Mavzu: Tasavvufning ilmiy asoslanishi. Tasavvufning mantiqiy asoslanishi. Junayd Bag'dodiy faoliyati. Reja: Tasavvufning ilmiy asoslanishi. Tasavvufning mantiqiy asoslanishi. Junayd Bag'dodiy faoliyati




Download 2.35 Mb.
bet1/5
Sana02.02.2023
Hajmi2.35 Mb.
#40744
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Sharibova Gulshoda
Презентация1, energies-13-06587-v2, 007, Kitob 8564 uzsmart.uz - копия (2) - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия, tarmoq buyicha, Referat Gurux 16-12 biqkt, 7-sinf informatika, DESIGN YOUR OWN CITY1.1, инфор тест 10 синф, hisobot ichi 2, Avtomatlashtirishning texnik vositalari(Majmua), majmua, Mavzu Zamonaviy kiyim assortimenti, Mavzu Bemalollik qo‘shimchalari

Mavzu: Tasavvufning ilmiy asoslanishi. Tasavvufning mantiqiy asoslanishi. Junayd Bag'dodiy faoliyati. Reja: 1. Tasavvufning ilmiy asoslanishi. 2. Tasavvufning mantiqiy asoslanishi. 3. Junayd Bag'dodiy faoliyati.

Tasavvuf, sufiylik — islomda insonni ruhiy va axloqiy jihatdan komillik sari yoʻllovchi taʼlimot. Tasavvuf soʻzining oʻzagi va mazmuni haqida olimlar turli fikr va taxminlar bildirishgan. Ular ichida Ibn Xaldunning fikri haqiqatga yaqin deb eʼtirof etilgan. U "Muqaddima" asarida tasavvuf "suvf" — "jun", "poʻstin" soʻzidan olingan boʻlishi kerak, zero qadimdan tarkidunyo qilgan zohidlar jundan toʻqilgan kiyim yoki poʻstin kiyib yurishni odat qilganlar, bu bilan ular bashang kiyinib yuruvchi axli dunyolardan farqli hayot tarzini oʻzlarida namoyon etganlar, deydi.

tasavvuf va "sufiy" soʻzlari 9-asrning boshlarida yashagan Abu Hoshim Sufiydan boshlab joriy etilgan. Undan oldingi davrlarda bu atama oʻrnida "zuhd" ("zohidlik", "tarkidunyochilik"), "taqvodorlik", "parhezkorlik" kabi soʻzlar ishlatilgan. Ibn Xaldunning fikriga koʻra, sahobalar, tobeinlar va ulardan keyingi asr kishilarida hidoyat, ibodat, taqvo va zohidlik kabi his-tuygʻular mujassam boʻlgan. Lekin hijratning 2 asri va undan keyingi davrga kelib, odamlarning koʻpchiligida mazkur xususiyatlar oʻrnida dunyoparastlik, din ishlariga beparvolik, kibr va riyokorlik kabi salbiy xususiyatlar paydo boʻla boshlagandan keyin obidlik va zoqidlikni ixtiyor qilgan bir guruh kishilar tasavvuf va sufiylik nomi bilan ajralib chiqqanlar.

Tasavvuf turlicha talqin qilingan. Masalan, Maʼruf al Karxiy (815 y.v.e.) fikricha, "tasavvuf — haqiqat sari intilish, odamlardan tamagirlik qilmaslik va faqirlikni ixtiyor etishdir". Zunnun al Misriy (859 y.v.e.), "Sufiy boylik istab oʻzini charchatmas va yoʻqotgan boyligiga achinib, bezovta boʻlmas", desa, Junayd al Bagʻdodiy (909 y.v.e.) "tasavvuf — qalbni sof tutmoq, tugʻma zaiflik va noxush axloqlardan forigʻ boʻlib, hayvoniy va nafsoniy tuygʻular ustidan gʻalaba qilmoq", deb taʼrif bergan. Yana u "tasavvuf bir uy boʻlsa, shariat unga kiradigan eshikdir", degan. Soʻfi Olloyor bu taʼrifni quvvatlab:Shariatsiz kishi uchea havogʻa Koʻngil berma aningdek xudnamogʻa deb yozadi. Misrlik olim Ibrohim Basyuniy "Islomda Tasavvufning paydo boʻlishi" kitobida hijriy 3 va 4-asrlarda yashab oʻtgan olimlarning tasavvuf haqidagi 40 ta taʼrifini keltiradi.


Download 2.35 Mb.
  1   2   3   4   5




Download 2.35 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Tasavvufning ilmiy asoslanishi. Tasavvufning mantiqiy asoslanishi. Junayd Bag'dodiy faoliyati. Reja: Tasavvufning ilmiy asoslanishi. Tasavvufning mantiqiy asoslanishi. Junayd Bag'dodiy faoliyati

Download 2.35 Mb.