AXBOROT TUSHUNCHASI, AXBOROTNING XUSUSIYATI AXBOROTNING ASOSIY TAVSIFI




Download 11.8 Mb.
bet3/20
Sana31.10.2022
Hajmi11.8 Mb.
#28654
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
1-mavzu. Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularni qoʻllanilishii
cybersecurity-artificial-intelligence 11111 (1) (1), 1. Nosimetrik shifrlash algoritmlari Assimetrik shifrlash algori, 402-guruh onlayn kurslar, Elektron ta\'limni boshqaruv vositalari 191 Begbo\'tayeva Sadoqat-fayllar.org, 4-labaratoriya mashg\'ulot topshirig\'i, Pythonda turtle kutubxonasi bilan ishlash (1), Презентация Microsoft PowerPoint (4), Usmon, 9, SANOAT, 1427572
1.2AXBOROT TUSHUNCHASI, AXBOROTNING XUSUSIYATI AXBOROTNING ASOSIY TAVSIFI.

Informatika keng ma’noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida asosan komppyuterlar va telekommunikatsiya aloqa vositalari yordamida axborotni qayta ishlashi bilan bog‘liq fan, texnika va ishlab chiqarishning xilma xil tarmoqlari birligini o‘zida namoyon etadi.


Informatikani tor maonoda o‘zaro aloqador uch qism - texnik vositalar (hadware), dasturiy vositalar (software) va algoritmli vositalar (brainware) sifatida tasavvur etish mumkin. O‘z navbatida informatikani ham umuman, ham qismlari bo‘yicha turli jixatlardan: iqtisodiy tarmog‘i, fundamental fan, amaliy fan sohasi sifatida ko‘rib chiqish mumkin (1.3-rasm).
Informatika iqtisodiy tarmoq sifatida komppyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va axborotni qayta ishlash zamonaiy texnologiyasini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan xo‘jalik yuritishning turli shakllaridagi korxonalardan iborat bo‘ladi. Informatikaning ishlab chiqarish tarmog‘i sifatida o‘ziga xosligi va ahamiyati shundaki, xalq ho‘jaligining boshqa tarmoqlari mehnat samaradorligi ko‘p jixatdan unga bog‘liqdir. Bundan tashqari bu tarmoqlar meoyorida rivojlanishi uchun informatikaning o‘zida mehnat samaradorligi ancha yuqori suroatlarda o‘sib borishi lozim, chunki xozirgi davrda jamiyatda axborot ko‘proq so‘nggi istoemol predmeti sifatida namoyon bo‘lmoqda: odamlarga dunyoda ro‘y berayotgan voqeallar, ularning kasbiy faoliyatiga doir predmet va xodisalar, fan va jamiyatning rivojlanishi xaqida axborot zarur. Mehnat samaradorligining bundan keyingi o‘sishi va farovonlik darajasini ko‘tarish, katta hajmdagi axborotni (matn, grafika, videotasvir, tovush, animatsiya) qabul qilish va ishlashga yangi intellektual vositalar va “inson mashina” interfeyslaridan foydalanish asosidagina erishish mumkin. Informatikada mehnat unumdorligi oshishi suroatlari yetarli bo‘lmasa, butun xalq xo‘jaligida mehnat samaradorligi o‘sishining anchagina kamayishi ro‘y berishi mumkin. Hozir dunyodagi barcha ish joylarning 50 foizga yaqini axborotni qayta ishlash vositalari bilan taominlangan.
Informatika fundamental fan sifatida komppyuter axborot tizimlari negizda istalgan oboektlar bilan boshqaruv jarayonlarini axborot jixatidan taominlashni barpo etish uslubiyotini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Shunday fikr ham mavjudki, fanning asosiy vazifalaridan biri - axborot tizimlari nima, ular qanday o‘rinni egallaydi, qanday tuzilmaga ega bo‘lishi lozim, qanday ishlaydi, uning uchun qanday qonuniyatlar xos ekanligini aniqlashdir. Yevropada informatika sohasida quyidagi asosiy ilmiy yo‘nalashlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: tarmoq tuzilmasini ishlab chiqish, komppyuterli integratsiyalashgan jarayonni ishlab chiqarish, iqtisodiy va tibbiy informatika, ijtimoiy sug‘urta va atrof muhit informatikasi, kasbiy axborot tizimlari.
Informatikada fundamental tadqiqotlar maqsadi istalgan axborot tizimlari xaqida umumlashtirilgan axborotni olish, ularni qurilishi va ishlashining umumiy qonuniyatlarini aniqlashdir.
Informatika amaliy fan sohasi sifatida quyidagilar bilan shug‘ullanadi:

  • axborot jarayonlaridagi qonuniyatlarni o‘rganish (axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tarqatish);

  • inson faoliyatining turli soxalarida kommunikatsion-axborot modellarini yaratish;

  • aniq bir sohalarda axborot tizimi va texnolgiyalarini ishlab chiqish va ularning hayotiy bosqichlari bo‘lgan loyihalash, uni ishlab chiqish, foydalanish davrlariga tavsiyalar tayyorlash.




1.3-rasm. Informatikaning fan, tarmoq va amaliy fan sifatida tuzilishi

Informatikaning bosh vazifasi axborotni o‘zgartirish usullari va vositalarini ishlab chiqish, ulardan axborotni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini tashkil etishda foydalanishdir.
Informatikaning asosiy vazifalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • istalgan turdagi axborot jarayonlarini tadqiq etish;

  • axborot jarayonlarini tadqiq etishdan olingan natijalar asosida axborotni qayta ishlash tizimini va yangi texnologiyalarni yaratish;

  • jamiyat hayotining barcha sohalarida komppyuter texnikasi va texnologiyasini yaratish, tadbiq etish va samarali foydalanishni tashkil etish ilmiy va muxandislik muammolarini hal etish.

Informatika o‘z-o‘zicha mavjud bo‘lmay, balki boshqa sohalardagi muammaolarni hal etish uchun yangi axborot texnika va texnologiyalarini yaratishga qaratilgan kompleks ilmiy-texnik sohadir. U boshqa sohalar, xatto jarayonlar va xodisalar tartiblashmaganligi tufayli miqdoriy uslublarni qo‘llash mumkin emas deb hisoblanadigan sohalarga ham tadqiqot uslubini va vositalarini taqdim etadi. Informatikada komppyuter texnikasi sharofati tufayli amaliy ro‘yyobga chiqishi mumkin bo‘lgan matematik modellash uslublarining hal qilinishini alohida ajratib ko‘rsatish lozim.



Download 11.8 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 11.8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



AXBOROT TUSHUNCHASI, AXBOROTNING XUSUSIYATI AXBOROTNING ASOSIY TAVSIFI

Download 11.8 Mb.