Mavzu. Ta’limda axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi. Xotira qurilmasi, axborotlarni kiritish – chiqarish qurilmalari reja




Download 11.8 Mb.
bet12/20
Sana31.10.2022
Hajmi11.8 Mb.
#28654
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
1-mavzu. Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularni qoʻllanilishii
cybersecurity-artificial-intelligence 11111 (1) (1), 1. Nosimetrik shifrlash algoritmlari Assimetrik shifrlash algori, 402-guruh onlayn kurslar, Elektron ta\'limni boshqaruv vositalari 191 Begbo\'tayeva Sadoqat-fayllar.org, 4-labaratoriya mashg\'ulot topshirig\'i, Pythonda turtle kutubxonasi bilan ishlash (1), Презентация Microsoft PowerPoint (4), Usmon, 9, SANOAT, 1427572, Matematika va informatika ta, 619-guruh dasturlash tillari oraliq nazorat 22.10.2022, Sanoat korxonalarida mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi1
Mac OS Apple ning asosiy oyna ko‘rinishi.
Mac OS X Macintoshning oldingi versiyalari barcha imkoniyatlarini o‘z ichiga olib, sifatli tasvir belgilari, elektron pochta, on-layn haridlar, optik disklarga yozish va kengaytirilgan multimedia imkoniyatlarini o‘z ichga oladi.
Mac OS X quyidagi funksiyalarga ega:
Ish stol yangi qidiruv texnologiyasi
Gadjetlar deb atalgan ish stolidagi instrementlar panelini
Ichki tezkor Veb-brauzer
Ota-ona nazorati
Mashina vaqti deb atalgan ishlab chiqilgan zaxira dasturi
3-D shaxsiy video va audio konferensiya
Spam xabarlarni bartaraf etuvchi filtr dasturi
Bluetooth smartfon boshqa mobil qurilmalar bilan ishlovchi kontaktlar ro‘yxati
Internetda muzika eshituvchi yoki video ko‘ruvchi Quick Time ning eng oxirgi versiyasi
Windows tarmoq ulanishi va Windowsning hujjatlari bilan ishlash UNIX operatsion tizimi
UNIX 1970 yilning boshlarida Bell Laboratoriyasi olimlari tomonidan yaratildi. Tijorat bozorida UNIX federal qoidalari normalari sababli faol targ‘ibot qilish man qilindi. UNIX ko‘p sonli kolledj va universitetlar uchun litsenziya oldi. UNIX turli xildagi kompyuterlar uchun mo‘ljallangan edi. 1980 yilda telefon kompaniyalari sinishidan keyin (deregulirovaniye) UNIX texnik va dasturiy kompaniyalar tomonidan ko‘plab litsenziyalarga ega bo‘ldi. Bu operatsion tizimning ba’zilari mavjud bo‘lib, bir-biridan ozgina farq qiladi. Dasturchilar UNIXning bir versiyasidan boshqasiga amaliy dasturiy ta’minotni ko‘chirayotgan paytda dasturni qayta yozishga to‘g‘ri keladi. UNIXning ba’zi versiyalarida buyruqlar qatori berilgan bo‘lsa, ko‘pchiligida foydalanuvchining grafik interfeyslarini taklif qiladi.

