Tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarni atrof muhitdagi barcha hayvonlarga nisbatan mehr muhabbat ruhida
tarbiyalash..
T.K. Milliy va umummadaniy kompetensiya: Vatanga
sadoqatli,badiiy va san`at asarlarini
tushunadi
Rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning bilimlarini, go’zallikni ko’ra olishini rivojlantirish.
T.K.
o`zini o`zi
rivojlantirish kompetensiyasi: Hayot davomida o`qib-o`rganadi.
.Dars turi : Yangi bilim beruvchi.
Dars metodi: ,ko`rsatish,tushuntirish.aqliy hujum.
Darsning jihozi:
rasmli plakatlar,AKT
Darsning borishi:
I Tashkiliy qism
a) salomlashish b) davomatni aniqlash v)darsga hozirlik ko`rish.
II O`tilgan mavzuni takrorlash.
___Portret nima ?
___Portretninn qanday guruhlar asosida ishlanadi.
III Yangi mavzu bayoni
O’zbekistonda xalq rassomlaridan M. Nabiyevning “O’zbek”, ”Amir Temur”, ”Beruniy” portretlari, R.
Axmedovning “Ona” yoki “Tong”, “Ona uylari”, A. Abdullayevning “avtoportreti” , ”Nazarali Niyozov”,
”Shahlo” va boshqalarda O’zbekiston xalqiga xos bo’lgan rang-baranglik kurinishilar ufirib turgan bu asarlar
o’zbek xalqining xarakteri to’grisida ajoyib ma’lumotlar beradi.
2. Portret janrida rasm ishlashga xarakterli naturalarni tanlash kerak. Buning uchun xiyobonlarda o’tirib,
ko’cha yoki bozorlarni kezib obrazli ko’rinishlarni qidiriladi. Shundagina nazarda
tutilgan natijaga erishish
mumkin. Xarakterli kayfiyatlardagi natura ko’zlangan joyga moslab qo’yiladi.
3. Bosqichlar asosida portret ishlash avvalo qog’oz varag’iga joylashtirib olish kerak. Oldiniga qalamni
bosmasdan yordamchi buyoqlar bilan chiziladi va yuzidagi ko’z, burun, qosh, lab, soch, o’z o’rniga chiziladi.
Dastavval bosh suyagi to’g’ri tasvirlanishi lozim. Shundagina portret to’g’ri va savodli chiziladi.
Yuzidagi va buyin, yelka qismlari
ham tasvirlanadi, ishlov beriladi. Yuzidagi xarakterni topishda o’ta
sinchikovlik talab etiladi. Har bir chiziq yorug’-soyada xarakterni beruvchi chiziqlarga katta e’tibor berish
lozim. Sochga, yuzga yelka qismiga ham ishlov beriladi. Ishni o’zokdan tez-tez kuzatib turish to’g’ri
portret
ishlashni ta’minlaydi.
4. Portret janrida rasm ishlashni mukammal o’rganmoqchi bo’lgan har bir o’quvchi rasm
texnologiyasini o’rganib, uni o’z tajribasida ko’llay olishiga harakat qilishi kerak. Bir kunda kamida 5-10 ta
xomaki rasm ishlab to’rganida ajoyib rassom bo’lib yetishishi mumkin.