me'moriy yodgorliklar va ularning bezaklarini eslashga harakat qilib ko'ring. Bu ko'rinishlar siz ishlaydigan sharqona me'moriy ko'rinishning bir qismi (fragmenti) uchun mavzu bo'lishi mumkin. Me'moriy mavzuda rasm ishlashda ularning shaklini, bezagini binoning ko'rinishiga mosligiga, binoning esa atrof-muhitga monandligiga e'tibor qiling. Shundagina siz ishlagan me'moriy ko'rinishdagi tasvir hayotiy, ishonchli chiqadi.
    Manzara janridagi asarlarini tomosha qilish va tahlil etish sizga me'moriy manzara elementlarini belgilashga zamin yaratadi. Ularda qishloqning past-baland uylari, tog'u adirlar, daryo va jilg'alar, uzoq-yaqinda tasvirlanishi mumkin bo'lgan me'moriy inshoot ko'rinishlari, daraxtlar va boshqa elementlar tasvirini ko'rishingiz mumkin.
    A maliy tasviriy faoliyatga kirishish oldidan o'z variantlaringizning eskizlarim ishlab oilng. Bu eskiz har xil ko'rinishda bo'lishi mumkin. Me'moriy manzara varianti quyidagi rasmda ko'rsatilgan.


    Me'moriik - insonning har kungi hayotidan ajralmas san'atdir. Me'morlik ham san'atning boshqa turlari singari davlat tarixi, madaniy-ma'naviy mavqeini o'zida aks ettiradi, xalqning turmush tarzi, estetik qarashlarini hajmi shakilarda namoyon etadi. Shuning uchun bu san'at haqli ravishda tarixiy voqealarning solnomasi, davr oynasi sifatida e'tirof etiladi.


    Dunyo xalqlarining me'morchiligi - turarjoy va jamoatchilik binolari. saroylar va boshqa turdagi inshootlarning tashqi va ichki ko'rinishlari, konstruktiv tuzihshi va shu kabi jihatlari bilan bir-biridan farq qiladi.Bu, avvalo, har bir xalqning turmush tarzi, tarixiy an'analari, mahalliy iqlimiy sharoitlariga asoslanadi.
    O 'zbekiston me'morligi namunalari o'ziga xos tashqi va ichki ko'rinishlari, betakror bezaklari bilan dunyo ahlini lol qoldirib kelmoqda. Xususan, Samarqand, Buxoro Xiva, Shahrisabz, Toshkent va Qo'qon kabi shaharlardagi qadimiy me'moriy obidalar Sharq me'morligining eng yorqin namunalari hisoblanadi.





    Download 460.1 Kb.
      1   2




    Download 460.1 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: «Sharq me’morligi» mavzusida kompozitsiya ishlash

    Download 460.1 Kb.