• Sinfdan tashqari o‘qish
  • ,,Kitob haftaligi"
  • Mavzu: Sinfdan tashqari o‘qish mеtodikasi Reja




    Download 15.82 Kb.
    bet1/2
    Sana05.03.2022
    Hajmi15.82 Kb.
    #18384
      1   2
    Bog'liq
    amaliy mashgulot




    Mavzu: Sinfdan tashqari o‘qish mеtodikasi
    Reja:
    1. Sinfdan tashqari o’qishning maqsad va vazifalari
    2. Sinfdan tashqari o’qish bosqichlari
    3. Sinfdan tashqari o’qish uchun kitob tanlash tamoyillari


    Sinfdan tashqari o‘qish o‘qish darslari bilan bog‘lab olib boriladi. Sinfdan tashqari o‘qish mazmuniga ko‘ra ta’limning har bir bosqichida ikki asosiy bo‘limga ajratiladi:
    Birinchi bosqichda o‘qish doirasi, ya’ni o‘qitiladigan kitoblar va ularni qaysi tartibda o‘qish bilan tanishtirish yuzasidan o‘quvchilarga ko‘rsatma beriladi.
    Ikkinchi bosqichda shu o‘quv materiallar asosida bilim, ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi. O‘quvchilar kitob va ularning mualliflari haqidagi bilimlarni bevosita amaliy faoliyatlari, ya’ni kitob ustida ishlash jarayonida egallaydilar. O‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligi ostida avval mavzuga oid bir necha kitob bilan tanishsa, keyinroq bolalar yozuvchilarning asarlari bilan tanishadilar, so‘ngra bolalarning qiziqishlariga mos, ruhiyatlariga yaqin har xil mualliflarning bir mavzuga doir kitoblarini mustaqil tanlab olishga o‘tadilar.
    O‘quvchilar milliy va jahon adabiyotlarini o‘qib, tahlil qilish asosida ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, go‘zallik va xunuklik haqidagi xilma-xil talqinlarga duch kelishadi. Ularga ongli munosabat bildirish hamda o‘zlaridagi axloqiy-ma’naviy fazilatlarning shakllanishi va rivojlanishiga zamin yaratadi. Mutolaa o‘quvchilarning og‘zaki hamda yozma nutqlari rivojlanadi. Bolaning matn mazmunini to‘liq uqib olishi qayta hikoyalashi, shuningdek, o‘zgalar nutqini eshitib, tushunib olishi malakalari hosil qilinadi.
    1-4-sinflarda “Konstitutsiya alifbosi”, “Dinlar tarixidan umumiy tushunchalar”, “Iqtisod va soliq alifbosi”, “Salomatlik darslari”, “Tejamkorlik saboqlari” kabi fanlarning sodda elementlari o‘qish fani mazmuniga, ya’ni mavzular kesimida singdirib o‘qitilishi ko‘zda tutilgan. Shuning uchun amaliy-tajriba va sinov mashqlarida kundalik faoliyatda shaxsiy, oilaviy va iqtisodiy vaziyatlarga, jumladan, tejamkorlikka, mehnatni yengillashtirish va samaradorligini oshirishga, savdo-sotiq bilan bog‘liq hamda sodda algoritmlarni kundalik vaziyatlarda qo‘llay olishga bog‘liq bo‘lgan masalalar yechilishi lozim. Dasturda fanni chuqurlashtirilib o‘qitiladigan 2-3-4-sinflar (A1+) uchun mavzularga ajratilgan soatlar va kompetensiya elementlari alohida ko‘rsatilgan.
    Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tayanch va fanga oid adabiy-nutqiy va badiiy asarlarni tahlil qilish kompetensiyalarning shakllantirilishi ham belgilab berilgan. O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda o‘qish fanidan quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi.
    Maktab o’quvchini o’qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir qatorda kitobni mustaqil o’qiy oladigan, uni tushunadigan, ma'lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazeta va jurnallarni ham mustaqil o’qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. Shu jihatdan sinfdan tashqari o’qish (STO’) tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi, ko’p narsani bilishga havasni orttiradi.
