Mavzu. Ta’limda axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi. Xotira qurilmasi, axborotlarni kiritish – chiqarish qurilmalari reja




Download 11.8 Mb.
bet11/20
Sana31.10.2022
Hajmi11.8 Mb.
#28654
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
1-mavzu. Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularni qoʻllanilishii
cybersecurity-artificial-intelligence 11111 (1) (1), 1. Nosimetrik shifrlash algoritmlari Assimetrik shifrlash algori, 402-guruh onlayn kurslar, Elektron ta\'limni boshqaruv vositalari 191 Begbo\'tayeva Sadoqat-fayllar.org, 4-labaratoriya mashg\'ulot topshirig\'i, Pythonda turtle kutubxonasi bilan ishlash (1), Презентация Microsoft PowerPoint (4), Usmon, 9, SANOAT, 1427572, Matematika va informatika ta, 619-guruh dasturlash tillari oraliq nazorat 22.10.2022, Sanoat korxonalarida mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi1
Noutbuk Mini kompyuter(bloknot)
Mini kompyuter(bloknot)- o‘lchami va bajaradigan amallar hajmi jihatidan juda kichik hisoblanadi.

  1. Zamonaviy kompyuterlarning barchasi fon Neyman tamoyillari asosida yaratilgan, ya’ni ularning barchasi bir xil funksional tuzilmaga ega.

  2. Kompyuter konfiguratsiyasi deb uning tarkibiga kiruvchi qurilmalar ro‘yxatiga va bu qurilmalarning asosiy parametrlariga aytiladi.

  3. Zamonaviy kompyuterlar quyidagi asosiy qismlardan tashkil topadi.

  4. Protsessor (tizim) bloki;

  5. Monitor;

  6. Klaviatura va sichqoncha.

Protsessor bloki tarkibiga kamida quyidagi qurilmalar kiradi.

