• Mustaqil tayyorlanish uchun savol va topshiriqlar
  • Mavzu: Stanoklarning asosiy turlarini ta’mirlashning murakkablik kategoriyalarini aniqlash




    Download 212.23 Kb.
    bet2/8
    Sana22.09.2022
    Hajmi212.23 Kb.
    #26251
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    botir tamirlash 1

    8.5. Stanoklardagi harakat turlari

    Zagotovkalarga ishlov berish jarayonida stanokning ish bajaruv-chi organlari va mexanizmlari o'zaro bog'langan harakatlarga ega bo'ladi. Bu harakatlar ikki turga bo'linadi.

    /. Asosiy (yoki ishchi) harakatlar, bu harakatlar zagotovkada shakl o'zgartirishni ta'minlab, ular bosh harakat va surish harakati (ba'zi stanoklarda shuningdek bo'lish harakati, obkatka harakati, zagotov-kaning qo'shimcha aylanish harakati)dan iborat bo'ladi. Bosh harakat kesish tezligini aniqlovchi harakat bo'lgani uchun, uni ba'zan kesish harakati deb ham ataladi. Stanoklarda bosh harakat ikki xil ko'rinishda - aylanma va to'g'ri chiziqli bo'lib, zagotovkaga yoki kesuvchi asbobga uzatiladi. Bu harakat ko'p hollarda aylanma harakatdir; tokarlik guru-hi stanoklarida—zagotovkaning aylanishi bo'lsa, frezalash, parma-Iash vajilvirlash stanoklarida esa - kesuvchi asbob (freza, parma, raz-vyortka, jilvirlashlash doirasi)ning aylanishidir. Randalash, sidirish va ba'zi tish kesish stanoklarida bosh harakat to'g'ri chiziqli ilgarila-ma-qaytar harakat ko'rinishida namoyon bo'ladi.

    Surish harakati kesilayotgan qatlam (qirindi) ko'ndalang kesimi o'lchamlaridan birini aniqlovchi harakat sifatida bo'ladi. Bu harakat to'xtovsiz (tokarlik, frezalash, parmalash stanoklaridagidek), uzluk-Ii davriy (randalash stanoklarida) bo'lishi mumkin. Ba'zi stanoklarda surish harakati bir necha xil bo'ladi. Masalan, doiraviy jilvirlashlash stanoklarida doiraviy surish (zagotovkaning aylanishi) va bo'ylama surish (zagotovkaning o'q bo'ylab harakati yoki abraziv doiraning surilishi); bundan tashqari doiraga yana ko'ndalang surish harakati ham uzatiladi.

    Z1 Yordamchi harakat kesishjarayonida to'g'ridan-to'g'ri qatnash-may, zagotovka va asbobni o'rnatish hamda mahkamlash, tayyor de-talni bo'shatib olish, stanokni boshqarish (aylanish chastotalari va surish qiymatlarini sozlab o'rnatish) kabi ishlarni bajarishdan iborat.


    Mustaqil tayyorlanish uchun savol va topshiriqlar

    1. Metall kesuvchi stanoklarda materiallarga kesib ishlov berishning maqsadi va vazifalarini izohlang.

    2. Metall kesuvchi stanokIarning: a) texnologik belgi va ishlov berish aniqligi; b) universallik va avtomatlashtirilganlik darajalari; d) konstruk-tiv, massasi va bosh ishchi organlarining soni bo'yicha tasnifini izohlang.


    1. Stanoklarni belgilash tizimi. Misollar keltirib izohlang.


    2. StanokIarning asosiy tarkibiy qismlarini keltiring va izohlang.


    3. Metall kesuvchi stanoklardagi harakat turlarini ifodalang.


    4. StanokIarning keltirilgan rnodellarini izohlang:


    16К20П, 2Н135Ф2, 4Д772Е, 3M151, 5Д32, 862, 6Т80Ш, 2202ВМФ4, HC-12.





    Download 212.23 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 212.23 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Stanoklarning asosiy turlarini ta’mirlashning murakkablik kategoriyalarini aniqlash

    Download 212.23 Kb.