UNIX operatsion tizimi
UNIXning ko‘pgina versiyalarida foydalanuvchining grafik interfeyslari mavjud.
Bugungi kunda har xil o‘lchamdagi ko‘pgina kompyuterlarda UNIX operatsion tizimi mavjud.
Foydalanuvchilar operatsion tizim moslashuvchanligi va ta’minoti tufayli UNIX bilan ishlashadi. SUN va IBM kabi ishlab chiqaruvchilar shaxsiy kompyuterlar va ishchi stansiyalarni UNIX operatsion tizimi bilan birga sotishmoqda.
LINUX-operatsion tizimi
LINUX-tez o‘sib borayotgan operatsion tizimlardan biridir. Linux 1991 yilda yaratilgan bo‘lib, ko‘p vazifali, mashhur , UNIX operatsion toifasiga kiruvchi operatsion tizimdir. Asosiy operatsionga qo‘shimcha ravishda Linux o‘z ichiga ko‘plab dasturlash tillarini va xizmatchi vosita(utilita)larni o‘z ichiga oladi. Linux operatsion tizimlar kabi dasturlar mulkiy dasturiy mahsulot emas. Linux ochiq kodli dasturiy ta’minot bo‘lib, Bu kodni o‘zgartirish va qayta taqsimlash uchun taqdim etiladi. Dasturiy ta’minotning ichki ko‘rsatmalarini va qayta taqsimlanishining cheklovlari to‘g‘risida hech qanday mualliflik huquqi mavjud emas. Ko‘pgina dasturchilar UNIXning eng yaxshi versiyalarini tayyorlash uchun Linuxni o‘zgartirish va qayta taqsimlash ishlarini olib borishgan. Aktivatorlarning ochiq kodli dasturiy ta’minotdan foydalanishining ikki asosiy afzalliklari mavjud: dasturiy ta’minotni o‘zgartiruvchilar boshqalar bilan dasturiy ta’minot imkoniyatlarini yaxshilash va foydalanuvchilarning dasturiy ta’minotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Linuxda foydalanuvchining ajratilgan interfeysi
Operatsion tizim (OT) kompyuter apparat resurslari orasida barcha faoliyatini muvofiqlashtirish uchun ko‘rsatmalar beruvchi dastur tarkibi hisoblanadi. Ko‘pgina kompyuter yoqish va o‘chirish, qurilmalar konfiguratsiya qilish, xotirani boshqarish, vazifalarni muvofiqlashtirish, fayl boshqaruv ish faoliyatini monitoring qilish, tarmoq xavfsizligini ta’minlash, internet ulanishini o‘rnatish va boshqa vositalarni boshqarish va shunga o‘xshash vazifalarni o‘z ichiga oladi. Operatsion tizimlar optik disk yoki mobil flesh-xotira tashuvchilari yordamida ishlashi mumkin bo‘lsada, ko‘pkina hollarda operatsion tizim o‘rnatilgan va kompyuterning qattiq diskida joylashgan bo‘ladi.
Avtonom operatsion tizimlar - stol kompyuterlariga, noutbuklarga, shaxsiy kompyuterlarga yoki mobil qurilmalarga ulanadigan kompyuterlardir.
Ba’zi operatsion tizimlar kliyentlar deb ataladi, chunki ular tarmoq operatsion tizimlar bilan birgalikda ishlaydi. Tizimda ishlovchi kliyent tarmoq bilan va tarmoqsiz ishlashi mumkin.
1. Windows operatsion tizimining oilasi
Windows - bu operatsion tizim (OT), ya’ni maxsus dastur bo‘lib, u inson bilan kompyuter o‘rtasida muloqotni o‘rnatadi hamda kompyuterning barcha qurilmalarining ishini boshqaradi. Operatsion tizimning turlari juda ko‘p, masalan MS DOS 1.0 dan MS DOS 6.22 gacha, OS/2, UNIX, LINUX va hokazolar.
Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft firmasining MS DOS va Windows dasturlari, Apple firmasining Macintosh dasturi, UNIX va LINUX dasturlari hisoblanadi. Bulardan eng ko‘p tarqalgani MICROSOFT kompaniyasining Windows operatsion tizimlaridir.
Windows - bu inglizcha so‘z bo‘lib, “oynalar” degan ma’noni anglatadi, ya’ni Windows tizimida barcha dasturlar «oyna» ko‘rinishida ishlaydi.
Windows - Microsoft (MS) firmasining dastur mahsuli bo‘lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lmagan kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan operatsion tizimdir. Uning asosiy maqsadi - kompyuterdan foydalanishni iloji boricha soda, o‘rganish uchun oson va qulay, shu bilan birga foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish holiga keltirishdir. Hozirgi kunda mazkur talablarga javob beruvchi operatsion tizim bu - MS Windows XR grafik operatsion tizimi hisoblanadi.
1980 yillar o‘rtalarida Microsoft foydalanuvchining grafik imkoniyatlari mavjud bo‘lgan Windowsning birinchi versiyalarini chiqardi.
Windows 3.x 1990 yil
Windows NT 3.1 1993
Windows 95 1995
Windows 98 1998
Windows Millennium Edition 2000 •
Windows 2000 Professional 2000
Windows XP 2001
Service Pack 2 2004
Windows Vista 2006/2007
Windows 7 2009
Windows 8
Windows 10 2015
Hozirgi vaqtda avtonom operatsion tizimlar qatoriga - Windows 7, Windows 8, Windows 10, Mac OS X, UNIX va Linuxlar kiradi. Boshqa avtonom operatsion tizimlar tarmoqning kichik qismini tashkil etuvchi milliy sug‘urta va kichik biznes iste’molchilari tarmoq imkoniyatlarini ham o‘z ichiga oladi. O‘shandan beri Microsoft har doim Windowsning yangilangan versiyalarini diagnostika, avtomatik o‘rnatish, plastifitsirlangan xavfsizlik va qulaylangan foydalanuvchi interfeyslari mavjud bo‘lgan innovatsion xususiyatlarga ega qilib chiqarmoqda.
Windows 7 foydalanuvchi ish tajribasini yaxshilovchi bir nechta dasturlardan tashkil topgan. Ko‘pkina foydalanuvchilar quyidagi Windows 7 ning versiyalaridan birini tanlaydilar: Windows 7 Starter, Windows 7 Home Premium, Windows 7 Ultimate, or Windows 7 Professional.
Windows 7 Starter-netbuklar va boshqa kichik portativ kompyuterlar uchun qo‘llaniladi. Windows 7 foydalanuvchilarga fayllarni qidirish qulayligini, printer va boshqa qurilmalarga ulanishni, internetga lokal tarmoq va simsiz aloqa orqali ulanish imkonini beradi. Windows ning bu nashri odatda yangi kompyuterlarga o‘rnatiladi va chakana savdo do‘konlaridan sotib olish mumkin emas.
Windows7 HomePremium Windows7 Starter ning barcha imkoniyatlarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek Aero Flip 3D yuqori aniqlikdagi filmlar yaratish imkonini beradi.