  1. Korpus va elektr ta’minoti bloki;

  2. Asosiy plata;

  3. Mikroprotsessor va uni sovutuvchi kuler;

  4. Tezkor xotira.

  5. Qattiq disk (Vinchester) turidagi tashqi xotira.

Ulardan tashqari, protsessor bloki ichida optik disklar: CD va DVD larni o‘qiydigan va ularga ma’lumot yozadigan qurilmalar, videoprotsessor platasi, internetga ulanish uchun turli rusumdagi modemlar, FM radio, oddiy yoki sun’iy yo‘ldosh televideniyasini qabul qiluvchi qurilmalar va boshqa shunga o‘xshash jihozlar joylanishi mumkin.
Kompyuterga ulanadigan boshqa qurilmalar: klaviatura, sichqoncha, joystik, ovoz kuchaytirgich, mikrofon, printer, skaner, foto va video kamera, mobil telefon, flesh xotira, tashqi vinchester, mahalliy kompyuter tarmog‘i va internetga ulanish kabeli va boshqa shunga o‘xshash qurilmalar protsessor blokiga uning old va orqa tomoniga chiqarilgan ulanish nuqtalariga ulanadi.
Kompyuterga ulanadigan, to‘g‘rirog‘i, uning tarkibiga kiruvchi qurilmalar joylashiga ko‘ra to‘rt toifaga bo‘linadi: joylangan, ichki, tashqi va qo‘shimcha. Joylangan qurilmalar asosiy plata tarkibiga kiradi. Ichki qurilmalar turli shinalar orqali asosiy plataga ulanadi va kompyuterning protsessor bloki ichida joylashgan bo‘ladi. Tashqi qurilmalar deb kompyuterning asosiy konfiguratsiyasi tarkibiga kiruvchi va protsessor blokidan tashqarida joylashgan qurilmalar: klaviatura, sichqoncha, monitor, printer, flesh xotira, ovoz kuchaytirgich kabi qurilmalarga aytiladi. Qo‘shimcha qurilmalar deb kompyuterning asosiy konfiguratsiyasi tarkibiga kirmaydigan va protsessor blokidan tashqarida joylashgan qurilmalar: proyektor, skaner,videokamera va boshqalarga aytiladi.
Funksional vazifasi (ma’lumotlarni kiritishi va chiqarishiga) ko‘ra qurilmalar uch toifaga ajratiladi: kirituvchi, chiqaruvchi, hamda kirituvchi va chiqaruvchi qurilmalar. Masalan, klaviatura kirituvchi, monitor chiqaruvchi, vinchester ham kirituvchi, ham chiqaruvchi qurilmadir.
Korpus. Kompyuter korpuslari odatda tik va yotiq ko‘rinishda bo‘ladi. Tik korpuslar Tower (minora) deb ataladi va ularning uchta turi bor: big (katta, balandligi 19 dyuym), midi (o‘rta, 16 dyuym), mini (kichik, 13 dyuym). Ulardan birinchisi odatda serverlar va o‘ta kuchli kompyuterlar, ikkinchisi ommaviy kompyuterlar, uchinchisi arzon kompyuterlar uchun mo‘ljallangan. Yotiq korpuslarning balandligi juda past bo‘lib, ular odatda ustiga monitor qo‘yishga mo‘ljallangan. Keyingi paytda super mini tower va monoblok deb ataluvchi korpuslar ommaviylashib bormoqda. Ularning ommaviylashuvining asosiy sababi birinchidan ular kam joy egallaydi, ikkinchidan ularning boshqalardan ajralib turuvchi dizaynidir. Super mini tower korpuslarining balandligi boshqa korpuslarning balandligidan 2-3 marta kam.
Monobloklarda esa tizim korpusidan butunlay voz kechilgan. Unda barcha qurilmalar monitor korpusiga joylanadi.
Ilgarilari mikroprotsessorlarga ham 5 voltli kuchlanishli elektr toki berilardi. Mikroprotsessorlarda tranzistorlar soni oshishi bilan ularda ajraladigan issiqlik miqdorini kamaytirish uchun 5 volt kuchlanish avval 3 voltgacha, so‘ng 1,1 voltgacha kamaydi.
Elektr energiyasini uzluksiz ta’minlash tizimlari. Kompyuterlarning eng birinchi dushmani elektr energiyasini ta’minlash tizimidir. Bu tizimda elektr toki kuchlanishi ko‘pincha nominal qiymati 220 Voltdan farq qiladi. Elektr energiyasiga talab, kunning qaysi vaqtiligiga qarab o‘zgarib turadi. Kunduzi elektr energiyasiga talab kamayadi, qechqurun esa ko‘payadi. Kunduz kunlari kuchlanish 250 Voltgacha ko‘tarilsa, kechki payt 180 voltgacha pasayib ketadi. Bu kabi elektr kuchlanishining davriy o‘zgarishiga qarshi choralar allaqachon ishlab chiqilgan bo‘lib, har qanday elektron qurilmalarning elektr quvvati ta’minoti bloklari o‘z stabilizatorlariga egalar va ular kuchlanishning bunday o‘zgarishini muvaffaqiyatli bartaraf eta oladilar. Lekin elektron