Mavzu: Tarmoqda axborot xavfsizligi muammolari va ularning yechimlari




Download 53.46 Kb.
bet1/4
Sana21.01.2023
Hajmi53.46 Kb.
#38898
  1   2   3   4
Bog'liq
Tarmoqda axborot xavfsizligi muammolari va ularning yechimlari
Amaliy topshiriq (1), slayd, Mavzu, TOSHMAMATOV BAXTIYOR JMN, 3 labaratoriya, 1-amaliy mashg'ulot 1, Xasanov Jo’rabek Mamatqul o’g’li, Yo\'l xo’jaligi asosiy fondlarining eskirishi va qayta tiklanishi, MTB velesport 13-19 2024, Документ Microsoft Word, Mustaqil ish Mavzu Adobe Photoshop dasturida tasvirlar hosil qi, Adobe Pohotoshop, Mavzu Adobe Photoshop dasturida fayllar bilan ishlash, instumen, Yer. Yerning shakli. Yerning o z o qi atrofida va quyosh atrofid


Mavzu: Tarmoqda axborot xavfsizligi muammolari va ularning yechimlari

Reja





  1. Tarmoqda axborot xavfsizligi muammolari.

  2. Tarmoq xavsizligiga tahdidlar tahlili.

  3. Tarmoqda axborot xavfsizligini ta’minlash.

Tajribadan ma’lumki, xavfni bartaraf etishning eng oson yо‘li, shu xavfni oldindan aniqlab, unga qarshi ehtiyot choralarini qо‘llash hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, tarmoqda axborot xavfsizligini ta’minlash borasida ham sohaga nisbatan potensial tahdid manbalarini aniqlash va himoya choralarini qо‘llash birlamchi vazifalardan hisoblanadi.


Tarmoqda axborot xavfsizligiga tahdid manbalari ichki va tashqi manbalarga bо‘linadi. Mutaxassislarning e’tirof etishicha, axborot xavfsizligining dolzarb muammoga aylanishiga asosan tashqi manbalar sabab bо‘lgan. Chunki, bugun zamonaviy dunyoga egalik qilish uchun kurashning asosiy vositasi sifatida axborot tilga olinmoqda. Bunday vaziyatda axborot texnologiyalari va axborot boshqaruvi yuksak darajada taraqqiy etgan davlatlar о‘zidagi bu ustunlikdan ijtimoiy ongga ta’sir kо‘rsatish yо‘lida foydalanishdan tom ma’noda manfaatdor hisoblanadi.
Axborot xavfsizligiga tahdidning tashqi manbalari:

  • chet el josuslik va maxsus xizmatlarining faoliyati;

  • chet el ommaviy axborot va global kommunikatsiya vositalari;

  • xalqaro guruhlar, tuzilmalar va alohida shaxslarning noqonuniy harakatlari;

  • axborot tarqatish va foydalanish bо‘yicha xorijiy davlatlar siyosatining amalga oshirilishi

  • tabiiy ofatlar va fojealar.

Axborot xavfsizligiga tahdidning ichki manbalari:

  • siyosiy, iqtisodiy va jamoat tashkilotlarining, alohida shaxslar va guruhlarning axborot tо‘plash, tarqatish va foydalanish sohasidagi noqonuniy faoliyatlari;

  • axborot sohasida fuqarolar va tashkilotlar huquqlarining buzilishiga olib keluvchi davlat tizimlarining qonuniy harakatlari va kо‘zda tutilmagan xatolari;

  • axborot tizimlarining dasturiy-texnik vositalarining bazaviy texnologiyalarini yaratish, sinash va ishlab chiqarish bо‘yicha mahalliy sanoatning talab darajasida emasligi.

Axborot makonining vujudga kelishi nafaqat uni bо‘lib olish, balki unda kechayotgan jarayonlarni nazorat qilish va boshqarishni hoxlovchi tomonlarning paydo bо‘lishiga olib keldi. Bu guruhlarning kurash vositasi ham aynan axborot qurolidir. Tahlilchilar axborot quroli deganda odamlarga ruhiy ta’sir kо‘rsatadigan va ularning ustidan nazorat qilish imkonini beruvchi vositalarni, kompyuter viruslarini, mantiqiy bomba, telekommunikatsiya tarmoqlarida axborot almashinuvini bostiruvchi moslamalarni, davlat va harbiy sohalarni boshqarishda axborotlarni soxtalashtirish kabi harakatlarni nazarda tutishadi.
Axborot xavfsizligiga nisbatan tahdidlarning asosiy ta’sir vositasi bir martalik tashviqot aksiyalari, uzoq muddatli targ‘ibot kampaniyalari, mafkuraviy tazyiq, madaniy ekspansiya, axborot blokadasi kabi ruhiy- informatsion ta’sir vositalari hisoblanadi.
! Ruhiy-informatsion ta’sir asosan quyidagi usullar orqali amalga oshiriladi:

  • diskreditatsiya – voqeaning ahamiyatini pasaytirib berish;

  • dezinformatsiya – axborotning ma’nosini о‘zgartirgan holda taqdim etish;

  • tuhmat;

  • e’tiborni chalg‘itish;

  • faktlarni manfaat uchun buzib talqin qilish.

Ruhiy-informatsion ta’sir ommaviy axborot va global kommunikatsiya vositalari orqali amalga oshiriladi hamda davlatning ichki siyosatiga ishonchsizlik uyg‘otish, ichki ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, muxolif kayfiyatlarni qо‘zg‘otish, hattoki isyonga undash kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Globallashgan axborot maydonida ruhiy-informatsion ta’sir vositalarini tо‘liq cheklash yoki nazorat qilish imkonsiz. Demokratik boshqaruv,
fikrlar xilma-xilligi bunga yо‘l qо‘ymaydi. Aslida tarqatilayotgan har bir axborot qayta-qayta tekshirilgan bо‘lishi kerak. Ammo reallik bu sarobni amalga oshirishga yо‘l qо‘ymaydi. Shuning uchun muammoning boshqa yechimlarini izlagan ma’qul.

Download 53.46 Kb.
  1   2   3   4




Download 53.46 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Tarmoqda axborot xavfsizligi muammolari va ularning yechimlari

Download 53.46 Kb.