Iroda kuchi va xarakter qat'iyati




Download 102.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana21.10.2022
Hajmi102.11 Kb.
#27765
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
21 - MA\'RUZA
Azimjon Botirov Dublikat xulosa namunasi, 1-3 laboratoriya ishi Shakarov, Qo\'shimcha mas\'uliyatli jamiyat, Buxgalteriya balansi, Miqdorlar orasidagi bog’lanish turlari va ularga oid misollar-fayllar.org, Boshlangich sinflarda matematika oqitishda kompe
Iroda kuchi va xarakter qat'iyati. Iroda ma'lum kuch bilan yuzaga chiqadi: 
ba'zi hollarda kishining irodasi kuchli sur'atda namoyon bo’lsa, boshqa hollarda 
kuchsiz namoyon bo’ladi.
Iroda kuchi irodaning muhim sifatidir. Iroda kuchining turli darajasi 
irodaviy jarayonning hamma bosqichlarida ko’rinadi. Iroda kuchi avvalo 
ehtiyojlarni his qilishda va intilishda ko’rinadi, biz kuchli hamda kuchsiz 
intilishlarni, kuchli hamda kuchsiz hohishlarni farq qilamiz.
Iroda kuchi ravshan va aniq maqsad qo’yishda, shuningdek mazkur maqsadga 
yetishishga yordam beradigan yo’l, vosita va usullarni ochiq tasavvur qilishda 
namoyon bo’ladi. Bu ochiq ravshanlik darajasi esa kishining turmush tajribasiga, 
bilimiga va umumiy saviyasiga bog’liq. Aniq maqsad qo’yishda inson tafakkuri va 
ayniqsa real xayollar (fantaziya)ning taraqqiy etishi xususiyatlari katta rol' 
o’ynaydi.
Iroda kuchi tezlik bilan qarorga kela olishda va qarorni mustahkamligida, 
sabotlilikda ko’rinadi. Yuksak g’oyaviy tamoyillarga asoslangan oqilona qat'iyatlik 
va sabotlik kuchli iroda belgilaridandir. Qat'iyatsizlik ikkilanish, qabul qilingan 
qarorning bajarilishiga shubha bilan qarash va sabotsizlik kuchsiz iroda 
belgilaridandir.
Iroda kuchi jasorat deb ataladigan dadillikda ayniqsa ravshan ko’rinadi. 
Jasorat kishining shunday holatiki, bunda kishi tez qarorga keladi va uni bajarishga 
ahd qiladi. Hatto salomatligini va hayotini xavf ostida qoldirishi mumkinligi 
hayoliga ham kelmaydi. Jasorat kishining boshqa kishilarga emas, balki o’ziga 
bergan amridir. Kishi axloqiy burchining talabiga ko’ra, buyuk maqsadga erishish 
uchun bir zumda hayot bilan o’limdan birini tanlab olsa, bunday jasorat iroda kuchi 
ekanligini ko’rsatadi.
Jasorat shunday qarorki, u go’yo ish-harakatga aylanadi. Bu ish-harakat esa 
kuchli zo’r berishni talab qiladi. Xarakter xislati bo’lgan dadillikda odamning 
qanchalik puxta o’ylab ish ko’rishiga qarab, bu dadillik maxsus tusga kiradi.