qurilmalarga eng katta xavf ularni yoqish va o‘chirish paytida paydo bo‘ladi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, oddiy yoritish lampochkalari ham faqat ularni yoqish paytida kuyadi yoki yonmay qoladi (ular o‘chirish paytida kuygan bo‘ladi). Bunga sabab, elektr asboblarini yoqish va o‘chirish paytida kuchlanish qisqa vaqt ichida 220 Voltga o‘zgaradi. Bu esa, katta elektr impulslarining paydo bo‘lishiga olib keladi va bu impulslarning quvvati elektr asboblari chidab beradigan quvvatlardan ancha katta bo‘ladi. Shu sababli elektron qurilmalar yoqilganda ularning elektr impulslariga sezgir qismlariga elektr toki darhol ulanmay, sekin asta ulanadi,o‘chirilganda ham shu kabi ish tutiladi.
Elektr ta’minoti tizimidagi katta quvvat talab qiluvchi ba’zi qurilmalar, masalan ishxonadagi lift motori, xonadagi konditsioner yoki muzlatgichlar ishga tushayotganida kata kuchlanishli impulslar paydo qilishi va bu impulslar yaqin o‘rtadagi kompyuter texnikasining qayta yuklanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Lekin eng katta xavf elektr tokining birdan o‘chib qolishidir. Kompyuterning birdan o‘chib qolishi uning fayl tizimi uchun katta xavf tug‘diradi. Tashqi xotiralarga yozilgan ma’lumotlardan foydalanish uchun ular kompyuterning tezkor xotirasiga yuklanib olinadi.
Kompyuter bir vaqtda o‘nlab fayllarni kompyuter xotirasiga yuklab oladi vaular bilan doimiy ravishda foydalanadi. Boshqacha aytganda, kompyuter ishlayotganda o‘nlab fayllar ulardan ma’lumot o‘qish yoki ularga yozish uchun ochiq holda bo‘ladi va ular faqat kompyuter o‘chirilishidan oldin yopiladi. Elektr tokining birdan o‘chib qolishi bu fayllar ustida bajarilayotgan amallarning tugatilmay qolishiga va bu fayllarda xatoliklar paydo bo‘lishiga olib keladi. Fayl tizimida vujudga kelgan muammolar ma’lumotlarning o‘chib ketishiga, dasturiy ta’minotning noto‘g‘ri ishlashiga yoki butunlay ishlamay qolishiga olib keladi. Natijada dasturiyta’minot va ba’zan operatsion tizimni qayta o‘rnatishga to‘g‘ri keladi. Buning oldini olish va kompyuter texnikasini himoyalash uchun uzluksiz ta’minlash tizimlari (BPS – bespereboynoye pitaniye sistemi yoki UPS Unlimited Power System)dan foydalaniladi.
Asosiy plata. Kompyuterning asosiy qurilmasi uning mikroprotsessoridir. Qolganqurilmalar unga xizmat qiladilar. Asosiy plata esa ularni bir-biriga bog‘laydi. Odatda yangi mikroprotsessor ishlab chiqilganda, u uchun mo‘ljallangan asosiy platada foydalanish uchun yangi mikrosxemalar ham yaratiladi. Bu mikrosxemalar birgalikda chipset (mikrosxemalar to‘plami) deb ataladi.
Bir turdagi mikroprotsessorlarning tezligi vaqt o‘tishi bilan oshib boradi, ulardan farqliravishda chipsetning chastotasi o‘zgarmaydi. Shu sababdan yangi chipsetlar mikro protsessorlardan ko‘ra tezroq paydo bo‘ladilar. Ulardan ham ko‘proq bu chipsetlarda yasalgan yangi asosiy platalar sotuvga chiqariladi.
Odatda asosiy plata tarkibiga quyidagi qo‘shimcha qurilmalar ham kiradi.
1. Ovoz platasi; 2. Video plata; 3. Lakal tarmoq kartasi (LAN card).
Bu qurilmalar asosiy plataga joylangan deyiladi, bu va boshqa qurilmalarini asosiyplataning slotlariga ham o‘rnatish mumkin. Bunday qurilmalar ichki qurilmalar (korpus ichidagi) deb ataladi. Bundan tashqari, qurilmalarni asosiy plataning korpus tashqarisiga chiqarilganrazyemlariga ham ulash mumkin. Bunday qurilmalar, masalan flesh xotira tashqi qurilmalar debataladi.
Asosiy plataning ikkita katta mikrosxemasi aynan shinalar uchun mo‘ljallangan. Ularko‘priklar deb ataladi. Shimoliy ko‘prik o‘ta tezkor qurilmalar: tezkor xotira va videoprotsessorniulash uchun ishlatiladi. Janubiy ko‘prik nisbatan sekin ishlaydigan boshqa qurilmalar: klaviatura, sichqoncha, PCI, SATA, USB slotlarga ulanadigan qurilmalarga xizmat ko‘rsatadi.
