Mavzu: trigger turlari va tadbiqi reja




Download 18,55 Kb.
bet5/6
Sana15.12.2023
Hajmi18,55 Kb.
#119588
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu trigger turlari va tadbiqi-fayllar.org (1)

T-trigger. Ikki pog‘onali triggerlar registr va hisoblagich kabi
ko‘prazryadli qurilmalar ishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularda triggerli
yacheykalarning ishonchli va aniq ishlashi talab etiladi. T-trigger sanoq triggeri
deb ham ataladi, chunki kirishga aktiv mantiqiy signal berilganda u o‘z holatini
qarama-qarshi (teskari) holatga o‘zgartiradi. Ikki pog‘onali triggerlar MS-trigger
deb ham ataladi (inglizcha master va slave - usta va yordamchi so‘zlaridan
olingan). Nomidan kelib chiqqan holda bunday trigger ikkita RCS-triggerdan
tashkil topgan (4.8-a rasm).
Ikkala TM (usta) va TP (yordamchi) triggerlarining kirishlari o’zaro
invertor orqali ulangan. TM-TP triggerini to‘liq takt impuls (fronti va kesimi)
boshharadi. Haqiqatdan ham, agar har bir trigger impulsning fronti va kesimi
bilan boshharilsa, kirishdagi RS-kombinatsiya C takt impulsining fronti kelishi
bilan TMga yoziladi. Bu vaqtda TPga ma’lumot yozilishi mumkin emas. C
kirish impulsi kesimi kelishi bilan invertor chiqishida u front sifatida hosil
bo‘ladi. Demak, Q va Q’ chiqishlardagi ma’lumot C takt impulsi tugagach
(kesim kelganda), T (toggle-relaksator) ma’lumot kirishida mantiqiy 1 mavjud
bo‘lganda TP ga uzatiladi.
a)
b)



7-rasm. Ikki pogʻonali T-trigger (a) va uning shartli belgisi (b).


JK-trigger universal trigger hisoblanadi, chunki uning asosida sodda
kommutatsion o‘zgartirishlarni bajarib, ixtiyoriy turdagi trigger hosil qilish
mumkin.
Integral ko‘rinishda JK-triggerlari sinxron va ikki pog‘onali qilib
bajariladi. Ular, huddi ikki pog‘onali T-triggerlarida kabi o‘tuvchi ma’lumot
yoziladigan asosiy trigger (TM) va asosiy triggyerdan ma’lumot qayta
yoziladigan yordamchi trigger (TP) ga ega. Bu triggyerda ma’lumot kirishlari
uchun quyidagi belgilanishlar qabul qilingan J (jerk - kutilmagan ulanish) -
triggerni mustaqil “1” holatga o‘rnatish; K (kill - kutilmagan uzilish) - triggerni
mustaqil “0” holatga o‘rnatish.
Ikki pog‘onali JK-trigger, huddi ikki pog‘onali T-trigger kabi to‘liq takt
impulsi bilan boshhariladi. Sinxron JK-trigger tuzilma sxemasi va uning shartli
belgisi 8-rasmda keltirilgan.
a)
b)


8-rasm. Ikki pogʻonali JK-trigger (a) va uning shartli belgisi (b).




Download 18,55 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 18,55 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: trigger turlari va tadbiqi reja

Download 18,55 Kb.