• T.K. Milliy va umummadaniy kompetensiya
  • Mavzu: Rangtasvir va grafikada manzara




    Download 1.97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/33
    Sana25.07.2023
    Hajmi1.97 Mb.
    #77264
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33
    Bog'liq
    5-sinf-Tasviriy-sanat-kanspekt maktabim.uz
    Z kom 2, 58 мактаб бинолари кўринишлари, буйруқ 4-К-сон
     
    Mavzu: Rangtasvir va grafikada manzara
     
     
    Ta’limiy maqsadi: O`quvchilarga
     Rangtasvir va grafikada manzaraishlashni tushuntirish.
     
    . F.K. Tasvir yoki haykalning bosqichlari ketma-ketligini to`g`ri bajarish kompitensiyasi: Tasvirlash 
    bosqichlariga amal qila oladi. 
    Tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarni ranglarga nisbatan his-tuygularini tarbiyalash. T.K. Milliy va 
    umummadaniy kompetensiya: Vatanga sadoqatli,badiiy va san`at asarlarini tushunadi 
     Rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning bilimlarini, go’zallikni ko’ra olishini rivojlantirish. T.K. o`zini o`zi 
    rivojlantirish kompetensiyasi: Hayot davomida o`qib-o`rganadi. 
    Dars turi : Yangi bilim beruvchi 
    Dars metodi: ,ko`rsatish,tushuntirish. 
    Darsning jihozi: rasmli plakatlar, 
    Darsning borishi: 
    I Tashkiliy qism 
    a) salomlashish b) davomatni aniqlash v)darsga hozirlik ko`rish. 
    II O’tilgan mavzuni takrorlash. 
    uy ishi tekshiriladi b)o`quvchilar baholanadi. 
    ___Asosiy ranglarga qaysi ranglar kiradi? 
    ___Rang tusi nima? 
    Sana
    Sinf 5A 5B 
    5V


    ___Rangning to`yinganligini qanday tushunasiz? 
    III Yangi mavzu bayoni. Tasviriy san’at turlarining biri rangtasvir, biri esa grafika hisoblanadi. Tasviriy 
    san’at asarlarida borliqdagi narsa va xodisalar, ijodkorlarning maqsadi va istaklari, xis-tuyg’lari aks 
    etadi.O’quvchilarga O’zbekiston xalq rassomi O’rol Tansiqboyevning «Jonajon o’lka», N.Kashinaning «Tog’da 
    bahor», N. Karaxanning «Oltin kuz» asarlari yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. 
    O’qituvchi: - Aytingchi rassom N. Karaxanning «Oltin kuz» asarida qanday joy tasvirlangan?
    O’quvchi: - Tog’ manzarasini ko’rib turibmiz.
    O’qituvchi: - Suratda qaysi fasl tasvirlangan? 
    O’quvchi: - Kuz fasli tasvirlangan. 
    O’qituvchi: - Kuz fasli ekanligini qanday bildingiz? 
    O’quvchi: - Daraxtlarning barglari sarg’ayganidan, osmonning g’uborli ko’rinishidan bilamiz. 
    O’qituvchi: - Nega kuzda barglar sarg’ayar ekan? 
    O’quvchi: - Kunlar soviydi, usimliklar qish fasliga tayyorgarlik ko’radilar. 
    O’qituvchi: - Bizga yaqin turgan usimliklar, narsalar nimalar? 
    O’quvchi: - O’t-ulanlar, sarg’aygan daraxtlar, toshlar. 
    O’qituvchi: - Oldinda nechta daraxt bor? 
    O’quvchi: - Oldinda 3 ta daraxt bor. 
    O’QITUVCHI - Qishda ham yam-yashil turadigan daraxt bormi? 
    O’quvchi: - Ha, archa doimo yashil bo’lib turadi.. 
    O’quvchilar manzara janrida rasmlar ishlaydilar. 15 – 20 daqiqa. 
    Savol-javoblardan so’ng o’quvchilarga manzara chizish mavzusida rasm ishlash topshiriladi va 
    o’quvchilar ishlagan rasmlari taxlil qilinadi. O’quvchilar chizayotgan manzarani kuzatab boriladi. Rasmni 
    chizishda qiynalayotganlar bilan o’qituvchi individual shug’ullaniladi. 
    O’quvchilar rasmidan namunalar. 
    IV Darsni mustahkamlash. O’quvchilarning ishlari taxlil qilinadi va baholanadi. O’quvchilar ishlagan rasmlarni 
    savol-javob orqali mustahkamlab borilsa yanada dars samarali bo’ladi. 
    O’quvchilarning o’zlari chizgan rasm uchun quyidagicha savol berish mumkin.
    Bu rasmda qanday manzara tasvirlangan? 
    manzarasi ekanligi nimada seziladi? 
    Ko’proq qanday ranglardan foydalangansiz? 
    Nima uchun barglar daraxtlardan tushib ketadi? Va xakoza. 
    V Dars yakuni
    Savollarga berilgan javoblarni o’qituvchining o’zi kengaytirib aytib beradi va barcha mavzuga aloqador bo’lgan 
    fikrlarni umumlashtiriladi va baholar kundaliklarga quyiladi. 
    VI Uyga vazifa Manzara tasvirini ishlab kelish. 


    12-mavzu  

    Download 1.97 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33




    Download 1.97 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Rangtasvir va grafikada manzara

    Download 1.97 Mb.
    Pdf ko'rish