Shinalar haqida gap ketganda mikroprotsessorlarning bir jihatiga alohida to‘xtalish lozim. Mikroprotsessorlar kompyuter tarkibiga kiruvchi turli qurilmalarni boshqarish uchun vaqti-vaqti bilan o‘z ishini to‘xtatib turadi. Bu to‘xtashlar uzilishlar deb ataladi. Uzilishlar ikki turga bo‘linadi. Birinchilari davriy uzilishlar deb ataladi va ular ma’lum vaqtdan keyin takrorlana beradi. Ikkinchilari talabga ko‘ra uzilishlar deb ataladi. Davriy uzilishlar mikroprotsessor e’tiborini doimiy talab qiladigan qurilmalar uchun mo‘ljallangan. Masalan, klaviaturadan ma’lumot doimiy ravishda kiritiladi. Shu sababli, mikroprotsessorlar har sekundda 50 marta (har 20 millisekundda) klaviaturada biron tugma bosilganligini tekshirish uchun o‘z ishini to‘xtatadi. Bundan tashqari, har sekundda 18900 marta (har21 mikrosekundda) protsessor o‘z ishini to‘xtatib tezkor xotiraga murojaat qiladi. Tezkor xotira shunday tuzilgan-ki, unga 50 mikrosekund davomida murojaat qilinmasa, uning yacheykalaridagi zaryad so‘nadi va undagi ma’lumot o‘chib ketadi. Hozirgi paytda klaviatura va tezkor xotiraga ko‘priklar orqali xizmat ko‘rsatilsa-da, doimiy uzilishlar eski dasturlarning to‘g‘ri ishlashi uchun saqlab qolingan va ulardan dastur yaratishda foydalanish mumkin.
Biron bir qurilma o‘ziga xizmat ko‘rsatilishini hoxlasa, u boshqarish shinasiga talabga ko‘ra uzilish signalini jo‘natadi. Bu signalni olgan mikroprotsessor o‘z ishini to‘xtatib unga xizmat ko‘rsatadi. Har bir qurilmaning o‘z drayveri (unga xizmat ko‘rsatuvchi dasturi) bo‘lib, uzilish paytida shu drayver ishga tushadi.
Talabga ko‘ra uzilishlardan mikroprotsessorlar bir vaqtda ko‘p masalalar bilan shug‘ullanishda foydalanadilar. Bir vaqtda o‘nlab jarayonlar bilan ishlayotgan mikroprotsessor bir jarayon bilan ishlashni uzib, ikkinchisi bilan ishlay boshlaydi, keyin ikkinchisini ham vaqtincha to‘xtatib uchinchisiga o‘tadi. Bu o‘tishlar tez-tez bajarilgani uchun foydalanuvchiga barcha jarayonlar parallel ravishda (bir vaqtda) bajarilayotgandek tuyuladi. Zamonaviy kompyuterlarning bir vaqtda bir necha masalalar bilan shug‘ullana olishi ularning ishlashlarini juda barqarorlashtirishi bilan birga, foydalanuvchilarga ham bir qator qulayliklar tug‘diradi. Kompyuterda hujjat yarata turib, bir vaqtda musiqa eshitish, internetdan yangi kitobni yuklash va boshqa ishlarni bajarish mumkin.
FSB (Face Side Bus – old tomon shinasi) shimoliy ko‘prik shinasi bo‘lib, tezkor xotira uchun mo‘ljallangan. U kompyuterning takt chastotasini ikkilantirish asosida vujudga keladi. Shimoliy ko‘prik mikroprotsessor uchun ham takt chastotasini ishlab chiqaradi. U kompyuter chastotasini biron songa ko‘paytirish asosida yaratiladi. Masalan, mikroprotsessorning chastotasi 1,8 Gega Gers, kompyuterning takt chastotasi 100 Mega Gers bo‘lsa, u 18 ga ko‘paytiriladi. Agar mikroprotsessor chastotasi 2,4 GG bo‘lsa, kompyuterning takt chastotasi 24 ga ko‘paytiriladi. Shimoliy ko‘prik videokarta ulanadigan PCI E (Peripheral Components Interface Express – tezkor tashqi qurilmalar interfeysi) shinasiga ham xizmat ko‘rsatadi. Bu shina chastotasi 16 martagacha ko‘paytirilishi mumkin. Janubiy ko‘prik USB (User’s Serial Bus – Foydalanuvchi uchun ketma-ket shina), IDE (Interface for Data Exchance – axborot almashuvi uchun interfeys), PCI va SATA shinalari uchun ham xizmat ko‘rsatadi.
Kompyuter texnikasini ishlab chiqishdagi raqobat uning konfiguratsiyasida ham bir qator o‘zgarishlar bo‘lishiga olib kelmoqda. Ilgari tashqi yoki ichki qurilma sifatida ishlab chiqilgan bir qator qurilmalar asosiy plataga joylana boshlagan bo‘lsa, endi asosiy plataning bir necha vazifalari protsessor zimmasiga yuklanishi kutilmoqda. 32 nanometrli (mikrosxemadagi tranzistorlarning o‘lchami) texnologiya asosida yaratilgan mikroprotsessorlar grafik video protsessor vazifasini bajaruvchi grafik yadro(lar)ga ega bo‘lishi bilan birga, shimoliy ko‘prik vazifasini bajaruvchi mikrosxemalarni ham o‘z ichiga oladi. Bunday mikroprotsessorlar 2011 yilda ishlab chiqariladigan kompyuterlarda keng qo‘llanilishi ishlab chiqaruvchilar tomonidan ta’kidlanmoqda.
