• Mashg`ulot maqsadi : Talabalarga og’zaki adabiy nutq haqida ma’lumot berish. Mavzuni o’rganish natijasida talaba
  • mavzu soat juftlik Xizmat yozishmalari




    Download 42.18 Kb.
    bet1/4
    Sana03.01.2023
    Hajmi42.18 Kb.
    #37460
      1   2   3   4
    Bog'liq
    7-mavzu
    hamma abiturientlar uchun tahrirlangan test doc variant, davlatbek din shunoslik 1-mavzu, Mexanika, 1-MA\'RUZA, Амалий машғулот 5, N, Nazariy-mexanika.Mirsaidov-M.M, Gaz razryadli asboblar, Elektrotexnika, Mexanika. Amaliy mashg\'ulotlar., hisob grafik ishi 3, C , C for Financial Mathematics, 1. Marketing test




    7-mavzu 4 soat 2 juftlik


    Xizmat yozishmalari



    Reja:





    1. Xat va uning turlari.

    2. Axborot xati, da’vo xati, ilova xati, iltimos xati.

    3. Kafolat xati, tasdiq xati.

    4. Farmoyish xati, so‘rov xati.

    5. Davlat tilida diplomatik yozishmalarni amalga oshirish.

    6. Davlat tilida tijorat yozishmalarni amalga oshirish.

    Ixtisoslikka oid hujjat matnlari bilan ishlash.Mashg`ulot maqsadi:
    Talabalarga og’zaki adabiy nutq haqida ma’lumot berish.


    Mavzuni o’rganish natijasida talaba:
    Talabalar mavzu bo’yicha yetarlicha bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar


    Fanni o`zlashtirish va mustaqil o`qib-o`rganish uchun asosiy adabiyotlar ro`yxati:



    1. M.Aminov, A.Madvaliev, N.Mahkamov, N.Mahmudov, Yo. Odilov. Davlat tilida ish yuritish. Amaliy qo‘llanma. “O‘zbekiston nashriyoti”, Toshkent, 2020. -528 b.

    2. I.Saifnazarov, A.Muxtarov T.Sultonov, D.Ernazarov. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. O‘quv qo‘llanma. TDIU, 2019.

    3. Lester, James D. Writing research papers: a complete guide. Pearson, fifteenth edition, Global edition, 2017. 419-pages.

    4. Barbara Gastel, Robert A. Day. How to Write and Publish a Scientific Paper. Greenwood, Eighth Edition, 2016. 346-pages.

    5. Бушенева Ю.И. Как правильно написать реферат, курсовую и дипломную работы: Учебное пособие для бакалавров. Дашков и К, 2014. 140-ст.

    6. Alice Oshima, Ann Hogue. Longman Academic Writing Series 4: Essays, with Essential Online Resources 5th Edition. Pearson Education ESL, 2016. 368-pages.

    7. R. Dadabayeva, Sh. Nasridinova, N. Shoaxmedova, L. Ibragimova, Sh.Ermatov. Axborot – kommunikasion texnologiyalar va tizimlar. -T.: “Sanoatstandart” nashriyoti. O‘quv qo‘llanma. 2017.-552 bet.