Windows 7 Ultimate
Windows 7 Ultimate - Windows 7 Home Premium fayllarni saqlab qoluvchi qo‘shimcha imkoniyatlardan tashqari 35 ta tillar to‘plamini ham o‘z ichiga oladi.
Windows operatsion tizimi funksiyalari.

Ushbu rasmda ko‘rsatilgan Windowsning eng oxirgi versiyalarida bajariladigan funksiyalar ko‘pgina operatsion tizimlarda bir xil vazifalarni bajarishadi.
Ba’zi operatsion tizimlar foydalanuvchini nazorat qilish, administrator xavfsizligini o‘rnatish uchun ham xizmat qiladi. (2.а, 2.vrasm)
Cho‘ntak kompyuterlarida va ko‘pkina mobil qurilmalarda, masalan smartfonlarda operatsion tizim ROM mikrosxemasida joylashadi. Turli o‘lchamdagi kompyuterlarda turli operatsion tizimlar qo‘llaniladi, chunki kompyuterning turiga qarab operatsion tizim yoziladi. Masalan universal kompyuterlarda shaxsiy kompyuter operatsion tizimi qo‘llanilmaydi. Hatto, bir xil turdagi masalan shaxsiy kompyuyerlarida ham turli xildagi operatsion tizimlar qo‘llaniladi. Ba’zilarida ko‘p sonli operatsion tizimlardan ham foydalaniladi. Siz dasturiy ta’minot sotib olayotganingizda bu operatsion tizim sizning shaxsiy kompyuteringiz yoki mobil qurilmangizga o‘rnatilishiga amin bo‘lishingiz kerak. Ba’zi hollarda foydalanilayotgan operatsion tizimlar platforma (platform)lar ham deb ataladi. Sotib olingan dasturiy ta’minot albatta alohida amaliy dasturlar bilan jihozlangan platforma (operatsion tizim) dan iborat bo‘ladi. Sross-platform dasturi ko‘p sonli operatsion tizim dasturlaridan biri hisoblanadi.

Сross-platform dasturi

Download 11.8 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Download 11.8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu. Ta’limda axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi. Xotira qurilmasi, axborotlarni kiritish – chiqarish qurilmalari reja

Download 11.8 Mb.