Tezkor xotira. Mikroprotsessor sirkdagi ko‘z boylagichga o‘xshaydi. Ko‘z boylagich turli mo‘jizalar ko‘rsata oladi, lekin o‘zidan bir necha metr naridagi koptokni ola olmaydi. Uni yordamchilari orqali oladi. Ko‘z boylagichga o‘xshab, mikroprotsessorga ham yordamchi kerak. Bu vazifani tezkor xotira bajaradi. Tezkor xotirada mikroprotsessor uchun dasturlar, ma’lumotlar va hisob-kitob natijalari vaqtincha saqlanadi.
Tezkor xotira elektron qurilmalar – tranzistorlardan yasaladi va mikro sxema ko‘rinishida bo‘ladi. Mikrosxemalarda yasalgan xotiraning qulay tomonlari: o‘lchamlari kichik, kam quvvat sarflaydi, sig‘imi katta va tez ishlashidir. Tezkor xotira mikrosxemalari ikki xil bo‘ladi: dinamik va statik. Statik mikrosxemalarda har bir xotira katakchasi registr ko‘rinishida bo‘lib, bu registrlarning har biri uchun 6 ta tranzistor ishlatiladi. Bu mikrosxemalar nisbatan tez ishlaydi.
Dinamik mikrosxemalarda har bir katakcha ikkita tranzistor yordamida yasaladi, ulardan biri katakchani tanlash uchun kalit vazifasini bajarsa, ikkinchisi mitti kondensator vazifasini bajaradi, kondensatorning zaryadlangan holati 1 ga, zaryadsiz holati 0 ga mos keladi. Bunday mikrosxemalardan yasalgan tezkor xotira nisbatan sekin ishlaydi va ulardagi ma’lumot o‘chib ketmasligi uchun ularni bir sekundda bir necha o‘n ming marta zaryadlab turish kerak bo‘ladi. Bu kamchiliklariga qaramay, ularning sig‘imi kattaroq va ularning narxi ancha arzon. Hozirgi paytda tezkor xotiralarning deyarli barchasi dinamik mikrosxemalar asosida ishlab chiqiladi.
Tezkor xotiraning asosiy parametrlari ularning sig‘imi va tezligi (takt chastotasi)dir.
Tezkor xotiraning sig‘imi har doim ikkining darajasi ko‘rinishidagi songa teng bo‘ladi. Buularning manzilini aniqlash bilan bog‘liq. Hozirgi paytda DIMM, DDR, DDR II va DDR III rusumli tezkor xotiralardan foydalaniladi.
DDR xotiralarning sig‘imi 128, 256, 512, 1024 MB, takt chastotasi 266, 333, 400, 667, 800, 1333, 1600 MGs bo‘lishi mumkin. DDR xotiralarda takt chastota bilan birga ma’lumot uzatish tezligidan ham foydalanila boshlandi. Masalan, DDR 2100 deb takt chastotasi 266 MGs bo‘lgan xotira belgilangan. Bu chastotada ishlaydigan xotira bir sekundda 266 MGs * 8 bit = 2100 Megabit axborot uzata oladi. Shu kabi DDR 2700 va DDR 3200 rusumli xotiralar ham bor.
DDR II turidagi xotiralar 512, 1024, 2048 MB sig‘imli va 4200, 5300, 6400 Mb tezlikda, DDR III turdagi mikrosxemalar 1, 2, 4 GB sig‘imli va 11000, 13000, 16000 va 20 000 Mb tezlikda bo‘lishi mumkin. DIMM va DDR rusumidagi tezkor xotiralar hozir ishlab chiqarilmaydi.
Video protsessorlar. Zamonaviy kompyuterlar uch o‘lchovli grafika, yuqori sifatli video bilan ishlaydi. Bu ulardan ekranga chiqariladigan murakkab axborotni tezda qayta ishlay olishini talab qiladi. Shu sababli, video protsessorlar hisoblash ishlarini bajara olish quvvati bo‘yicha allaqachon markaziy mikroprotsessorlardan o‘zib ketdilar. Ulardagi tranzistorlar soni mikroprotsessordagidan bir necha barobar ko‘p bo‘lishi mumkin. Hozirgi video protsessorlarning razryadlari soni 128 dan kam emas, 256 va xatto 384 razryadli video protsessorlar ham mavjud.
Video protsessorlar o‘z tezkor xotiralariga ham ega bo‘ladilar. Bu video xotira sig‘imi 256 MB dan 2GB gacha bo‘lishi mumkin.
Video protsessorlarning bu quvvatidan oddiy hisob-kitoblarda ham foydalanish mumkin. Maxsus ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot yordamida video protsessorda 80 xonali (o‘nli sanoq sistemasida) aniqlikda matematik hisob ishlari bajariladi. Hozirgi paytda video protsessor o‘rniga PCI Express slotiga o‘rnatiladigan, 32 yadroli mikroprotsessorga ega va sekundiga yarim trilliongacha amal bajara oladigan bloklar ishlab chiqarilmoqda. Bu bloklar yordamida oddiy kompyuterni super kompyuterga aylantirish mumkin.

