Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi. Xotira qurilmasi, axborotlarni kiritish – chiqarish qurilmalari




Download 11.8 Mb.
bet9/20
Sana31.10.2022
Hajmi11.8 Mb.
#28654
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
1-mavzu. Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularni qoʻllanilishii
cybersecurity-artificial-intelligence 11111 (1) (1), 1. Nosimetrik shifrlash algoritmlari Assimetrik shifrlash algori, 402-guruh onlayn kurslar, Elektron ta\'limni boshqaruv vositalari 191 Begbo\'tayeva Sadoqat-fayllar.org, 4-labaratoriya mashg\'ulot topshirig\'i, Pythonda turtle kutubxonasi bilan ishlash (1), Презентация Microsoft PowerPoint (4), Usmon, 9, SANOAT, 1427572, Matematika va informatika ta, 619-guruh dasturlash tillari oraliq nazorat 22.10.2022, Sanoat korxonalarida mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi1
Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi. Xotira qurilmasi, axborotlarni kiritish – chiqarish qurilmalari
Xozirgi vaktda inson hayotini kompyuterlarsiz tassavur etib bo‘lmaydi. Kompyuter ish yuritishni osonlashtiradi, yangi xujjatlar va xar xil matnlarni tez va sifatli tayyorlash, tarmoq orkali o‘zaro axborot almashish, murakkab xisob ishlarini tezkor bajarish va ishlab chikarish jarayonini modellashtirish imkoniyatini beradi. Shuning uchun xar bir inson u qaysi soha mutaxassisi bo‘lmasin axborot texnologiyalar bo‘yicha yetarli darajada bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim.
Odamzod paydo bo‘lgandan buyon dastlabki hisoblash vositasi sifatida odamlarning barmoqlari xizmat kilgan. Ammo ular yordamida faqat sanash ishlarni bajarishgan (sabab barmoklar soni cheklangan). Shuning uchun asta sekin sun’iy hisoblash vositalari vujudga kela boshlagan. Ulardan birinchilari bo‘lib toshlar va tayokchalar bo‘lgan. So‘ngra abak (grek, misrlik, rimlik, xitoylik suan-pan va yaponlarning soroban), Neper tayokchalari, rus schyotlari vujudga kelgan.

Hisoblash mashinalari.
Ammo odamzod, mukammalroq mexanik mashina inson yordamchisini (robotni) yaratish orzusi bilan yashab kelgan edi. 1623 yilda nemis olimi Vilgelm Shikard (1592-1636) tomonidan ixtiro kilingan mexanik moslama mexanik hisoblash mashinalar davrini boshladi. Ammo Shikard mashinasi ham aslida birinchi bo‘lmagan, chunki buyuk italiyalik rassom, olim va matematik Leonardo da Vinchining nashr etilmagan kulyozmasida 13 ta raqamli sonlarni qo‘shish va ayirish amallarni bajaruvchi mexanik moslamaning chizmasi topilgan. Shuni aytish lozimki Leonardo da Vinchi hamda Vilgelm Shikard moslamalari hayotda qo‘llanilmay qolib ketgan. Mexanik hisoblash mashinalarni yaratilish tarixining dastlabki saxifalaridan biri fransuz faylasufi, yozuvchisi, matematiki va fiziki Bleyz Paskal (1623-1662) nomi bilan bog‘liq. U 1642 yilda birinchi jamlovchi (qo‘shish va ayirish) mashinani yaratdi. 1673 yilda esa boshqa olim nemis Gotfrid Vilgelm Leybnits (1646-1716) 4-arifmetik amalni bajaruvchi mashinani yaratdi. XIX asrdan boshlab bu mashinalarga o‘xshash mashinalarning juda ko‘p turlari yaratilgan. 1820 yilda Sharl de Kolmar tomonidan birinchi kalkulyator - ARIFMOMETR yaratildi.
1642 yili fransuz matematigi va fizik olimi B. Paskal qo‘shish va ayirish amallarini bajaradigan mexanik mashina yaratgan.
1673 yilda nemets olimi Vilgelm Leybnits to‘rt arifmetik amallarni bajaradigan mexanik arifmometrni yaratdi.
XIX asrda arifmometr juda keng tarqaldi. Uni xatto eng murakkab hisob ishlariga ham qullay boshladi. Bunday hollarda oldin, qilinadigan ishlarning bajarilish ketma - ketligi to‘liq yozilib olinar va shu asosda ish bajarilar edi. Odatda bu qo‘llanma bajariladigan ishning dasturi deb atalardi.

