• II-avlod (1957 - 1968 yillar)
  • III-avlod (1969 - 1980 yillar)
  • IV-avlod (1981 - 1990 yillar)
  • V-avlod (1990 yillardan boshlangan)
  • Mavzu. Ta’limda axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi. Xotira qurilmasi, axborotlarni kiritish – chiqarish qurilmalari reja




    Download 11.8 Mb.
    bet10/20
    Sana31.10.2022
    Hajmi11.8 Mb.
    #28654
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
    Bog'liq
    1-mavzu. Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularni qoʻllanilishii
    cybersecurity-artificial-intelligence 11111 (1) (1), 1. Nosimetrik shifrlash algoritmlari Assimetrik shifrlash algori, 402-guruh onlayn kurslar, Elektron ta\'limni boshqaruv vositalari 191 Begbo\'tayeva Sadoqat-fayllar.org, 4-labaratoriya mashg\'ulot topshirig\'i, Pythonda turtle kutubxonasi bilan ishlash (1), Презентация Microsoft PowerPoint (4), Usmon, 9, SANOAT, 1427572, Matematika va informatika ta, 619-guruh dasturlash tillari oraliq nazorat 22.10.2022, Sanoat korxonalarida mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi1
    I-avlod (1945 - 1956 yillar) kompyuterlari elementlar bazalari elektron lampalar ekanligi bilan xarakterlanadi. Bu avlod mashinalari katta zallarni egallagani holda, yuzlab kilovatt elektr energiya sarf qilar va tonnalab og‘irlikka ega hamda sekundiga 1-2 ming amal bajarar, xotirasining hajmi 1-2 ming so‘zni(ma’lumotni) saqlashga qodir edi. Bu avlod mashinalariga "Ural1","Ural-2", "BESM-1", "BESM-2","M-1","M-2","M -20" kabi mashinalarni misol qilib keltirish mumkin.
    II-avlod (1957 - 1968 yillar) kompyuterlari elementlar bazalari tranzistorlardan iborat edi, tezkorligi sekundiga 10-20 ming amal bajarish, xotirasining hajmi 4-8 ming so‘zni saqlashga qodir edi. Ikkinchi avlod xisoblash mashinalari hisoblash ishidan tashqari ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, iqtisodiy masalalarni yechish, harflar bilan ishlay olish "qobiliyati"ga ham ega bo‘ldi. Bu avlod mashinalariga "BESM-3","BESM4", "Ural-16", "Minsk-22", IBM -608, "BESM-6" misol qilib keltirish mumkin.
    III-avlod (1969 - 1980 yillar) kompyuterlarining elementlar bazalari integral sxemalardan iborat bo‘lib, tezkorligi sekundiga 10 mingdan boshlab, eng oxirgi mashinalari 2-2.5 million amal bajarishgacha yetdi. Xotirasining hajmi ham 8-10 ming baytdan(bu avlod xotira o‘lchami halqaro o‘lcham baytlarda beriladigan bo‘lgan) 8 million baytlargacha yetdi. Bu avlod mashinalariga YES (yagona seriya) xisoblash mashinalari - "YES-1010","YES-1020", "YES-1030","YES1035", "YES-1050","YES-1060","YES-1066" larni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
    IV-avlod (1981 - 1990 yillar) kompyuterlarining elementlar bazalari katta integal sxemalar (KIS)dan iborat. Ularning tezkorligi sekundiga 6,5 million amal bajarishgacha yetdi, xotirasinig hajmi 64 Mb baytgacha kengaydi. Bu avlod mashinalariga Super EHMlar, "Elbrus" xisoblash mashinasi, "IBM PC" kabi kompyuterlarni ko‘rsatish mumkin.
    V-avlod (1990 yillardan boshlangan) kompyuterlarining elementlar bazalarini o‘ta katta integral sxemalar (UKIS) tashkil qiladi. Bu avlod kompyuterlari hozirgi zamonda keng qo‘llaniladi. Bu avlod kompyuterlari elektron va yorug‘lik nurlari energiyasidan foydalanishga, tuzilishi esa lazer texnikasiga, nurlanuvchi diodlarga asoslangan. Amal bajarish tezligi sekundiga 1 milliardgacha, xotirasinig hajmi 10 millliondan 3-4 milliard (Gbayt) baytgacha kengaydi.