Video protsessorlarning asosiy parametrlari bu uning razryadlari soni, video xotirasi sig‘imi va bir sekundda nechta triangel (uch o‘lchovli tasvirning eng kichik bo‘lagi)ni qayta ishlay olishidir.
Vinchester rusumidagi tashqi disk. Tezkor xotiraning bitta kamchiligi kompyuter o‘chirilganda undagi barcha ma’lumotning o‘chib ketishidir. Shuning uchun barcha kompyuterlar boshqa turdagi xotira bilan ham ta’minlanadi. Bu xotira tezkor xotiradan ko‘ra sekinroq ishlasa ham, ko‘proq sig‘imga ega bo‘lishi va elektr ta’minotiga bog‘liq bo‘lmasligi kerak. Bunday tashqi xotiralarning barchasi disklar deb ataladi. Ularning bir necha turlari yaratilgan bo‘lsada, ulardan eng ommaviysi vinchester rusumidagi tashqi xotiradir.
Vinchesterlar germetik (butunlay havo o‘tkazmaydigan) yopiq korpusga joylangan, magnitlana oladigan qatlamga ega disklardir. Bitta korpusga bitta yoki bir nechta bunday disklar o‘rnatilsada, ular foydalanuvchi uchun bitta disk bo‘lib ko‘rinadi. Vinchester jismonan yaxlit disk deb qaraladi, undagi disklar esa silindr yoki kallaklar deyiladi, silindr halqasimon yo‘lchalardan tashkil topadi, yo‘lchalar esa o‘z navbatida sektorlarga ajratiladi. Mantiqan vinchester ixtiyoriy sig‘imli bo‘limlarga ajratiladi va bu bo‘limlarning har birida bittadan mantiqiy disk joylashadi. Disklarda ma’lumotlar fayl ko‘rinishida saqlanadi. Fayllar esa klasterlar ketma - ketligidan iborat bo‘ladi. Klaster bir necha sektorlardan iborat bo‘ladi. Klasterdagi sektorlar soni barcha klasterlar uchun bir xil bo‘ladi. Faylning hajmiga qarab unga kerakli sondagi klasterlar ajratiladi. Faylning oxirgi klasterida qolgan bo‘sh joy boshqa fayllarga berilmaydi. Hozirgi paytda sig‘imi 80, 120, 160, 250, 320, 500, 640, 750, 1000, 1500, 2000 GB bo‘lgan vinchesterlar sotuvda bor. Vinchesterlarning korpusi eni 3,5 dyuymga teng bo‘lib, ularni joylashuchun kompyuter korpusida maxsus joy ajratilgan. Noutbuk kompyuterlari uchun ishlab chiqariladigan vinchesterlarning eni 2,5 dyuymga teng bo‘ladi.
Vinchesterlar bilan ma’lumot almashishni tezlashtirish maqsadida ularda elektron mikrosxemalarga joylangan bufer (oraliq) xotiralar bo‘ladi. Bu xotira tezkor xotira kabi tez ishlaydi, uning sig‘imi unchalik katta bo‘lmay, 8, 16, 32 MB bo‘lishi mumkin. Vinchesterlarning tezligi uning disklarining aylanish tezligiga ham bog‘liq. Disklar minutiga 5400, 7200 yoki 10 000 marta aylanishi mumkin. Hozirgi paytda vinchester disklarining aylanish tezligi asosan 7200 ayl/min ga teng. 5400 ayl/min tezlikdan faqat noutbuk kompyuterlari uchun mo‘ljallangan ba’zi vinchesterlarda foydalaniladi. 10000 ayl/min tezlik esa server kompyuterlar uchun mo‘ljallangan vinchesterlarda ishlatiladi. Vinchesterlarni kompyuterning asosiy platasiga ulash uchun bir necha standartlardan foydalaniladi. IDE (Imbedded Drive Electronics – ulanadigan va boshqariladigan elektron qurilmalar) shinasi 15 yil xizmat qildi va bu shina uchun mo‘ljallangan vinchesterlar hozirgipaytda deyarli ishlab chiqarilmayapti. SATA, ya’ni Serial ATA (ketma-ket ATA) oxirgi paytda ommaviylashib ketgan shina bo‘lib, unda ma’lumotlar ketma-ket, ya’ni bitma-bit uzatiladi. SATA shinasiga vinchesterlardan tashqari optik disk yurituvchilarni ham ulash mumkin. Avvallari optik disk yurituvchilar ham IDE shinaga ulanar edi. Hozir IDE shinasi PATA – Parallel ATA (Advanced Technologies Attachment – ilg‘or texnologiyali ulanish) deb atala boshlandi. Bu shinada bir vaqtda baytning sakkizta biti parallel ravishda sakkizta sim orqali uzatiladi.
Hozirgi paytda multimediali axborot: qo‘shiqlar, kliplar, kino filmlarning ommaviylashuvi, televideniye va videoning yangi standartlari vujudga kelishi bilan katta sig‘imli axborot tashuvchilarga ehtiyoj oshib bormoqda. Bu o‘z navbatida portativ (olib yuriladigan) vinchesterlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Bu qurilmalarni nafaqat kompyuterga, balki video pleyerlar, musiqa va media markazlari, sun’iy yo‘ldosh televideniyesini qabul qiluvchi tyunerlar, video va fototexnikaga ulash mumkin. Texnologiyalarning rivojlanishi bilan vinchesterlar o‘rnini bosuvchi SSD (Solid State Disc – qattiq holatdagi disklar) paydo bo‘ldi va ommaviylashib bormoqda. Ularda axborot elektron mikrosxemalarda saqlanadi.
Bu mikrosxemalar tezkor xotira mikrosxemalari kabi bo‘lib, ulardan farqli ravishda elektr ta’minotidan uzilganda ham o‘zidagi axborotni saqlab qola oladi. Ishlash tamoyiliga ko‘ra bu disklar quyida ko‘rib chiqilgan flesh xotira qurilmalariga o‘xshab ketadi. Lekin ularning kamchiliklari bartaraf qilingan: xotira sig‘imi va o‘qish-yozish tezliklari ancha katta. Bu disklar vinchesterlardan farqli ravishda mexanik qurilmalar: motor, aylanuvchi disk va harakatlanuvchi kallaklardan holi. Bu esa ularning ishonchliligini oshiradi, o‘lchamlarini kichiklashtirish va energiyani kamroq iste’mol qilish imkonini yaratadi. Yaqin orada bunday qurilmalarning vinchesterlar o‘rnini to‘liq egallashi kutilmoqda.