2– rasm. Birinchi arifmometr
1834 yili angliyalik olim Ch. Bebbidj analitik mashinani ixtiro qildi. Bu mashina dastur asosida ishlaydigan birinchi hisoblash mashinasining loyihasi edi.
Keyinchalik 1883 yili Ch. Bebbidj hozirgi zamondagi hisoblash mashinasining g‘oyasini va loyihasini yaratdi, ammo o‘sha davr texnik darajasi bunday mashinalarni yaratish imkonini bermas edi. Uning fikriga ko‘ra bu qurilma hamma hisoblash ishlarini odamning ishtirokisiz o‘zi avtomatik ravishda bajarishi kerak edi. Buning uchun u qurilma hisoblash ishining dasturini tushunib, shu dastur asosida hamma ishlarni bajara olishi kerak edi.
1885 yilda amerikalik ixtirochi Uilyam Barrouz klaviatura va qog‘ozga chop etish uskunalaridan iborat arifmometrni yaratdi.
XIX asrning oxirida va XX asrning o‘rtalarida fan va texnikaning barcha sohalarida juda ko‘plab kashfiyotlar va ixtirolar qilindi. Buning natijasida ko‘p mexnat talab kiladigan mashinalarni yaratishga zarurati paydo bo‘ldi. Ch.Beybidjning loyihasi asosida ko‘plab olimlar xisoblash mashinalarini yaratishga xarakat kilgan. 1988 yilda amerikalik injener German Xollerit birinchi elektromexanik hisoblash mashinani - TABULYATORNI yaratdi. Ushbu mashina rele asosida ishlaydigan bo‘lib perfokartalarda yozilgan malumotlar asosida ishlay olar edi.
1930 yilda amerikalik olim Vannevar Bush tomonidan kompyuterning katta elektromexanik analogi - differensial analizatori yaratilgan. Ushbu mashinada ma’lumotlarni saqlash uchun elektron lampalar qo‘llanilgan.
1941 yilda nemis injeneri Z3 nomli birinchi bo‘lib dasturlarda ishlovchi hisoblash mashinasini yaratdi. 1943 yilda Buyuk Britaniya maxfiy laboratoriyalarida Alan Tyuring boshchiligida elektron lampalarda ishlovchi Kolos nomli birinchi EHM (elektro hisoblash mashinasi) yaratildi. 1944 yilda AKShning xarbiylari uchun amerikalik injener Govard Eyken elektromexanik rele asosida og‘irligi 35 tonnalik EHMni yaratdi. Bu mashinani nomi MARK-1 edi. Lekin uning tezligi shu zamon talablariga javob bermas edi.
Shundan keyin XX asrning 50-yillariga kelib Amerika, Angliya, Germaniya va sobiq SSSRda birinchi elektron hisoblash mashinalari yaratila boshlandi.
yili Germaniyada K.Suze tomonidan "S-4", 1949-51 yillarda sobiq SSSR da S.Lebedev rahbarligida "MESM" va 1950 yili Angliyada "AKE" kompyuterlari yaratildi.
Hisoblash mashinasi - kompyuterlarning ishlash prinsipini umumiy holda tushunarli va sodda qilib bergan olim mashhur Djon fon Neymandir.
Bu prinsipni odatda fon Neyman prinsipi deb ham yuritiladi. U ikki prinsipdan iborat:
Hamma kerakli ma’lumotlarni va masalani yechish dasturlarini yagona xotirada saqlab turish:

