tepaliklar, qori erib tugamagan tog’lar, quyosh nuriga hamohang tusga kirgan bulutlar kishiga zavq
bag’ishlaydi. Bunda bahor manzarasi
va tabiat quyoshning chiqishi, tabiat manzarasi kishilarni uyqudan
uyg’otgandek kayfiyat hosil qiladi. Asarni kuzatgan odam shodlik va nafosatga boy tong yorishib kelayotganini
qalbdan his etadi. Bu suratda tasvirlangan narsalar juda oddiy, lekin sehrlidir. Chunki dengiz, osmon, daraxt va
yerlarning bepayonligi, koloritning jozibadorligi, mayinligi kishini o’ziga tortadi.O’qituvchi o’quvchilarga yangi
mavzuni tushintirar ekan kunning chiqishi yoki oyning botish chog’idagi tabiatni manzarasida sodir bo’lgan
o’zgarishlar haqida gapirib o’tadi va savollar beriladi.
1. Qani aytingchi bolalar kun va tunning bir-biridan farqini ranglar orqali ta’riflab bera olasizmi?
2. Quyosh chiqishda daraxt qaysi tusda bo’ladi-yu, quyosh botishida qanday holatga o’zgaradi.
Savollarga javob olinganidan so’ng o’qituvchi tomonidan doskada bosqichma – bosqich chizish usullari
ko’rsatiladi. Chizish usullari yakunlanib rasmni ranglashga o’tiladi. Ranglashni ham bosqichma - bosqich bajarib
borish tushuntirib beriladi. Ranglaganda ob-havo tongda, oy chiqqan vaqtlarda sovuq ranglarda bajarilishi
aytiladi. Umumiy ranglar quyilib aniqlashtirish bosqichilarida ishlab ko’rsatiladi.
Har bir bosqichda ranglar
detallashtirib aniqlashib boradi. Quyoshli kun botishi ufqning qizil tusga kirib borishi, daraxtlar, tog’,
imoratlarda ham tun, qorong’i va sovuq, issiq rang gammalari birlashib ketadi. O’quvchilar
chizishdan oldin
uyda tabiatning shunday holatlarini kuzatib kelish, etyudlar bajarishi mumkinligi o’qtirilib o’tiladi.
O’quvchilarning mustaqil ishlari davomida o’qituvchi bolalarga yakka tartibda ham yordam berib boradi
va yaxshi chizayotgan o’quvchilarning ishlarini hammaga kursatib rag’batlantirib turadi. Ishlar tugagach
hammasini dimonstrasiya usulida o’quvchilarning o’zlarini ishtirok ettirib taxlil qilinadi. Qo’shimcha ravishda
baholash ham mumkin.
Uyga vazifa: Suratlar yig’ish, tabiatni kuzatish va kichik etyudlar ishlash vazifa qilib topshiriladi.