Optik disk yurituvchilar
Optik disk yurituvchilar. 1983 yil Sony kompaniyasi bozorga katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan CD ROM (Compact Disc Read Only Memory – kompakt disk, faqat o‘qiladigan xotira) disklarni va ular uchun disk yurituvchilarni bozorga chiqardi. 70 minutli oliy sifatli stereo musiqani raqamli ko‘rinishda yozish uchun mo‘ljallangan kompakt disk sig‘imi 650 MB ga tengedi. O‘sha paytdagi ommaviy kompyuter IBM PC XT ning tezkor xotirasi 128 KB, sotuvdagi vinchesterlarning hajmi 5 MB edi. Oradan bir necha yil o‘tib ahvol o‘zgardi. Kompyuterlarning imkoniyatlari kengayib, ular kompakt disklarga yozilgan audio axborotni qayta ishlab ovoz kuchaytirgichga chiqara olishga kuchi yetadigan bo‘ldi. Windows operatsion tizimining ommaviylashuvi natijasida dasturiy ta’minotning hajmi ham osha boshladi va kompakt disklar kompyuterlarda ham ommaviy ravishda qo‘llanila boshlandi.
Kompakt disklardagi ma’lumot vinchesterlardagi kabi elektromagnit tebranishlar yordamida emas, balki yorug‘lik nurlari asosida ishlaydigan lazer qurilmalari yordamida o‘qiladi va yoziladi. Shuning uchun bu qurilmalarda o‘qish kallagi diskdan nisbatan uzoqda joylashishi va vinchesterdan farqli ravishda ularda disklarni almashtirish imkoni vujudga keldi. Hozirgi paytda 700 MBli kompakt disklardan foydalaniladi. Kompakt disklarning uch turidan foydalaniladi. CD ROM dan tashqari, CD R va CD RW deb ataladigan kompakt disklar mavjud. CD R disk (Recordable – yozish mumkin bo‘lgan)larga maxsus disk yurituvchi qurilma yordamida bir marta axborot yozish mumkin. CD RW (Rewritable – qayta yozish mumkin bo‘lgan) disklarga bir necha (mingtagacha) marta qaytadan axborot yozish mumkin. Ularga mos ravishda CDROM, CD R va CD RW disk yurituvchi qurilmalar yaratildi. 1995 yil yangi turdagi optik disklar DVD lar yaratildi. Ular kompakt disklardan katta sig‘imlari bilan ajralib turadilar. Yuqori chastotali lazerlardan foydalanish va diskdagi halqalar orasidagi masofani kamaytirish hisobiga bitta diskka 4,7 GB sig‘imli disklar yaratish mumkin bo‘ldi. Diskka ikki qatlam qilib axborot yozish hisobiga disk sig‘imini 8,5 GB gacha, ikki tomoniga yozish hisobiga 17 GB gacha yetkazish mumkin bo‘ldi. DVD disklarning kompakt disklardan farqli ravishda o‘zaro mos kelmaydigan ikkita standarti mavjud edi. Bu foydalanuvchilar orasida bir qator qiyinchiliklar tug‘dirar edi. Bugungi kunda bu muammolar ortda qoldi va DVD disk yurituvchilar barcha disklarni o‘qiy oladi. DVD disklarning ham kompakt disklar kabi DVD ROM, DVD R, DVD RW turlari va disk yurituvchilari mavjud. DVD disk yurituvchilar kompakt disklarni ham o‘qiy oladilar, lekin teskarisi to‘g‘ri emas.
Operatsion sistema kompyuter ishga tushirilishi bilan yuklanuvchi shunday bir dasturki, bu dastur foydalanuvchiga kompyuter bilan mulokat kilish vositasi bo‘lib xizmat kiladi, uning barcha kurilmalari ishini boshqarish imkonini beradi. Operatsion sistema yordamida tezkor xotiradan foydalanish, disklardan axborotlarni o‘qish va axborotlarni disklarga yozish, amaliy dasturlarni ishga tushirish va shu kabi turli ishlarni amalga oshirish mumkin. Operatsion sistemaga extiyoj borligining asosiy sababi, yukoridagi ishlarni bajarish uchun kompyuterning kuyi boskichdagi yuzlab yeki minglab elementar amallarni bajarishga to‘g‘ri keladi.