Puxta o’ylab ish ko’rishni o’zi yuksak g’oyaviylikka va kishining axloqiy 
tamoyillariga asoslangan taqdirda ijobiy xislat hisoblanadi. O’ylab, shoshmasdan 
bir qarorga keladigan kishilarni mulohazakor kishilar deb ataymiz.
Odatda o’zgaruvchan ayrim hislar kayfiyatlar ta'sirida tez bir qarorga 
keladigan xarakterli, dadil kishilar ham mavjud. Bular hissiyotga beriladigan 
tasodifiy kayfiyatli kishilardir. Bunday kishilar odatda sabotsizligi, shoshma-
shosharligi va kalta o’ylashi bilan ajralib turadilar. Kishi uncha ikkilanmasdan 
o’ylab, e'tibor bilan to’g’ri bir qarorga kelsa va shu qarorni dadil amalga oshira 
bilsa, dadillik xarakterning ijobiy xislati bo’ladi.
Bir necha imkoniyatdan birini tanlab olishga to’g’ri keladigan ish - harakat bir 
qadar xavf-xatar bilan bog’langan bir murakkab vaziyatda dadillik ayniqsa yaqqol 
ko’rinadi. Qat'iyatsizlik xarakterning salbiy xislatidir, qat'iyatsizlikda kishi sustlik 
bilan bir qarorga keladi, qabul qilgan qarorini ko’pincha o’z vaqtida bajarmaydi. 
Bunday odam qabul qilgan qarori to’g’riligiga shubhalanadi, turli imkoniyatlardan 
birini tanlab olishda ikkilanadi, ayniqsa qiladigan ish-harakatlari xavf-xatar bilan 
bog’langan bo’lsa, shunday ahvolga tushadi. Shu sababli qat'iyatsiz kishilar 
ko’pincha kam faolliklari bilan ajralib turadilar yoki umuman passiv bo’lib, 
yalqov, tanbal degan taassurot tug’diradilar.
Sabotlilik dadillikka chambarchas bog’liq bo’lib, xarakterning ijobiy xislati 
hisoblanadi. Xarakterning bu xislatiga ega bo’lgan kishilar qabul qilgan qarorlarini 
odatda o’zgartirmaydilar, bekor qilmaydilar va bu qarorlarini bajarmasdan 
qo’ymaydilar. Bu kishilar va'dalarining ustidan chiqadilar, aytgan so’zlarini albatta 
qiladilar, ularning gapi bilan ishi bir bo’ladi. Ularga ishonsa bo’ladigan subutli 
insonlardir.
Qabul qilingan qarorlarini ko’pincha bekor qiladigan, bergan va'dalarini 
ustidan chiqmaydigan, aytgan so’zidan tonadigan kishilar subutsiz hisoblanadi.
Kishi irodasining kuchi va qat'iyati xarakterning irodaga bog’liq bo’lgan 
qaysi xislatlarida ifodalangan bo’lsa o’sha xislatlar eng yorqin xislatlardan 
hisoblanadi. Bu xislatlar har bir kishining xarakterida bir qadar namoyon bo’ladi. 
Ammo hamma kishilarni va har qanday odamni irodasi kuchli, xarakteri kuchli deb 


bo’lmaydi. Balki shu sifatlari bilan boshqa kishilardan ajralib turgan odamlargina 
irodasi kuchli, xarakteri qat'iy deb ataladi. Iroda kuchi va qat'iyati odamning o’zini 
tuta bilishida, jasurligida, matonatida va chidamliligida namoyon bo’ladi.
Iroda kuchi qabul qilingan qarorni o’z vaqtida bajarishda ko’rinadi. Shuning 
uchun qarorni bajarmaslik yoki uning bajarish muddatini doimo paysalga solish, 
galdan-galga qoldiraverish, boshlagan ishini oxiriga yetkaza bilmaslik irodaning 
kuchsizligi alomatidir.
Lekin qabul qilingan qarorni bajarish har qanday qilingan ish-harakatning, 
irodaning kuchli ekanligidan darak beravermaydi. Iroda kuchi asosan irodaviy 
harakatlar yordami bilan qanday to’siqlar yengilganiga va shu yo’l bilan qanday 
natijalarga erishilganligiga qarab aniqlanadi. Irodaviy zo’r berish vositasida 
bartaraf qilinadigan qarshilik va qiyinchiliklar darajasi va xarakteri iroda kuchining 
ob'ektiv ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi. 
Kishi katta to’sqinliklarni, qiyinchiliklarni, qarshiliklarni irodaviy zo’r berish 
va irodaviy harakatlar yordami bilan bartaraf qilib, zo’r muvafaqqiyatlarga erishsa, 
bu kishi irodasi kuchli ekanligini ko’rsatadi.
Kosmonovtlar mislsiz iroda kuchini butun jahonga namoyish qilishadi. Bu 
qahramonlar kosmik parvozlarga tayyorlanish davrida ham, parvoz paytida ham 
o’z irodalarining yuksak sifatlarini namoyish etadilar. Bu qahramonlar kuchli iroda 
va uning xilma-xil ko’rinishlari o’z xarakterining asosiy xislati bo’lgan 
kishilarning yorqin misolidir.
Kishi irodasining kuchsizligi uning juda arzimas to’sqinliklarni ham bartaraf 
qila olmasligida ko’rinadi. Masalan, ba'zan kishi biron kerakli xatni yozishga yoki 
biror zarur ishni boshlashga o’zini majbur eta olmaydi.
Irodaning kuchsizligi odatda irodasizlik deb ataladi. Qarorni bajarish 
jarayonidagi ixtiyoriy ish-harakatlardagi iroda kuchi o’zini tuta bilishda, jasurlik, 
sabot va matonat, chidam va toqatda namoyon bo’ladi. 
O’zini tuta bilish nomidan ham bilinib turibdiki, kishining o’zini idora qila 
bilishi va o’zini qo’lga ola bilishi demakdir. O’zini tuta bilish kishining oldiga 
qo’ygan maqsadlariga yetishuvida to’sqinlik qiluvchi, irodasini bo’shashtiruvchi 


