|
Taqvimiy mavzuli rejani to’liq ishlab chiqish ikki bosqichni o’z ichiga oladi
|
bet | 3/3 | Sana | 02.11.2023 | Hajmi | 0.7 Mb. | | #93236 |
Bog'liq Kadirova Nafisa магнетосфера, raqamli fotoaparat, Gidroavtomatika, TOPSHIRIQLAR 5, 2-amaliy mashg`ulot, Hujjatlarning asosiy parametrlari, vodyanoy-akkumulyator-tepla-v-solnechnyh-teplitsah (1), Молек физика лаб методическое указания русс, 2-Sanoq sistemalari, JUFT KORRELYATSION - REG TAHLIL, 2-70, Shaxsiy kompyuterlarning dasturiy ta\'minoti va vazifalari, Elektr maydon energiyasi Gazlarda, metallar, yarim otkazgichlar, Algoritmlash va dasturlash asoslari (A.Azamatov), Pedagogika fani, uningTaqvimiy mavzuli rejani to’liq ishlab chiqish ikki bosqichni o’z ichiga oladi. - Taqvimiy mavzuli rejani to’liq ishlab chiqish ikki bosqichni o’z ichiga oladi.
- Birinchi bosqichda o’tiladigan mavzular nomi, ularni o’qitish ketma – ketligi, unga ajratilgan soat va o’qitish vaqti aniqlanadi
- Ikkinchi bosqichda o’quv ustaxonasida qilinadigan ishlar ro’yxati va mehnat ta’limining tabiiy – ilmiy sikldagi fanlar bilan bog’liqlik grafigi tuzilganidan so’ng va o’qitish vaqti aniqlanadi.
- Darslar bo’yicha taqvimiy mavzuli reja ishlab chiqishning birinchi bosqichida har bir sinf uchun o’quv dasturidan boblar uchun ajratilgan soatlar bilan tanishib chiqish kerak bo’ladi. Tegishli boblarda o’quvchilar uchun yetkazilishi kerak bo’lgan texnik ma’lumotlar va bajarilishi karak bo’lgan amaliy ish mazmuni belgilanadi, o’quv dasturidan dastlab boblarni, so’ng shu boblar mazmunini qamrovchi mavzular ajratiladi.
FANLARNING O’ZARO BOG’LANISH REJASI
Mehnat ta’limi darslarini tabiiy – ilmiy sikldagi fanlar bilan bog’liqlik grafigi – har bir mavzu mazmunini yoritishda uning mohiyatini o’quvchilar tomonidan chuqur, ilmiy asoslangan holda tasavvur etishlari vaqtdan unumli foydalanish, nazariy bilimlarini amalda, hayotda va ishlab chiqarishda qo’llash imkoniyatlarini keng yoritish, ularning politexnik tushunchalarini kengaytirish maqsadida o’qituvchi tomonidan tuziladi hamda u taqvimiy mavzuli rejada o’z ifodasini topadi.
Ta’lim jarayonini rejalashtiruvchi bu hujjatda maktabda o’qitiladigan mehnat ta’limi fanining fizika, matematika, kimyo, chizmachilik va boshqa fanlar bilan o’zaro bog’lanishlari ochib beriladi. Ta’lim jarayonida fanlar o’rtasidagi bog’lanishlar katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda maktabda o’qitish o’quvchilarga mustahkam bilim, mehnat ko’nikmalari va malakalarini berishdan tashqari, ularning o’rganilayotgan hodisalarga chuqur va har tomonlama yondashishlarini, olgan bilimlaridan ishlab chiqarish va mehnat hodisalarini ilmiy asosda tushuntirib berish, mustaqil ravishda bilimlarga ega bo’lish uchun foydalana olishlarini ta’minlanishi kerak.
Mehnat ta’limi, maktabda o’qitiladigan fan sifatida, o’quvchilarning umumiy ta’lim fanlaridan olgan bilimlarini amalda qo’llashni o’rganishlari uchun cheksiz imkoniyatlar yaratib beradi. Ta’limni to’g’ri yo’lga qo’yish orqali o’quvchilarga tabiat qonunlari bilan ularning turmushda namoyon bo’lishi o’rtasidagi obyektiv mavjud bo’lgan bog’lanishlarni ko’ra bilishlariga yordam berish zarur. Masalan, o’quvchilar fizika kursida qattiq jismlarning xossalarini, kuch, massa, tezlik, ishaqalanish va boshqalarni o’rganiladi. Bu vaqtda ular ustaxonalarida ishlov beriladigan metallarning fizikaviy mexanik xossalarini va tuzulishini bilmasalar, ishlov berilayotgan materialga qarab, ularni qirquvchi asbobning to’g’ri o’lchovini tanlay olmasalar, mashinadagi detallarning ishqalanishini qanday yo’l bilan kamatirishni va boshqalarni bilmasalar, ularning ilgari olgan bilimlari yuzaki bo’lib qoladi. O’qituvchi o’quv materialini o’quvchilarning tabiiy – ilmiy sikldagi fanlardan olgan bilimlari bilan mustahkam bog’liq bo’lgan qismi fanlardan olgan bilimlari bilan mustahkam bog’liq bo’lgan qismi bo’yicha tayyor bilimlarni yetkazishga harakat qilmaydi.
Mehnat o’qituvchisi suhbat o’tkazish usuli bilan o’quvchilar qattiq jismlarning xossalarini, ishqalanish turlarini (fizika), ko’p qirrali burchaklarning xossalarini (geometriya), aralashmalar, emulsiyalar va mineral yog’larning (kimyo) va boshqalarning xossalarini qanday o’zlashtirib olganliklarini aniqlaydi va ana shu fanlardan olingan bilimlar asosida jarayonini qirqish asboblarining charxlash burchaklarini va ishlanayotganda detalni sovitish uchun ishlatiladigan suyuqlikning tarkibi va xossalarini detallarning dastgohdagi ishqalanuvchi yuzalarini va ularga mashina moyi surish yo’li bilan ishqalanishni kamaytirish usullarini tushuntirib beradi. Biroq fanlararo aloqa bir tomonlama jarayon emas. Umumiy ta’lim fanlaridan olgan amaliy tajribalardan o’rganilayotgan tabiat qonunlarini chuqurroq tushunishlari uchun foydalanishlari lozim.
Fanlarning o’zaro bog’lanish rejasini ishlab chiqishda umumiy ta’lim fanlaridan mehnat ta’limi, fizika, matematika, kimyo, biologiya, chizmachilik va boshqa fanlardan dars beradigan o’qituvchilar ishtirok etadi. Ularning har biri o’z fanining maznunini sinchiklab tahlil qilish asosida o’quv materialining boshqa fanlar bilan bog’lanishiga oid aniq misollar taklif etadi, bu takliflar muhokama qilinib, aniqlanib va zarur bo’lsa to’ldirilib fanlarning o’zaro bog’lanish rejasi jadvaliga kiritiladi, unda har bir fanga oid u yoki bu mavzuni o’rganish muddatlari ko’rsatiladi.
Fanlarning o’zaro bog’lanish rejasini muvaffaqiyatli amalga oshirish o’quvchilarning mehnat bo;yicha tayyorgarligining yuqori sifatli bo’lishinigina emas, shu bilan ularning umumiy bilim doirasining ham keng bo’lishini ta’minlaydi.
Etiboringiz uchun rahmat
|
| |