• Kutilayotgan natija
  • Kerakli jihozlar
  • Mavzu: Umumta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari o’quvchilar o’quv-biluv faoliyatini faollashtiruvchi pedagogik texnologiyalar. Ishning maqsadi




    Download 1.15 Mb.
    bet1/3
    Sana11.05.2023
    Hajmi1.15 Mb.
    #58618
      1   2   3
    Bog'liq
    xilola
    7x7 o\'yin lotin, Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O zbe, 1-ma`ruza, ÓZBEKISTAN RESPUBLIKASI JOQARÍ HÁM ORTA ARNAWLÍ BILIMLENDIRIW MINISTIRLIGI, Yusupova Gulnura, 6WAyiOHNsQ4N5n8tRcKASs5qTU1j49N3G0wiJXFS, obuchenie gramote 2, mirmuxsin, КОНТРАКТ КАРЗДОРЛИК, Nazorat uchun savollar va topshiriqlar lotin, 200-250, evas, Mavzu Telnet va ssh protokollarini o\'rganish. Cisco Packet Trac, 2 5249046430575757976

    MAVZU:
    Umumta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari o’quvchilar o’quv-biluv faoliyatini faollashtiruvchi pedagogik texnologiyalar.
    Ishning maqsadi: Talabalarda ma’ruzada olingan bilimlarni mustahkamlash, o’quvchilar o’quv-biluv faoliyatini faollashtiruvchi pedagogik texnologiyalar va ularga qo’yiladigan talablar bilan tanishish.
    Kutilayotgan natija:
    • Umumta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari informatika fanlarida o‘quv-biluv faoliyatini faollashtirishga qaratilgan texnologiyalar va ularning turlari bo’yicha ma’lumot oladi.
    • Umumta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari informatika fanlarida o‘quv-biluv faoliyatini faollashtirishga qaratilgan texnologiyalardan foydalanishga qo‘yilgan talablarni yorita oladi.
    • Umumta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari o’quvchilar o’quv-biluv faoliyatini faollashtiruvchi pedagogik texnologiyalar yaratish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar.

    • Kerakli jihozlar: Kompyuter, proyektor, darslik, ko’rgazmali materiallar, tarqatma materiallari, topshiriqlar.

    NAZARIY QISM:
    Informatika fanlarida o‘quv-biluv faoliyatini faollashtirishga qaratilgan texnologiyalar va ularning turlari
    Informatika fanlarida o‘quv-biluv faoliyatini faollashtirish bu o‘quv jarayonida amalga oshadigan, maqsadga erishishga yo‘naltirilgan, ta’lim oluvchilarning faoliyatni maqsadga yo‘naltirib rejalashtirishni nazarga tutadigan jarayon. O‘quv-biluv faoliyatini faollashtirish asosini faollik, faoliyat va o‘quv-biluv faoliyati kabi tushunchalar tashkil etadi. O‘quv-biluv faoliyatini faollashtirish-bilim va faoliyat usullarini samarali o‘zlashtirish bo‘lishi bilan birga, o‘quv materiali har bir o‘quvchining faol aqliy harakatining mahsuliga aylantiriladi.
    Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamalakatlarda o‘quvchilarning o‘quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba qo‘llangan bo‘lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda.
    O’yinli ta’lim texnalogiyasi

    O‘yin inson faoliyatining bir turi bo‘lib, ta’lim jarayonini turli vaziyatlarda ob’yekt tomonidan turli harakatlarni bajarish orqali ko‘nikma, malakalarni hosil qilish maqsadida qo‘llaniladi. O‘yinning kompyuterli, imitatsiyali, sport, iqtisodiy, harbiy, ishbilarmonlik, tadbirkorlik kabi turlarga ajratilib, bevosita ta’lim jarayonida foydalanish mumkin.
    O‘yin bu insonni o‘rganish, o‘zining “Men”ini, ijodini, faolligini, mustaqilligini, o‘z-o‘zini amalga oshishini namoyon qilish maqsadida real(yoki xayoliy) haqiqatga berilib ketishining eng erkin, tabiiy shaklidir.
    Informatika o‘qituvchilarini tayyorlashda o‘yinli texnologiyalardan foydalanish samarali natijalarga olib keladi.

    Muammoli ta’lim texnologiyasi.
    Talabalarda ijodiy izlanish, kichik tadqiqotlarni amalga oshirish, muayyan farazlarni ilgari surish, natijalarni asoslash, ma’lum xulosalarga kelish kabi ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladigan ta’lim muammoli ta’lim deb ataladi.
    Kommunikativ o‘qitish
    - bu o‘quvchilarda kommunikativ (og’zaki nutqli muloqot, kirishimlilik) aloqaga asoslangan o‘qitish usuli. Bunga “Aqliy hujum”, “Debat”, “Tok-shou” va boshqa o‘quvchilarda nutqiy qobiliyatni shakllantirish texnologiyalari kiradi.

    Download 1.15 Mb.
      1   2   3




    Download 1.15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Umumta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari o’quvchilar o’quv-biluv faoliyatini faollashtiruvchi pedagogik texnologiyalar. Ishning maqsadi

    Download 1.15 Mb.