    Shaxsiy kompyuterlarining yaratilishi texnikada revolyutsion xarakterga ega bo‘ldiki, ular ommabob hisoblash mashinalariga aylanib koldi.
    Hozirgi paytda ishlab chiqarish va kundalik hayotda dunyoda 100 millionlab shaxsiy kompyuterlar ishlatilmoqda.
    Kompyuter - hisoblashlarni bajarish, shu jumladan elektron shakldagi axborotni oldindan belgilangan algoritm bo‘yicha qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va ishlov berish uchun mo‘ljallangan elektron mashina.
    Kompyuter so‘zi ingliz tilidan olingan bo‘lib, “hisoblash”, “hisoblagich” degan ma’nolarni bildiradi.
    Garchand u hozirda faqat hisoblovchi bo‘lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma’lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski nomi – kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma’lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Avvalo shuni aytish lozimki, ko‘pchilikning tushunchasida go‘yoki biz kundalikda foydalanadigan faqat shaxsiy kompyuter bor xolos. Bunga albatta sabablar ko‘p. Shulardan biri hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlari ilgari universal deb hisoblangan kompyuterlardan tezligi va xotira hajmi jihatidan ancha oshib ketganligida bo‘lsa, ikkinchi tomondan ko‘p masalalarni yechish uchun bu kompyuterlar foydalanuvchilarni qanoatlantirishidadir. Hozirda kompyuter termini ko‘p uchrasada, shu bilan birga EHM (elektron hisoblash mashinalari), HM (hisoblash mashinalari) terminlari ham hayotda ko‘p ishlatib turiladi. Ammo biz soddalik uchun faqat kompyuter terminidan foydalanamiz.
    Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud: raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli-analogli, ixtisoslashtirilgan. Ammo, raqamli kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgani uchun, ulardan ko‘proq foydalanilmoqda.
    Amalda esa hozir rivojlangan mamlakatlarda kompyuterlarning besh guruhi keng qo‘llanilmoqda. Kompyuterlarni xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi, ma’lumotlarning razryad to‘rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, besh guruhga bo‘lish mumkin:
    super kompyuterlar (super Computer);
    server kompyuterlar (server Computer); 3. shaxsiy kompyuterlar (pc-personal Computer); portativ (noutbook) kompyuterlar.
    mini kompyuterlar (minicomputer);
    Super kompyuter- juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun mo‘ljallangan tizimdir. Bu kompyuter tizimlari 1 sekundda o‘n trillion amal bajaradi.
    Server kompyuter- fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni yechishga hamda tarmoqdagi kompyuterlarga o‘z resurslarini taqdim etishga mo‘ljallangan kompyuterlar. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi shaxsiy kompyuterlarnikiga qaraganda ancha yuqori hisoblanadi. Personal kompyuterlar - uyda va ish joyida turli masalalarni yechishda foydalaniladigan PC rusumidagi kompyuterlar. Axborotlarga ishlov berish tezligi va xotira xajmi ish faoliyatimizdagi masalalarni yechishga yetarli hisoblanadi.
    Portativ kompyuterlar (Noutbuk) - mobil ixcham shaxsiy kompyuter bo‘lib, uning asosiy qismi va monitori birlashgan holda bo‘ladi. Bunday kompyuterlarning ko‘pchiligi deyarli standart klaviaturaga, kompyuter grafikasi vositalariga ega.


    Download 11.8 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




    Download 11.8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu. Ta’limda axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi. Xotira qurilmasi, axborotlarni kiritish – chiqarish qurilmalari reja

    Download 11.8 Mb.