ichki holatlarni yengishda ko’rinadigan kuchli irodadir. Bunday holatlarga 
masalan, qo’rqish, o’z kuchlariga ishonmaslik, zerikish, qayg’urish hissi kiradi. 
Bunday holatlar kishini faoliyat ko’rsatmaslikka rahbatlantiradi yoki qo’yilgan 
maqsadlarga qarama-qarshi bo’lgan g’ayri ixtiyoriy harakatlarda o’z ifodasini 
topadi. Bunday holatlar har kimda bo’ladi. Ammo odamning shaxs sifatidagi 
xususiyati shundan iboratki, u o’zidan ana shu salbiy va keraksiz holatlarni iroda 
kuchi bilan o’zgartira oldi yoki bartaraf qila oladi. Bu borada K.D.Ushinskiy 
quyidagi so’zlarni keltirib o’tadi: "qo’rquvni his qilmasdan xavf-xatarga o’zini 
uradigan kishi mard emas, balki eng kuchli qo’rquvni ham bosa oladigan va 
qo’rquv ta'siriga berilmagan, xavf-xatarni o’ylamaydigan kishi marddir".
O’zini tuta bilish kishi xarakterining xislati bo’lib, asosan ichki irodaning 
namoyon bo’lishidan iborat. Bu xislat kishining o’z xulq-atvorini nazorat qila 
bilishda o’zini, o’z harakatlarini, nutqini qo’lga ola bilishida, shu sharoitda 
keraksiz yoki zararli deb qaraladigan harakatlardan o’zini tiya bilishida 
ifodalanadi. Xarakter shu xislatiga ega bo’lgan kishilar o’zlarini qo’lga ola 
biladilar. Ular o’zlarini tuta biladilar, ular uyushqoq kishilardir.
O’zini tuta bilmaslik irodaning kuchsizligini yaqqol ko’rsatuvchi belgidir. 
Odam o’zini qo’lga ola bilmaganda o’z mayllarini, ixtiyorsiz harakatlarini nazorat 
qila olmaganda g’ayri ixtiyoriy faollik ko’rinishlari reflekslar, instinktlar, tasodifan 
ko’ngildan kechadigan hislar, qo’rquv, hadik-shubha, gumon, g’azab, rashk, 
ichiqoralik, affektiv holatlar va shu kabilar kishi irodasini bo’g’ib qo’yadi. Bunday 
hollarda odam o’zini tiya olmay qoladi. 
O’zini tiya olmaslikning eng yomon ko’rinishi buzuqlikdir. Buzuqlik 
butunlay instinktlar va salbiy emotsiyalar ta'sirida bo’lish demakdir.
Jasurlik kishining omonligi va hayoti uchun havfli bo’lgan to’sqinliklarni 
bartaraf qilishda ko’rinadigan iroda kuchidir. Masalan, parashyutchi har gal o’zini 
samolyotdan tashlaganda jasurlik qiladi. Jasurlik o’zini tuta bilishga chambarchas 
bog’liq. Jasurlik bor joyda o’zini tuta bilishlik mavjud. Kishi o’zini tuta bilsa 
jasurlik qila oladi. Biron maqsadga yetishish yo’lida mutassil jasurlik ko’rsatish, 
dovyuraklik jasorat deyiladi.


O’zining hayoti uchun xatarli to’sqinliklarni yengishga doimo tayyor turgan 
va shunday to’sqinliklarni yenga oladigan kishilarni jasur kishilar deb ataymiz. 
Bular xavf-xatardan cho’chimaydigan, xarakteri kuchli, dovyurak, botir kishilardir. 
Jasurlikning yo’qligi irodaning kuchsizligini ko’rsatadi. Buni qo’rqoqlik, 

Download 102.11 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 102.11 Kb.
Pdf ko'rish