• 1.Tarmoqlararo ekran texnologiyasi va uning vazifalari
  • Mavzu: Tarmoqlararo ekran texnologiyalari Reja




    Download 323.93 Kb.
    bet1/5
    Sana27.10.2022
    Hajmi323.93 Kb.
    #28273
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Mavzu Tarmoqlararo ekran texnologiyalari Reja (1)
    Matematik analiz, KONDENSATORLAR SIG, Muqobil energiya manbalari, Datchiklar va ularning asosiy xarakteristikalari, 1-Lab, Тезлик датчиклари, Mavzu № faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika va psi, 2 5202069160623873264, Namuna referat, ПИИ Узбекистан показатели, Перспективы развития и пути совершенствования контейнерных перевозок, Презентация к теме, dffdffddfdffd, sddddww3333222

    Mavzu: Tarmoqlararo ekran texnologiyalari
    Reja:
    1. Tarmoqlararo ekran texnalogiyasi va uning vazifalari
    2. Tarmoq xavfsizligini ta’minlash muammolari va tarmoq hujumlarga qarshi samarali himoya yechimlari
    3. Ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimi
    4. IDS, IPS va Firewall ning solishtirma tahlili
    1.Tarmoqlararo ekran texnologiyasi va uning vazifalari
    Tarmoqlararo ekran — himoyalash vositasi bo‘lib, ishonchli tarmoq, va ishonchsiz tarmoq orasida ma’lumotlarga kirishni boshqarishda qo‘llaniladi. Tarmoqlararo ekran ko‘p komponentli bo‘lib, u Internetdan tashkilotning axborot zahiralarini himoyalash strategiyasi sanaladi. Ya’ni tashkilot tarmog‘i va Internet orasida qo‘riqlash vazifasini bajaradi. Tarmoqlararo ekranning asosiy funksiyasi ma’lumotlarga egalik qilishni markazlashtirilgan boshqaruvini ta’minlashdan iborat. Tarmoqlararo ekran quyidagi himoyalarni amalga oshiradi: o‘rinsiz trafiklar, ya’ni tarmoqda uzatiladigan xabarlar oqimini taqiqlash; qabo‘l qilingan trafikni ichki tizimlarga yunaltirish; ichki tizimning zaif qismlarini yashirish bilan Internet tomonidan uyushtiriladigan xujumlardan himoyalash; barcha trafiklarni bayonlashtirish; ichki ma’lumotlarni, masalan tarmoq topologiyasini, tizim nomlarini, tarmoq uskunalarini va foydalanuvchilarning identifikatorlarini Internetdan yashirish; ishonchli autentifikatsiyani taьminlash. Ko‘pgina adabiyotlarda tarmoqlararo ekran tushunchasi brandmauer yoki FireWall deb yuritilgan. Umuman bo‘larning xammasi yagona tushunchadir. Tarmoqlararo ekran — bu tizim, umumiy tarmoqni ikki qismga ajratib, tarmoqlararo himoya vazifasini o‘taydi va ma’lumotlar paketining chegaradan o‘tish shartlarini amalga oshiradigan qoidalar to‘plami hisoblanadi. Odatda tarmoqlararo ekran ichki tarmoqlarni global tarmoqlardan, ya’ni Internetdan himoya qiladi. SHuni aytish kerakki, tarmoqlararo ekran nafaqat Internetdan, balki korporativ tarmoqlardan xam himoya qilish qobiliyatiga egadir.

    1-rasm. Firewallga asosida qurilgan tarmoq tuzilishi
    Har qanday tarmoqlararo ekran ichki tarmoqlarni to‘liq himoya qila oladi deb bo‘lmaydi. Internet xizmati va hamma protokollarning amaliy jihatdan axborotlarga nisbatan himoyasining to‘liq bo‘lmaganligi muammosi bor. Bu muammolar kelib chiqishining asosiy sababi Internetning UNIX operatsion tizim bilan bog‘liqligida. TCP/IP (Transtnission Control Protokol/lnternet Protocol) Internetning global tarmog‘ida kommunikatsiyani ta’minlaydi va tarmoqlarda ommaviy ravishda qo‘llaniladi.

    Download 323.93 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 323.93 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Tarmoqlararo ekran texnologiyalari Reja

    Download 323.93 Kb.