Mavzu: tj abslar faoliyatining umumlashtirilgan sxemasi. Reja: Kirish. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish tj abslar faoliyatining umumlashtirilgan sxemasi. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish




Download 60.25 Kb.
bet1/4
Sana19.11.2022
Hajmi60.25 Kb.
#30959
  1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu tj abslar faoliyatining umumlashtirilgan sxemasi. Reja K (1)
Khk uchun “shaxsiy kompyuterlar arxitekturasi va ofis jihozlariga texnik xizmat ko’rsatish”, Iqtisodiyot nazariyasi6, Ma\'lumotlar bazasini boshqarish silabus 21-22, Nurq tempi va ritmi, Matyoqubov Ma\'murjon TVA-10


Mavzu: TJ ABSlar faoliyatining umumlashtirilgan sxemasi.
Reja:
1. Kirish.
2. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish. 
3. TJ ABSlar faoliyatining umumlashtirilgan sxemasi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Hozirgi vaqtda xalq xo’jaligining boshqa sohalari kabi farmatsevtika sanoat ishlab chiqarishni ham avtomatlashtirish jadal suratlarda olib borilmoqda, avtomatlashtirilgan agregat mashinalar, potok liniyalari, sex va zavodlar barpo bo’lmoqda.
Inson eng avval, og’ir jismoniy mehnat turlari (energiya va harakatlantiruvchi kuch manbai vazifasini bajarish) dan ozod bo’lishga erishgan. Bu o’rinda u tabiiy manba energiyalaridan (suv, shamol va b.) foydalangan. Keyinchalik bug’ va elektr mashinalarining yaratilishi va ularning ishlab chiqarishda qo’llanilishi bilan bog’liq bo’lgan fan texnika taraqqiyotining bosqichi ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash fazasi boshlanadi.
Sanoatda qo’llanilishi mumkin bo’lgan eng birinchi texnik vosita rus mexanigi I.I. Polzunov tomonidan 1765 yilda yaratilgan. Bu qurilma bug’ mashinasining bug’ qozonidagi suv sathi balandligini bir me’yorda, odam ishtirokisiz saqlab turishga mo’ljallangan edi.
Ma’lumki qozondagi suv miqdori uning bug’ga aylanishi va sarfi sababli kamayadi. Natijada undagi bug’ bosimi ham o’zgaradi. Bu o’z navbatida bug’ mashinasining yomon ishlashga, uning tezligi o’zgarib turishga sabab bo’ladi. Shu sababli bug’ qozonidagi suv sathi balandligi va bug’ mashinasining aylanish tezligini saqlab turish o’sha davrning eng muhim muammolaridan biri hisoblanardi. Polzunov yaratgan texnik vosita regulyator tufayli odam qozondagi suv sathi balandligini nazorat qilish, agar undagi suv sathi balandligi oldindan belgilab qo’yilgan suv sathi balandligidan kamaysa suv quyib ortib ketganda esa qozonga suv kelishini to’xtatish kabi og’ir jarayonni boshqarib turish funktsiyasini bajarishdan ozod bo’ldi.
Endi bu funktsiyani texnik qurilma regulyator bajaradi. 1784 yilda ingliz mexanigi J. Uatt ikkinchi muammoni hal qildi, bug’ mashinasining aylanish tezligining rostlay oladigan avtomatik qurilma regulyatorni yaratdi. Bu ikki texnik qurilma yordamida o’sha vaqtda texnologik mashinalarning ishonchli va o’zgarmas tezlikda ishlashi birmuncha ta’minlangan edi.
Bunday avtomatik qurilmalarining yaratilishi va sanoatda qo’llanilishi texnika taraqqiyotining ikkinchi bosqichi ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish bosqichi bo’ldi. Lekin bu vaqtda avtomatik qurilmalar nazariyasi hali yaratilmagan edi.
Avtomatik qurilmalar nazariyasi va avtomatika fanining yaratilishi hamda rivojlanishida Peterburg texnologiya instituti professori I.A. Vishnegradskiyning 1876-1878 yillarda e’lon qilingan:
1. Bevosita ta’sir qiluvchi regulyatorlar haqida.
2. Bilvosita ta’sir qiluvchi regulyatorlar haqida
nomli ikki ilmiy asari katta ahamiyatga ega bo’ldi. Shu sababli I.A.Vishnegradskiy avtomatika fani nazariyasining asoschisi bo’lib tanildi.


Download 60.25 Kb.
  1   2   3   4




Download 60.25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: tj abslar faoliyatining umumlashtirilgan sxemasi. Reja: Kirish. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish tj abslar faoliyatining umumlashtirilgan sxemasi. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish

Download 60.25 Kb.