yilda amerikali olimlar Djon Mochli va Prespera Ekerta ENIAC nomli birinchi universal elektron hisoblash mashinasini yaratdilar. Ushbu mashina elektron lampalar asosida ishlar edi.
U MARK-1 dan ming marta tezkorrok ishlar edi, lekin uning ham kamchiliklari bor edi: og‘irligi - 30 tonna; uzunligi 170 kvadrat metr xajmni egallab, 18 000 elektrolampalardan tarkib topgan edi; ishlash jarayoni juda murakkab va bu mashina juda tez ishlamas edi (sekundiga 300 ko‘paytirish yoki 5000 qo‘shish amallari bajarishi mumkin edi). Shu kamchiliklarni bartaraf kilish uchun olimlar juda ko‘p mexnat kilishdi.
Birinchi EHM lar avlodi lampalar yordamida ishlagan. 1947 yilda BELL laboratoriya xodimlari V. Shokli, J. Bardini va V. Berteyn tomonidan birinchi tranzistor kashf etildi. 1948 yildan esa elektron lampalar o‘rniga kashf etilgan tranzistorlar qo‘llana boshlandi va shuning uchun 2 avlod EHM lari tranzistorli EHMlar deb nomlangan. 1949 yilda Djey Forrester tomonidan magnitli xotira uskunalari yaratildi va shu yilda Kembridj universitetida birinchi xotiraga ega EHM - EDSAC nomli EHM yaratildi.
1959 yilda Robert Noys (INTEL firmasini yaratgan inson) bitta plastinada bir nechta tranzistorlarni joylashtirib integral sxemalar yoki chiplarni yaratgan. 1968 yilda Burroughs firma tomonidan integral sxemalarda ishlaydigan birinchi kompyuterni chikardi va shuning uchun uchinchi EHMlar avlodi katta integral sxemali deb nomlanadi. Shu yilda amerikali injeneri Duglas Endjelbart xozirgi sichkoncha kurilma vazifasini bajaruvchi uskunani yaratdi. 1970 yildan boshlab INTEL firma xotiraning integral sxemalarni chiqara boshladi. Shu firmada ishlagan Marshian Edvard Xoff shu yilda mikroprotsessorni kashf etgan (bitta kremniy chipda bir nechta integral sxemalarni joylashtirdi). Shu yildan boshlab mikroprotsessorlarda ishlovchi to‘rtinchi EHMlar avlodi boshlandi, ular kichik integral sxemali avlod deb nomlanadi.
1973 yildan boshlab EHM tarixining yangi sahifasi, personal kompyuterlar sahifasi boshlandi. Shu yilda Fransiyaning Truong Trong Ti firmasi tomonidan birinchi personal kompyuter yaratildi. Shu bilan birga 1973 yilda dunyoga tanikli XEROX firmasi tomonidan Alto nomli shaxsiy kompyuter yaratilgan. Ushbu kompyuterda birinchi bo‘lib fayllar va dasturlarni oynalar ko`rinishida ochish qo`llanilgan. 1977 yilda Apple Computer firmasi tomonidan Apple - II nomli shaxsiy kompyuterlar ommaviy ravishda chikarila boshlagan. Ushbu kompyuterlar plastmassa korpus, klaviatura va displeyga ega bo‘lgan. Osborne Computer firmasi Birinchi portativ kompyuterlarni chikara boshladi. Ushbu kompyuter og‘irligi 11 kg, juda kichkina xajmga ega bo‘lgan va narxi atiga 1795 dollar bo‘lgan.

IBM (International Business Machines) firmasi tomonidan personal kompyuterlar seriyalab chiqarila boshlandi va butun dunyoga keng sotila boshlandi. Shundan beri kompyuter hayotimizda mustaxkam joylashib, axborotni kayta ishlashning eng zamonaviy vositasiga aylandi. Shuning uchun personal kompyuterlar standarti shu kompyuter nomi bilan nomlanadi - IBM PC (personal computer).
EHM avlodlari.
Kompyuterlar o‘zinig elementlar bazalari bo‘yicha avlodlarga ajratilgan.

Download 11.8 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Download 11.8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi. Xotira qurilmasi, axborotlarni kiritish – chiqarish qurilmalari

Download 11.8 Mb.