    Xizmat yozishmalari muassasa faoliyatiga oid turli masalalar bilan bog‘liq bo‘lgan talab, iltimos, taklif, kafolat mazmunida amalga oshiriladi. Ularga telefonogrammalar, faksogrammalar, taklifnomalar, xatlar, diplomatik yozishmalar, tijorat yozishmalari kiradi. Xizmat yozishmalarining eng ko‘p tarqalgan turi xatlardir. Xatlar vazirlik, idora, tashkilot va muassasalar orasida xizmat aloqalarini amalga oshiruvchi asosiy hujjat hisoblanadi. Ular vositasida turli ko‘rsatmalar, so‘rovlar, javoblar, tushintirishlar, xabarlar, takliflar, iltimoslar, kafolatlar beriladi yoki qabul qilinadi. Bu hujjatlar umumlashtirilgan holda xizmat xatlari deb yuritiladi. Bajaradigan vazifasiga qarab xizmat xatlari quyidagi turlarga bo‘linadi:
    1) javob xatni talab qiluvchi xatlar (da’vo xat, so‘rov xat, iltimos xat);
    2) javob xatni talab qilmaydigan xatlar (ilova xat, tasdiq xat, eslatma xat, axborot xat, kafolat xat, farmoyish xat, taklif xat va boshqalar).
    Shuningdek, mazmunida bir necha (kafolat berish, iltimos, eslatish) ma’no ifodalanadigan xatlar ham bo‘ladi. Xizmat xatlari asosan xatlar blanklariga, blank bo‘lmagan hollarda oq qog‘ozga yoziladi. Xat oddiy varaqqa yozilsa, uning yuqori chap burchagiga xatni jo‘natayotgan muassasa nomi ko‘rsatilgan to‘rtburchak muhr qo‘yiladi. Xizmat xatlarining matnini uch qismga bo‘lish mumkin. Birinchi (kirish) qismda xat bilan murojaat qilishga asos yoki sabab ko‘rsatiladi. Ikkinchi qismda xatda qo‘yilayotgan masalani hal qilish zarurligi asoslab beriladi. Uchinchi (xulosa) qismda xat yozishdan ko‘zlangan asosiy maqsad bayon etiladi. Xizmat xatlarining matni imkon qadar qisqa bo‘lishi, shu bilan birga aniq va ravshan tushunilishi kerak. Ularning matnida ko‘chma ma’nodagi so‘z va iboralarni qo‘llamaslik tavsiya etiladi. Xizmat xatlarining asl nusxasi jo‘natilib, ikkinchi nusxasi muassasaning o‘zida saqlanadi. Da’vo xatlari uch nusxada tayyorlanib, 1-nusxasi aybdorga, 2-nusxasi da’vogarga beriladi, 3-nusxasi esa sud idoralariga topshiriladi. Xizmat xatlarining turiga qarab ularni rasmiylashtirishda ba’zi farqlar bo‘ladi. Masalan, axborot va da’vo xatlariga ularning mazmunidan kelib chiqqan holda sarlavha qo‘yiladi. Ilova xat, iltimos xat, ba’zi kafolat xatlarining matnida adresatga uning ismi va otasining ismi bilan murojaat qilinadi. Murojaat “hurmatli”, “muhtaram” so‘zlaridan boshlanadi, “Siz” olmoshi bosh harf bilan yoziladi. Farmoyish xatlari bir necha rahbar, muassasa va bo‘linmalarga yo‘llanadi va ularning adresatlari odatda ko‘plik shaklida yoziladi.Xizmat xatlarida ularning mazmuniga ko‘ra turli jumlalar ishlatiladi. Chunonchi, ilova xatida “yo‘llaymiz”, “yo‘llanadi”, iltimos va so‘rov xatlarida “so‘raymiz”, “so‘raydi”, kafolat xatida “kafolat beradi”, “o‘z zimmasiga oladi”, tasdiq xatida “tasdiqlaymiz”, “oldik”, eslatma xatda “eslatib o‘tamiz”, “yana bir bor iltimos qilamiz” kabi so‘zlar qo‘llanadi. Xizmat xatlari muassasa rahbari tomonidan imzolanadi. Rahbar bo‘lmagan hollarda shunday vakolatga ega bo‘lgan shaxs, ya’ni uning vazifasini bajaruvchi yoki o‘rinbosari, lavozimi aniq ko‘rsatilgan holda imzo chekadi.
    Xizmat xatlari quyidagi zaruriy qismlarni o ‘z ichiga oladi:
    1. O‘zbekiston Respublikasi gerbi.
    2. Muassasaning ramziy belgi (emblema)si.
    3. Mukofotlar.
    4. Vazirlik, boshqarma nomi.
    5. Tashkilot nomi.
    6. Bo'linma nomi.
    7. Tasniflagich bo'yicha hujjatning xos raqami.
    8. Muassasaning xos raqami.
    9. Pochta, telegraf manzili, bankdagi hisob- kitob raqami.
    10. Sana.
    11. Shartli raqam.
    12. Kelgan hujjat shartli raqami.
    13. Hujjatning kelish sanasi.
    14. Hujjat jo'natiladigan manzil (xatni oluvchi muassasaning nomi).
    15. Munosabat belgisi (rezolyutsiya).
    16. Nazorat haqida belgi.
    17. Matn sarlavhasi (xatning qisqacha mazmuni).
    18. Matn.
    19. Ilovalar haqida belgi.
    20. Imzo.
    21. Rozilik belgisi (viza).
    22. Kelishuv haqida belgi.
    23. Bajaruvchi haqida belgi va uning telefon raqami.
    24. Bajarilganlik haqida belgi.
    Har qanday xizmat xati mantiqiy jihatdan o ‘zaro bog‘liq bo‘lgan uch qismdan iborat bo‘ladi. Xatning birinchi (kirish) qismida, odatda, xat bilan tegishli muassasaga murojaat qilishga majbur etuvchi asosiy sabab ko‘rsatiladi. Ikkinchi qismida xatda qo‘yilayotgan masalani hal qilish zarurligi dalillar asosida bayon qilinadi.

    Download 42.18 Kb.
      1   2   3   4




    Download 42.18 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    mavzu soat juftlik Xizmat yozishmalari

    Download 42.18 Kb.