Nuqta va to‘g‘ri chiziqning proyeksiyalari




Download 1.59 Mb.
bet2/4
Sana17.10.2022
Hajmi1.59 Mb.
#27352
1   2   3   4
Bog'liq
10 Son belgili proeksiyalarda tekislikni topografik sirt bilan kesishuvi
kafedra protocol -majmua, mexanika, mexanika (2), SUYUQLIKLARNING ICHKI ISHQALANISHKOEFFITSIYENTINI (QOVUSHOQLIGINI) KAPILLYARVISKOZIMETR VA VK-4 VISKOZIMETRI VOSITASI BILAN ANIQLASH., Gigiyena va sanitariya tekshirishlar texnikasi (S.Esonturdiyev, M.Qarshiboyeva), Bolalar gigenasi, 1-qavat talabalari, 1-Tajriba ishi, 1-amaliy mashg`ulot, 3-amaliy m, 4-amaliy optik tolada signalni so’nishini hisoblash, 1-mavzu, 5-mavzu, 14 маруза
Nuqta va to‘g‘ri chiziqning proyeksiyalari

Son belgili proyeksiyalar asosan gorizontal o‘lchamlari vertical o‘lchamlariga nisbatan katta farqli bo‘lgan yer sirtidagi inshoatlar (to‘g‘onlar, katlovonlar, aerodromlar, gidrouzellar va xakozolar)ni loyihalash va tasvirlashda keng qo‘llaniladi. Yer sirtidagi tabiiy tepaliklar, chuqurliklarning releflarini (ya’ni kartografiya va geodeziya) tasvirlashda asosiy proyeksiyalash usuli sifatida foydalaniladi.
Son belgili proyeksiyalarda narsalarning faqat gorizontal proyeksiyalari berilib, frontal proyeksiyasi o‘rniga ob’yekt nuqtalarining gorizontal tekislikdan uzoqliklari son bilan beriladi. Bu gorizontal tekislik nol belgili (H0) gorizontal proyeksiyalar tekisligi deb qabul qilinadi.
Son belgili proyeksiyalarda o‘lchov birligi qilib odatda metr (m) qabul qilinadi. Quyidagi rasmda H0 proyeksiyalar tekisligidan hA masofada joylashgan A nuqtaning A0, proyeksiyalar tekisligini kesib o‘tuvchi og‘ma BD (B0D0) kesma va proyeksiyalar tekisligiga perpendikulyar bo‘lgan a to‘g‘ri chiziqning a0 proyeksiyalari berilgan.

Proyeksiyalar tekisligidan yuqorida joylashgan nuqtalarning belgilari musbat (Q) ishorali va tekislikdan pastda joylashgan nuqtalar esa manfiy (-) ishorali deb olinadi. Yuqoridagi rasmdan ko‘rinib turibdiki A nuqta H0 tekislikdan hA birlik yuqorida, B nuqta hB birlik yuqorida va D nuqta esa H0 tekislikdan hD birlik pastda joylashgan. Bu BD kesmaning H0 teksilik bilan kesishgan nuqtasi C esa nol belgili nuqta bo‘lib uning proyeksiyasi C0 o‘zi bilan ustma-ust tushadi.
Quyidagi rasmda yuqoridagi nuqtalarning son belgili proyeksiyalari tasvirlangan bo‘lib, unda nuqtalarning proyeksiyalariga son belgilari mos ravishdagi indekslar bilan yoziladi. Masalan: AhA bu A nuqtaning H0 tekislikdan hA masofada joylashganini bildiradi.

Quyida nuqtalarning aniq belgilari bilan orthogonal proyeksiyalari tasvirlangan. Nuqtalarning berilgan son belgili proyeksiyalariga asosan ularning fazodagi vaziyatlarini aniqlashda, pozitsion va metrik masalalar yechishda bir xil masshtabdan foydalanish uchun Chizmada chiziqli masshtab beriladi.

To‘g‘ri chiziq o‘zinng ikki nuqtasining son belgili proyeksiyalari bilan beriladi.Fazodagi biror to‘g‘ri chiziqning H0 proyeksiyalar tekisligiga nisbatan xolatlari quyida keltirilgan.

Bunda a to`g`ri chiziq H0 ga nisbatan umumiy vaziyatda, Chunki unga tegishli bo`lgan A2 va B8 nuqtalarning son belgilari bir biridan farqlidir, b to`g`ri chiziq esa H0 tekislikka parallel joylashganligi undagi C4 va D4 nuqtalarning son belgilari bir xil ekanligidan ko`rinib turibdi. Agar to`g`ri chiziq H0 ga perpendikulyar bo`lsa, Chizmada c to`gri chiziq, uning proyeksiyasi F5 va K20 bir nuqtaga tushadi.
To`g`ri chiziqning H0 tekislikdagi proyeksiyasi uning qo`ymasi deyiladi.
To`g`ri chiziqning H0 tekislikka nisbatan qiyaligi (i) BB0 ning C0B0 ga nisbatiga, ya’ni iqBB0qCoB ga tengdir, boshqacha aytganda to`g`ri chiziq kesmasi uchlari ayirmasining uning qo‘ymasiga nisbati to‘g‘ri chiziqning qiyaligi deyiladi. Demak, to‘g‘ri chiziq o‘zining bitta nuqtasi (A5) va qiyaligi (iq1:3) bilan ham berilishi mumkin ekan.

To‘g‘ri chiziqning bir birlik ko‘tarilishidagi kesmasining qo‘ymasi uning intervali deyiladi va l harfi bilan belgilanadi, bundan iq1ql.

Demak, kesma intervali uning qiyaligi bilan teskari proportsional ekan, ya’ni lq1qi.



Download 1.59 Mb.
1   2   3   4




Download 1.59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nuqta va to‘g‘ri chiziqning proyeksiyalari

Download 1.59 Mb.