Mavzu: Uglevodlarning tabiiy manbaalari (tabiiy gaz) va ulardan qazib olinadigan asosiy maxsulotlar. Reja




Download 50.56 Kb.
bet3/8
Sana22.01.2023
Hajmi50.56 Kb.
#38947
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu Uglevodlarning tabiiy manbaalari (tabiiy gaz) va ulardan
patent, 1-Mustaqil ish bajarilish muddati, C#da windows ilovalar yaratish Button komponentasi, talim tizimida innovatsion texnologiyalar, erkaklar-shimi-andozasi, 2-Mustaqil ta\'lim, Презентация1, BMI prezentatsiya Adomboyev U., el 1, ccc, Виктор Владимирович Виноградов - лингвист-русист и литературовед,, Ramus lab, 2 5282928409666659390, 8-sinif 4-nsh
Neft
Neft gazsimon, suyuq va qattiq uglevodorodlarning aralashmasidan iborat
moysimon, rangi sariq yoki och-qo‘ng‘ir rangdan qora ranggacha, yoqimsiz hidga
ega, suvdan yengil, zichligi 0,73 dan 0,86 gsm3 gacha bo‘lgan suyuqlik.
Respublikamizning Farg‘ona, Andijon, Namangan, Buxoro, Surxondaryo,
Qashqadaryo va boshqa mintaqalarida 160 dan ortiq neft konlari mavjud.Yildan
yilga avtomobil va aviatsiya transportini ishlab chiqarishrivojlanmoqda. Bu
transportlarni benzin va kerosin yonilg‘ilari bilan neft sanoati ta’minlaydi.
Neftda uglevodorodlardan tashqari bir oz miqdor naften kislotalari,
oltingugurt va azot tutgan birikmalar bo‘ladi. Turli joylardan qazib olinadigan
neftning tarkibi ham har-xil bo‘ladi. Ichki yonuv dvigatellari uchun suyuq
yoqilg‘ining asosiy manbasi va kimyo sanoati uchun qimmatbaho xom ashyo
bo‘lgan neftdan sintetik kauchuklar, plastmassalar, kimyoviy tolalar va boshqa
ko‘plab moddalar olinadi. Neftni qayta ishlashda uni gazlardan, suv va oltingugurt birikmalaridan,
naften kislotlari va tuzlardan tozalab olinadi. Shundan so‘ng uni fraksiyali
haydashga beriladi. Bunda bir qator fraksiyalar olinadi:
Rektifikatsion gazlar – qaynash harorati 40 oC gacha bo‘lgan asosan propan
va butandan iborat quyimolekulyar uglevodorodlar aralashmasi;
Gazolin fraksiyasi (benzin) – tarkibi C5H12 dan C11H24 gacha bo‘lgan
uglevodorodlar (qaynash harorati 40 - 200 oC gacha); bu fraksiyani qayta
haydash yo‘li bilan gazolin (qaynash harorati 40 - 70 oC gacha) va benzin
(qaynash harorati 70 - 120 oC gacha) olinadi;
Ligroin fraksiyasi– tarkibi C8H18 dan C14H30 gacha bo‘lgan uglevodorodlar
(qaynash harorati 150 - 250 oC gacha);
Kerosin - tarkibi C12H26 dan C18H38 gacha bo‘lgan uglevodorodlar (qaynash
harorati 180 - 300 oC gacha);
Gazoyl (dizel yoqilg‘isi) – tarkibi C13H28 dan C19H40 gacha bo‘lgan
uglevodorodlar (qaynash harorati 200 - 350 oC gacha).
Neftni haydash qoldiq mahsuloti – mazut – molekulasida 18 tadan 50
tagacha uglerod atomlari bo‘lgan uglevodordlar aralashmasidir. Mazutni past
bosimda haydab solyar moyi (C18H38 – C25H52) va surkov moylari (C28H58 –
C38H78) olinadi. Mazutni haydashning qattiq qoldig‘I – gudron va uni qayta ishlash
mahsulotlari – bitum va asfalt yo‘l qoplamalarini tayyorlashda ishlatiladi.
Benzin va kerosinni ikkilamchi fraksiyali haydashga berilganda turli
markadagi maxsus yoqilg‘ilar, turli navdagi aviatsiya va avtomobillar yoqilg‘ilari,
yorituvchi, traktor yengil va og‘ir kerosinlari olinadi. Kerosin raketa dvigatellari
uchun yoqilg‘i bo‘lib hisoblanadi.
Mazut bug‘ qozonlari uchun yoqilg‘i, surkov moylari, vazelin, parafin
olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi. Uni o‘ta qizigan bug‘ yordamida
(uglevodorodlarning parchalanib ketishini oldini olish uchun) haydaladi. Mazutdan
mashina moyi, avtol, aviatsiya moylari kabi bir qancha turdagi mineral moylar
ham olinadi.
Neftni to‘g‘ridan-to‘g‘ri haydashda benzinning chiqish unumi 5-14 % ni
tashkil etadi. Neftning boshqa fraksiyalari hisobiga benzin unumini oshirish
maqsadida u krekinglanadi:
C16H34 C8H18 C8H16;
C8H18 C4H10 C4H8 .
Neft krekingi benzinning chiqish unumini 65-70 % gacha orttirishga imkon
beradi. Kreking paytida ajraladigan gazlar ham katta ahamiyatga ega. Ular kimyo
sanoati uchun xom ashyo bo‘ladigan to‘yinmagan uglevodorodlar tutadi.
Neftni krekinglashnig ikki usuli mavjud bo‘lib, biri termik, ikkinchisi esa
katalitik krekingdir. Katalitik krekingda neftning termik parchalanishi (pirolizi)
alyumosilikatlardan iborat katalizatorlar ishtirokida amalga oshadi. Natijada massa
jihatdan ko‘proq miqdorda tarmoqlangan to‘yingan uglevodorodlar hosil bo‘ladi.
Bunday krekinglash mahsulotidan yuqori sifatli benzin olinadi.
Benzinning sifati oktan soni bilan belgilanadi. Oktan soni benzinning
tarkibidagi izooktan, ya'ni 2,2,4-trimetil pentanning miqdoriga bogliq. Benzindagi
izooktan miqdori qancha ko‘p bo‘lsa u detonatsiyaga shuncha chidamli bo‘ladi.
Detonatsiya hodisasini tushunish uchun ichki yonuv dvigatelining ishlash
tartibiga e'tibor qaratish lozim. Dastlab dvigatel silindriga benzinning havo bilan
aralashmasi so‘rilib kiradi, aralashma porshen bilan siqiladi va porshennig qaytish
vaqtida elektr uchqun yordamida yondiriladi. Natijada ko‘p miqdorda gazlar va
hosil bo‘lib yuqori haroratda katta bosim ta'sirida porshenni kuchli harakatga
keltiradi. Ma'lum bo‘lishicha normal tuzilishli uglevodorodlarning havo bilan
aralashmasi porshen bilan siqilayotganda katta bosimga bardosh bera olmay
kerakli vaqtdan oldin o‘z-o‘zidan portlab yonib ketadi. Bu portlash porshenning
foydali harakatini susaytiradi, detallarni shikastlanishiga olib keladi, hamda
dvigatelning quvvatini pasaytiradi. Benzinning bunday barvaqt portlab yonishi

Download 50.56 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 50.56 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Uglevodlarning tabiiy manbaalari (tabiiy gaz) va ulardan qazib olinadigan asosiy maxsulotlar. Reja

Download 50.56 Kb.