Mavzu: Ta’lim muassasalarini boshqarishda axborot tizimlaridan
samarali foydalanish
Reja:
1. Ta’lim muassasalarini boshqarishda AKTning o’rni
2. Google Forms va unda so‘rovnomalar yaratish
3. So‘rovnomalarni taqdim etish va natijalarini tahlil qilish
Bugungi kunda butun dunyoda axbоrоt texnоlоgiyalari keng ko’lamda
rivоjlanmоqda.
Shubhasiz, ta’lim jarayonida axbоrоt texnоlоgiyalaridan maqsadli
foydalanishni yo’lga qo’yish dolzarb masalalardan biridir. Bugungi kunda barcha
sohalar kabi o’quv jarayonini ham kompyuter va
axborot texnologiyalarisiz
tasavvur etish qiyin. Zamоnaviy jamiyat axbоrоt uzatish hajmi va tezligi jihatidan
chegaralanmagan butunjahоn axbоrоt tarmоg’idan faоl fоydalanishi bilan
xarakterlanadi. Multmediya va Internet texnоlоgiyalarining paydo bo’lishi va keng
tarqalishi AKT ni mulоqоt, tarbiya, jahоn hamjamiyatiga
kirib bоrish vоsitasida
ishlatish imkоnini beradi.
Bugungi kunda barcha sohalar kabi o’quv jarayonini ham kompyuter va
axborot texnologiyalarisiz tasavvur etish qiyin. Bu esa kompyuter va axborot
texnologiyalarining imkoniyatlaridan foydalanish barcha
masalalarning yechimini
hal qiladi, ya’ni axborotlarni uzatish va qayta ishlash - bu bilim, malaka va
ko’nikmalarni to’liq shakllantirishni
kafolatlaydi degani emas, chunki bularning
barchasi faqatgina o’qitishning samarali qo’shimcha vositalaridan biri bo’lib
hisoblanadi xolos.
Ana shuning uchun ham zamonaviy
axborot-texnologiyalardan
ta’lim
tizimida foydalanish quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi:
−
axborot-kommunikatsion texnologiyalar o’rganish ob’ekti
sifatida,
ya’ni o’quvchilar bilim olish jarayonida yangi axborot texnologiyalar, shu
jumladan kompyuter, multimediya, masofadan o’qitish, Internet texnologiyalari
va ularning tarkibiy qismlari hamda foydalanish sohalari bo’yicha
umumiy
tushuncha va malakalarga ega bo’ladilar;
−
axborot-kommunikatsion texnologiyalar o’qitish vositasi sifatida,
ya’ni zamonoviy axborot va pedagogik texnologiyalar asosida o’quvchilarga
bilim beriladi, ya’ni umumta’lim hamda mutaxassislik fanlarini o’qitishda axbo-
rot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy va
laboratoriya mashg’ulotlari kompyuterlarning zamonaviy
dasturiy vositalari
asosida tashkil etiladi, shu bilan birga fanlararo integratsiya amalga oshiriladi;