    STO’ning maqsadi o’qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o’qiydigan, o’qilgan kitobni to’g’ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalashdir.
    Maktablarda 1959yildan boshlab maxsus STO’ darslari tashkil etilgan. STO’ darslari 1—2sinfda haftada 1 marta, 3—4sinfda 2 haftada 1 marta o’tkaziladi. Savod o’rgatish jarayonida esa haftadagi oxirgi alifbe darsining 17—20 daqiqasi ajratiladi.
    Sinfdan tashqari o’qish o’quv dasturi bilan chambarchas bog’liq bo’lib, unda ko’zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yaqindan yordam beradi. Buning uchun o’quvchilarda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalash, ularni oddiy kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga ko’tarish talab etiladi. o’quvchilarda kitobga havas uyg’otishda har bir bolaga yakka tartibda yondashish, Shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish zaair. Bolalarda kitob ustida ishlash malakasini shakllantif ish ularda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashning muhim omilidir. Bunda o’qish uchun ajratilgan soatlardan foydalaniladi.
    Badiiy va ilmiyommabop asarlar mustaqil ravishda va izchil o’qib borilsagina, o’quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish va kengaytirishga xizmat qiladi.
    Sinfdan tashqari o’qish tanish bo’lmagan mualliflarning kitoblari muqovasi, titul varag’i, kirish so’zi, mundarijasi va suratlariga qarab asarning taxminiy mazraunini aniqlashga o’rgatish vazifasini amalga oshirishga xizmat qiladi.
    Sinfdan tashqari o’qish darslarining asosiy vazifasi o’quvchida badiiy kitoblarni o’qishga havas uyg’otish, o’qigan kitoblari yuzasidan kundalik yurita olishga o’rgatish, bolalar adabiyotining mashhur adiblari hayoti va ijodi bilan elementar tarzda tanishtirish hisoblanadi.
    Bolalarda ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat uyg’otish, ularning bog’lanishli nutqini o’stirish, adabiyestetik tafakkurini yuksaltirish sinfdan tashqari o’qish darslarining ham tub mohiyatini tashkil etadi.
    STO’ darslarining muhim vazifalaridan biri mustaqil o’qish malakalarini tarbiyalash hisoblanadi. Buning uchun mustaqil bajarish uchun topshiriqlar berish, qiziqarli mashq turlaridan foydalanish, eng yaxshi insholarni, taqrizlarni, yozuvchi haqida to’plangan ma'lumotlarni o’qitish, ,,Tez aytish", ,,Topishmoqlar topish", ,,Ifodali o’qish", ,,Maqollar aytish musobaqasi", ,,Ertak to’qish", ,,Bilimdonlar anjumani" kabi ko’riktanlovlar tashkil qilish, muayyan mavzular bo’yicha savoljavoblar uyushtirish, o’yin tarzidagi ish turlaridan foydalanish zarur. o’qilgan asarlar yuzasidan suhbatlar o’tkazish, ,,Kitob haftaligi" tashkil etish, asarlar asosida kichik insholar yozishni mashq qilish yaxshi samara beradi.
    STO’ sinfda o’qish bilan uzviy bog’liq ravishda uyushtiriladi. Sinfda o’qish STO’ uchun zarur bo’lgan o’qish malakalarini shakllantiradi, o’quvchilarning o’qigan asarini tushunishga o’rgatadi, lug’atini boyitadi. STO’ qiziqarli va o’ziga jalb etadigan faoliyat bo’lib, bolalarning bilim doirasini boyitadi, qiyoslash uchun material beradi. Sinfda o’qish — hayotga tayyorlash vositasi, sinfdan tashqari o’qish esa hayotning o’zidir.
    Hozirgi paytda boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun sinfdan tashqari o’qishga mo’ljallangan ,,Kitobim — oftobim" (1—3sinflar uchun) nomli qo’llanmalar ham chop etilgan.

    Download 15.82 Kb.
      1   2




    Download 15.82 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Sinfdan tashqari o‘qish mеtodikasi Reja

    Download 15.82 Kb.