III Yangi mavzu bayoni
Ona tabiat mujizakor, chunki bir zum bo’lsada uni xis qilib yashamaydigan insonlarning o’zi topilmaydi.
Inson bor ekanki go’zallikka
qarab intiladi, shu go’zallikni tabiatdan oladi. Ona tabiatimiz o’zining
maftunkorligi, go’zalligini bizdan ayamaydi. Tabiatdan hamma shoirlar, rassomlar, yozuvchilar barcha insonlar
ilhom oladilar. Biz o’z uyimiz, o’z mahallamiz, o’z vatanimizni asrab avaylashimiz kerak. Buning uchun biz o’z
uyimizdagi daraxtlarni parvarish qilishimiz, yangi nihollar ekishimiz va atrofimizni gulzorlarga aylantirishimiz
lozimdir.Jonivorlar ham shu tabiatimizning mavjudodlaridir.
Ona tabiatning yer osti, yer usti boyliklaridan
oqilona foydalana olsak, ona tabiatni asrashga xissa qo’shgan bo’lamiz. Tabiatimiz o’zgaruvchi turt faslga
bo’linadi. Qish, yoz, bahor, kuz har faslning o’ziga yarasha xislatlari bor. Shoirlarning she’rlaridan,
rassomlarning rasmlaridan bilib olsak bo’ladi. Tabiatning har xil xolatini chizish uchun avvalambor o’zimizga
yoqqan manzarani tanlab olishimiz kerak. Kimga tun tushushi, kimga tong otishi, kimga quyoshli kun ma’qul
bo’ladi. Tabiat manzarasini biz birinchi bo’lib uni shu qog’oz varag’iga joylashtiramiz, buning uchun bir necha
bosqichdan foydalanamiz. Osmon bilan tog’lar o’rtasidagi masofa qancha bo’lishi, ufq chizig’i qayerdan o’tishi,
tog’ atrofidagi mayda daraxtlar, soylikdan oqib tushgan suv xolatini suratda bera olish lozim. Asosiy kurinishni
aniq va chiroyli chizishga harakat qiling. Daraxtlar tog’dan yuqorida kurinadi
chunki ular perspektiva
qisqarishiga ega. Yaqindan qaraganimizda manzaraning hamma kurinishi detallarini joy-joyiga quyib, chizib
bo’lgandan so’ng, buyash ketma-ketligini boshlasak ham bo’ladi. Buning uchun oldimizdagi akvarel buyoq va
qil qalamni ishga yaroqliligini kuzdan kechirib olamiz. Yonimizda buyoqsiz oq qog’ozdan olib uni buyoqlarni
aralashtirish uchun tayyorlaymiz. Bu politra ya’ni, alohida buyoq aralashtirilidigan maydoncha deyiladi.
Manzaralarni yuqoridan osmonni buyashdan boshlaymiz, osmonni yuqori qismi tuqroq, past qismi esa
ochroq rangda bo’ladi. Chunki past qismi bizdan o’zoqda. Osmonni tamomlab bo’lib, tog’ va adirlarni
buyaymiz. Vuyash jarayonida ranglar bir - biriga singib ketishi ya’ni, bir - biriga aralash bo’lishi
va shu bilan
birga bir qatorda tiniq chiqishi lozim, och ranglar ikkinchi darajali ya’ni, soyadagi ranglarga e’tibor berishimiz
kerak. Chunki usha ranglar manzaramizni chiroyli qiladi va mazmunli chiqaradi. Hamisha och rangdan ishni
boshlash lozim. Chunki uning ustidan tuq rang bemalol kelishib ketishi lozim. Chizayotgan rasmlaringiz avvalo
o’zingizga ma’qul bo’lishi kerak. Agar o’zlaringizga ma’qul bo’lsa boshqalarga ham maqul bo`ladi.
IV Darsni mustahkamlash. “ Aqliy hujum “ metodi.
___Tabiat obrazi manzarasini tasvirlashning sharti nimada?
___ Tabiat obrazi manzarasida masofa qanday vositalar yordamida beriladi?
V Dars yakuni.
Dars davomida faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
VI Uyga vazifa
Tabiatning obrazli holat tasvirini ishlab kelish.
13-mavzu