Masalan, disk yurituvchi yoki vinchestr kurilmalari diskni aylantiruvchi dvigatellarini ishga tushirish yoki to‘xtatish, o‘qish kurilmalarini diskning biror silindiriga o‘tkazish, o‘qish kurilmalaridan birini tanlash, axborotni disk yulidan kompyuterga o‘qish kabi elementar amallarnigina “tushinadi”. Shuning uchun biror faylni bir diskdan boshka diskka yozib kuyish kabi sodda jarayon ham , disk yurituvchi ishlari bilan bog‘lik minglab amallarni, ularni nazorati bilan bog‘lik amallarni , diskdagi fayllarning joylashish jadvalidan axborotni izlash va kayta ishlash amallarini va yana bir kancha amallarni uz ichiga oladi. Bundan tashkari quyidagilarni ham xisobga olish kerak:
turli formatli disklar mavjud bo‘lib, ularning har biri bilan operatsion sistema ishlay bilishi shart. Foydalanuvchi uchun esa har kanday formatli disketlar bilan ishlash jarayoni bir xil kechishi kerak.
diskdagi har bir fayl uz urniga ega, ammo ularning diskning kayyerida joylashganligini foydalanuvchi bilishi shart emas, fayllarning joylashish jadvalini tashkil etish, axborotni izlash, fayllarga joy ajratish kabi ishlarni operatsion sistema amalga oshiradi.
nusxa olish dasturi ishi vaktida bir necha o‘nlab maxsus vaziyatlarga duch kelinishi mumkin, masalan axborotni o‘qish yoki yozishdagi xatolik (diskdagi kerakli axborot joylashgan ba’zi yullarning ishdan chikishi), disk yurituvchilarning ishga tayyer emasligi( disk urnida emas), nusxa olinayotgan fayl uchun diskda joy yukligi va xakazo. Ana shu barcha vaziyatlardan chikish ishlarini bajarish va foydalanuvchiga bu xakda kerakli xabar berib borish kerak.
Operatsion sistemaning asosiy vazifasi foydalanuvchini uning bajarishi va umuman bilishi ham kerak bulmagan yukoridagi zerikarli hamda juda murakkab ishlardan xolos etish, kompyuter bilan mulokot kilishda qulayliklar yaratishdir. Bundan tashkari, operatsion sistema fayllarni ko‘chirish yeki bosmaga chikarish, kerakli dasturlarni tezkor xotiraga yuklab ishga tushirish va boshqaruvni ularga uzatish, operativ xotirani dastur ishi so‘ngida bo‘shatib boshqaruvni yana o‘ziga olish kabi ishlarni ham bajaradi.
Hozirgi paytda operatsion sistemaning bir necha turlari mavjud. Mac OS X operatsion tizimi, Linux-operatsion tizimi, Unix operatsion tizimi, Windows oilalari keng tarkalgan bo‘lib bular o‘znavbatida bir necha turlarga bo‘linib ketadi.
Mac OS X operatsion tizimi Macintosh firmasi kompyuterlar ishlab chiqarishni boshlagandan keyin, 1984 yildan boshlab Apple firmasining Mac OS X operatsion tizimini ishlab chiqish boshlandi. Bu Mac OS X dan foydalanishda meyoriy qulayliklar yaratish uchun yangi GUI (grafik interfeys)lar model sifatida foydalanildi. Mac OS X operatsion tizimining eng oxirgi versiyasi , ko‘p funksiyali operatsion tizim bo‘lib,
Apple ning kompyuterlari uchun mo‘ljallangan


Download 11.8 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Download 11.8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu. Ta’limda axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi. Xotira qurilmasi, axborotlarni kiritish – chiqarish qurilmalari reja

Download 11.8 Mb.